Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya kubogi, final

30 may, soat 21:30. Bosh hakam: Jonatan Moss

ARSENAL

Teo Uolkott (40)
Aleksis Sanches (50)
Per Mertezaker (62)
Olivye Jiru (90+3)

4 : 0

ASTON VILLA

JAMOALAR TARKIBI
01.Voysex Shchensni (D)
06.Loran Koselni
18.Nacho Monreal
39.Ektor Bellerin
04.Per Mertezaker
11.Mesut O‘zil
19.Santi Kasorla
34.Fransis Koklen
16.Aaron Remzi
17.Aleksis Sanches
14.Teo Uolkott
  31.Shey Given (D)
15.Eshli Vestvud
21.Alan Xatton
04.Ron Vlaar
05.Jores Okore
40.Jek Grilish
18.Kiran Richardson
28.Sharl Nzogbiya
16.Fabian Delf
08.Tom Kleverli
20.Kristian Benteke
ZAHIRA
13.David Ospina (D)
03.Kiran Gibbs
05.Gabriel Paulista
20.Matye Flamini
10.Jek Uilshir
15.Aleks
12.Olivye Jiru
  01.Bred Guzan (D)
02.Natan Beyker
12.Jo Koul
24.Karlos Sanches
07.Leandro Bakuna
09.Skott Sinkleyr
11.Gabriel Agbonlaxor

