Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga-2015

7-tur, 1 may, 18:30. Bosh hakam: Vladislav Seytlin

NASAF

Farrux Sayfiyev (10)

1 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
25.Eldorbek Suyunov
4.Maqsud Karimov
32.Hamza Karimov
9.Ilhom Shomurodov
15.Roy Rok
17.Artur Gevorkyan
18.Bahrom Abdurahimov
33.Odil Hamrobekov
34.Farrux Sayfiyev
20.Erkin Boydullayev
23.Sherzod A’zamov
  12.Ma’mur Ikromov
3.Shavkat Mullajonov
7.Ruslan Koryan
17.Salim Mustafoyev
18.Timur Kapadze
22.Sanjar Shoahmedov
24.Ibrohim Rahimov
28.Ikrom Aliboyev
31.Nemanya Yanichich
33.Oleg Zoteev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
ZAHIRA
30.O‘tkir Yusupov
4.Botir Qorayev
27.Ilhom Yunusov
7.Akrom Bahriddinov
22.Shohrux Gadoyev
38.Doniyor Narzullayev
16.Alisher Yusupov
  1.Ignatiy Nesterov
4.Bobur Yo‘ldoshev
10.Marat Bikmayev
13.Lutfulla To‘rayev
16.Jasur Hasanov (kichik)
77.Jasur Hasanov (katta)
99.Damir Koyashevich

