Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 35-tur, 3 may, soat 17:30. Bosh hakam: Kevin Frend | ||
CHELSIEden Azar (45-penalti)
|
1 : 0 |
KRISTAL PELAS |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 02.Branislav Ivanovich 24.Geri Kexill 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 07.Ramires 21.Nemanya Matich 22.Villian 04.Sesk Fabregas 10.Eden Azar 11.Didye Drogba |
01.Xulian Speroni (D) 03.Adrian Mariappa 06.Skott Dann 27.Demyen Dileyni 02.Joel Uord 07.Yannik Bollazi 18.Jeyms MakArtur 42.Jeyson Pancheon 22.Jordon Match 11.Uilfred Zaa 28.Jo Ledli |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Petr Chex (D) 03.Filipe Luis 12.Jon Obi Mikel 23.Xuan Kuadrado 05.Kurt Zuma 36.Ruben Loftus-Chik 18.Loik Remi |
13.Ueyn Xenessi (D) 04.Brede Xangeland 34.Martin Kelli 15.Mayl Yedinak 25.Chon Yon Li 09.Yaya Sanogo 17.Glenn Myurrey |
|
Matn
| ' | Yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun uzr so‘raymiz. | |
| ' | ![]() |
Afsus, kutilmaganda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani bois matnli onlayn translyasiyani davom ettira olmadik. O‘yinnng 45-daqiqasida penaltidan urilgan gol evaziga "Chelsi" g‘alaba qozondi va chempionat tugashiga 3 tur qolganida chempionlikn rasmiyshlashtirdi! |
| 44' | ![]() |
Mehmonlar darvozasi tomon penalti! |
| 42' | ![]() |
Villianning uzatmasidan keyin Aspilikueta jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Speroni to‘pni egalladi! |
| 40' | ![]() |
Mehmonlar hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasidan qaytib chiqqan to‘pni "Kristal" futbolchisi darvoza tomon tepdi. Noaniq |
| 38' | ![]() |
Terri sariq kartochka bilan jazolandi |
| 36' | ![]() |
Villian-Drogba-Fabregas kombinasiyasidan so‘ng to‘p Seskning oyog‘iga tegmay qoldi. Askilikuetaning zarbasi esa darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi... |
| 34' | O‘yin deyarli tengkurashlar ostida kechmoqda | |
| 29' | ![]() |
Vuuuuh! "Kristal Pelas"da xavfli vaziyat! Jarima maydonchasiga pas berilganidan keyin to‘p Pancheonga borib tushdi. Uning 14 metrlardan yo‘llagan zarbasi yo‘liga Terri o‘zini tashladi va Jonga tegib, yon tomonga ketdi... |
| 28' | ![]() |
Branislav Ivanovich sariq kartochka oldi |
| 26' | ![]() |
Drogbaning zarbasini Speroni qo‘ldan chiqarib yubordi, Terri to‘pga yeta olmadi. Darvozabonning o‘zi to‘pni urib yubordi. |
| 26' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Pancheon Fabregasni chaldi |
| 24' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga "Chelsi" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Posbon egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Vuuuuuh! Dastlabki o‘ta xavfli vaziyat! "Chelsi" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va mehmonlar himoyachilari baravariga oldinga o‘tishdi. To‘p Speroni ushlashga harakat qildi, ammo to‘p uning qo‘lidan chiqib ketdi. To‘pni Matich egalladi, laynsmen ofsaydda borligiga ishora qilmadi. Nemanya o‘tkir burchak ostida zarba berguncha himoyachilar yetib kelishdi va burchak to‘pi... |
| 23' | ![]() |
"KP" himoyachisi Skott Dann ogohlantirish oldi |
| 18' | ![]() |
Zaa chap qanotda Kuadradodan o‘tib ketdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan nirigi yon qanotdan maydonni tark etdi |
| 17' | ![]() |
Kuadrado 26 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
"Chelsi" jarima to‘pi ishladi. Ivanovich yetkazgan uzatmani Fabregas bosh bilan darvoza yaqiniga yetkazdi. Speroni to‘pni egalladi |
| 14' | ![]() |
Azar jarima maydonchasi ichida o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Villianga nisbatan himoyachi qulayroq pozisiya tanlangandi. Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 11' | ![]() |
"Krista Pelas"ning navbatdagi burchak to‘pidan keyin mezbonlar jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Darvoza daxlsizligi saqlab qolindi |
| 8' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 5' | ![]() |
"Chelsi" qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib kelishga urindi. Himoyachilar so‘nggi pallada to‘pni egallab olishdi |
| 3' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisida Fabregasga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 2' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasiga yaxshi uzatma berildi. Drogba to‘pga sakradi, biroq biroz yeta olmadi. To‘pni Speroni egallab oldi! |
| 2' | Mezbonlar ko‘k, "Kristal Pelas" sariq rangli futbolkalarda harakat qilishmoqda | |
| 1' | ![]() |
"Chelsi" va "Kristal Pelas" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|