Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 37-tur, 17 may, soat 20:00. Bosh hakam: Mayk Din | ||
MANCHESTER YUNAYTEDAnder Errera (30)
|
1 : 1 |
ARSENALTeo Uolkott (82)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 12.Kris Smolling 04.Fil Jons 05.Markos Roxo 17.Deyli Blind 08.Xuan Mata 21.Ander Errera 31.Maruan Fellayni 18.Eshli Yang 25.Antonio Valensiya 09.Radamel Falkao |
13.David Ospina (D) 04.Per Mertezaker 06.Loran Koselni 18.Nacho Monreal 39.Ektor Bellerin 16.Aaron Remzi 11.Mesut O‘zil 34.Fransis Koklen 19.Santi Kasorla 17.Aleksis Sanches 12.Olivye Jiru |
|
| ZAHIRA | ||
|
32.Viktor Valdes (D) 42.Tayler Blekett 33.Patrik MakNeyr 11.Adnan Yanuzay 07.Anxel Di Mariya 49.Jeyms Uilson 20.Robin van Persi |
01.Voysex Shchensni (D) 03.Kiran Gibbs 05.Gabriel Paulista 20.Matye Flamini 07.Tomash Rosiski 10.Jek Uilshir 14.Teo Uolkott |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Arsenal" - 1:1. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! Fellayni bosh bilan tashlab bergan to‘pni Van Persi 12 metrlardan darvozaga aniq yo‘llay olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 84' | ![]() |
Vuuuuh! O‘zil chap qanotdan yetkazgan uzatmani darvozabon maydonchasi ichida Jiru darvozaga aniq bura olmadi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi! |
| 82' | ![]() |
GOOOOOOL! Teo Uolkott, 1:1! Hujumchi olis masofadan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvoza yaqiniga uzatma bermoqchi bo‘lganida to‘p Blekettning oyog‘idan darvozaga kirib ketdi. Rekoshet |
| 79' | ![]() |
"MYu" himoyachilarining xatosi evaziga mehmonlar jarima maydonchasiga kirishga urinishdi. Xato o‘z vaqtida to‘g‘rilandi |
| 74' | ![]() |
"MYu"da ham o‘zgarish: jarohat olgan De Xea o‘rniga Viktor Valdes tushirildi |
| 73' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Kasorla o‘rniga Uilshir tushirildi |
| 70' | ![]() |
VUUUUH! Remzi birga-bir vaziyatda to‘pni De Xeaning ustidan olib o‘tdi, ammo himoyachi to‘pni tepib yubordi! |
| 66' | ![]() |
Mehmonlar bosimni oshirishmoqda. Ularning hujumlarini maydon egalari qiyinchilik bilan bartaraf etishmoqda |
| 63' | ![]() |
Ehhhhh, Jiru! Sanchesning uzatmasidan keyin bir himoyachidan o‘tdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatdan foydalana olmadi! |
| 61' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Falkao o‘rniga Robin van Persi tushirildi |
| 56' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yo‘q |
| 54' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Dastlabki hamlalarni mehmonlar qaytarishdi. Roxo jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbani Ospina egalladi |
| 52' | ![]() |
Aleksis! Jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida sakrab turgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi... |
| 50' | ![]() |
"MYu" yaxshi hujum tashkil qildi. Fellaynining uzatmasidan keyin Yang chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Ospina to‘pni egalladi |
| 49' | ![]() |
Falkaoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Mezbonlar zudlik bilan to‘pni o‘yinga kiritishdi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga berilgan uzatmani londonliklar egallab olishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi va u ham tugadi. Tanaffus. Hozircha "MYu" - "Arsenal" - 1:0 |
| 45' | ![]() |
Ehhhh, yerlatib uzatilgan burchak to‘pini Blind jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvoza tomon tepdi. To‘p Smollingga tegib qoldi. Aks holda katta ehtimol bilan to‘p darvoza burchagiga yo‘l olayotgandi |
| 42' | ![]() |
O‘zil o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mezbon himoyachilari xavfni bartaraf etishdi |
| 39' | ![]() |
Mata chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Falkao to‘pga bosh bilan zarba berdi, ammo himoyachini itarib yuborgani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 38' | ![]() |
Falkao ofsaydda qoldi |
| 35' | ![]() |
Errera jarima maydnchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 33' | ![]() |
O‘zil jarima maydnchasi tashqarisida Jiruga uzatma berdi. Olivye to‘pga yeta olmadi |
| 30' | ![]() |
GOOOOL! Ander Errera, 1:0! Yang chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Errera xotirjamlik bilan darvozaga yo‘lladi. Uni himoyachilar bo‘sh qoldirishgandi |
| 27' | ![]() |
"Arsenal" futbolchisi jarima maydonchasiga chap tomondan kirdi, ammo himoyachi to‘pni markazga qaytardi |
| 25' | ![]() |
Vaziyat o‘zgarayotgani yo‘q. O‘yin teng kechmoqda |
| 20' | ![]() |
Tomonlar navbati bilan hujumga o‘tishmoqda. Ammo hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q |
| 15' | ![]() |
Xuan Mata jonli devor ustidan to‘pni aylantirib, olis burchak tomon yo‘lladi. Zarba unchalik kuchli chiqmadi, Ospina to‘pni qabul qildi |
| 14' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Mataga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi! Jarima zarbasi tepiladi |
| 10' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Smolling jarima maydonchasi ichida egalladi va zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Takroriy burchak zarbasi xavfli bo‘lmadi |
| 9' | ![]() |
Yang chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Takroriy hujum paytida Mata nozik pas bilan Falkaoni deyarli birga bir vaziyatga chiqardi. Radamel yo‘llagan zarba himoyachining oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi |
| 6' | ![]() |
Eshli Yang chap qanotdan to‘pni qabul qildi, bir himoyachini aldab, biroz markazroqqa surildi va zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 4' | ![]() |
Aleksis Sanches jarima maydonchasiga yaqinigacha keldi, ammo himoyachi to‘pni maydon chetiga tepib yubordi |
| 2' | ![]() |
"MYu" qizil, "Arsenal" esa sariq rangli formada harakat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi APLning 37-tur uchrashuvi boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|