Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Yarim final, javob o‘yini, 13 may, soat 23:45. Bosh hakam: Yonas Eriksson

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (23-penalti)

1 : 1

YUVENTUS

Alvaro Morata (57)
JAMOALAR TARKIBI
01.Iker Kasilyas (D)
02.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
08.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
23.Isko
09.Karim Benzema
07.Krishtianu Ronaldu
  01.Janluiji Buffon (D)
03.Jorjo Kyellini
19.Leonardo Bonuchchi
26.Shtefan Lixtshtayner
33.Patris Evra
06.Pol Pogba
08.Klaudio Markizio
21.Andrea Pirlo
23.Arturo Vidal
10.Karlos Teves
09.Alvaro Morata
ZAHIRA
13.Keylor Navas (D)
17.Alvaro Arbeloa
03.Pepe
05.Fabiu Kuentrau
24.Asyer Ilyaramendi
14.Xavyer Ernandes
20.Xese
  30.Marko Storari (D)
15.Andrea Barsali
27.Stefano Sturaro
37.Roberto Pereyra
11.Kingsli Koman
20.Simone Padoin
14.Fernando Lyorente

Matn

'
Finalda "el-klassiko" ko‘rmaymiz! "Barselona" - "Yuventus". 6 iyun, Berlin, "Olimpiko" stadioni.
90+4'
O‘yin tugadi! "YUVENTUS" - CHEMPIONLAR LIGASI FINALIDA!
90'
Ikkinchi bo‘limga to‘rt daqiqa qo‘shildi!
89'
"Yuve"da o‘zgarish: Pogba o‘rniga Pereyra tushirildi
88'
Vuuuuuuuh! Pogbaaaa!!!! Lyorente chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldab ochiq turgan Polga uzatma berdi. Pogba 10 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas zarbani qaytardi! To‘p Ikerning o‘ziga bordi...
84'
"Yuventus"da o‘zgarish: Morata o‘rniga Fernando Lyorente tushirildi
84'
Beyl 24 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Buffon to‘p yo‘nalishini nao‘orat qilayotgandi
83'
"Real" faqat qanotlardan havolatib yetkazilgan uzatmalarga va burchak to‘plariga tayanmoqda. "Yuve" boshqa imkoniyat bermayapti mezbonlarga
80'
Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarba kuchsiz chiqdi. Buffon to‘pni xotirjam egalladi
77'
Beyl o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga kirgan Chicharitoga uzatma berdi. Xavyer darvoza oldiga to‘pni yetkazdi. "Rahmat, senga, Chicharito" - dedi ichida Buffon
77'
Beyl o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga kirgan Chicharitoga uzatma berdi. Xavyer darvoza oldiga to‘pni yetkazdi. "Rahmat, senga, Chicharito" - dedi ichida Buffon
79'
"Yuventus"da o‘zgarish: Pirlo o‘rniga Andrea Barsali tushirildi.
77'
Beyl o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga kirgan Chicharitoga uzatma berdi. Xavyer darvoza oldiga to‘pni yetkazdi. "Rahmat, senga, Chicharito" - dedi ichida Buffon
75'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl bosh bilan yo‘llagan zarba darvozaga aniq bormadi.
73'
Evra va Chicharito havodan kelayotgan to‘p uchun kurash olib borishdi, Xavyer yiqildi. Allo, Eriksson? Yo‘q, penalti yo‘q.
72'
Beeeeyl! Ronaldu jarima maydonchasi ichida chap qanotdan uzatma berdi. Beyl 3 metrdan bosh bilan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
71'
Karlos Teves sariq kartochka oldi.
70'
Markizioooyoyoyo! O‘yinni tugatib qo‘yishi mumkin edi! Vidalning uzatmasidan keyin Markizio birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi. Iker zarbani qaytardi!
68'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Benzema o‘rniga Chicharito tushirildi
68'
Vuuuuuh! Xames jarima maydonchasi yarim doirasi oldidan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
66'
Vuuuuuh! "Yuve" qarshi hujumga o‘tib ketdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan Morata biroz yeta olmai. Aks holda darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi!
62'
Ehhhhh, Beyllll! Marseloning uzatmasidan keyin Garet 5 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi!
60'
Pogbani tanqid qilgandik. Gol bo‘lgan vaziyatda Pol havodagi to‘p uchun kurashda Ramosdan ustun keldi va bosh bilan Morataga uzatma berdi.
57'
GOOOOOOOL! Morata! 1:1! Ramos qanotdan Vidalni yiqitdi. Jarimadan yetkazilgan to‘p uchun kurash uzoq davom etdi va oxir oqibat Morata to‘pni egallab, 11 metrdan zarba yo‘lladi. Kasilyas zarbani qaytara olmadi!
54'
Vuuuuuh! "Real" himoyasining xatosidan so‘ng Teves Moratani birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Alvaro ofsaydda qoldi.
53'
Marselo jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi.
52'
Pogba ilk marta samarali harakat qildi. U Karvaxaldan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi oldiga yaqinlashib, sheriklariga aniq pas bera olmadi. Pol jarohatdan keyin yuqori tempda o‘ynab keta olmayapti.
51'
