Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 34-tur, 26 aprel, soat 20:00. Bosh hakam: Maykl Oliver | ||
ARSENAL |
0 : 0 |
CHELSI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.David Ospina (D) 06.Loran Koselni 39.Ektor Bellerin 18.Nacho Monreal 04.Per Mertezaker 16.Aaron Remzi 19.Santi Kasorla 34.Fransis Koklen 11.Mesut O‘zil 17.Aleksis Sanches 12.Olivye Jiru |
13.Tibo Kurtua (D) 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 02.Branislav Ivanovich 24.Geri Kexill 08.Oskar 22.Villian 04.Sesk Fabregas 10.Eden Azar 21.Nemanya Matich 07.Ramires |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Voysex Shchensni (D) 02.Matyo Debyushi 03.Kiran Gibbs 10.Jek Uilshir 20.Matyo Flamini 14.Teo Uolkott 23.Danni Uelbek |
01.Petr Chex (D) 03.Filipe Luis 05.Kurt Zuma 23.Xuan Kuadrado 12.Jon Obi Mikel 11.Didye Drogba 36.Ruben Loftus-Chik |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
Hakamning final xushtagini "Chelsi" futbolchilari xursandchilik bilan qarshi olishdi. Ular raqib bilan 10 ochkoli farqni saqlab qolishdi. Mourinyo jamoasi yana 2ta o‘yinda keyin chempionlikni nishonlashlari mumkin. |
| 90+4' | ![]() |
Nacho Monreal sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan "Chelsi" futbolchisini yiqitdi. |
| 90+3' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Kuadrado tushirildi. |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh! "Arsenal" futbolchilari yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi. Nacho chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. O‘zilning oyog‘iga to‘p tegmay qoldi, Uelbekdan esa o‘tib ketdi... |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 89' | ![]() |
Remzi sariq kartochka evaziga Azarni to‘xtatdi — uning qo‘lidan tortib qoldi. |
| 87' | ![]() |
Aleksis jarima maydonchasiga kirayotgan O‘zil tomon yuqoridan yaxshi pas bergandi. Mesut uzatmaga biroz yeta olmadi |
| 84' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Jiru o‘rniga Teo Uolkott tushdi |
| 82' | ![]() |
Uelbek o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida borgan to‘p Kurtuaning qo‘lidan maydonni tark etdi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng Tiboga nisbatan qoidabuzarlik qilindi |
| 80' | ![]() |
Remzi 23 metrlardan kuchli zarba yo‘llagandi, ammo to‘p Jiruga tegib qoldi |
| 76' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Koklen o‘rniga Danni Uelbek tushirildi |
| 75' | ![]() |
Ehhhh, Kasorlaaa! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma jarima maydonchasi ichida ochiq turgan Kasorlaga borib tushdi. Santi 13 metrlardan aniq zarba bera olmadi! |
| 73' | ![]() |
Drogba "Arsenal" jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashayotganida to‘p sakrab, mezbon himoyachisining qo‘liga tegdi. Didye harakatni davom ettirdi va zarba berdi. Burchak to‘pi |
| 72' | ![]() |
Ivanovich ogohlantirildi. Sanchesga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun |
| 69' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Kurtua musht bilan urdi, ammo uzoqqa emas. Mertezaker 15 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi. |
| 68' | ![]() |
Oyyyy, Villian oyog‘ini baland ko‘tarib, Kosyelnining yuziga tepib yubordi. Sariq kartochka |
| 68' | ![]() |
O‘zil Kasorla bilan o‘zaro "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi! |
| 65' | ![]() |
Vuuuuh! "Arsenal" tezkor hujum tashkil qildi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berildi. Aleksis Sanches zarba berishga ulgurmadi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kurtua egalab oldi |
| 61' | ![]() |
"Kanonirlar" ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dirishga harakat qilishmoqda. Remzi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga ulgurmadi |
| 56' | ![]() |
Azar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
"Aristokratlar" faolroq ko‘rinishmoqda ikkinchi bo‘limda |
| 50' | ![]() |
