Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

33-tur, 26 aprel, soat 23:59. Bosh hakam: Pedro Peres Montero

SELTA

Nolito (9)
Santi Mina (29)

2 : 4

REAL MADRID

Toni Kroos (16)
Xavyer Ernandes (24, 69)
Xames Rodriges (44)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Alvares (D)
22.Gustavo Kabral
02.Ugo Malyo
19.Jonni
03.Andreu Fontas
23.Mikayel Kron-Deli
24.Augusto Fernandes
14.Fabian Orelyana
10.Nolito
11.Xoakin Larrivey
07.Santi Minya
  01.Iker Kasilyas (D)
15.Daniel Karvaxal
12.Marselo
04.Serxio Ramos
02.Rafayel Varan
10.Xames Rodriges
08.Toni Kroos
23.Isko
24.Asyer Ilyaramendi
07.Krishtianu Ronaldu
14.Xavyer Ernandes
ZAHIRA
13.Ruben Blanko (D)
20.Serxi Gomes
05.Pedro Ernandes
08.Aleks Lopes
17.Levi Madinda
18.Teo Bongonda
09.Charlz
  13.Keylor Navas (D)
05.Fabiu Kuentrau
17.Alvaro Arbeloa
18.Nacho Fernandes
03.Pepe
16.Lukas Silva
20.Xese

