Angliya Premyer-ligasi, 23-tur.
| 30 yanvar, soat 00:45 | ||
CHELSI |
0 : 0 |
VEST XEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Petr Chex (G) 28. Sesar Aspilikueta 26. Djon Terri 24. Geri Kexill 2. Branislav Ivanovich 11. Oskar dos Santos 12. Djon Obi Mikel 22. Villian Borjes 7. Ramires Santos 17. Eden Azar 29. Samyuel Eto'O |
13. Adrian Kastillo (G) 20. Gi Demel 19. Djeyms Kollinz 5. Djeyms Tomkins 21. Moxamed Diame 23. Styuart Dauning 4. Kevin Nolan 17. Djoy O Brayen 14. Mettyu Teylor 16. Mark Noubl 9. Endi Kerroll |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | "Chelsi" ushbu mavsumda ilk marta Premyer-liga bahsi doirasida "Stemford Bridj" stadionini golsiz tark etdi | |
| ' | "Chelsi" futbolchilari bugungi o‘yinda darvoza tomon 39ta zarba yo‘llashibdi! Ammo ularning birortasi gol bilan yakunlanmadi | |
| ' | "Ko‘klar" "Arsenal"ga yetib olish imkoniyatidan foydalana olishmadi! | |
| ' | CHELSI - VEST XEM - 0:0 | |
| 90+7' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! |
| 90+7' | ![]() |
Bugungi o‘yin qahramoni - Adrian Kastilyo! Shubhasiz! U bu safar Lempardning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini qaytardi!!! |
| 90+6' | ![]() |
Endi mehmon darvozabon Azarning kuchli zarbasini bartaraf etdi! |
| 90+5' | ![]() |
Qo‘shib berilgan vaqt yakunlandi. "Chelsi" burchak to‘pidan samara chiqara olmadi |
| 90+3' | ![]() |
Yana bir marta mehmonlar darvozaboni Kastilyo o‘z xushyorligini namoyish qildi. U Eto'Oning yaqin masofadan burib yuborgan to‘pini qaytardi! |
| 90+3' | ![]() |
Ramires jarima maydonchasining o‘ng qanotida to‘pni sheriklariag yetkazib bera olmadi |
| 90+2' | ![]() |
Lempardning zarbasini himoyachilar qaytarishdi |
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berilibdi. |
| 90+1' | ![]() |
Bir nafar mehmon futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mourinyouning xunobi oshmoqda |
| 90' | ![]() |
Mourinyo shogirdlari raqib jarima maydonchasi ichida to‘p bilan muomala qilishmoqda. Vest Xemning barcha futbolchilari jarima maydonchasi ichida! |
| 88' | ![]() |
Ivanovichning olis masofadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 86' | O‘yin sur’ati o‘sha-o‘sha: "Chelsi" raqib darvozasi tomon yo‘l qidirmoqda. Hozircha mehmonlar ishonchli o‘ynashmoqda. | |
| 84' | ![]() |
Kexillning zarbasini esa posbon egallab oldi |
| 83' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 80' | ![]() |
"Vest Xem" murabbiy futbolchi almashtirmoqda. |
| 79' | ![]() |
Eto'O jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo‘q |
| 77' | ![]() |
Ivanovich ofsaydda qolib ketdi |
| 76' | ![]() |
"Chelsi"ning shturmi davom etmoqda. Ular 11 kishilik qo‘rg‘onni yorib o‘ta olmay, faqat olisdan zarba yo‘llashga majbur bo‘lishmoqda. Hozircha esa bundan naf chiqmayapti |
| 74' | ![]() |
Vest Xem futbolchisi Nolan ogohlantirildi |
| 72' | ![]() |
Vux! Vest Xem himoyachilari bugun fidokorona o‘ynashmoqda. Ular Eto'Oning jarima maydnchasi ichida yo‘llagan zarbasini ko‘p kishilashb qaytarishdi! |
| 70' | O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolmoqda. | |
| 67' | ![]() |
Azar jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, zarba berdi. Darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi to‘p |
| 66' | ![]() |
"Chelsi" qarshi hujum tashkil qilmoqchi edi, mehmonlar tezda zonalarni yopishga ulgurishdi |
| 64' | ![]() |
Vest Xemdan esa Kerroll maydonni tark etdi |
| 63' | ![]() |
Mourinyo birdaniga 2ta o‘zgarish qildi. Maydondan Obi Mikel va Aspiliketani olib, Lempard va Matichni o‘yinga tashladi |
| 63' | ![]() |
Vest Xem burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 60' | ![]() |
Mehmonlarning kam sonli, ammo o‘ta xavfli hujumi! To‘p Kerrollning oyog‘iga "o‘tirmadi". Aks holda u deyarli darvozabon maydonchasida hisobni ochardi! |
| 59' | ![]() |
Ves Xemning 17-raqamli futbolchisi Joy O'Brayen ogohlantirildi |
| 58' | Maydon markazida Vest Xemdan faqat Kerrol "qo‘riqchilik" qilmoqda. | |
| 57' | ![]() |
Ramires juda qulay vaziyatdan - yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. To‘p sakrab kelgani uchun darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 55' | Vest Xem faqat himoyalanmoqda. Zich himoyalanmoqda | |
| 55' | Darvoza tomon aniq zarbalar bo‘yicha ko‘rsatkich - 5:1. Hisob esa hamon 0:0 | |
