Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«V» guruhi, 6-tur, soat 20:30

PAXTAKOR

0 : 2

ASH-SHABOB

Musa ash-Shammariy (6)
Abdulloh al-Asta (67-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
12.Aleksandr Lobanov
4.Adnan Oraxovas
7.Kaxi Maxaradze (S)
8.Sherzod Karimov
9.Jaloliddin Masharipov
11.Igor Sergeev
15.Javohir Sohibov
23.Aleksandr Merzlyakov
24.Davronbek Hoshimov
28.Stanislav Andreev
29.Vladimir Kozak
  22.Al-Ovays
2.Al-Asta’
8.As-Sulayhim
12.Al-Xaybriy
13.Fallatah (S)
15.Otayf
17.Ash-Shammariy
23.Aval
25.Al-Marshadiy
27.Ad-Dosariy
80.Al-Xaybariy

Matn

'
Sardor Rashidov "Persepolis" darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" OCHLni juda xunuk tarzda yakunlandi. Bunchalik ojiz "Paxtakor"ni yaqin orada ko‘rmagandik.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. "Persepolis" "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qildi...
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. "Persepolis" "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qildi...
85'
Bahodir Pardayev raqib darvozaboniga nisbatan qo‘pollik uchun ogohlantirildi
84'
"Shabob"da Muhammad Aval o‘rniga Amir Muhammad maydonga tushirildi
83'
Andreev bo‘sh darvozani bosh bilan ishg‘ol qila olmadi! Izohga hojat yo‘q...
81'
Raqib futbolchisi deyarli birga bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi...
80'
Vuuuuh! Anvar Soliyevning jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasini "Shabob" darvozaboni oyoq bilan qaytardi!
77'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Maxaradze o‘rniga Akbar Ismatullayev maydonga tushdi
77'
"Ash-Shabob" futbolchisining zarbasi jarima maydonchamiz ichida turgan raqib futbolchisiga tegib qaytdi.
76'
"Ash-Shabob"da o‘zgarish: Otayf o‘rniga Ahmad Atif tushirildi
75'
Ehhhh, bugun o‘yin yo‘qligiga yarasha omad ham "Paxtakor"ga kulib boqmayapti. Karimovning chap qanotdan bergan uzatmasidan keyin Soliyev bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi...
73'
Vladimir Kozak ogohlantirildi
70'
70 daqiqada bitta ham gol ura olmagan "Paxtakor"dan qolgan daqiqada 3ta gol urishdek mo‘jiza kutishga majburmiz...
67'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Adnan Oraxovas o‘rniga Anvar Soliyev tushirildi.
67'
GOOOL! 0:2! Abdulloh al-Asta yo‘llagan zarba yo‘nalishini topdi, ammo to‘p Lobanovning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi
66'
Tushunarsiz! Yo‘q joydan "Paxtakor" darvozasiga penalti! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Kozak tepib yuborayotganida to‘p Oraxovasning qo‘liga tegdi...
65'
"Al-Ayn" "Naft" darvozasiga gol urdi. U yoqda hammasi joyida. Ammo "Paxtakor" gol ura olmayapti...
63'
Al-Xaybriy sariq kartochka oldi
63'
Andreev! Bu o‘zida emas bu bola! Birga bir vaziyatda to‘pni osmonu falakka yo‘naltirdi...
62'
Ketma-ket ikki marta burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Samara yo‘q hozircha....
61'
Andreev yana chapdan uzatma bera olmadi. Burchak to‘pi
59'
Raqib futbolchisiga birga bir vaziyatga chiqarildi, yaxshiyamki, u ofsaydda qolgan ekan
59'
Andreev o‘ng qanotdan sheriklarini to‘p bilan ta’minlay olmadi
57'
Falatah jarima maydonchamiz chizig‘i ustida yana bir zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonimizga bordi
57'
Hassan Falatah o‘ng qanotdan yetkazgan uuzatmani Lobanov egallab oldi
55'
Karimov jarima zarbasini tepdi. Burchak to‘pi
54'
Merzlyakov chap qanotdan oldinga o‘tayotganida unga nisbatan qo‘pollik qilindi. BUrchak oldida jarima zarbasi
52'
Vuuuh! Sherzod Karimov burchak zarbasini darvozaga aylantirdi. Ovays qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi
50'
Vuuuuh! Olis masofadan yuqoridan yetkazilgan uzatmani Sergeev bosh bilan qaytardi va Pardayev 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi!..
47'
Sergeev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ikki himoyachini aldab Andreevga uzatma berdi. Stanislavning bu galgi zarbasi mutlaqo professional futbolchiga xos bo‘lmadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Maxaradze bosh bilan ortda turgan Andreevga yetkazdi. Stasning zarbasi juda noaniq bo‘ldi.
'
"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvining 20-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha - 0:0
'
"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvining 20-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha - 0:0
'
"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvining 20-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha - 0:0
