Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 36-tur, 9 may, soat 21:00. Bosh hakam: Ignasio Iglesias Vilyanueva | ||
BARSELONANeymar (51)
Pedro (85) |
2 : 0 |
REAL SOSYEDAD |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 21.Adriano 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 15.Mark Bartra 06.Xavi Ernandes 14.Xavyer Maskerano 12.Rafinya 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
01.Xeronimo Ruli (D) 24.Alberto de la Belya 02.Karlos Martines 06.Inigo Martines 03.Mikel Gonsales 14.Ruben Pardo 16.Serxio Kanales 05.Markel Bergara 08.Esteban Granero 10.Xabi Priyeto 11.Karlos Vela |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 23.Tomas Vermalen 20.Serxi Roberto 08.Andres Inyesta 05.Serxio Buskets 07.Pedro Rodriges |
13.Enyaut Zubikaray (D) 20.Joseba Zaldua 19.Yuri Berchiche 34.Ariz Elustondo 18.Chori Kastro 09.Imanol Agirreche 07.Alvred Finnbogason |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Esteban Granero (26)
Alberto de la Belya (27) Markel Bergara (29) |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Real Sosyedad" - 2:0. Kataloniyaliklar "Real" bilan ochkolar farqini vaqtinchalik bo‘lsa-da 5 ochkoga yetkazdi. 10 daqiqadan keyin "Madrid" va "Valensiya" o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang. |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Real Sosyedad" - 2:0. Kataloniyaliklar "Real" bilan ochkolar farqini vaqtinchalik bo‘lsa-da 5 ochkoga yetkazdi. 10 daqiqadan keyin "Madrid" va "Valensiya" o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang. |
| 90+2' | ![]() |
Mehmonlar hisobni qisqartirishlari mumkin edi! Finbogasan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbani Bravo o‘tkazmadi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! Suaresning uzatmasidan keyin Messi maydon markazidan boshlab oldingi o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida ikki himoyachini chalg‘itib olis burchakka to‘pni aylantirdi. To‘p to‘rga borib tushmadi... |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOOL! Pedroooooo, 2:0! Chalqancha uslubda zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 81' | ![]() |
"Barselona"da uchinchi o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Pedro bahsni davom ettiradi. |
| 80' | ![]() |
"Real Sosyedad" futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi rekoshet holatida "parashyut" hosil qildi. Bravo to‘pni egalladi |
| 79' | ![]() |
Messi ofsaydda qoldi, aks holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi. |
| 76' | ![]() |
Ruben Pardo o‘zidan juda chiroyli o‘tib ketgan Neymarni xunuk tarzda yiqitdi. Sariq kartochka. |
| 74' | ![]() |
Har ikkala jamoada o‘zgarish bo‘ldi. "Barselona"da Xavi o‘rniga Inyesta o‘yinni davom ettiradi. |
| 73' | ![]() |
Xavining jarima maydonchasiga bergan uzatmasidan keyin Suares ofsaydda to‘pni qabul qildi. |
| 69' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni Ruli egalladi |
| 69' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni Ruli egalladi |
| 65' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi uning oyoqlari ostiga tashlanib, to‘pni yon tomonga tepdi. Alvesning uzatmasiga Neymar bosh bilan zarba berdi. Ruli to‘pni egalladi. |
| 63' | ![]() |
Yuqoridan berilgan uzatmani Messi jarima maydonchasining o‘ng tomonida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Ruli to‘pni egallab oldi. |
| 62' | ![]() |
Ruli qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U burchakka yaqin joyda to‘pning chiqishini kutib, uni Neymardan himoya qildi, ammo to‘p chiziq ustida turib qoldi. Neymar to‘pni egallayotganida darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Braziliyalik hujumchi to‘pni tezda o‘yinga kiritmoqchi bo‘lganida, Ruli uning oldiga turib oldi. Hakam esa uni ogohlantirdi. |
| 61' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Bartra o‘rniga Buskets tushirildi |
| 60' | ![]() |
Kanales ofsaydda qoldi |
| 59' | ![]() |
"Barselona" futbolchilari to‘pni nazorat qilib, raqibni o‘z darvozasidan oldinroqqa chiqishga majbur qilishmoqda. |
| 56' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi jarohat oldi shekilli, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. |
| 51' | ![]() |
GOOOOOL! Neymaaaaar, 1:0! Messining uzatmasidan keyin himoyachi to‘pni bosh bilan ortga urib yubordi. Braziliyalik hujumchi shundoqqina ustun oldida to‘pni darvozaga joyladi! |
| 50' | ![]() |
Vuuuh! Xavining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Luis to‘pning yerga tushishini kutdi va himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 48' | ![]() |
"Barselona" ketma-ket 4 marta burchak to‘pini tepdi. Neymarning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi aniq chiqmadi. |
| 47' | ![]() |