Markizio kuchli zarab yo‘lladi! To‘p ustun yaqinidan o‘tib ketdi!
48'
"Real"ning qanotdan ikkita uzatmasini italyanlar qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga Allegri shogirdlari kiritishdi.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Yuventus" - 1:0. Tanaffus. O‘yin shu hisob bilan yakunlansa, finalga Madrid chiqadi!
44'
Xames Rodrigesga sariq kartochka. Simulsiya uchun. U jarima maydonchasi ichida yiqilgandi
41'
Karvaxalning uzatmasidan keyin Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Keyingi qarshi hujum paytida Isko oldinga o‘tdi va 16 metrlardan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi. Keyingi hujumda Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p Buffonning qo‘lidan maydonni tark etdi!
38'
"Yuve"ning burchak to‘plarini mezbonlar qaytarishda muammoga duch kelishmayapti
36'
"Yuventus" qarshi hujumga o‘tdi - to‘rtga to‘rt. Yakunda bor-yo‘g‘i burchak to‘pi
34'
Pirlo o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p unchalik yuqori ko‘tarilmadi, Marselo to‘pni qaytardi
32'
Isko sariq kartochka oldi
29'
Vuuuuuuuh! "Yuventus" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, qarshi hujumga esa "Real" futbolchilari o‘tib ketishdi. Benzemaning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldadi, ammo zarba berish o‘rniga olis ustun yonidagi Iskoga uzatma berdi. HImoyachi to‘pni qaytardi. O‘ng qanotdan tashkil etilgan takroriy hujumdan so‘ng - burchak to‘pi!
26'
Evra va Beyl to‘qnashib ketishdi. Ular yerda yotishibdi. Tibbiy yordam kerak.
23'
GOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Zarba aniq!
22'
PENALTI! "Yuventus" darvozasiga! Xames jarima maydonchasi ichida Kyelliniga urilib yiqildi!
20'
Vuuuuuuh! Beyl o‘zining chap oyog‘i bilan olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Buffooon! Ajoyib seyv!
19'
Ehhhh, Benzemaaaa! Karim chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi qanotdan ochilgan Ronalduga aniq pas bera olmadi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi!
18'
Oho! Isko o‘ng qanotda Evrani aldab jarima maydonchasiga kirdi va zarba/uzatma berdi. Noaniq
16'
O‘yin tempi u qadar yuqori emas. "Yuve" himoyaga yotayotgani yo‘q. To‘pni nazorat qilib, imkon bo‘lganda oldinga o‘tmoqda. Turinliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Qaytarilgan to‘pni egallab, yana nazorat qilishmoqda
13'
Vuuuuh! Vidal 18 metrlardan yerlatib kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas qiyinchilik bilan zarbani qaytardi.
11'
Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Krishtianuning o‘zi zarbani yo‘lladi. To‘p jonli devordagi futbolchiga tegib, darvoza to‘riga yuqori tomondan kelib tushdi. Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
7'
Turinning javobi hujumini mezbonalr qaytarishdi
6'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Benzema jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundirdi va chap oyoqda noaniq zarba yo‘lladi...
3'
"Yuventus" yaxshi hujum tashkil qildi. Pogba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘ziga yetkazilgan to‘pga biroz yeta olmadi
1'
O‘yin boshlandi! "Madrid" oldinga o‘tdi. Marselo qanotdan yetkazgan uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.
'
Road to Berlin - o‘yinlar mana shu shior ostida o‘tmoqda. Hamma joyda mana shunday bannerlar
'
O‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Birozdan keyin jamoalar maydonga chiqib kelishadi.
'
Taxminimizcha, bu o‘yin hakamning final hushtagi yangragunga qadar qizg‘in davom etadi. Bu o‘yinda barcha narsa tezda hal bo‘lishi mumkin emas. Balki qo‘shimcha bo‘limlarni, balki penaltilar seriyasini ko‘rarmiz?
'
Kutilganidek, Anchelotti Benzemani asosiy tarkibda tushirdi. Ramos esa himoyaga qaytarildi va Pepe zaxirada qoldi
'
Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda "Barselona" dastlabki bahsdagi ustunlikdan foydalanib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bugungi o‘yinda esa vaziyat boshqacha. Kichkina ustunlik "Yuve" tomonida, ammo bu ustunlik bitta gol bilan butunlay yo‘qqa chiqib ketadi
'
"Real Madrid" Ispaniya La ligasi va Ispaniya kubogi musobaqalarida sovrinsiz qoldi, madridistlarning yagona umidi — YECHL bo‘lib qolmoqda
'
Evropa chempionlar ligasining navbatdag mavsumi ham yakuniga yetib bormoqda. Turnir doirasida yana 2ta o‘yin qoldi. Bugungi o‘yin orqali ikkinchi finalchi aniqlanadi va 6 iyun kuni Berlinda YECHL-2014-15 g‘olibi aniqlanadi
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.