| 54' | ![]() |
"Chelsi"ning uzoq cho‘zilgan pozision hujumi Oskarning olis masofadan yo‘llagan zarbasi va darvozabonning to‘pni egallab olishi bilan yakunlandi |
| 50' | ![]() |
Azar jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan tegdi |
| 48' | ![]() |
Oskar va Ramires jarima maydonchasi ichida bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. Ramiresning zarbasi himoyachiga tegib, maydonnai tark etdi. Burchak to‘pi esa samarasiz yakunlandi. |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Vest Xem hujum tashkil qilmoqda. Kerrolga nisbatan qoida buzildi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | Vest Xjm darvozaboni yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganini ta’kidlash lozim | |
| ' | Birinchi bo‘lim davomida to‘p bilan muomala qilish ko‘rsatkichi - 71/29% | |
| 45+3' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS! Hozircha "Chelsi" - "Vest Xem" - 0:0 |
| 45+1' | ![]() |
Mezbonlarning navbatdagi burchak to‘pi samara keltirmadi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Jon Terri hujumga yordamga bordi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga aynan u bosh bilan zarba berdi. Raqib posboni bir amallab to‘pni qaytarib yubordi! Bo‘lim so‘ngida hisob ochilishi mumkin edi |
| 44' | Londonda yomg‘ir yog‘moqda, xuddi Toshkentdagidek. "Chelsi"ning hujumlar yomg‘iri esa hozircha naf keltirmayapti | |
| 43' | Vest Xem maydon markazidan o‘ta olmayapti. O‘tsa ham to‘pni tezda yo‘qotmoqda | |
| 42' | ![]() |
Azarning shundoqqina jarima maydonchasi ostosidan yo‘llagan aylanma zarbasini darvozabon osonlik bilan egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Mezbonlar ko‘proq hujum qilayotgan bo‘lsalar-da, mehmonlar himoyada ishonchli o‘ynashmoqda |
| 35' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz |
| 30' | ![]() |
Oskarning yana bir zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Diame jarohat oldi shekilli, uning o‘rniga Jarvis tushdi |
| ' | Vest Xem futbolchisi Diame to‘p ketidan quvdi, ammo unga yeta olmasdan maydon chetidagi shitdan oshib, muxlislar ichiga kirib ketdi... | |
| 24' | ![]() |
Ramiresning zarbasi ham biroz noaniq bo‘ldi. |
| 24' | ![]() |
Jon Obi Mikelning ajoyib zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 17' | ![]() |
"Chelsi" 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hozircha samarasiz |
| 14' | ![]() |
Ivanovich o‘z jarima maydonchasi oldidan maydonning ikkinchi bo‘limigacha to‘p bilan kelib, to‘pni Azarga yetkazdi. Azar esa uni Eto'Oga uzatdi. Samuelning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 13' | ![]() |
Villianning zarbasi kuchli, ammo noaniq. darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 11' | ![]() |
Endi esa Chex ajoyib seyv namoyish qildi va to‘pni yon tomonga urib yubordi! Mehmonlar jarima zarbasini amalga oshirishgandi |
| 9' | ![]() |
OSkarning xavfli zarbasi! U to‘pga aylanma zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Darvozabon esa to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 7' | ![]() |
Villian jarima maydonchasi ichida Eto'O uzatgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 6' | "Vest Xem" huujmchisi Kerrol jarima maydonchasi ichida Aspilikueta bilan to‘p uchun kurashda yiqildi - penalti emas | |
| 5' | Ramires ikki nafar futbolchini aldab o‘tdiyu, biroq yakunda to‘pni yo‘qotdi | |
| 3' | ![]() |
Endi esa "Vest Xem" darvozasi oldida burchak to‘pi |
| 2' | ![]() |
DAstlabki hujumni mehmonlar uyushtirishdi va burchak to‘pi ishlashdi |
| 1' | "Vest Xem" "Stemfrod Bridj"da bundan 12 yil avval g‘alaba qozongan ekan... | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | "Aristokratlar" Angliya Premyer-ligasida 7 dekabrdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishyapti. O‘shanda "Stok Siti" "ko‘klar"dan g‘alabani tortib olgandi. | |
| ' | "Chelsi" bugun g‘alaba qozonsa, musobaqa peshqadami "Arsenal"ga yetib oladi. Mourinyo esa bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarishni istamasa kerak. Uning shogirdlari buni qanchalik uddalashadi, yaqin 2 soat vaqt davomida bilib olamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli Angliya futboli muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|