'
"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvining 20-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha - 0:0
'
"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvining 20-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha - 0:0
'
"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvining 20-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha - 0:0
'
"Al-Ayn" - "Naft" o‘yinida esa hisob hai ochilmagan
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" - "Ash-Shabob" - 0:1. Tanaffus
45+1'
Maxaradze jarima maydonchasining o‘ng burchagidan olis ustun tomon uzatma berdi. Ovays to‘pni egalladi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
42'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Bahodir Pardayev tushirildi
41'
"Paxtakor" qarshi hujumda ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Maxaradze o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Hoshimovni to‘p bilan ta’minladi. Davronning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi
40'
Burchak to‘pi hech qanday foyda keltirmadi
39'
Ehhhhh, Sergeev! Andreevning markaz bo‘ylab zarbasidan keyin himoyachilar bilan bir chiziqda turgan Igor to‘pni egalladi, ammo u darvozaga aniq zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
38'
Hoshimovning o‘ng qanotdan yetkazmasini davrozabon qiyinchilik bilan qaytardi
36'
Hassan Muazning zarbasi kuchli bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
35'
Qarshi hujum natijasida Ash-Shammariy jarima maydonchamiz oldida Oraxovasni aldab o‘tayotganida Adnan uni chalib yiqitdi. Sariq kartochka
33'
Saudiyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvozamiz oldida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
30'
Ehhhhh! Kozak yana qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! To‘p qanotdan otib berilganidan keyin Vladimir 12 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sinni silagancha maydonni tark etdi...
29'
"Paxtakor"da hech qanaqa o‘yin ko‘rinmayapti. O‘yinning o‘zi yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Onda-sonda qanotdan yetkazilayotgan uzatmalar hech qanday foyda berayotgani yo‘q
28'
Andreev ofsaydda qoldi
25'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani vakillarimiz qaytarishdi
24'
Otayf chap qanotdan jarima maydonchamizga kirdi va bir futbolchimizni aldab, kuchli zarba yo‘lladi. To‘p "Paxtakor" futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi
20'
Hassan Muazning zarbasi kuchli va aniq chiqdi. Bu zarbani Lobanov egallay olmasdi, shu bois yon tomonga urib yubordi
19'
Sohibov raqib futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 25 metr
18'
O‘yin boshidagi shiddat "Paxtakor"da yo‘qolib qoldi. Ularning hujumlari tezda uzilib qolmoqda
14'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Al-Ovays egallab oldi
12'
Andreev 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!
12'
Andreev 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!
10'
Vuuuuuh, Kozak! Andreev maydon markazida belgilangan jarima maydonchasi zarbasi raqib darvozasi yaqiniga yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Volodya 10 metrlardan yo‘llagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi!...
9'
Oliy berilgan zarbani Lobanov egallab oldi
8'
Masharipov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi, ammo to‘p to‘g‘ri darvozabonga bordi
6'
GOOOL! "Shabob"ning ilk burchak to‘piyoq gol bilan yakunlandi. Ular burchak zarbasini kombinasiya tarzda o‘ynga kiritishdi va Ash-Shammariy bosh bilan hisobni ochdi!
5'
"Shabob" xavfli hujum tashkil qilgandi. So‘nggi pallada Andreev to‘pni egalladi va maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
5'
Merzlyakov chap qanotdan uzatma berishni qoyillatmadi.
3'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi
3'
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
1'
Masharipov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Maxaradze chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo‘lganida himoyachini tepib yubordi.
1'
Parallel raqishda "Al-Ayn" va "Naft" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga start berildi
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga saudiyaliklar kiritib berishdi.
'
"Paxtakor" (oq forma) va "Ash-Shabob" (qora) jamoalari maydonga chiqib kelishdi va esdalik uchun suratga tushishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.