Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

34-tur, 29 aprel, soat 23:00

REAL MADRID

Xames (45)
Mauro dos Santos (49-avtogol)
Arbeloa (85)

3 : 0

ALMERIYa

JAMOALAR TARKIBI
13.Keylor Navas (D)
03.Pepe
05.Fabiu Kuentrau
17.Alvaro Arbeloa
02.Rafayel Varan
10.Xames Rodriges
24.Asyer Ilyaramendi
08.Toni Kroos
20.Xese
14.Xavyer Ernandes
07.Krishtianu Ronaldu
  25.Ruben (D)
04.Ximo Novarro
06.Mauro dos Santos
05.Anxel Truxilyo
21.Mane
22.Tomas Parti
17.Edgar Mendes
15.Migel Korona
07.Versa
10.Tomer Xemed
16.Sebastyan Dubarbyer
ZAHIRA
01.Iker Kasilyas (D)
12.Marselo
18.Nacho Fernandes
23.Isko
43.Borxa Mayoral
16.Lukas Silva
41.Martin Edegor
  01.Xulian Kuesta (D)
28.Antonio Marin
14.Xose Kasado
27.Ivan Sanches
31.Ramon Aziz
24.Xavyer Espinosa
19.Jonatan Zongo

Matn

90+2'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi. So‘nggi pallada Isko darvozani ishg‘ol qilishiga bir bahya qoldi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Shu bilan o‘yin tugadi. "Real" - Almeriya" - 3:0!
90'
Vuh! Chicharitoning uzatmasidan keyin Krishtianu chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi va zarba berdi. To‘p yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi. BUrchak zarbasidan keyin Ronaldu bosh bilan noaniq zarba berdi. Ronaldu La ligada 40-golini urishga qattiq harakat qilmoqda. Uni tushunish mumkin, Messi gollarini 38taga yetkazib qo‘ygan...
89'
"Almeriya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar imkoniyat berishmadi.
87'
Xavfli zarba! Ronaldu o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pini Chicharito yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p yerga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi!
85'
GOOOL, Arbeloa! 3:0! BUrchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin to‘p qaytarildi. Isko to‘pni egalladi va chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Chicharitoga uzatma berdi. Uning uzatmasini Arbeloa darvozaga yo‘lladi. Alvaro to‘pga tegmaganida, Ronaldu ham zarba berishga tayyor edi...
82'
"Almeriya" futbolchilari hujumkorlikni oshirishdi. To‘p biroz vaqt nazorat qilinganidan keyin jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llandi. To‘p mehmon hujumchisiga tegib qaytdi. Qarshi hujum paytida Ronalda ancha noaniq zarba yo‘lladi
78'
Mehmonlar katta kuch bilan qarshi hujumga o‘tishdi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan futbolchi sheriklariga aniq pas bera olmadi.
78'
Vuuuuh! Almeriya futbolchisi "Real" posboni bilan birga bir vaziyatga chiqdi, ammo jarima maydonchasi ichida sirpanib yiqilib tushdi va imkoniyatni qo‘ldan boy berdi....
77'
Iskoning uzatmasini Ronaldu jarima maydonchasining chap tomonida qabul qildi va to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘rilab zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi.
76'
Koentrau sariq kartochka oldi. Jarimadan yekazilgan uzatmani madridlik himoyachilar qaytarishdi
74'
Vuuuuuh! Chicharito! Ronaldu o‘ng qanotdan yerlatib bergan uzatmasini Xavyer 5 metrdan darvozani aniq bura olmadi!
71'
Ronaldu chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. HImoyachilar qaytarishdi. Keyingi hujum paytida Krishtianu chap tomondan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi
68'
Vuuuuh! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Varan bosh bilan yo‘llagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi!
68'
Vuuuuh! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Varan bosh bilan yo‘llagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi!
65'
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Isko, Ilyaramendi o‘rniga Lukas Silva tushdi.
64'
So‘nggi daqiqalarni mehmonlar nisbatan faol o‘tkazishmoqda.
59'
