Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Chorak final, javob o‘yini, 22 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya) | ||
REAL MADRID |
0 : 0 |
ATLETIKO MADRID |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Iker Kasilyas (D) 03.Pepe 02.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 05.Fabiu Kuentrau 15.Daniel Karvaxal 08.Toni Kroos 23.Isko 10.Xames Rodriges 14.Xavyer Ernandes 07.Krishtianu Ronaldu |
13.Yan Oblak (D) 23.Juan Miranda 02.Diyego Godin 18.Xesus Games 20.Xuanfran 05.Tyagu 06.Koke 17.Saul Niguyes 10.Arda Turan 07.Antuan Grizmann 09.Mario Manjukich |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas (D) 17.Alvaro Arbeloa 18.Nacho Fernandes 16.Lukas Silva 06.Sami Xedira 24.Asyer Ilyaramendi 20.Xese |
01.Migel Moyya (D) 24.Xose Ximenes 03.Gilyerme Sikeyra 08.Raul Garsiya 14.Gabi 11.Raul Ximenes 19.Fernando Torres |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Pepe (74)
|
Arda Turon (31)
Raul Garsiya (74) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Arda Turon (76)
|
||
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Real" - "Atletiko" - 1:0! "Qirollik klubi" - yarim finalda! "Real" muxlislarini tabriklaymiz! YECHL yarim finalchilarining barchasi aniq bo‘ldi — "Barselona", "Bavariya", "Real Madrid" va "Yuventus"! |
| 90+4' | ![]() |
Koke sariq kartochka oldi. Karvaxalga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun |
| 90+3' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Isko o‘rniga Ilyaramendi tushdi |
| 90+3' | ![]() |
Arbeloaga sariq kartochka |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi. |
| 90' | ![]() |
"Real"da o‘zgarishlar: Koentrau o‘rniga Arbeloa, Chicharito o‘rniga Xese tushirildi |
| 88' | ![]() |
GOOOOOL! Xavyer Ernandeeesss! 1:0! O‘ng qanotda Ronaldu va Xames o‘zaro "devor" o‘ynashdi va Krishtianu jarima maydonchasiga kirib, qulay vaziyatda turgan Chicharitoga o‘z vaqtida uzatma berdi! Meksikalik hujumchi darvozabon va himoyachi orasida to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 86' | ![]() |
"Atletiko"da so‘nggi o‘zgarish: Tyagu Mendesh o‘rniga Xose Ximenes tushirildi |
| 84' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pepe bosh bilan yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi |
| 82' | ![]() |
Xames bu safar jarima maydoni tashqarisidan yerlatib zarba yo‘lladi. Oblak uchun bu muammo emas |
| 81' | ![]() |
Burchakdan to‘pidan keyin Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq. |
| 80' | ![]() |
Vuuuuuh! Oblaaaak! Nimalar qilmoqda a bu darvozabon! Xames birga bir vaziyatga chiqib zarba yo‘lladi. To‘p posbonning qo‘liga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi!... |
| 76' | ![]() |
Arda Turon ikkinchi sariq kartochkani oldi va u maydonni tark etadi! Turkiyalik futbolchi Serxio Ramosga nisbatan tik oyoq bilan o‘ynadi. |
| 73' | ![]() |
"Atletiko" futbolchilari chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib borgan Raul Garsiya Varanning oyog‘iga tepib yubordi. Natijada u ogohlantirish oldi. Hakam bilan tortishgan Pepe ham "sariq"dan bebahra qolmadi. |
| 70' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Oblak! |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh! "Atletiko"da ikkinchi bo‘limdagi ilk xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmagan Manjukich bosh bilan xotirjam zarba berdi. To‘p Ikerning qo‘liga bordi! |
| 69' | ![]() |
Garsiya o‘ng qanotdan Kasilyas darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Varan to‘pni qaytardi |
| 67' | ![]() |
Ronaldu Chicharitoning uzatmasidan keyin jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘llashga urindi. Zarba qovushmadi. |
| 65' | ![]() |
"Atletiko"da dastlabki o‘zgarish: Antuan Grizmann o‘rniga Raul Garsiya tushirildi |
| 64' | ![]() |
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytarilgan to‘pga mehmon futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p "Real" futbolchisiga tegib qaytdi. |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! Ronalduning chap qanotdan yetkazgan uzatmasiga Ramos bosh bian zarba berdi. Oblak o‘z o‘rnida! |
| 61' | ![]() |
"Atletiko" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumdagi fol tufayli o‘yin to‘xtatildi |
| 59' | ![]() |
Oho! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Varan bosh bilan zarba berdi. Yan Oblak to‘pni egallab oldi |
| 59' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Burchak to‘pi |
| 54' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Chicharito bosh bilan zarba bermoqchi bo‘ldi. Miranda ham to‘pga sakradi va Chicharito yiqildi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 52' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. HImoyachilar qaytarishdi. Katta ustunlik "Real Madrid" tomonida! |
| 50' | ![]() |
Arda Turon "Real" jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llamoqchi bo‘lganida yiqilib tushdi, penalti emas bu vaziyat |
| 49' | ![]() |
