Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

37-tur, 17 may, soat 22:00. Bosh hakam: Undiano Malyenko

ATLETIKO

Lionel Messi (65)

1 : 0

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
Yan Oblak
Xuanfran
Xose Mariya Ximenes
Diyego Godin
Gilyermo Sikeyra
Mario Suares
Gabi
Koke
Arda Turan
Antuan Grizmann
Fernando Torres
  Klaudio Bravo
Daniel Alves
Xerard Pike
Xavyer Maskerano
Xordi Alba
Serxio Buskets
Ivan Rakitich
Andres Iniyesta
Pedro Rodriges
Lionel Messi
Neymar
ZAHIRA
Migel Anxel Moyya
Joao Miranda
Xesus Games
Saul Niges
Raul Garsiya
Raul Ximenes
Mario Manjukich
  Mark-Andre ter Shtegen
Jeremi Matyo
Adriano Korreyya
Serxi Roberto
Xavi Ernandes
Rafinya
Munir al-Haddodiy

Matn

'
"Barselona" muxlislarini Ispaniya chempionligi bilan tabriklaymiz! Dastlabki sovrin qo‘lga kiritildi. Bugungi o‘yindan keyin "Real" mavsumni rasman sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. Enrike shogirdlarini 30 may kuni Ispaniya kubogi, 6 iyun kuni esa YECHL final bahslari kutmoqda
90+4'
O‘yinning so‘nggi daqiqalari asabiy kechdi. Neymar, Messi va Gabi ogohlantirildi. O‘yin yakunlandi! "BARSELONA" - CHEMPION!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90+2'
"Espanyol" - "Real" - 2:4. Ronaldudan xet-trik, Stuanidan dubl. Parallel o‘yinda hakamning final xushtagi yangradi.
90'
Vuuuuh! Messi 20 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. Zarbani "Atletiko" posboni mahorat bilan qaytardi!
87'
Sikeyro jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida shundoqqina darvozasi to‘sini ustidan o‘tib ketdi. "Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin yo‘llangan zarbani Bravo egallab oldi.
84'
Messi Pedroni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Ammo Pedro to‘pni egallay olmadi.
86'
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Rafinya tushirildi.
83'
"Espanyol" - "Real" - 1:3. Uchinchi gol muallifi — Krishtianu Ronaldu!
82'
"Barselona"da yana bir o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Xavi tushirildi.
80'
"Barselona"da o‘zgarish: Xordi Alba o‘rniga Jeremi Matyo tushirildi.
79'
"Espanyol" - "Real" - 1:2. Ronalduning uzatmasidan keyin Marselo darvozani ishg‘ol qildi.
74'
Gabi ogohlantirildi. Maydon markazida Busketsga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.
75'
"Real" darvozaboni Keylor Navasning qo‘pol xatosidan keyin "Espanyol" hisobni tenglashtirdi.
72'
"Atletiko"da o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Mario Manjukich tushirildi.
71'
Ehhhh, Neymaaar! Barchasini hal qilishi mumkin edi! Messi uni birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo Neymar yaqin masofadan to‘pni yuqoriga tepib yubordi!
68'
"Atletiko"da o‘zgarish: Mario Suares o‘rniga Raul Garsiya tushirildi.
65'
GOOOOOOOL! Lionel Messi! 1:0! Chap qanotdan tashkil etilgan hujumni Messi jarima maydonchasi ichida chap oyoqdagi zarba bilan olis burchakni nishonga oldi!
64'
Ustunlik to‘laligicha kataloniyaliklar tomonida. Biroq "Atletiko" yaxshi himoyalanmoqda
58'
"Real" "Espanyol" darvozasini ishg‘ol qildi. Ronaldu birga bir vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldira oldi.
55'
Fernando Torres! CHAp qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egallab oldi.
53'
Messini tortib qolgani Koke sariq kartochka oldi.
47'
"Barselona" ilk hujumda burchak to‘pi ishladi. Pike jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Ikkinchi burchak to‘pi samarasiz chiqdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletiko" - "Barselona" - 0:0. "Espanyol" - "Real" o‘yinida ham hisob ochilmadi.
45'
Vuuuuh! Alves kutilmaganda olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Oblak to‘pni darvoza ustidan o‘tkazmoqda. Burchak to‘pini mezbonlar qaytarishdi
41'
"Barsa" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Pedro o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozaga yaqiniga uzatma berdi. To‘p barchadan o‘tib Messiga bordi, ammo Leo na o‘zi zarba yo‘lladi, na Albani zarbavor vaziyatga chiqardi...
39'
Alves o‘ng qanotdan havolatib yetkazgan to‘pni Pedro chalqancha uslubda darvozaga burishga urindi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
38'
Buskets olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
36'
"Espanyol" - "Real" o‘yinida ham hisob hamon - 0:0.
33'
Yo‘q, ogohlantirish Alvesga emas, Godinga berilibdi. Jarima maydonchasining o‘ng tomonida belgilangan jarima zarbasini Messi tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
31'
Dani Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib yiqildi. Hakam uni simulyasiyada ayblab, sariq kartochka berdi
20'
Oho! Dastlab Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Keyingi hujumda Messi bosh bilan yetkazgan uzatma Xuanfranning qo‘liga tegib qaytdi. Undiano Malyenko penalti belgilashga jazm etmadi.
16'
Alvesning o‘ng qanotdan uzatmasi ancha noaniq bo‘ldi
12'
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Yan Oblak to‘pni egallab oldi
9'
"Atletiko"ning navbatdagi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Bravo yana yaqin masofadan berilgan zarbani qaytardi!
7'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kataloniyaliklar to‘pni qaytarishdi, ammo takroriy hujum paytida Grizmann to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. BUrchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Bravo seyv namoyish qilib, zarbani qaytardi!
5'
"Atletiko" o‘zlarining oq-qizil yo‘l-yo‘l, "Barselona" esa sariq rangli formada harakat qilmoqda
1'
Ispaniya chempionatida 37-turning barcha o‘yinlari bir vaqtda boshlandi! Ketdik!
1'
Ispaniya chempionatida 37-turning barcha o‘yinlari bir vaqtda boshlandi! Ketdik!
'
Yana bir marta assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Atletiko" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.