Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 35-tur, 2 may, soat 19:00 | ||
KORDOBA |
0 : 8 |
BARSELONAIvan Rakitich (42)
Luis Suares (45+2, 53, 88) Lionel Messi (47, 80) Pike (65) Neymar (85-pen.) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Xuan Karlos (D) 15.Deyvid 11.Edimar Fraga 03.Xose Krespo 12.Inigo Lopes 21.Rene Krxin 06.Luso 02.Aleksandar Pantich 16.Fidel 28.Florin Andon 24.Bebe |
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Mikel Sayzar (D) 17.Adrian Gunino 10.Federiko Kartabiya 05.Patrik Ekeng 23.Abel Gomes 35.Fede Viko 09.Eldon Ramush |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 21.Adriano 15.Mark Bartra 24.Jeremi Matye 06.Xavi Ernandes 12.Rafinya 07.Pedro Rodriges |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Kordoba" - "Barselona" - 0:8. Suares xet-trikka erishgan bo‘lsa, Messi o‘z hisobiga 2ta gol yozdi va Ronaldudan bitta to‘pga o‘tib ketdi. |
| 88' | ![]() |
GOOOOL, Luis Suares, 0:8! Xet-trik! Inyestaning zarbasi himoyachiga tegib, urugvaylik futbolchiga borib tushdi. U darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi. |
| 85' | ![]() |
GOOOL! Neymar, 0:7! Kutilmaganda penaltini Messi emas, Neymar tepdi va darvozani alday oldi! |
| 85' | ![]() |
GOOOL! Neymar, 0:7! Kutilmaganda penaltini Messi emas, Neymar tepdi va darvozani alday oldi! |
| 85' | ![]() |
GOOOL! Neymar, 0:7! Kutilmaganda penaltini Messi emas, Neymar tepdi va darvozani alday oldi! |
| 84' | ![]() |
Penalti! "Kordoba" darvozasiga! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi va himoyachi uni yiqitdi. |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOL! Messi, 0:6! Lionel oxiri niyatiga yetdi va yana gol urdi! Messining o‘zi nozik uzatma bilan Pedroni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. U Suaresga pas berdi va himoyachi to‘pni qaytardi. To‘p bo‘sh darvozasi oldiga qaytdi va Neymar Messiga gol urish imkonini berdi. La ligadagi 40-gol! |
| 77' | ![]() |
Alvesning o‘ng qanotdan havolatib uzatmasiga Messi bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 74' | ![]() |
Messi Suares bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi. Bir himoyachini aldadi, ammo ikkinchisidan o‘ta olmadi, aks holda darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qolardi... |
| 69' | ![]() |
68 - Neymarning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi. Keyingi hujum paytida Suares esa o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani qabul qildi, bir himoyachini aldadi va zarba berdi. To‘p ustunni silab, maydonni tark etdi |
| 65' | ![]() |
65 - GOOOOOL! Pike, 0:5! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 63' | ![]() |
Ehhhh, Neymar! Uch metr masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! Shunaqasi ham bo‘p turadi futbolda... Navbatdagi qarshi hujum paytida Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan parashyut uslubida zarba berdi. Posbon to‘ni egalladi. Neymar bir himoyachidan o‘tkazib pas berganida, Suares birga bir vaziyatga chiqib ketardi... |
| 59' | ![]() |
Vuuuuh! "Kordoba" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Klaudio Bravodan ham ajoyib seyv! |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:4! O‘ng qanotdan Alves havolatib yetkazgan uzatmani bu safar urugvaylik hujumchi bosh bilan olis burchakka yo‘lladi. To‘p ustun tegib, to‘rga borib tushdi. |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:4! O‘ng qanotdan Alves havolatib yetkazgan uzatmani bu safar urugvaylik hujumchi bosh bilan olis burchakka yo‘lladi. To‘p ustun tegib, to‘rga borib tushdi. |
| 47' | ![]() |
GOOOOOOL! Messi, 0:3! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmasini Lionel bosh bilan darvozaning burchagiga joyladi. "Barselona"ning La liganing ushbu mavsumida 100-goli Messi hisobiga yozildi. Leo o‘z gollarini 39taga yetkazdi va Ronaldu bilan tenglashib oldi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Kordoba" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares! 0:2! Inyestaning uzatmasidan keyin Luis darvozabon bilan birga bir vaziyatda qoldi va to‘pni to‘xtatmasdan darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkazib, farqni oshirdi! |