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi! "Nasaf" - "Lokomotiv" - 1:0!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
89'
Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Marat Bikmayev boshi bilan yaqin masofadan darvozaga noaniq yo‘lladi. Sal qoldi...
89'
Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Marat Bikmayev boshi bilan yaqin masofadan darvozaga noaniq yo‘lladi. Sal qoldi...
85'
Artur maydon markazidan to‘pni raqib jarima maydonchasigacha olib bordi. So‘nggi zarba yetishmadi.
83'
Rok raqibning hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi
83'
O‘yinning hal qiluvchi pallasi boshlandi. Toshkentliklar mezbonlar darvozasi oldida bosimni oshirishmoqda
82'
"Nasaf" tarkibida o‘zgarish. Ilhom Shomurodov o‘rniga Ilhom Yunusov maydonga tushdi.
79'
"Nasaf"ning tezkor qarshi hujumi. Gadoyev chap qanotdan uzatgan to‘pni Gevorkyan darvozaga yo‘lladi. Zarba kuchsiz chiqdi.
72'
“Lokomotiv”ning ketma-ket hujumlarini goh himoyachilar goh Eldorbek bartaraf etishmoqda.
71'
Uchrashuvni maydonda 8950 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda...
70'
"Loko"da yana bir imkoniyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Aliboyev o‘tkir burchak ostida darvozaga yo‘naltirdi. Eldorbek Suyunov mohirlik bilan bartaraf etdi!
67'
Burchakdan uzatilgan to‘pni Marat Bikmayev boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Eldorbek Suyunov to‘pni ishonch bilan egallab oldi.
67'
Burchakdan uzatilgan to‘pni Marat Bikmayev boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Eldorbek Suyunov to‘pni ishonch bilan egallab oldi.
67'
"Loko"da so‘nggi o‘zgarish: Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Damir Koyashevich maydonga tushdi.
66'
"Lokomotiv" futbolchilari butun jamoa bo‘lib hujum uyushtirishmoqda. Mezbonlar himoyada ishonchli harakat qilishmoqda.
63'
Abduxoliqov himoyachilarini birin-ketin aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yorib kirdi. So‘nggi vaziyatda qarshiliklar xavfni bartaraf etishdi. Qarshi hujumda Gevorkyan darvozabonni ham aldab o‘tdi va to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. Yanichich jamoasini qutqardi.
60'
"Nasaf"da ham o‘zgarish: Bahrom Abdurahimov o‘rniga Shohruh Gadoyev maydonga tushdi.
59'
"Lokomotiv"da navbatdagi o‘zgarish: Ruslan Koryan o‘rniga Marat Bikmayev maydonga tushdi.
55'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Ilhom Shomurodov barchadan baland sakrab boshi bilan darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq.
53'
"Loko"da o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Jasur Hasanov (katta) maydonga tushdi.
53'
Ustunlik "Lokomotiv" tomonida. "Nasaf" qarshi hujum taktikasida o‘ynamoqda. Ikkinchi bo‘limda hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q..
47'
Abdurahimov qanotdan yetkazgan uzatmasiga Gevorkyan yeta olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
BIRINCHI BO‘LIM STATISTIKASI
Zarbalar: 4-1
Aniq zarbalar: 3-0
Burchak to‘plari: 2-2
Qoida buzilishi: 9-8
Ofsayd: 3-2
45'
Birinchi taym tugadi. Hozircha “Nasaf” – “Lokomotiv” 1:0. Tanaffus
43'
"Loko" himoyachilarining navbatdagi xatosidan keyin Sayfiyev jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba berdi. Ikromov mahorat ko‘rsatdi.
42'
Roy Rok maydon markazida raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
38'
To‘p nazorati yana temiryo‘lchilar tomonida bo‘lmoqda. Berdiyev shogirdlari tartibli himoyalanishmoqda
33'
Baxrom Abdurahimov Mullajonovdan to‘pni olib qo‘yib, Yanichichni ham aldab o‘tdi, hakam qo‘pollik deb hisobladi.
27'
Shomurodov birga-bir vaziyatga chiqib borib, to‘pni to‘xtatmoqchi bo‘ldi. Himoyachi to‘pni maydon tashqariga chiqarib yubordi. Mezbonlar ijrosidagi burchak to‘pi samarasiz chiqdi
23'
Oleg Zoteev chap qanotdan xavfli holatda yorib kirdi. Ximoyachilar so‘nggi vaziyatda xavfni bartaraf etishdi.
21'
Gevorkyan jarima zarbasini tezda amalga oshirdi. Shomurodov ofsaydda qoldi.
20'
19.”Lokomotiv”ning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. Maydondan chiqib ketayotgan to‘pni A’zamov nazorat qilib, mehmon futbolchisi egallashiga yo‘l qo‘ymadi
19'
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlik toshkentliklar tomonida. Ammo hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q
13'
Abramov shogirdlari vaziyatni o‘nglash uchun oldinga o‘tishmoqda. Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda
10'
GOOOOOL! Farrux Sayfiyev, 1:0! Farrux Sayfiyev raqib himoyachisi va darvozaboni o‘rtasidagi tushunmovchilikdan unumli foydalandi. Golda Gevorkyan va Shomurodovning ham hissasi katta bo‘ldi.
9'
9.Odil Hamrobekov o‘ng qanotdan yorib borib markazga pas berdi. To‘pga hech kim ulgurmadi.
7'
Endi "Nasaf"da ajoyib imkoniyat! Gevorkyan burchakdan to‘pni o‘yinga kiritgach, to‘p himoyachilardan o‘tib M.Karimovga kelib tushdi. Himoyachi chamasi 4-5 metrlardan to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. Ammo Ma’mur Ikromov darvozasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
4'
Temiryo‘lchilar hisobni ochishlari mumkin edi. Koryanning zarbasini Eldor Suyunov qaytarib qoldi
4'
Bugun "Nasaf" ko‘k, "Lokomotiv" oq formada o‘ynamoqda
3'
Bir holatga ahamiyat qaratish lozim. "Lokomotiv" mavsum boshidan buyon hujumkor o‘yin namoyish qilishga harakat qilayotgan bo‘lsa, "Nasaf" esa OCHL bahslarida himoyaviy o‘yin qilish tajribasiga ega bo‘ldi. Bugungi o‘yinda mana shu holatni maydonda kuzatsak ajabmas
1'
O‘yin boshlandi!
'
Oliy liganing 7-tur bahslari boshlanmoqda. Turning markaziy o‘yin Qarshida bo‘lib o‘tadi. "Nasaf" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qilmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.