Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga-2015

7-tur, 1 may, 19:30. Bosh hakam: Viktor Serazetdinov

PAXTAKOR

0 : 0

NAVBAHOR

JAMOALAR TARKIBI
12.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
4.Adnan Oraxovas
8.Sherzod Qosimov
9.Jaloliddin Masharipov
11.Igor Sergeev
15.Javohir Sohibov
23.Aleksandr Merzlyakov
24.Davron Hoshimov
28.Stanislav Andreev
29.Vladimir Kozak
  1.Aleksandr Melenchuk
2.Alisher Samatov
6.Sunnatilla Mamadaliyev
7.San’at Shixov
8.Azim Ahmedov
9.Ilhom Boydedayev
22.Shahboz Erkinov
27.Robbim Hasanov
29.Dilshod Jabborov
89.Bobur Akbarov
91.Sergey Georgiyev
ZAHIRA
1.Nikita Ribkin
5.Akbar Ismatullayev
6.Murod Xolmuhammedov
7.Kaxi Maxaradze
16.Navro‘z Olimov
18.Baxodir Pardayev
20.Anvar Soliyev
  46.Xurshid Xo‘jayev
4.Temur Kagirov
10.Alisher Mahmudov
11.Otabek Valijonov
20.Ulug‘bek Baqoyev
25.Mo‘ydin Mamazulunov
50.Yuriy Rijko
SARIQ KARTOCHKA
Alisher Samatov (4)
 