Matn

'
"Selta" - "Real" - 2:4. Madridliklar "Barselona" bilan oradagi farqni yana 2 ochkoga keltirib qo‘yishdi
90+3'
O‘yin yakunlandi.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90+1'
Karvaxal ham sariq kartochka oldi va u keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
90'
Mikayel Kron-Deli sariq kartochka oldi
88'
Vuuuh! Nolito jarima maydonchasiga chap burchakdan kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi...
87'
"Selta" futbolchisining zarbasini Kasilyas egalladi
85'
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Xames o‘rniga Arbeloa tushirildi
84'
Serxio Ramos sariq kartochka oldi. U keyingi turni o‘tkazib yuboradi
82'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Xese tushirildi
79'
Nolito darvozaga yaqin joyda bosh bilan to‘pni darvozaga tomonga bura olmadi
77'
Fontes jarima maydonchasi ichida Nolitodan uzatma qabul qildi, ammo uni o‘ziga bo‘ysundira olmay, vaziyatni yo‘qqa chiqardi
75'
Darvozagacha 30 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Ronaldu tepdi. Darvozabon to‘pni egalladi
74'
"Real"da o‘zgarish: Chicharito o‘rniga Pepe tushirildi
71'
Chicharito ofsaydda qoldi
69'
GOOOOL! Chicharito! 2:4! Ramos maydon markazidan chiroyli pas bilan hujumchini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Xavyer imkoniyatni ko‘kka sovurmadi!
66'
Nolito chap qanotda jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi, ammo uzatma tezroq bo‘lgani uchun to‘pni Kasilyas egallab oldi
63'
Nolito chap qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi va mezbon futbolchisi to‘pni darvoza qarshisiga qaytardi. Madridliklar to‘pni qaytarishdi.
62'
"Real"dan xavfli qarshi hujum! Ronaldu o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va narigi tomondan jarima maydonchasiga kirgan Chicharitoga pas berdi. Xavyerning zarbasi aniq chiqmadi.
61'
"Selta" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Marselo to‘pni qaytardi
60'
Vuuuuh! "Selta" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvoza yaqinida mezbon futbolchilari zarba berishga ulgurishmadi, hujumchilardan biri yiqildi...
56'
Orelyana "Real" jarima maydonchasi ichida Kroosga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilamadi.
55'
Ronalduning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi rekoshet holatida Isko borib tushdi. Isko birga bir vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldira olmadi
54'
"Real" qarshi hujumi paytida Ronaldu maydon markazida turib o‘ng qanotda ochiq turgan Chicharitoga pas bera olmadi. AKs holda meksikalik hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketardi
53'
"Selta"ning tezkor qarshi natijasida Santi Mina jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
53'
Jonni sariq kartochka oldi
52'
"Selta" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zarba berildi, ammo to‘p yuqoriga ko‘tarildi. Iker to‘pni egalladi
51'
Orelyana ogohlantirish oldi
49'
Nolito deyarli birga bir vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘llashga qaror qildi. Zarba aniq chiqmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Selta" - "Real" - 2:3. Tanaffus.
44'
GOOOOOL! Xames Rodriges, 2:3! Yana qarshi hujumda mezbonlar "Real"ning hujumini o‘tkazib yuborishdi. Kolumbiyalik futbolchining zarbasi rekoshet holatda to‘rga borib tushdi!
42'
Endi Larrivey jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va Varanning ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. Hujumchi hakamdan burchak to‘pi so‘radi, ammo erkin zarba
41'
Vuuuuuuh! "Real" maydon markazida to‘pni egallab, tezda qarshi hujumga o‘tdi! Ronaldu birga bir vaziyatda chiqib yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi! So‘ngra to‘pni himoyachiar egallashdi...
39'
Krishtianu ofsaydda qoldi, aks holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi
39'
Vuh! Larrivey "Real" jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va bir himoyachi ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni egallab oldi
37'
O‘yin tempi biroz tushdi. Hozircha xavfli hujumlar ko‘zga tashlanmayapti
32'
"Selta" to‘pni nazorat qilmoqda. Hujumkor o‘yin qilmoqda. Bu esa o‘yinning juda qiziqarli bo‘lishini ta’minlamoqda
29'
GOOOOOL! Santi Mina, 2:2! "Selta" hujumchisi birga bir vaziyatga chiqib bordi va Kasilyasning yonidan o‘tkazib zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi, Santi takroriy zarba bilan hisobni tenglashtirdi!
28'
Larrivey tomon yetkazilgan uzatmani "Real" himoyachilari yana qaytarishdi
27'
Madrid burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. HImoyachilar uni qaytarishdi
24'
GOOOOOL! Chicharito, 1:2! Xamesning uzatmasidan keyin Xavyer o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida yaqin burchakni aniq nishonga oldi.
23'
Maydon egalari Larriveyni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qilishdi. Hujumchi biroz ofsaydda qolib ketdi
21'
Vuuuh, ohohoho! Marseloning uzatmasidan keyin Chicharito birga bir vaziyatga chiqdi, ammo Alvares to‘pga tashlandi va uni yon tomonga urdi. To‘p Ronalduga bordi, Krishtianu esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p olis ustunni deyarli silab o‘tib ketdi!!!
19'
Nolito burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va qayta qabul qilib, chap qanotdan zarba yo‘lladi, yuqoridan o‘tib ketdi
16'
GOOOOOL! Toni Krooos! 1:1! Ronaldu chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib keldi va uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Toni 14 metrdan aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi! O‘yin qiziqarli boshlandi
13'
"Selta"ning xavfli hujumi. Nolito pas bilan Larriveyni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Varan to‘pni qaytardi.
10'
Gol bo‘lgan vaziyatda Ramos burchak to‘pi tepilayotganida raqib jarima maydonchasiga borgan va uning butsasi yechilib ketgan ekan. U butsasini qo‘liga olib yetib kelguncha, "Selta" gol urishga ulgurdi
9'
GOOOOL! Nolito, 1:0! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin to‘pni egallagan "Selta" futbolchilari qarshi hujumga o‘tishdi. Nolito chap qanotdan Kroos va Karvaxal orasidan o‘tib jarima maydonchasi kirdi va aniq zarba bilan darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi!
8'
"Real" burchak to‘pi ishladi
7'
Madridliklar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Chicharito tomon yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
4'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbon futbolchisi darvoza tomon bura olmadi
3'
"Selta"dan navbatdagi hujum, o‘ng qanotdan. Burchak to‘pi
2'
Dastlabki hujumni vigoliklar uyushtirishdi. Madridliklar himoyada ishonchli o‘ynashdi
1'
O‘YIN BOSHLANDI
'
Bugun "Real" qora rangli formada o‘ynaydi. Mezbonlar esa och havorang formada harakat qilishadi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishgan
'
Qadrli futbol muxlislari! La liganing 33-turidan o‘rin olgan "Selta" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.