Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga-2015
| 6-tur, 27 aprel, soat 17:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) | ||
LOKOMOTIVRuslan Koryan (12)
Ikrom Aliboyev (67) |
2 : 1 |
PAXTAKORStanislav Andreev (51-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Ignatiy Nesterov 3.Shavkat Mullajonov 7.Ruslan Koryan 13.Lutfulla To‘rayev 17.Salim Mustafoyev 18.Temur Kapadze (S) 22.Sanjar Shoahmedov 24.Ibrohim Rahimov 28.Ikrom Aliboyev 31.Nemanya Yanichich 33.Oleg Zoteev |
12.Aleksandr Lobanov 2.Egor Krimes (S) 4.Adnan Oraxovas 5.Akbar Ismatullayev 8.Sherzod Karimov 11.Igor Sergeev 15.Javohir Sohibov 23.Aleksandr Merzlyakov 24.Davronbek Hoshimov 28.Stanislav Andreev 29.Vladimir Kozak |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Ma’mur Ikromov 8.Sardor Mirzayev 10.Marat Bikmayev 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov 16.Jasur J.Hasanov 77.Jasur O.Hasanov 99.Damir Koyashevich |
1.Nikita Ribkin 6.Murod Xolmuhammedov 9.Jaloliddin Masharipov 13.Iskandar Shayqulov 16.Navruzbek Alimov 18.Bahodir Pardayev 34.Javohir Siddiqov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ruslan Koryan (16)
Ikrom Aliboyev (35) |
Igor Sergeev (43)
Egor Krimes (57) Davron Hoshimov (69) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! "LOKOMOTIV" - "PAXTAKOR" - 2:1 |
| 90+3' | ![]() |
Ehhh, Koyashevich! "Lokomotiv" futbolchilari bir himoyachiga qarshi ikki futbolchi bo‘lib chiqib ketishdi. Ammo Damir Temurxo‘jaga aniq pas bera olmadi. To‘p Lobanov tomonga ketib qoldi. |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan darvoza oldiag yetkazilgan uzatmaga Karimov biroz yeta olmadi. Nesterov to‘pni egalladi |
| 88' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish bo‘ldi. Oraxovas o‘rniga Navruz Alimov tushirildi |
| 88' | ![]() |
Sergeev chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Nesterov yaqin ustun oldida to‘pni egalladi. Pardayev biroz kech qoldi |
| 87' | ![]() |
Kapadzeni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi |
| 86' | ![]() |
Vuuuh! Himoyachilarning xatosidan so‘ng Temurxo‘ja Abduxoliqov bir himoyachi ta’qibi ostida darvoza tomon yaqinlashdi. Himoyachini aldab darvoza tomon zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi! |
| 84' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Sergeev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Kozak to‘pni darvoza tomon burdi, ammo kuchli chiqmadi, to‘pni Ignat egalladi |
| 83' | ![]() |
Hoshimovning uzatmasidan Pardayev "chayonsifat" uslubda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
Vuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Karimov jarima maydonchasi ichida — o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Pardayev zarba berishga ulgurmadi. Yanichich to‘pni tepib yubordi |
| 80' | ![]() |
Ermatov Davron Hoshimovni ayadi. Himoyachi o‘ta qo‘pollik bilan Shoahmedovni yiqitdi. Ikkinchi sariqqa tortadigan vaziyat edi... |
| 79' | ![]() |
Koyashevich o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi taqsharisidan zarba yo‘lladi. Lobanov to‘pni egalladi. |
| 77' | ![]() |
"Lokomotiv"da so‘nggi o‘zgarish: Ruslan Koryan o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov bahsni davom ettiradi |
| 76' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Andreev o‘rniga Bahodir Pardayev o‘yinni davom ettiradi. Ikkinchi goldan keyin esa Ismatullayev o‘rniga Jaloliddin Masharipov ham tushirilgandi. |
| 75' | ![]() |
Karimov o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasini Nesterov egallab oldi |
| 71' | ![]() |
"Lokomotiv"da ikkinchi o‘zgarish: Lutfulla To‘rayev o‘rniga Damir Koyashevich tushirildi |
| 69' | ![]() |
