Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa ligasi
| Final, 27 may, soat 23:45. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya) | ||
DNEPRNikola Kalinich (7)
Ruslan Rotan (44) |
2 : 3 |
SEVILYaGjegoj Krixovyak (28)
Karlos Bakka (31, 73) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
71.Denis Boyko (D) 14.Evgeniy Cheberyachko 23.Duglas 44.Artem Fedeskiy 12.Leo Matos 10.Evgeniy Konoplyanka 25.Valeriy Fedorchuk 29.Ruslan Rotan 07.Jaba Kankava 99.Mateus 09.Nikola Kalinich |
29.Serxio Riko (D) 02.Benua Tremulinas 06.Daniel Karrisu 15.Timote Kolodzeychak 25.Stefan Mbia 10.Xose Reyes 19.Ever Banega 20.Vitolo 22.Aleyks Vidal 04.Gjegoj Krixovyak 09.Karlos Bakka |
|
| ZAHIRA | ||
|
16.Yan Lashtuvka (D) 02.Alesandru Vlad 24.Valeriy Luchkevich 28.Evgeniy Shaxov 19.Roman Bezus 20.Bruno Gama 11.Evgeniy Seleznev |
13.Beto (D) 23.Koke 03.Fernando Navarro 05.Diogu Figeyrash 17.Denis Suares 12.Visente Iborra 07.Kevin Gameyro |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Jaba Kangava (17)
Nikola Kalinich (45+2) Roman Bezus (70) Ruslan Rotan (74) Leo Matos (83) |
Gjegoj Krixovyak (45+2)
Daniel Karrisu (62) Karlos Bakka (73) |
|
Matn
| ' | ![]() |
Stadion taqdirlash marosimiga tayyorlanmoqda. Biz esa siz bilan xayrlashamiz. E’tiboringiz uchun rahmat! |
| ' | ![]() |
"Dnepr" maqtovga loyiq jamoa. Ular finalgacha yetib kelib, sensasiya sohibiga aylanib bo‘lishgandi. Finalda ham ular raqib bilan tengma-teng o‘ynashdi. Shunga qaramay, dnepropetrovsklik futbolchilar yig‘lashmoqda... |
| ' | ![]() |
"Sevilya" kelasi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi. Demak, YECHLda Ispaniyadan 5ta jamoa qatnashadigan bo‘ldi |
| ' | ![]() |
"Sevilya" UYEFA tarixida Yevropa ligasi (UYEFA kubogi) sovrinini 4 marta qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi |
| ' | ![]() |
Futbolchilar yig‘lashmoqda. Kimdir xursandchilikdan, kimdir alamdan... |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Sevilya" — chempion! |
| 90+4' | ![]() |
Konoplyankaning uzatmasini Serxio Rik egallab oldi |
| 90+3' | ![]() |
Koke yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi! Uning zarbasi noaniq chiqdi! |
| 90+2' | "Dnepr" 10 kishi bo‘lib o‘ynamoqda. Markevich futbolchi almashtirish imkoniyatidan foydalanib bo‘lgandi | |
| 90+1' | ![]() |
Rotan ketma-ket 3 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
"Dnepr" burchak to‘pi ishladi |
| 88' | ![]() |
Yoqimiz vaziyat. "Dnepr" himoyachisi Mateush o‘zidan o‘zi maydonga quladi. To‘qnashuvda miyasi chayqalganga o‘xshayapti. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi |
| 87' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Banega o‘rniga Visente Iborra tushirildi |
| 85' | ![]() |
"Dnepr"da so‘nggi o‘zgarish: Kankava o‘rniga Shaxov tushirildi |
| 83' | ![]() |
Leo Matosga ham "sariq" ko‘rsatildi |
| 82' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Karlos Bakka o‘rniga Kevin Gameyro tushirildi |
| 81' | ![]() |
Xavfli! Konoplyanka chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va havodan uzatma berdi. Mateush bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi, ammo noaniq chiqdi |
| 79' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga yana Bakka bosh bilan zarba berdi. noaniq |
| 79' | ![]() |
Vuuuuh! Bakka darvozabon bilan yuzma yuz holatda bosh bilan zarba berdi. Boyko jamoasini qutqardi! |
| 78' | ![]() |
"Dnepr"da o‘zgarish: Kalinich o‘rniga Yevgeniy Seleznyov tushirildi |
| 74' | ![]() |
Ruslan Rotan ham ogohlantirildi |
| 73' | ![]() |
Karlos Bakkaning gol nishonlashi vaqtni cho‘zish deb hisoblandi va u ogohlantirildi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karlos Bakka! 2:3! Himoyachilarning ichik e’tiborsizligidan foydalangan Vitolo Bakkani birga bir vaziyatga chiqardi. Kolumbiyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 70' | ![]() |
Roman Bezus ogohlantirildi |
| 69' | ![]() |
Bahsli vaziyat! "Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin Vitolo jarima maydonchasi tashqarisidan yugurib kirdi va Mateushga urilib yiqildi! Penalti bor edi, ammo Atkinson!.. |
| 68' | ![]() |
"Dnepr"da o‘zgarish: Fedorchuk o‘rniga Roman Bezus tushirildi |
| 67' | ![]() |
"Sevilya" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchi standart juda xavfli bo‘ldi. Krixovyak 6-7 metr masofadan yo‘llagan zarba yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi |
| 64' | ![]() |
Ispanlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin Mbia bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi |
| 63' | ![]() |
Rotan ijrosidagi jarima zarbasi aniq chiqmadi |
| 62' | ![]() |
Daniel Karrisu sariq kartochka oldi |
| 61' | ![]() |
Ispaniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 58' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Reyes o‘rniga Koke tushirildi |
| 54' | ![]() |
Konoplyanka 23 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 53' | ![]() |
Mateush olis masofadan yo‘llagan zarba rekoshet holatida darvozabon qo‘liga bordi |
| 50' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni har ikkala jamoa faol boshladi. "Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 47' | ![]() |
Bakka ofsaydda qoldi, aks holda birga bir vaziyatga chiqayotgandi... |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Dnepr" - "Sevilya" - 2:2. Tanaffus. Ajoyib o‘yin. |
| 45+2' | ![]() |
Nikola Kalinich raqib himoyachisini tirsagi bilan urgani uchun sariq kartochka oldi |
| 45+2' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Rotan Krixovyakdan o‘tib ketayotgandi, biroq Gjegoj uni yiqitishga majbur bo‘ldi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ruslan Rotan, 2:2! "Dnepr" futbolchining ajoyib zarbasini Serxio Riko qaytara olmadi! |
| 43' | ![]() |
Ukrainlar jarima maydonchasi chizig‘i oldidan jarima zarbasini tepishadi |
| 42' | ![]() |
Vuuuh! Andulusiyaliklar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Aleks Vidal 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 40' | ![]() |
"Dnepr"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi va u burchak to‘pi bilanya yakunlandi |
| 37' | ![]() |
Vuuuh! Dnepropetrovskliklar jarima to‘pini tezda o‘yinga kiritishdi va Ruslan Rotan 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Serxio Riko barmoqlari bilan to‘sin ustidan oshirib yubordi |
| 35' | ![]() |
O‘tkazib yuborilgan gollardan keyin "Dnepr" faollashmoqda |
| 31' | ![]() |
GOOOOOL! Karlos Bakka, 1:2! Maydon markazidan berilgan ajoyib uzatmadan so‘ng Bakka birga bir vaziyatga chiqib ketdi va posbonni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘lladi! |
| 28' | ![]() |
GOOOOOL! Gjegoj Krixovyak, 1:1! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin "Sevilya" futbolchisi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Boyko zarba qaytarishga birozgina kech qoldi! |
| 27' | ![]() |
Vuuuuuh! "Sevilya" hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Jarimadan uzatma berilganidan keyin ispaniyaliklar futbolchisi 12 metrdan kuchli zarba berdi. Rekoshet holatida borgan to‘p darvozabonning oyog‘iga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi! |
| 25' | ![]() |
Bu galgi uzatma Mbianing boshidan maydonni tark etdi |
| 24' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Krixovyak bosh bilan xavfli zarba berdi. Boyko burchakni yopishga muvaffaq bo‘ldi. Yana bir burchak to‘pi |
| 20' | ![]() |
Reyes chap qanotdan markaz tomon surildi va jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p yaqin ustin oldidan o‘tib ketdi |
| 17' | ![]() |
Jaba Kangava sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Xose Reyesni chalib yiqitdi. |
| 17' | ![]() |
"Dnepr"ning qarshi hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 13' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Darvoza tomon berilgan zarba ukrainalik himoyachiga tegdi |
| 11' | ![]() |
Karlos Bakka bir futbolchini aldab o‘tdi va 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOL! Nikola Kalinich, 1:0! Ukraina oldinda! "Dnepr" himoyachisi deyarli 50-60 metr masofaga uzatma berdi. Nikolich havodagi to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi va to‘pni o‘ng qanotdan yordamga kelgan Leo Matosga tashlab berdi. Matosning o‘zi jarima maydonchasiga uzatma berdi va Nikola bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 6' | ![]() |
"Sevilya" bosim uyushtirmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichida qabul qilgan Xose Reyes Zidan uslubida to‘p ustidan aylanib o‘tayotganida himoyachiga urilib yiqildi. Penalti yo‘q |
| 3' | ![]() |
Fedorchukka maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 2' | ![]() |
Vuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Karlos Bakka raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga ispaniyaliklar kiritib berishdi! |
| ' | ![]() |
"Dnepr" ko‘k, "Sevilya" qizil rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Evropa ligasi, final! "Dnepr" va "Sevilya" jamoalari maydonga chiqib kelishdi. Yevropa ligasi madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|