| 42' | ![]() |
GOOOOOL! Ivan Rakitich! 0:1! Burchak to‘pidan to‘p jarima maydonchasi tashqarisidagi Messiga kelib tushdi. U chap qanotdan ichkariga kirayotgan Rakitichga uzatma berdi. Ivan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 42' | ![]() |
Suaresga nisbaan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 23 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Messi amalga oshirdi. To‘p jonli devordan maydonni tark etdi. |
| 37' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni yerga tushirmasdan darvozabonning oldidan o‘tkazdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Suaresdan ko‘ra himoyachi to‘pga birinchi bo‘lib yetdi va xavfni bartaraf etdi... |
| 31' | ![]() |
Suares chap qanotda bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi, ammo ikkinchisidan o‘tib keta olmadi. Keyingi hujum paytida Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. |
| 27' | ![]() |
Vuuuuh! Messsiii! Jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va 4 himoyachini aldab o‘tib, 10 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning o‘ziga bordi va posbon uni egallab oldi! |
| 27' | ![]() |
Vuuuuh! Messsiii! Jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va 4 himoyachini aldab o‘tib, 10 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning o‘ziga bordi va posbon uni egallab oldi! |
| 24' | ![]() |
"Kordoba" o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga hujumchi jarima maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi. |
| 24' | ![]() |
"Kordoba" o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga hujumchi jarima maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi. |
| 20' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmadan keyin himoyachi 11 metrli nuqta ustida Messiga zarba yo‘llash imkonini bermadi. Burchak to‘pini darvozabon musht bilan urib yubordi. |
| 18' | ![]() |
Mehmonlar hozircha himoyani yorib o‘tishga urinib ko‘rishayotgani yo‘q. Ular shunchaki to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 14' | ![]() |
"Kordoba" futbolchisi Lusoga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. BUsketsning boshi bilan to‘qnashib ketdi |
| 11' | ![]() |
"Kordoba" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay qarama qarshi qanotdan maydonni tark etdi. |
| 10' | ![]() |
To‘p nazorati to‘lig‘icha Enrike shogirdlari tomonida |
| 6' | ![]() |
Vuuuh! Mezbonlar darvozani ishg‘ol qilishlariga sal qoldi. Fraga chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Florin Andon yaqin masofada bosh bilan to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi! |
| 6' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan Alvesning uzatmasini Neymar 11 metrli nuqta ustidagi Messiga to‘xtatib berdi. Lionel zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi... |
| 5' | ![]() |
"Barselona" futbolchilari Messi yordamida raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi va bir-birlariga ketma-ket uzatmalar berishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi. |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuuh! Alves o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Neymar 6 metrdan oyoq bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga "Kordoba" futbolchilari kiritib berishdi. |
| ' | Bir daqiqalik sukut... | |
| ' | ![]() |
"Barselona" ko‘k-anorrang formada, mezbonlar esa oq rangli formada harakat qilishadi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
"Kordoba" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin yana bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi. Ushbu sahifamiz orqali o‘yin sharhini onlayn tarzda o‘qib borasiz. "Real" esa bugun "Sevilya" mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahs 23:00da boshlanadi. |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionati yakunlanishiga 4ta tur qoldi. Demak, 35-tur o‘yinlari kecha boshlangan bo‘lsa, bugun "Barselona" va "Real" o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|