Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 38-tur, 23 may, 21:30. Bosh hakam: Karlos Klos Gomes | ||
BARSELONALionel Messi (5, 59)
|
2 : 2 |
DEPORTIVOLukas Peres (67)
Diogu Salomau (76) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Xordi Masip (D) 21.Adriano 15.Mark Bartra 24.Jeremi Matyo 23.Tomas Vermalen 20.Serxi Roberto 12.Rafinya 06.Xavi Ernandes 11.Neymar 07.Pedro Rodriges 10.Lionel Messi |
13.Fabrisio Agosto (D) 23.Alberto Lopo 12.Sidney 03.Roberto Kanelya 15.Laure 22.Selso Borjes 17.Diogu Salomau 10.Xuan Dominges 04.Aleks Bergantinyos 19.Ivan Kavaleyro 07.Lukas Peres |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 16.Duglas (D) 02.Martin Montoyya 18.Xordi Alba 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 31.Munir al-Haddodiy |
01.Xerman Lyuks (D) 05.Pablo Insua 06.Xose Rodriges 32.Elder Koshta 08.Xaris Medunyanin 09.Elder Poshtiga 21.Oriol Riyera |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Barselona"ga atalgan chempionlik kubogini Xavi qabul qildi va boshi uzra baland ko‘tardi! |
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Deportivo" La ligada jon saqlab qoldi! |
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Deportivo" La ligada jon saqlab qoldi! |
| 90+3' | ![]() |
Oriol Riyera sariq kartochka oldi. Jarima to‘pini o‘yinga kiritish chog‘ida vaqtni cho‘zgani uchun. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 85' | ![]() |
XAVI maydonni tark etmoqda. "Kamp Nou" tik turgan holda tirik afsonani olqishlamoqda! Uning o‘rniga Inyesta tushirildi |
| 82' | ![]() |
Ushbu natija "Deportivo"ni La ligada olib qoladi. Ammo mezbonlar hujum qilishda davom etishmoqda |
| 76' | ![]() |
GOOOL! Diogu Salomau, 2:2! "Barselona" darvozasi tomon 17 metrdan jarima zarbasi belgilandi. Zarba yo‘llanayotgan paytda to‘p Matyoning qo‘liga tegib qaytdi va Jeremi sariq kartochka oldi. Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. To‘pni egallagan Diogu Salomau darvozani ishg‘ol qildi! |

| 73' | ![]() |
Xavi Neymarni deyarli birga bir vaziyatga chiqardi. Braziliyalik futbolchining oyoqlari ostidan darvozabon to‘pni qaytardi. Xavi yuqoridan to‘pni o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi, ammo Agosto to‘pni egallab oldi. |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh! "Deportivo" futbolchisi o‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi! |
| 67' | ![]() |
GOOOL! Lukas Peres, 2:1! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi chizig‘i oldida qabul qildi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 62' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Vermalen o‘rniga Duglas tushurildi. |
| 59' | ![]() |
GOOOL! Messi, 2:0! Neymar va Messi ikkiga bir vaziyatga chiqib ketishdi. Braziliyalik futbolchi jamoadoshiga to‘pni yetkazdi va Lionel bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. |
| 58' | ![]() |
Xuan Dominges sariq kartochka oldi. U Neymarni qo‘li bilan tortib qoldi. Jarima zarbasini Xavi tepdi. Ancha noaniq |
| 55' | ![]() |
Neymar yuqoridan uzatma bilan Messini qulay vaziyatga chiqarishga urindi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Kataloniyaliklar ijrosidagi burchak zarbasi xavfli bo‘lmadi. |
| 52' | ![]() |
Kataloniyaliklar tezkor kombinasiya orqali o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Adrianoni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qilishdi. Himoyachilar va darvozabon unga imkon berishmadi |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi. Xavining uzatmasidan keyin Rafinya birga bir vaziyatga chiqdi, ammo Agosto to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Deportivo" - 1:0. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. "Deportivo" yaxshi hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kavaleyro darvozaga yaqin joydan bosh bilan zarba berdi. Noaniq. |
| 42' | ![]() |
Navbatdagi qarshi hujumda Messi himoyachilarning ustidan to‘pni yengil o‘tkazib, Adrianoga uzatma bermoqchi bo‘ldi. Ammo himoyachi baland sakrab, to‘pni qaytarib qoldi. Keyingi hujumda esa Xavi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatda maydonni tark etdi. |
| 39' | ![]() |
Kanelya jarohat bois maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Medunyanin tushirildi. "Barsa" esa qarshi hujum uyushtirdi. Messi jarima maydonchasiga kirgan Rafinyaga uzatma berdi. Yarim himoyachi esa tovoni bilan Leoning o‘ziga to‘pni qaytardi, ammo to‘pni posbon ushlab oldi. |
| 37' | ![]() |
"Deportivo" futbolchisi havodagi to‘p uchun kurashda Adriano bilan to‘qnashda va yerga noqulay yiqildi. Jiddiy jarohat olgan ko‘rinadi. |
| 32' | ![]() |
"Deportivo" o‘ng qanot yarim himoyachisi mezbonlar jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Penalti yo‘q |
| 32' | ![]() |
"Deportivo" o‘ng qanot yarim himoyachisi mezbonlar jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Penalti yo‘q |
| 24' | ![]() |
Messining uzatmasini Neymar ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. To‘pni "Depor" darvozaboni egalladi. |
| 19' | ![]() |
Vuuuh! "Barsa" yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Rafinya ikki himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirayotganida uni chalib yiqitishdi. To‘p Adrianoga tushgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Uning uzatmasiga Messi va Neymar yeta olishmadi. |

