Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Yarim final, dastlabki o‘yin, soat 23:45. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
BARSELONALionel Messi (77, 80)
Neymar (90+4) |
3 : 0 |
BAVARIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
01.Manuel Noyer (D) 13.Rafinya 17.Jerom Boateng 21.Filipp Lam 05.Mexdi Benatia 06.Tyago Alkantara 31.Basti Shvaynshtayger 18.Xuan Bernat 25.Tomas Myuller 03.Xabi Alonso 09.Robert Levandovski |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 15.Mark Bartra 21.Adriano 23.Tomas Vermalen 12.Rafinya 06.Xavi Ernandes 07.Pedro Rodriges |
23.Pepe Reyna (D) 04.Dante 30.Mitchell Vayzer 08.Xavi Martines 16.Djanluka Gaudino 19.Mario Gyotse 14.Klaudio Pisarro |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Dani Alves (46)
Pike (65) Neymar (68) |
Xabi Alonso (35)
Mexdi Benatia (52) Xuan Bernat (56) |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Bavariya" - 3:0! |
| 90+4' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymaaaaaaar, 3:0! "Barselona" qarshi hujum tashkil qildi. Messini maydon markazida qo‘pollik bilan to‘xtatishdi, to‘pni egallagan Suares Neymarni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik hujumchi Noyerning oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, Manuelni ham, "Bavariya"ni ham ag‘dardi! Hammasi tamom! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
"Barsa"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Inyesta o‘rniga Rafinya Alkantara, Maskerano o‘rniga Bartra tushirildi |
| 86' | ![]() |
Shvayntayger olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 84' | ![]() |
Suareeeesss! Xavining uzatmasidan keyin Luis birga bir vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni havoga yo‘lladi. To‘nashuvga butunlay nuqta qo‘yilishi mumkin edi... |
| 81' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. Biroz avval "Bavariya"da Myuller o‘rniga Mario Gyotse tushgan bo‘lsa, hozir "Barselona"da Rakitich o‘z o‘rnini Xavi tushirildi. |
| 81' | ![]() |
Messi Boatengni yosh bolalarcha aldab o‘tdi va Noyerning ustidan to‘pni o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qildi! Lam to‘pga tashlandi, ammo qaytara olmadi... |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOOL! Messssiiiiiii, 2:0! Fantastika! Qani, Noyer? Qaniiii? |
| 78' | ![]() |
Bugun Messi o‘zining YECHLdagi 100-o‘yinini o‘tkazmoqda. Yubileyda o‘yinda gol urib, o‘z gollarini 76taga yetkazdi va Ronaldu bilan yana tenglashib oldi. |
| 77' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Messsiiiiiiiiiii!!!!! Leo jarima maydonchasi tashqarisidan 18 metrlardan kuchli zarba bilan yaqin burchakka to‘pni joyladi! |
| 75' | ![]() |
"Bavariya" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Kataloniyaliklar tezda zonalarni yopishga ulgurishdi |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Tiagu Alkantaraning zarbasidan keyin to‘p rekoshet holatida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va Ter Shtegen to‘pni ushlab oldi |
| 68' | ![]() |
Neymar sariq kartochka oldi, qanotdagi qo‘polligi uchun |
| 66' | ![]() |
Alonso tomonida jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Buskets bosh bilan maydon tashqarisiga urib yubordi. Burchakdan yetkazilgan to‘p "Bavariya" futbolchisidan maydonni tark etdi. |
| 65' | ![]() |
Jerar Pike sariq kartochka oldi. Darvozagacha 25 metrlar masofa |
| 64' | ![]() |
Neymaaaaar! "Barselona" raqib jarima maydonchasi atrofida pressing uyushtirdi va Rakitich to‘pni egallab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga pas berdi. Braziliyalik hujumchining zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 61' | ![]() |
Noyeeeeeer! Messining uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqib ketdi! Manuel darvozani tark etdi va to‘pni yon tomonga tepib yubordi! |
| 60' | ![]() |
Neymar 4 himoyachi orasidan chiroyli o‘tib ketdi, ammo so‘nggi uzatmani himoyachilar qaytarib qolishdi |
| 57' | ![]() |
Messsiii! Neymar bilan "devor" o‘ynadi va 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Noyer to‘pni egalladi |
| 57' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan sheriklarini to‘p bilan ta’minlay olmadi |
| 56' | ![]() |
Xuan Bernat - sariq kartochka. Messini tortib yiqitdi |
| 56' | ![]() |
"Bavariya" burchak to‘pi ishladi |
| 55' | ![]() |
Myuller birga bir chiqayotgandi, biroq ofsayd |
| 52' | ![]() |
Mexdi Benatiaga sariq kartochka. Inyestani qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun |
| 50' | ![]() |
Messi jarima maydonchasiga yaqinlashdi va o‘ng qanotda ochilgan Rakitichga uzatma berdi. Ivanning darvozabon maydonchasini ko‘zlab uzatmasi himoyachidan o‘tmadi |
| 48' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egalladi va tezkor qarshi hujumga asos qoldi. Filipp Lam to‘pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi |
| 47' | ![]() |
Alonsoning zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 46' | ![]() |
