Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

33-tur, 18 aprel, soat 19:00. Bosh hakam: Antonio Mateo Laxos

ESPANYOL

0 : 2

BARSELONA

Neymar (18)
Messi (25)
JAMOALAR TARKIBI
13.Kiko Kasilya (D)
15.Ektor Moreno
27.Ruben Dyuarte
05.Viktor Alvares
23.Anaits Arbilla
22.Alvaro Gonsales
14.Kanyas
10.Abraxam Gonsales
17.Lukas Vaskes
09.Serxio Garsiya
20.Felipe Kaysedo
  13.Klaudio Bravo (D)
18.Xordi Alba
22.Dani Alves
03.Jerar Pike
12.Rafinya
05.Serxio Buskets
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
11.Neymar
ZAHIRA
25.Pau Lopez (D)
19.Diyego Kolotto
18.Xuan Fuyentes
16.Xavi Lopec
24.Pako Montanyes
06.Salva Sevilya
08.Kristian Stuani
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
21.Adriano
24.Jeremi Matyo
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
06.Xavi Ernandes
07.Pedro Rodriges
QIZIL KARTOCHKA
 
Xordi Alba (54)

Matn

90+4'
"Espanyol" jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegdi. Shu pallada hakam o‘yinni yakunlab berdi. "Espanyol" - "Barselona" - 0:2.
90+2'
"Espanyol" futbolchisi Ekor Moreno ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Xavi tushirildi.
87'
Kristian Stuani birga bir vaziyatga chiqib borib, olis burchak tomon zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egallab oldi.
81'
Buskets ogohlantirildi.
80'
Kanyas ogohlantirish oldi
79'
"Barsa"da o‘zgarish: Luis Suares o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi
77'
"Espanyol" ham vaqti-vaqti bilan hujumga o‘tmoqda. Stuanining zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
77'
Qoyiiiil, Neymar! U butun boshli mudofaa chizig‘ini aldab o‘tdi va o‘ziga ham zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga uzatma berdi. Lionel zarba berishga ulgurmadi, himoyachi to‘pni tepib yubordi...
77'
Qoyiiiil, Neymar! U butun boshli mudofaa chizig‘ini aldab o‘tdi va o‘ziga ham zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga uzatma berdi. Lionel zarba berishga ulgurmadi, himoyachi to‘pni tepib yubordi...
73'
Lukas Vaskes ogohlantirish oldi.
70'
Messi o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘polik uchun belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi.
64'
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Matyo tushirildi
63'
Ehhh, Neymaaaar! Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Neymarga pas berdi. Braziliyalik futbolchi 6-7 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi...
59'
Dani Alves sariq kartochka oldi
57'
Messssiii! Leo Suares bilan "devor" o‘ynab, deyarli birga bir vaziyatga chiqib kedi. Uning himoyachi ta’qibi ostida yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!
54'
Xordi Albaga qizil kartochka! Himoyachi hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun Mateo Laos unga darhol qizil kartochka ko‘rsatdi.
48'
Neymar birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p posbonning ko‘kragiga tegib qaytdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi (internet bilan bog‘liq muammo tufayli onlayn translyasiyamizda kichik pauza yuzaga keldi)
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Espanyol" - "Barselona" - 0:2.
45'
Suares jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
41'
Zarba! Rafinyaning uzatmasidan keyin Suares bitta harakat bilan Neymarni zarbavor vaziyatga chiqardi. Braziliyalik hujumchining zarbasi olis burchakka borayotgandi, Kasilya to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yaxshi seyv
36'
Mehmonlar maydon markazida to‘pni oldirib qo‘yishdi. Natijada Serxio Garsiya birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va to‘pni Maskerano egallab oldi
36'
Mezbonlarning markaz bo‘ylab hujum tashkil qilishdi. Ammo samarali yakunlay olishmadi
32'
"Espanyol" faollashishga harakat qilmoqda, ammo "Barsa" raqibni to‘psiz o‘ynashga majbur qilmoqda
28'
"Espanyol" o‘zining ilk hujumini tashkil qildi. Kaysedoning zarbasi yuqoridan o‘tib ketdi
25'
GOOOOOOL! Messsiiii! 0:2! JUda chiroyl kombinasiya natijasida kiritilgan gol! O‘ng qanotdan Suares-Inyesta-Suares-Messi! To‘p ikkita ustunga tegib, keyin to‘rga borib tushdi!
22'
Serxio Garsiya sariq kartochka oldi. Maskeranoni ortdan tepib yiqitgani uchun
18'
GOOOOOOL! Neymar, 0:1! Messi maydon markazidan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Alba to‘pni darvoza ro‘parasiga qaytardi. Suares to‘pni ataylab o‘tkazib yubordi va uning ortidan kelayotgan Neymar to‘pni darvozaga joyladi! Nazarimizda, bu avvaldan rejalashtirilgan kombinasiya!
13'
Neymar-Messi-Suares uzatmasidan keyin Luis birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd
11'
Messining uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatda chiqdi, uning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!!!
9'
Ustunlik to‘laligacha Enrike shogirdlari tomonida
6'
Vuuuuh! Yana bir xavfli vaziyat! Messining jarima maydonchasiga kirgan Alba tomon uzatma berdi, himoyachi to‘pni bir amallab qaytardi. Qaytgan to‘pga Suares bosh bilan zarba berdi. Kiko Kasilya oyog‘i bilan zarbani qaytardi!
3'
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi, himoyachi to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi!..
1'
O‘YIN BOSHLANDI! Ketdik!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Espanyol" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi
'
Assalomu alaykum, qadrli fubol muxlislari. Ispaniya La ligasining 33-turidan o‘rin olgan Kataloniya derbisini biz bilan birga kuzatib borishga taklif etaiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.