Tezkor qarshi hujumga o‘tayotgan Shoahmedovni ochiqchasiga tepib yiqitgani uchun Davron Hoshimov ogohlantirish oldi. |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOL! Ikrom Aliboyev! 2:1! Kapadzening oldinga yerlatib bergan uzatmasini Shoahmedov to‘xtatdi, ammo Ikrom to‘pni olib qo‘ydi va ikki himoyachi orasidan o‘tib birga vaziyatga chiqib bordi hamda Lobanovni dog‘da qoldirdi! |
| 64' | ![]() |
Sherzod Karimov tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 62' | ![]() |
Merzlyakov burchak zarbasi ishladi. Maydon egalari uni qaytarishdi |
| 61' | ![]() |
"Paxtakor"ning hujumi chap qanotdan o‘ng tomonga ko‘chirildi. Sherzod Karimov bir himoyachini aldadi va zarba berdi. Noaniq |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuh! Shoahmedov jarima maydonchasiga burchagidan yo‘llagan zarba darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 58' | ![]() |
Jarima zarbasini "Paxtakor" himoyachilari qaytarishdi. Takroriy hujum paytida burchak to‘pi ishlandi. |
| 57' | ![]() |
Egor Krimes xavfli o‘ynagani uchun sariq kartochka oldi. Chap qanotdan jarima zarbasi |
| 55' | ![]() |
Vuuuuuuuhhhh! Hasanov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni o‘sha tomonga qaytardi. Jasur takroriy uzatma bergan paytda Koryan yaqin masofadan bosh bilan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 54' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga katta Jasur Hasanov tushirildi |
| 52' | ![]() |
Kapadzening uzatmasidan keyin Koryan birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsaydda qolgan ekan |
| 51' | ![]() |
GOOOOL! Stanislav Andreev, 1:1! Nesterov zarbani qaytara olmadi! |
| 50' | ![]() |
PENALTI! "Lokomotiv" darvozasiga! Burchakdan to‘p yetkazilganidan keyin himoyachilar qaytarishdi. Krimes bosh bilan zarba bermoqchi bo‘lganida Mullajonov uni tepib yubordi. |
| 49' | ![]() |
"Paxtakor" qarshi hujumga o‘tdi. Sergeev jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbaga Yanichich oyoq qo‘ydi va to‘p maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 48' | ![]() |
MUstafoyev chap qanotdan yetkazgan uzatmasini Krimes qaytardi. Sanjar Shoahmedov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Lobanov to‘pni egalladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Xabaringiz bor, ushbu jamoalar mavsum avvalida O‘zbekiston superkubogida to‘qnash kelishgandi. Unda Abramov shogirdlari 4:0 hisobida g‘olib chiqishgandi. | |
| ' | Hozircha "Lokomotiv" amaldagi chempion — "Paxtakor"ni kichik hisobda mag‘lub etmoqda. Birinchi bo‘limda jamoalar ochiq o‘yin qilishmadi. Temiryo‘lchilar o‘zlari yaratgan imkoniyatdan foydalana olishdi. | |
| 45+2' | ![]() |
Burchakdan to‘pidan keyin Merzlyakov o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Nesterov to‘pni maydon tashqarisiga chiqardi. Qo‘shimcha vaqt tugab ketgani uchun Ermatov mehmonlar ikkinchi burchak to‘piga imkon bermadi. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Karimovga nisbatan chap qanotdan fol ishlatildi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Rahimov bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sergeev to‘pni qo‘li bilan darvozaga burishga uringani uchun sariq kartochka oldi. |
| 41' | ![]() |
To‘rayev jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Lobanov to‘pni egallab oldi. |
| 40' | ![]() |
"Lokomotiv" hujum qilayotganida jarima maydonchasining chap tomondagi chizig‘i shundoqqina yonida Koryan chalib yiqitildi. Xavfli jarima zarbasi |
| 35' | ![]() |
Ikrom Aliboyev sariq kartochka oldi. |
| 33' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Nesterov xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo bundan mehmonlar foydalana olishmadi |
| 31' | ![]() |
Burchak to‘pi "Lokomotiv" uchun samarali bo‘lmadi. |
| 30' | ![]() |
Mullajonovning uzatmasidan keyin Koryan o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va markazroqqa pas berdi. Krimes to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 26' | ![]() |