"Almeriya" o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepdi. "Real" jarima maydonchasi ichida hujumchi to‘pni egalladi va zarba yo‘lladi. To‘p Varanga tegib qaytdi
56'
"Almeriya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytarilgan to‘p uchun kurashda Chicharito o‘ng qanotdan o‘yin qoidasini buzdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Pepe yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ikkinchi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Navas yaqin burchakka borayotgan to‘pni qaytardi.
51'
"Real"ning ikkinchi goli Ronalduning oyog‘idan emas, himoyachi Dos Santosning oyog‘idan avtogol shaklida kirgan ekan. Hakam golni kimning nomiga yozganini keyinroq bilib olamiz
51'
"Real"ning ikkinchi goli Ronalduning oyog‘idan emas, himoyachi Dos Santosning oyog‘idan avtogol shaklida kirgan ekan. Hakam golni kimning nomiga yozganini keyinroq bilib olamiz
49'
GOOOOL! Ronaldu! 2:0! Kroos o‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmani Ronaldu bo‘sh darvozaga burib yubordi! LA ligadagi 40-gol!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Taymning so‘nggi daqiqasida urilgan gol evaziga maydon egalari hisobda oldinga chiqib olgan holda tanaffusga yo‘l olishdi
45'
GOOOOL! Xames Rodriges 25 metrlardan chap oyoqda "to‘qqizlik"ni nishonga oldi!
41'
Qiziq vaziyat yuzaga keldi. To‘p yon chiziqdan maydonni tark etganidan keyin Koentrau va Isko bir vaqtda ikkita to‘pni olishdi hamda baravar maydonga otib berishdi:)
39'
Xese o‘ng qanotdan xavolatib bergan uzatmasiga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘pni darvozabon egalladi.
34'
Ronalduning yana bir jarimadan yo‘llagan zarbasini noaniq bo‘ldi
31'
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi. Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berishdi. Madridliklar to‘pni egallashdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Chicharito o‘ng qanotdan ochilayotgan Krishtianuga aniq pas bera olmadi. Davrozabon to‘pni egalladi.
28'
Ronaldu 27 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza to‘riga ustki tomondan tegdi....
26'
Ilyaramendi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, qoidabuzarlik yo‘q
26'
Ilyaramendi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, qoidabuzarlik yo‘q
22'
"Almeriya" yaxshi hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmagan mehmon futbolchisi 14 metrlardan aniq zarba bera olmadi.
21'
Mehmonlar o‘ng qanotda jarima to‘pi ishlashdi va uni jarima maydonchasiga yetkazishdi. To‘p hujumchidan maydonni tark etdi
21'
Mehmonlar o‘ng qanotda jarima to‘pi ishlashdi va uni jarima maydonchasiga yetkazishdi. To‘p hujumchidan maydonni tark etdi
19'
"Real" chap qanotda belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
16'
Mane jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
16'
Mane jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
15'
"Almeriya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallashdi va ko‘pchiik bo‘lib oldinga o‘tishdi. Ilramendi hujum chizig‘igacha to‘pni o‘tkaza olmadi
14'
Nisbatan ochiq o‘yin bo‘lmoqda. Mehmonlar "Real"ning hujumini bartaraf eti, o‘zlari ham hujumga o‘tishmoqda
7'
Burchak to‘pini o‘yinga kiritilganidan keyin Ronaldu to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. "Almeriya" posboni katta qiyinchilik bilan zarbani qaytardi.
4'
Arbeloa o‘ng qanotdan uzatma berdi. "Real" futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
3'
Xames chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Ronaldu yeta olmadi.
3'
Xames chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Ronaldu yeta olmadi.
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Real" oq, "Almeriya" qizil rangli formada o‘ynashadi
'
"Real" va "Almeriya" jamoalari o‘rtasidagi matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.