Alves sariq kartochka oldi. Himoyachilarning xatosidan so‘ng birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Levandovskini tortib yiqitdi. Jarima maydonchasi chizig‘i oldida jarima zarbasi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. Bu safar to‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Futbolchilar maydonga qaytishlari kerak | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Rissoli taymga vaqt qo‘shmadi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Bavariya" - 0:0. |
| 45' | ![]() |
Neymar chap qanotda Suares bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo urugvaylik futbolchi o‘zi zarba berishga qaror qildi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. |
| 40' | ![]() |
Rakitich jarima maydonchasining chap burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Alves birga bir vaziyatga chiqib ketdi! Yana Noyer jamoani qutqardi! |
| 37' | ![]() |
Olis masofadan berilgan uzatmadan so‘ng Levandovski 180 darajaga aylanib to‘p bilan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga yetkazgan uzatmasini Ter Shtegen egallab oldi |
| 36' | ![]() |
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasini Noyer egallab oldi! |
| 35' | ![]() |
Xabi Alonso sariq kartochka bilan jazolandi. Messiga qarshi fol uchun |
| 30' | ![]() |
Tyago Alkantaraning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan aylanma zarba/uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 27' | ![]() |
"Barsa"ning navbatdagi hujumi. Tezkor Alba chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Boateng to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak to‘piga Suares 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 26' | ![]() |
"Barselona" qarshi hujumga o‘tib ketdi. Messi chap qanotda ochilgan Suaresga pas berdi. Luis to‘pni Messiga qaytardi va to‘p Neymarga yetkazilgan paytda himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 23' | ![]() |
Maskerano o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 30 metrlardan Alonso jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 21' | ![]() |
Oho! Messi jarima maydonchasining o‘ng burchagida 4 futbolchidan o‘tib ketdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Neymar to‘pga yeta olmadi. |
| 20' | ![]() |
Ofsaydning uzatmasidan keyin Alba ofsaydda deb topildi. Biroz shubhali qaror |
| 18' | ![]() |
Levandovskiiiiiiii! Myuller o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi. Levan 5 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi! Unga hech kim xalaqit bermayotgandi! |
| 15' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi. |
| 15' | ![]() |
Vuuuuuuh! Neymaaaaaar! Suares o‘ng qanotda Boatengdan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasi markaziga uzatma berdi. Neymarning yaqin masofadan zarbasi Rafinyaga tegib maydonni tark etdi. Neymar zarba berayotganida sirpanib kegan ekan... |
| 13' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Levandovski bosh bilan davroza tomon burishga urindi. Noaniq. |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuuuh! Suareeeeessss! HImoyachining ofsaydni yuzaga keltirishdagi xatosidan so‘ng Luis birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi! Noyer oyog‘i bilan zarbani qaytardi! Xuh! |
| 10' | ![]() |
Qarshi hujumda Levandovski chap tomondan oldinga bordi va Shvaynshtayger tomon uzatma berdi. Maskerano to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Messi jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va Suaresga berdi. Luisning 18 metrdan yo‘llagan zarbasini Noyer egalladi. |
| 6' | ![]() |
"Bavariya" hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda. Mezbonlar kuchli pressing orqali ularga imkon berishmayapti |
| 6' | ![]() |
"Bavariya" hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda. Mezbonlar kuchli pressing orqali ularga imkon berishmayapti |
| 4' | ![]() |
Vuuuh! Messinng uzatmasidan keyin Suares deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo Boateng uni ortdan turtib yiqitdi. Hakam penalti belgilashga jazm eta olmadi |
| 1' | ![]() |
Markazdan yetkazilgan uzatma paytida Neymar ofsaydda qoldi... |
| 1' | ![]() |
To‘pni o‘yinga "Bavariya" futbolchilari kiritib berishdi. Ketdik! |
| ' | ![]() |
"Barselona" ko‘k-anorrang, "Bavariya" oq rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda! Barchasi ajoyib! |
| ' | ![]() |
"Kamp Nou" kuylamoqda. Muxlislari o‘z sevimli futbolchilarini kutib olishga tayyorlanishmoqda |
| ' | So‘nggi paytlarda saytimizga tashrif buyuruvchilar ancha o‘sdi va serverni kuchaytirishga ehtiyoj sezilmoqda. Bu masala sayt oldida turibdi, buni ijobiy hal etishga harakat qilamiz. Hozircha esa sayt qotib qolayotgan bo‘lsa ham, talablaringizni qondirib turishga harakat qilamiz. | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 15 daqiqadan kamroq vaqt qolmoqda. O‘yindan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani biz bilan kuzatib borayotgangiz uchun tashakkur | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli yevrofutbol muxlislari! YECHL yarim final: "Barselona" - "Bavariya"! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|