Karimov yetkazgan uzatmani Nesterov ikkinchi urinishda egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Aliboyev maydon markazida Kozakka nisbatan fol ishlatdi |
| 23' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pidan keyin hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Karimov o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani hujumchilar darvozaga bura olishmagan bo‘lsa, qaytgan to‘pga jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berildi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 21' | ![]() |
Kapadze davroza yaqiniga havodan uzatma berdi. Aliboyevning bosh bilan zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi... |
| 21' | ![]() |
Kapadzega nisbatan fol. Darvozagacha 27 metrlar... |
| 17' | ![]() |
Ehhh, Sergeev! Nesterov o‘ziga yetkazilgan uzatmani sheriklariga yetkazish paytida Igorga berib qo‘ydi. Ignatiy chetroq turgani bois darvoza bo‘sh qolgandi. Sergeev zarba berayotgan chog‘da Luftulla zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi... |
| 16' | ![]() |
Vuuuuh! "Lokomotiv" ikkinchi golni urishiga sal qoldi! Avvaliga Aliboyev jarima maydonchasiga kirdi va Koryanga pas berdi. Ruslan fursatni boy berdi va himoyachi to‘pni tepib yubordi. Takroriy hujum oqibatida jarima maydonchasiga kirgan Kapadze pas berildi. Temurning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 14' | ![]() |
Vuuuuh! "Paxtakor" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Karimov qanotdan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Sergeev yaqin masofadan bosh bilan darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOL! RUslan Koryan, 1:0! Ibrohim Rahimovning uzatmasidan keyin Kapadze ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda bo‘lishiga qaramay Koryanga pas berdi. Ruslan bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi! |
| 9' | ![]() |
Ruslan Koryan burchak to‘pini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi. To‘p hech kimga tegmay qarama-qarshi qanotdan maydonni tark etdi. |
| 8' | ![]() |
Kapadze oldinga o‘tayotggan Shoahmedovga pas bera olmadi. Oraxovas to‘pni olib qoldi. Aks holda Sanjar birga bir vaziyatga chiqib ketardi... |
| 8' | Maydon markazi uchun kurash kechmoqda | |
| 5' | ![]() |
"Lokomotiv" futbolchisi To‘rayev chap burchakka yaqin joydan jarima zarbasini tepdi. Kozak bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 3' | ![]() |
Sherzod Karimovning darvozabon maydonchasiga yetkazgan to‘pini Nesterov musht bilan urib yubordi |
| 3' | ![]() |
Mullajonov Merzlyakovga nisbatan fol ishlatdi. |
| 2' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani "Loko" himoyachilari qaytarishdi. Merzlyakovning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga "Paxtakor" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
"Paxtakor" futbolchilari o‘z qo‘llarida gul, "Lokomotiv" o‘yinchilari esa sovg‘alar ko‘tarib chiqishdi. Ular o‘zbek futboli faxriylariga sovg‘alarni taqdim etishdi. B.Abduraimov, A.Inoyatov, T.Isoqov va boshqalar ham stadionga chiqishdi |
| ' | ![]() |
"Lokomotiv" qizil, "Paxtakor" esa oq rangli formada harakat qilishadi |
| 16:56' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| 16:55' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qoldi. O‘yin "Sport" kanalida bugun 21:55da yozib olingan holda namoyish etiladi |
| ' | Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishgan | |
| ' | ![]() |
Taxminan yana 10 daqiqalardan keyin "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalar o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi |
| ' | Toshkentning TTZ dahasida joylashgan "Lokomotiv" stadionidan matnli onlayn translyasiyamizni boshlaymiz | |
| 16:45' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|