Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 36-tur, 10 may, soat 20:00 | ||
CHELSIJon Terri (5)
|
1 : 1 |
LIVERPULStiven Jerrard (44)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 03.Filipe Luis 26.Jon Terri 02.Branislav Ivanovich 10.Eden Azar 04.Sesk Fabregas 05.Kurt Zuma 12.Jon Obi Mikel 22.Villian 18.Loik Remi 36.Ruben Loftus-Chik |
22.Simon Minyole (D) 02.Glen Jonson 37.Martin Shkrtel 06.Deyan Lovren 31.Rahim Sterling 20.Adam Lallana 14.Jordan Xenderson 10.Filippe Koutinyo 23.Emre Jan 08.Stiven Jerrard 09.Riki Lambert |
|
| ZAHIRA | ||
|
33.Mitchel Biney (D) 06.Natan Ake 28.Sesar Aspilikueta 24.Geri Kexill 21.Nemanya Matich 23.Xuan Kuadrado 11.Didye Drogba |
52.Denni Uord (D) 04.Kolo Ture 24.Jo Allen 21.Lukas Leyva 33.Jordan Ayb 18.Alberto Moreno 48.Jeromi Sinklar |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Liverpul" - 1:1. Ushbu natija "MYu"ga YECHL yo‘llanmasini taqdim etdi. E’tiboringiz uchun rahmat. |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuh! Sterling chap qanotda Villiandan o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi va darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Narigi qanotga o‘tgan to‘pni Jan darvoza tomon tepdi. Zarba aniq chiqmadi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 90+2' | ![]() |
Oho! Jordan Ayb o‘ng qanotdan ikki himoyachi orasidan chiroyli tarzda o‘tib ketib, jarima maydonchasi kirdi. Ammo u yerda Aybni Terri "eb" qo‘ydi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuuh! Bu safar Xenderson jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi! |
| 89' | ![]() |
Vuuuuh! Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida darvozaga kirib ketishiga sal qoldi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 85' | ![]() |
Starrij himoyachini aldab, raqib jarima maydonchasiga kirishga harakat qildi. To‘pni Kurtua egallab oldi |
| 84' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Loik Remi o‘rniga Kuadrado bahsni davom ettiradi. |
| 83' | ![]() |
Xenderson jarimadan yetkazgan uzatma hech kimga tegmay, narigi qanotga o‘tib ketdi... |
| 82' | ![]() |
Felipe Luis ochiqchasiga Aybni tortib qoldi va sariq kartochka oldi |
| 79' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Jerrardni maydonni tark etdi. Lukas Leyva bahsni davom ettiradi. |
| 78' | ![]() |
Azar ikki himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo uchinchisidan o‘tib keta olmadi |
| 76' | ![]() |
Vuuh! Sesk yana bir marta mehmonlar jarima maydonchasiga kirib bordi. Bu safar himoyachilarning o‘zlari xato orqali unga yordam berib yuborishdi. Fabregasning zarbasi himoyachiga tegib, darvozasi ustidan o‘tib ketdi. Burchak zarbasi |
| 76' | ![]() |
Vuuuh! Fabregas markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi, bir himoyachini aldadi va jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Minyole zarbani qaytardi |
| 71' | ![]() |
"Liverpul"da yana bir o‘zgarish: Adam Lallana o‘rniga Jordan Ayb maydonga tushdi |
| 68' | ![]() |
Jerrardning uzatmasiga Sinklar yeta olmadi. To‘pni Kurtua egallab oldi |
| 68' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Riki Lambert o‘rniga Jeromi Sinklar tushdi |
| 61' | ![]() |
"Liverpul"da yaxshi imkoniyat. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Shkrtel darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. |
| 60' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish bo‘ldi: Ruben Loftus-Chik o‘rniga Nemanya MAtich tushirildi. |
| 57' | ![]() |
Villianyana o‘sha joydan zarba yo‘lladi. Bu safar to‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 56' | ![]() |
Vuuuh! Villian jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va bir himoyachini chalg‘itib, kuchli zarba berdi. To‘p Minyole barmoqlariga tegib, olis ustun oldidan o‘tib ketdi |
| 55' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi paytida to‘pni Kurtua egallab oldi |
| 51' | ![]() |
"Liverpul"ning bosimi davom etmoqda. Ular hozir yaxshi imkoniyatni foydalana olishmadi |
| 49' | ![]() |
Vuuuuuh! Sterling jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini chalg‘atib Koutinyoga uzatma berdi. Felipening zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 47' | ![]() |
"Liverpul" yaxshi hujum tashkil qildi. Lallana jarima maydonchasi ichida aniq zarba/uzatma bera olmadi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Liverpul" - 1:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
GOOOOOL! Stiven Jerrard, 1:1! Ikkinchi jamoa sardori ham bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! To‘p chap qanotda belgilangan jarima zarbasidan yetkazilgandi! |
| 43' | ![]() |
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, Minyole uzatmani egallab oldi |
| 38' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani liverpulliklar qaytarishdi |
| 38' | ![]() |
Burchakdagi bayroqcha oldida Emre Jan Azarni itarib yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 34' | ![]() |
"Chelsi"da majburiy o‘zgarish: jarohat olgan Kurt Zuma o‘rniga Gari Keyxill tushirildi |
| 33' | ![]() |
Xendersonning jarima maydonchasiga bergan uzatmasiga Lambert yeta olmadi |
| 32' | ![]() |
"Chelsi" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 27' | ![]() |
Vuuuuuh! Fabregas o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi! To‘p Minyolening qo‘liga tegib, olis ustun oldidan o‘tib ketdi! |
| 22' | ![]() |
Lambert ofsaydda qoldi |
| 20' | ![]() |
Adam Lallana sariq kartochka oldi. Ivanovichga nisbatan qo‘pol harakat qildi |
| 18' | ![]() |
Mersisaydliklar tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishmoqda |
| 16' | ![]() |
Azarning to‘p uzatishdagi xatosidan so‘ng mehmonlar to‘pni egallashdi va Sterlingga yetkazishdi. Rahim 18 metrlardan aniq zarba bera olmadi |
| 13' | ![]() |
Vuuuh! Glen Jonson chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, deyarli ustungacha yaqinlashdi, ammo o‘tkir burchak ostidan aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 10' | ![]() |
To‘p nazorati "Chelsi"da. Chempionlar xotirjam o‘ynashmoqda. Ularda hech qanday bosim yo‘q. O‘zlari istagandek harakat qilishmoqda |
| 6' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfli vaziyatga imkon berishmadi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOL! Jon Terri, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 4' | ![]() |
Villian o‘ng qanotdan havolatib yetkazib bergan uzatmani Shkrtel maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | To‘g‘ri, Mourinyo jamoasi chempionlikni hal qilib bo‘lgan. Bu ularning Angliya chempionligidagi ilk o‘yini bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, "Liverpul" YECHL yo‘llanmasidan hali umid uzmagan. Jamoa bugun yutqazsa yoki durang o‘ynasa, "MYu" erkin tin oladi va kelasi yildan yana Chempionlar ligasiga qaytadi. Liverpulliklar esa Yevropa ligasida ishtirok etishadi xolos. Shu tomondan qaraganda mazkur o‘yinda intriga bor | |
| ' | APLning 36-tur o‘yinlari davom etmoqda. Turning markaziy o‘yini "Chelsi" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|