Aleksandr Merzlyakov (41)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi! "Paxtakor" o‘yin so‘ngida kiritilgan gol evaziga "Navbahor"ni mag‘lub etdi.
90+4'
"Navbahor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Melenchuk ham "Paxtakor" jarima maydonchasiga yetib keldi. To‘p uning qo‘liga tekkani uchun hakam xushtak chaldi
90+4'
"Navbahor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Melenchuk ham "Paxtakor" jarima maydonchasiga yetib keldi. To‘p uning qo‘liga tekkani uchun hakam xushtak chaldi
90+3'
Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Lobanov egallab oldi
90+3'
Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Lobanov egallab oldi
90+2'
Maydon markazidan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Baqoyev yeta olmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
"Navbahor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alisher Samatov jarima maydonchasi tashqarisida chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi
88'
Jabborovning xatosidan so‘ng Sergeev to‘pni egallab oldi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
86'
"Navbahor"da o‘zgarish: Sergey Georgiyev o‘rniga Otabek Valijonov tushirildi
83'
GOOOOL! Merzlyakov chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Andreev bosh bilan "Navbahor" darvozasiga joyladi!
83'
Burchak to‘pni o‘yinga kiritilganidan keyin Ulug‘bek Baqoyev to‘pni egalladi va yiqildi. Serazetdinov qoidabuzarligi bo‘lmaganiga ishora qildi
82'
"Navbahor"ning kamdan kam sonli hujumlarining birida San’at Shixov burchak to‘pi ishladi
81'
Andreevning olis masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi.
77'
Davron Hoshimov o‘rniga Anval Soliyev tushirildi. "Paxtakor" safida maydonda faqat 2 nafar himoyachi qoldi
77'
Ohohoooooooo! "Paxtakor" futbolchilari "Navbahor" jarima maydonchasi ichida darvoza tomon ketma-ket kamida 4 marta zarba berishdi. To‘p darvozaga kirmadi! Goh himoyachilar, goh darvozabon zarbani qaytarishdi!
74'
Javohir Sohibov ketma-ket ikki marta o‘yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirish oldi.
73'
Maxaradze yaxshi uzatma bilan Pardayevni birga bir vaziyatga chiqardi. Bahodir to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, oldinga yurayotganida Rijko to‘pga oyoq cho‘zdi va uni qaytardi!
72'
Vuuuuh! Darvoza ustuni "Navbahor"ni goldan qutqardi! Pardayev chap qanotdan himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Andreevning zarbasi ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to‘p uchun kurashda Rijko faol harakat qildi.
68'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Adnan Oraxovas o‘rniga Kaxi Maxaradze tushirildi
64'
Navbahorda o‘zgarish - Shixov o‘rniga Ulug‘bek Baqoyev tushdi.
61'
Davron Hoshimovning zarbasi yuqorilab ketdi.
53'
Navbaxorda o‘zgarish - Mamadaliyev o‘rniga Yuriy Rijko tushdi.
47'
Bobur Akbarov havodagi kurashda raqibiga nisbatan oyog‘ini ishlatgani uchun qizil kartochka egasiga aylandi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
44'
Paxtakor jarima maydonchasi chizig‘i ustida Oraxavas bilan Shahboz Erkinov to‘p uchun kurashdi, hakam namanganlik futbolchi qoida buzdi deb topdi.
44'
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi.
40'
Azim Ahmedov Georgiyevni Lobanov bilan birga bir chiqarmoqchi bo‘ldi, ammo zarba kuchliligidan to‘ga birinchi Lobanov yetib keldi.
37'
Merzlyakov sariq kartochka ishlab oldi, u raqibni yiqitish bilan birga hujumni ham to‘xtatib qolgan edi.
34'
Yana Sherzod Karimov. Uning zarbasini Melenchuk egallab oldi.
33'
Sherzod Karimov chap qanotdan Navbahor jarima maydonchasi ichiga havolatib to‘p uzatmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
30'
Paxtakorning navbatdagi hujumida Melenchuk to‘pni mushtlari bilan urib qaytardi, takroran oshirilgan to‘pni esa ilib oldi.
27'
Navbaxor qulay vaziyatni boy berdi! Sergey Georgiyev chap qonotdan ikki paxtakorchini ortda qoldirib jarima maydoni ichiga to‘p oshirdi, San’at Shixovning 10 metrdan bergan zarbasi o‘xshamadi! Unga hech kim halaqit bermayotgan edi...
25'
Sherzod Karimovning uzoq masofadan bergan kuchli zarbasini Melenchuk ajoyib seyv bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
23'
Masharipov o‘ng qanotdan uzatma berildi. Akbarov bosh bilan to‘pni qaytardi
19'
Davron Hoshimov kutilmaganda 27 metrlardan zarba yo‘lladi! To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
18'
"Navbahor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Lobanov to‘pni ushlab oldi
14'
Karimov o‘ng qanotdan "Navbahor" darvozasi yaqin ustuni oldiga uzatma berdi. Melenchuk to‘pni egallamoqchi bo‘lganida Sergeev bosh bilan yuqoriga zarba berdi. Darvozabon ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
13'
"Paxtakor"ning kombinasiyalari namanganliklar jarima maydonchasigacha yetib kelmayapti. Uzilib qolmoqda
10'
Mamadaliyev 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
9'
Karimov yana chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazdi. Krimes bosh bilan bergan zarba darvoza tomon emas, yuqoriga ko‘tarildi va himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi
5'
Avvalgi vaziyatda Alisher Samatov Andreevga nisbatan qo‘pol o‘ynagani sababli ogohlantirildi
5'
Chap qanotda belgilangan jarima zarbasini Sherzod Karimov jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
4'
Xavfli zarba! Sergey Georgiyev 13 metrlardan zarba yo‘lladi, Lobanov zarbani qaytardi! Biroq biroz avval Erkinov himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun Serazetdinovning xushtagi yangradi
3'
Bobur Akbarov himoyada uzatma berishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Sherzod Karimovning zarbasi noaniq chiqdi
1'
O‘yinni "Paxtakor" boshlab berdi
'
Bugun "Navbahor" o‘yinchilari sariq, "Paxtakor" vakillari oq rangli liboslarda harakat qilishadi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Qadrli futbol muxlislari! Bir necha daqiqalardan so‘ng "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.