Nacho Monreal chap qanotdan hujumga qo‘shildi va jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 46' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Drogba tushirildi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Chelsi" - 0:0. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! "Arsenal" jiddiy bosim tashkil qildi. Bellerin uzatgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Qaytgan to‘pni O‘zil egalladi va 14 metrlardan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egallab oldi. |
| 43' | ![]() |
Sanches "Chelsi" jarima maydonchasi ichida tovoni bilan Jiru tomon uzatma berdi. Olivye buni kutmagandi... |
| 41' | ![]() |
Remzi o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga yerlatib uzatma berdi. Terri to‘pni tepib yubordi |
| 40' | ![]() |
Vuuuh! "Chelsi" qarshi hujumga o‘tayotganida "Arsenal" himoyachisi to‘pni egallab, yana hujum chizig‘iga qaytardi. Sanches 14 metrlardan noaniq zarba yo‘lladi... |
| 38' | ![]() |
Vuuuuuh! Villian jarima maydonchasining chap burchagidan chiroyli uzatma bilan Ramiresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi! Uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini Ospina qaytardi! To‘pni egallab oldi! |
| 35' | ![]() |
Koklen ogohlantirildi. |
| 34' | ![]() |
Sanches o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga Belleringa uzatma berdi. Qanot himoyachisi to‘pni yerga tushirmasdan 11 metrli nuqta atrofiga qaytardi. Santi Kasorlaning zarbasidan keyin to‘p uning oyog‘i ostiga yotayotgan Aspilikuetaning qo‘liga tegib qaytdi. Hakam jim. |
| 32' | ![]() |
Mehmonlar raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni olib qo‘yishdi va Oskarga yetkazishdi. Braziliyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi ichida himoyachilarni aldamoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 31' | ![]() |
Yana chapdan havolatib yetkazilgan uzatma paytida Aspilikueta Jiruga bosh bilan zarba berish imkoniyatini bermadi |
| 28' | ![]() |
To‘p bir joyda to‘xtab turgani uchun. Mezbonlar chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Terri to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 25' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. O‘zil jarima maydonchasining o‘ng burchagidan narigi tomondan ichkariga kirgan Jiruga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 23' | ![]() |
Sesk Fabregas jarima maydonchasi ichida simulyasiya ishlatib yiqilgani uchun ogohlantirildi! |
| 21' | ![]() |
Maydon markazidan oldinga o‘tayotgan Ramires tomon uzatma berildi. Monreal unga imkoniyat bermadi |
| 18' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ospina egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuuh! "Chelsi" hisobni ochishiga sal qoldi! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Oskar jarima maydonchasi ichida davrozabonning ustidan oshirdi. Belyerin bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi. Ospina Oskarning ustiga chiqib ketdi va unga jarohat yetkazdi. Ushba harakat uchun penalti qo‘ysa ham bo‘lardi. Ammo hozircha faqat burchak to‘pi |
| 12' | ![]() |
Jiruuu! Darvozaga yaqin joyda teskari turgan holda to‘pni yuqoriga ko‘tardi va bosh bilan zarba berishga urindi. Kurtua to‘pni egalladi |
| 12' | ![]() |
Jiruuu! Darvozaga yaqin joyda teskari turgan holda to‘pni yuqoriga ko‘tardi va bosh bilan zarba berishga urindi. Kurtua to‘pni egalladi |
| 11' | ![]() |
O‘yinda follar yuzaga kelmoqda. Bunday o‘yin uchun normal holat |
| 8' | ![]() |
Oskar jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam penalti yo‘q deb hisobladi |
| 7' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 6' | ![]() |
Aleksisning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi "Chelsi" futbolchisining oyog‘idan maydonni takr etdi. Burchak to‘pi |
| 5' | ![]() |
Hozircha ustunlik hech bir tomonda emas. Tashabbus uchun kurash |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Bu o‘yinda ham sukut saqlash... |
| 19:55' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|