Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 34-tur, 28 aprel, soat 23:00. Bosh hakam: David Fernandes Borbalan | ||
BARSELONALionel Messi (9-pen., 47)
Luis Suares (25, 40) Neymar (27) Xavi (30) |
6 : 0 |
XETAFE |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Klaudio Bravo Daniel Alves Jeremi MatYE Mark Bartra Adriano Korreyya Serxio Buskets Xavi Ernandes Rafinya Lionel Messi Luis Suares Neymar |
Visente Guaita Alvaro Aroyo Aleksis Emiliano Velaskes Roberto Lago Mexdi Lasen Xuan Rodriges Emiliano Buendia Fredi Inestrosa Pedro Leon Baba Diavara |
|
| ZAHIRA | ||
|
Mark-Andre ter Shtegen Martin Montoyya Xavyer Maskerano Serxi Roberto Ivan Rakitich Andres Iniyesta Pedro Rodriges |
Xonatan Naldo Karlos Vigaray Serxio Eskudero Alexandro Felip Pedro Astray Ivi Lopes |
|
Matn
| 90+1' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Xetafe" - 6:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Qiziq statistika: burchak to‘plari uchun - 5:6, "Xetafe" oldinda |
| 84' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Bartra bosh bilan zarba berdi. Guaita to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
Messi jarima zarbasini burchakka yo‘naltirdi! Darvozabondan ajoyib seyv! |
| 82' | ![]() |
Jarima maydonchasi yarim doirasi chizig‘i ustida Messiga nisbatan fol. Darvozagacha 19 metr |
| 81' | ![]() |
"Xetafe" bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Matyo bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda mehmonlar futbolchisi zarba berishga tayyor turgandi |
| 75' | ![]() |
Messi-Suares-Messi-Suares-Messi kombinasiyasidan keyin Lionel raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustidan himoyachiga urilib yiqildi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 74' | ![]() |
Mehmonlar hujumchisi yana birga bir vaziyatga chiqib bordi, Matyo to‘p uchun kurashishi natijasida xavf yo‘qqa chiqdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuh! Suaresning uzatmasidan keyin Messi darvozabon maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p posbonning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi. |
| 71' | ![]() |
Ohohohoo! "Xetafe" hujumchisi birga bir vaziyatga chiqib bordi hamda darvozabon va himoyachi orasidan o‘tkazib ohista zarba berdi. To‘p dumalab borib, olis ustunga tegib qaytdi! |
| 70' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Suares 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Guaita zarbani qaytardi |
| 69' | ![]() |
Messi bir necha futbolchidan o‘tib ketdi va so‘nggi himoyachi uni yiqitdi. To‘p mezbonlarda qolgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi, Neymar imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 68' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Alves o‘rniga Martin Montoyya o‘yinni davom ettiradi |
| 68' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Alves o‘rniga Martin Montoyya o‘yinni davom ettiradi |
| 66' | ![]() |
Suares xet-trik qilishi mumkin edi! Messining uzatmasidan keyin Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini chalg‘itib, zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, narigi tomondagi Suaresga bordi, Luis esa to‘pni yerga tushirmasdan darhol zarba berishga qaror qildi! To‘p yuqoridan o‘tib ketdi... |
| 63' | ![]() |
Mehmonlar maydonning ikkinchi yarmiga o‘tishga harakat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 59' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Xavi o‘rniga Pedro o‘yinni davom ettiradi |
| 56' | ![]() |
"Xetafe" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Xuan Rodriges 11 metrli nuqta atrofida to‘pn egalladi va zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
Kataloniyaliklar o‘ta xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 47' | ![]() |
GOOOOOL! Lionel Messi, 6:0! Jarima maydonchasining o‘ng burchagidan chap oyoqda olis "to‘qqizlik"ka to‘pni "mixladi"! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Serxio Roberto maydonga tushdi. Buskets maydonga qaytmadi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazorati - 80%:20%, zarbalar - 13:4, aniq zarbalar - 7:3, burchak to‘plari - 2:2. |
| ' | Hozircha "Barselona" - "Xetafe" - 5:0. Tanaffus | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hakam taymga vaqt qo‘shib berib o‘tirmadi. |
| 45' | ![]() |
"Xetafe" hujumchisi birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, Adriano undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 43' | ![]() |
Ohohohhohoo! Yana bir chiroyli kombinasiyadan keyin oltinchi golga sal qoldi. Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Adrianoga pas berdi. Himoyachining zarbasi ois ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 40' | ![]() |
GOOOOOL! Suares, 5:0! Supergol! Suares o‘ng qanotda Rafinya bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasi chizig‘i oldida turgan Xaviga uzatma berdi. Jamoa sardori to‘pni to‘xtatmasdan, oyog‘ining yoni bilan orqasidagi Suares tomon uzatdi. Luis to‘pni to‘xtatmasdan olis burchakka joyladi! |