| 17' | ![]() |
Vuuuuuh! "Deportivo" darvozaboni katta mahorat ko‘rsatdi! Messi 17 metrdan yo‘llagan zarbani posbon qaytardi. Qaytgan to‘pga Pedro yetib bordi va deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘lladi. Agosto mo‘jiza ko‘rsatib, bu zarbani ham qaytardi! |

| 14' | ![]() |
Messi birga bir vaziyatga chiqib ketib, darvozani ishg‘ol qilgandi. Biroq Leo birozgina ofsaydda qolgani aniqlandi va gol inobatga olinmadi. |
| 14' | ![]() |
Messi birga bir vaziyatga chiqib ketib, darvozani ishg‘ol qilgandi. Biroq Leo birozgina ofsaydda qolgani aniqlandi va gol inobatga olinmadi. |
| 12' | ![]() |
Ustunlik va tashabbus to‘laligicha kataloniyaliklar tomonida. "Deportivo" himoyalanmoqda. |
| 9' | ![]() |
"Barselona" chiroyli uzatmalar komplektidan iborat kombinasiya tashkil qildi. Adrianoning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOL! Messi, 1:0! "Barselona" qarshi hujumga o‘tdi va hujumni Lionelning o‘zi boshladi. Rafinya o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pni Messi bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Maydonga dastlab hakamlar va "Deportivo" futbolchiari chiqib kelishdi. La korunyaliklar jonli yo‘lak hosil qilib, Ispaniya chempionlarini va "Barsa" bilan xayrlashadigan Xavini olqishlar bilan kutib olishdi. |
| ' | "Deportivo" esa hamon xavfli zonada turibdi. Ularga bugun ochko suv va havodek zarur. La korunyaliklar hisobida 34 ochko mavjud bo‘lsa, 18 va 19-o‘rinlarni egallab turgan "Eybar" va "Almeriya" esa 32 ochkoga ega. "Kordoba" muddatidan avval Segundaga ravona bo‘lib ulgurgan. | |
| ' | Tabiiyki, Xavi asosiy tarkibda maydonga tushgan. Yetakchi o‘yinchilardan faqat Messi va Neymar boshlang‘ich tarkibda. Qolgan futbolchilar esa mavsum davomida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganlar hisoblanadi. Jumladan, Tomas Vermalen bugun "Barsa" safida o‘z debyutini nishonlaydi. Luis Suares esa qaydnomadan o‘rin olmagan | |
| ' | ![]() |
Bugun "Kamp Nou" Xavi bilan rasman xayrlashadi. "Barselona" va "Deportivo" futbolchilari formalarining oldi qismiga "Racies Xavi" yozuvi tushirilgan bo‘ladi. Biz ham futbolga qo‘shgan hissasi uchun Xavi minnatdorchilik bildiramiz. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga yetmoqda. Bugun 38-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 21:30da "Barselona" "Deportivo" bilan o‘ynasa, 23:30da "Real" o‘z maydonida "Xetafe"ni qabul qiladi. Har ikkala o‘yinni saytimiz orqali matnli onlayn translyasiya qilishni rejalashtirganmiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|