Matn

'
Bugun "Arsenal" yaqqol kuchli edi. "Aston Villa" raqibga qarshi hech narsa qila olmadi. To‘g‘ri, hakam ikkita penalti belgilashi kerak edi. Ammo baribir bu umumiy g‘alaba uchun kamlik qilardi. "Arsenal" o‘z tarixida 12-marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va bu borada rekordchiga aylandi. "MYu" hisobida 11ta Angliya kubogi bor.
90+4'
O‘yin yakunlandi! "Arsenal" - Angliya kubogi sohibi!
90+3'
GOOOL! Olivye Jiru, 4:0! O‘ng qanotdan uzatma berilgan paytda hujumchi darvoza oldida yolg‘iz qoldi va Jiru osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"Arsenal"da so‘nggi o‘zgarish: Aleksis Sanches o‘rniga Oksleyd-Chemberlen tushirildi
85'
Jonatan Moss "Arsenal" darvozasiga yana bir penaltini belgilamadi...
80'
"Arsenal" himoyachisi jarima maydonchasiga kirib kelgan Agbonlaxorni chalib yiqitdi. Hakam penalti qo‘ymadi
77'
"Arsenal"da o‘zgarish: Uolkott o‘rniga Jek Uilshir, O‘zil o‘rniga Olivye Jiru tushirildi.
77'
"Arsenal"da o‘zgarish: Uolkott o‘rniga Jek Uilshir, O‘zil o‘rniga Olivye Jiru tushirildi.
76'
Ohohohoo! Uolkott birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Noaniq zarba yo‘lladi...
75'
Venger shogirdlari to‘pni nazorat qilib, vaqtni o‘tkazishmoqda
70'
"Aston Villa"da so‘nggi o‘zgarish: Vestvud o‘rniga Karlos Sanches tushirildi
68'
"Aston Villa"da o‘zgarish: Richardson o‘rniga Leandro Bakuna tushirildi
68'
O‘zil bir himoyachini aldab, chap tomondan jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi
64'
"Villa" o‘ng qanotdan jarima zarbasini ijro etdi. Hujumchining boshidan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Shchensni egallab oldi
63'
GOOOOOOL! Per Mertezaker, 3:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi! "Aston Villa" - nokautda!
61'
Vuuuuh! O‘zilning uzatmasidan keyin Uolkott raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi, ammo yiqilib tushgani uchun samarali zarba yo‘llashga ulgurmadi...
57'
Vuuuh! Kasorla 12 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Givenga ajoyib reaksiya bilan qaytardi!
56'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani yaqin masofadan Uolkott darvoza tomon tepdi. Given zarbani qaytardi va Sanches bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi. Ammo, lekin, biroq, Teo ofsaydda qolgan ekan!
55'
Vestvudning uzatmasini "Arsenal" posboni egallab oldi
53'
Vuuuuh! Londonliklar qisqa paslar orqali darvozabon maydonchasigacha kelishdi. Sanchesning so‘nggi uzatmasini himoyachi qaytarib qoldi
52'
"Aston Villa"da o‘zgarish: Nzogbiya o‘rniga Agbonlaxor tushirildi
50'
GOOOOOL! Aleksis Sanches, 2:0! Supergol! Chililik hujumchining 25 metrdan yo‘llagan zarbasi to‘sin ostida darvoza to‘riga borib tushdi!
47'
Jarima maydonchasi ichida Remzi zarba yo‘lladi. To‘pn Given osongina egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Aston Villa" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
44'
"Kanonirlar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavf bartaraf etildi
40'
GOOOOOOL! Teo Uolkott, 1:0! Monreal chap qanotdan hujumga qo‘shildi va yuqoridan uzatma berdi. Sanches bosh bilan to‘pni qaytardi va Uolkotti o‘tkir burchak ostida kuchli zarba bilan olis burchakni aniq nishonga oldi!
37'
Fabiann Delf ogohlantirildi
34'
Xavfli vaziyat! Jarima zarbasidan yetkazilgan uzatmani himoyachi oldinga qaytara olmadi, to‘p uning boshidan orqaga ketdi. Remzi to‘pni egalladi va darvoza oldiga uzatma berayotganida Richardson to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
33'
Alan Xatton sariq kartochka oldi. U Aleksis Sanchesning oyog‘iga xavfli tashlandi
27'
Bir e’tiborga molik jihat: "Aston Villa" Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun bugun faqat g‘alaba qozonishi shart. UYEFA mamlakat kubogida finalgacha yetib kelgan jamoa Yevropa ligasiga yo‘llanma berish qoidasini bekor qildi (Kubok sohibi to‘g‘ridan to‘g‘ri YECHL yoki Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan taqdirda). Bugun "Arsenal" g‘alaba qozonsa, APLda 7-o‘rinni olgan "Sautgempton" Yevropa ligasida ishtirok etadi
24'
Vuuuuh! Bu safar Richardson muqarrar goldan jamoasini qutqardi! "Arsenal" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga uzatma berildi. Uolkot yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Richardson o‘zini zarba yo‘liga tashladi va to‘pni qaytardi!
20'
Vuuuuh! O‘zilning uzatmasidan keyin Remzi jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘p uchun kurashdi va unda g‘olib chiqib, deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo uning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
17'
Yana bir xavfli vaziyat! Bellerin o‘ng qanotdan bir himoyachidan o‘tib ketdi va darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Remzining zarbasi ustun oldidan o‘tib ketdi!
15'
Vuuuuuh! Shey Given jamoasini muqarrar goldan qutqardi. Aleksisning uzatmasidan keyin Koselni bosh bilan aniq zarba yo‘lladi. Darvozabon ajoyib seyv bilan darvoza daxlsizligini saqladi!
13'
Richerdson chap qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Voysex musht bilan to‘pni urib yubordi
12'
O‘zilning jarimadan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi
11'
Benteke o‘z jarima maydonchasi chap tomonida Kasorlani chalib yiqitdi
9'
Venger jamoasi ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kasorla bosh bilan yo‘llagan zarba aniq chiqmadi
8'
Dastlabki xavfliroq vaziyat. "Arsenal" yarim himoyachilaridan biri chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
6'
Benteke ofsaydda qolgani qayd etildi
4'
"Aston Villa"ning hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Shchensni egallab oldi
3'
Uolkott ofsaydda qoldi
2'
"Arsenal" chap qanotda belgilangan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. "Villa" himoyachilari uzatmani qaytarishdi
2'
Londondagi muhtasham "Uembli" stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshgan
1'
Uchrashuvni "Aston Villa" futbolchilari boshlab berishdi.
'
"Arsenal" bugun sariq rangli, "Villa" esa o‘zining to‘q qizil rangli formasida o‘ynaydi
'
Angliya kubogi - jahondagi eng qadimiy musobaqa hisoblanadi. Bugun uning 134-g‘olibi aniqlanadi.
'
"Arsenal" va "Aston Villa" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanish arafasida. "Atletik" - "Barselona" bahsi esa Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugungi rejamizda 2ta matnli onlayn translyasiya o‘rin olgan — Angliya kubogi va Ispaniya kubogi final uchrashuvlari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.