| 38' | ![]() |
"Barsa" xotirjam to‘pni nazorat qilyapti. Biz kabi "Xetafe" futbolchilari ham tomoshabin vazifasini bajarishyapti. Ular pressing qilishmayapti |
| 36' | ![]() |
Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin bo‘lgan Messiga uzatma berildi. To‘pni Guaita egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Chapdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga to‘p yetkazildi. Ammo u sheriklariga to‘pni aniq tarzda qaytara olmadi |
| 33' | ![]() |
O‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Buyog‘iga "Barsa" kuch saqlab o‘ynasa kerak. Istasa, shu ahvolda ham yana gol ura oladi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOL! Xavi, 4:0! Bu safar assistent - Neymar. Xavi esa 18 metrlardan olis "to‘qqizlik"ni nishonga oldi! |
| 27' | ![]() |
GOOOOOL! Neymar, 3:0! "Barselona" raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni olib qo‘ydi. Suares aniq pas bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqardi. Braziliyalik hujumchi bir himoyachini aldadi va darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi! |
| 26' | ![]() |
Bundiya chap qanotdan o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Bravo zarbani qaytardi! |
| 25' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Messining yuqoridan yetkazgan uzatmasini urugvaylik hujumchi mahorat bilan darvozaga joyladi! |
| 25' | ![]() |
"Xetafe" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Velaskes bosh bilan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 23' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan Suaresga uzatma berdi. Luis 16 metrdan "parashyut" zarbani amalga oshirdi. Guaita muammosiz to‘pni egalladi |
| 22' | ![]() |
Xavi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Bartra bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
Alvesdan uzatma qabul qilgan Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustida chap oyoqda zarba berdi. Noaniq |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! "Xetafe" hisobni tenglashtirishiga oooozgina qoldi! Klaudio Bravoning oldinga chiqib ketganini ko‘rgan mehmonlar hujumchisi jarima maydonchasi tashqarisidan "parashyut" zarba yo‘lladi. Bravo ortga qaytdi va chiziq ustida to‘pni urib yubordi va o‘zi to‘rga borib urildi.... |
| 14' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rafinya bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
Darvozaga zarba bo‘lmadi, olis ustun tomon uzatma berildi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqardi. Burchak to‘pi |
| 13' | ![]() |
Rafinyaga nisbatan fol. Jarima maydonchasi burchagidan. Messining nuqtasi |
| 12' | ![]() |
O‘yinda tezkor gol ko‘rdik. "Barsa" to‘pni nazorat qilishda davom etmoqda. Ayni daqiqalarga kelib to‘p nazorati koeffisiyent ko‘rinishida taxminan 80-20% bo‘lsa kerak... |
| 9' | ![]() |
GOOOOL! Messi, 1:0! Yumshoqqina parashyut uslubida darvozani ishg‘ol qildi! |
| 8' | ![]() |
"Xetafe" darvozasiga penalti! Suares chalib yiqitildi! |
| 7' | ![]() |
"Barsa" ijrosida yana bir xavfli hujum. Adriano chap qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Messi to‘pni egalladi va orqaroqda ochilgan Alvesni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik himoyachining zarbasi olis ustun yonidan o‘tib ketdi. To‘pga oyoq cho‘zgan Suaresning oyog‘iga ham to‘p tegmay qoldi |
| 3' | ![]() |
Alves jarima maydonchasining o‘ng tomoni ichida to‘pni qabul qildi va bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 2' | ![]() |
"Barsa" qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasi yaqinlashib bordi va Suares birga bir vaziyatga chiqarilayotganida himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! Pike bugun o‘yinni tribunada o‘tirib kuzatadi |
| ' | O‘yin boshida sukut saqlash daqiqasi | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda saf tortishdi. "Barsa" ko‘k-anorrang, "Xetafe" esa sariq rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Luis Enrike jamoasi so‘nggi o‘yinlarda bitta strategiya asosida o‘ynamoqda. Jamoa dastlabki 30 daqiqa ichida kamida 2ta gol urib olib, qolgan daqiqalarda "ekonomrejim"da o‘ynamoqda. Faqat "Sevelya" kataloniyaliklarning rejasini buzib qo‘ydi. Qolgan barcha o‘yinlarda bu reja ish bermoqda. Ko‘ramiz, bugun ham shunday bo‘larmikin? |
| ' | ![]() |
"Barselona" va "Xetafe" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionati yakunlanishiga 5ta tur qoldi. Chempionlik masalasi hamon ochiqligicha qolmoqda. Demak, "Barselona" va "Real"ning har bir o‘yini ular uchun finalga teng bo‘ladi. Bu o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib, har bir uchrashuvga batafsil to‘xtalmoqdamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli saytimiz muxlislari! Navbatdagi matnli onlayn translyasiyani biz bilan kuzatib borayotganingiz uchun tashakkur bildiramiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|