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Bartra bosh bilan zarba berdi. Yaqin "to‘qqizlik"ka kirayotgan to‘pni Ruli qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 46' | ![]() |
Messi maydon markazidan aniq pas bilan Suaresni maydonchasiga boshladi. Luis zarba berishga ulgurmadi va to‘pni egallab, ortga qaytardi. Mezbonlar keyinchalik to‘pni yo‘qotishdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam kompensasiya vaqti belgilamadi. Hozircha "Barselona" - "Real Sosyedad" - 0:0. Biroz dam olamiz. |
| 45' | ![]() |
Alves olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘pga tashlangan Ruli qo‘l bilan yeta olmadi. Ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 42' | ![]() |
Mezbonlar ikki marta hujum tashkil qilishdi. Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachilar unga imkoniyat berishmadi. Neymarning uzatmasiga esa aniqlik yetishmadi |
| 39' | ![]() |
Suaresga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Messi to‘pni olis ustun tomonga yetkazdi va Pike bosh bilan orqaroqqa to‘pni qoldirdi. Rafinyaning kuchli zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. |
| 35' | ![]() |
"Real Sosyedad" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bravo musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! Bu safar ham Messi dispetcherlik vazifasida harakat qildi. U jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Neymar bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi. Suares va Xavi to‘pni darvozaga bura olishmadi... |
| 32' | ![]() |
Lionel Messi jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvozaga yaqiniga berilgan uzatma paytida mezbon futbolchilaridan ofsaydda qolgan ekan. |
| 29' | ![]() |
Markel Bergara ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Rafinyani ochiqchasiga chalib yiqitdi. |
| 28' | ![]() |
Vuuuuh! "Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin mehmonlar to‘pni qaytarishdi. Messi tomonidan berilgan uzatmadan keyin Pike darvoza oldida to‘pni egalladi va zarba berdi. Ruli zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni Pike chalqancha uslubda darvoza tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 27' | ![]() |
Alberto de la Belya ogohlantirildi. Messini ortdan tepib yiqitgani uchun. |
| 26' | ![]() |
Esteban Granero sariq kartochka oldi. Alvesni tortib yiqitgani uchun. |
| 25' | ![]() |
Maskeranoning uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatda bosh bilan zarba berdi. Ammo braziliyalik hujumchi ofsaydda qolgandi |
| 23' | ![]() |
Ohohoho! Pikening qo‘pol xatosidan so‘ng "Real Sosyedad" futbolchilari "Barselona" jarima maydonchasi oldida to‘pni olib qo‘yishdi va Karlos Vela birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Hujumchining zarbasini Klaudio Bravo egallab oldi. Vela ofsaydda qolgan ekan... |
| 20' | ![]() |
Oho! Messining chiroyli uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqdi, ammo yerga urilgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. To‘p undan o‘tib ketdi. |
| 18' | ![]() |
"Barselona" qarshi hujumga o‘tdi va Suares o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Messini to‘p bilan ta’minladi. Lionelning uzatmasini esa Ruli egalladi |
| 18' | ![]() |
"Barselona" qarshi hujumga o‘tdi va Suares o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Messini to‘p bilan ta’minladi. Lionelning uzatmasini esa Ruli egalladi |
| 16' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan havolatib jarima maydonchasi ichiga uzatma berdi. Messi to‘pga yeta olmadi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar Messi bilan "devor" o‘ynab birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo Ruli hujumchining zarbasini nafaqat qaytardi, balki to‘pni egallab oldi! |
| 9' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Messi jarima maydonchasi ichida qabul qildi va to‘pni qanotdagi Alvesga berdi. Danining uzatmasiga Suares darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p darvozaga aniq bormadi. |
| 9' | ![]() |
"Barselona" ketma-ket 2ta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 8' | ![]() |
Vuuuuh! Alves yetkazgan uzatmaga Messi 12 metrlardan bosh bilan zarba berdi. "To‘qqizlik"ka borayotgan to‘pni darvozabon qo‘li bilan maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 7' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi xavfli chiqishi mumkin edi, himoyachi to‘pni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi |
| 4' | ![]() |
"Sosyedad" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 3' | "Barsa" ko‘k-anorrang, "Real Sosyedad" esa oq-ko‘k yo‘l-yo‘l formada harakat qilishmoqda | |
| 2' | ![]() |
"Barselona"ning dastlabki hujumi qaytarildi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Ispaniya La ligasining 36-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Real Sosyedad" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|