Vuuuuuuuuh! Xavyer Ernandeeeeees! Iskoning uzatmasidan keyin Chicharito birga bir vaziyatga chiqdi va zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Takroriy lavhada hujumchi ofsaydda qolgandek ko‘rindi. Laynsmen bayroqchani ko‘tarmadi... |
| 46' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni darhol raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Chicharito noaniq zarba yo‘lladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam kompensasiya vaqti qo‘shmadi |
| 45' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rafael Varan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 44' | ![]() |
Vuuuuuhh! Ronalduuuuuuu! Birga bir vaziyatda Yan Oblakni dog‘da qoldira olmadi! Darvozabon oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 43' | ![]() |
Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. "Atletiko" himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak zarbasi samarali chiqmadi |
| 40' | ![]() |
Maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritildi. Manjukich bosh bilan zarba berdi. Iker to‘pni osonlik bilan egalladi |
| 37' | ![]() |
O‘ng burchakka yaqin joyda Chicharitoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xames yetkazgan uzatmani Oblak egallab oldi |
| 36' | ![]() |
"Atletiko" futbolchilari o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berishdi. Pepe Manjukichga bosh bilan zarba berish imkoniyatini bermadi |
| 32' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mehmonlar jarima maydonchasi tashqarisida Kroosga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Jarimadan Ronaldu yo‘llagan zarbani Oblak yon tomonga urib yubordi! Arda Turan esa ogohlantirish oldi |
| 31' | ![]() |
Xamesning uzatmasidan keyin Chicharito darvozagacha 7-8 metrlardan bosh bilan zarba yo‘llashga harakat qildi. To‘p himoyachining yelkasiga tegib, maydonni tark etdi... |
| 29' | ![]() |
Vuuuuh! "Atletiko" ijrosida dastlabki aniq zarba! Xesus Gamesning zarbasini Kasilyas ushlab oldi. |
| 27' | ![]() |
Zarba yo‘llash huquqini Xamesga berishdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 27' | ![]() |
Zarba yo‘llash huquqini Xamesga berishdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 26' | ![]() |
Jarima maydonchasi ostonasida Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 23' | ![]() |
Mehmonlar o‘yinni maydon markaziga ko‘chirib, endi o‘zlari Kasilyas darvozasi tomon yurish qilishni o‘ylashmoqda |
| 21' | ![]() |
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Qaymoqranglilar" xavfni bartaraf etishdi |
| 18' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba bermoqchi bo‘lib, Godinni itarib yubordi. Fol |
| 15' | ![]() |
"Atletiko" yon chiziqdan to‘pni "Real" jarima maydonchasiga uloqtirib berdi. Kasilyas musht bilan urib yuborgan to‘pga Koke zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 13' | ![]() |
Ronalduuu! Jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi! |
| 12' | ![]() |
Birinchi xavfli vaziyat! Xamesning o‘ng qanotdan bergan uzatmasidan keyin Chicherito jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 11' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasini Chicharito oyoq bilan darvozaga burishga harakat qildi. To‘p oyoqqa yaxshi o‘tirmadi. Oblak egallab oldi to‘pni |
| 9' | ![]() |
Vaziyat o‘zgarayotgani yo‘q. Maydon egalari variant qidirishmoqda, "matraschilar" payt poylashmoqda. Bu o‘yinda hech kimning xato qilishga haqi yo‘q. Xato qimmatga tushadi. Ehtiyotkorlik birinchi o‘rinda |
| 5' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda, "Atletiko" to‘liq himoyada. Hozircha mezbonlar jiddiy bosim uyushtira olishmayapti |
| 2' | ![]() |
"Real" jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 2' | ![]() |
Bugun tayanch zonasida Serxio Ramos o‘ynamoqda. Uning hisobida bitta sariq kartochka bor. Ehtiyot bo‘lib o‘ynashi lozim. Bugun ogohlantirish olsayu, "Real" yarim finalga chiqsa, u diskvalifikasiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga qizil-oq yo‘l-yo‘l formadagi "Atletiko" kiritib berdi. "Real" esa oq rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Bugun "Real"da 4ta yo‘qotish bor. Jarohat tufayli - Modrich, Beyl va Benzema, diskvalifikasiya tufayli - Marselo maydonga tusha olishmaydi |
| ' | ![]() |
Bugun "Real"da 4ta yo‘qotish bor. Jarohat tufayli - Modrich, Beyl va Benzema, diskvalifikasiya tufayli - Marselo maydonga tusha olishmaydi |
| ' | Xabaringiz bor, bundan 8 kun avval "Visente Kalderon" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob ochilmagandi. Demak, bugungi o‘yin yarim final yo‘llanmasi sohibiga aniqlik kiritib beradi | |
| ' | Madriddagi stadion liq to‘lgan. Muxlislar "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun shay holatda turishibdi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Yevropa futboli muxlislari! Madrid derbisi, Yevropa chempionlar ligasi, chorak final javobi o‘yini! "Santyago Bernabeu"! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|