Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 23-tur.

30 yanvar, soat 00:45

TOTTENXEM

Kopue (60)

1 : 5

MANCHESTER SITI

Aguero (14)
Yaya Ture (52-pen.)
Jeko (54)
Yovetich (78)
Kompani (89)
JAMOALAR TARKIBI
Xart
Sabaleta
Kompani
Demichelis
Klishi
Navas
Fernandinyo
Yaya Ture
Silva
Aguero
Jeko
  Lyoris
Volker
Kirikesh
Dovson
Rous
Lennon
Bentolib
Dembele
Sigurdsson
Eriksen
Adebayor

Matn

90+3'
O‘yin tugadi 1:5.
90'
O‘yinga uch daqiqa qo‘shib berildi. Umumiy hisobda «Siti» bu mavsumda «Tottenhem»ga 11ta gol urdi. Bunday natijaga 1934 yilda «Arsenal» erishgan ekan xolos.
88'
Gol. 5:1. Kompani. ((((Urmasa ham bo‘lardiku.
81'
«Tottenhem»da ham o‘zgarish. Kristian Eriksen o‘rniga Luis Xoltbi maydonga tushdi.
79'
David Silva o‘rniga Kolarov maydonga tushdi.
78'
O‘yindagi intriga o‘lib bo‘lgan edi. Yovetich uni butunlay o‘dlirdi. Fernandinyo maydon markazidan to‘pni egallab oldi va jarima maydonchasiga yaqinlashib borayotgan Yovetichni to‘p bilan ta’minladi. U sal o‘ngro‘qqa yurdi va zarba berdi. Yo‘l-yo‘lakay Kirikeshga tekkan to‘p Lyoris darvozasidan joy oldi.
77'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. Yo Yo Yo Yo Yovetich!!!!
74'
Zarbalar bo‘yicha hisob ham daxshatli. 17:4. «Siti» foydasiga.
71'
Ana xoloooooooooos. Sabaleta to‘pni tepib yuborgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
68'
«Tottenhem» yana susayib qoldi. Balki gap yomg‘irdadir. Lekin «Siti» maydon markazida to‘pni nazorat qilishni boshladi va raqib hech narsa qil aolmayapti. Klishi ham bemalol to‘pning qanday aylanishini tomosha qilib harakat qilmoqda.
65'
Yana Jekooooooooo! Jarima maydonchasi ichida Sabaletadan to‘pni qabul qilib olgan hujumchi himoyachilarni chalg‘itgan holda aylanib oldi va darvoza tomon zarba yo‘lladi, lekin 3 metrlardan berilgan zarbaga aniqlik yetishmadi.
63'
Jeko o‘yinda nuqta qo‘yishi mumkin edi. Qanotga yaqin joyda to‘pni qabul qilib olgan hujumchi darvoza tomon yaqinlashdi va uzoq burchakni nishonga oldi. Zarbaga aniqlik yetishmadi.
61'
Yaya Ture o‘rniga Matya Nastasich maydonga tushmoqda. Stadion jonlandi. Adebayor ham jonlandi. Haddan tashari jonlanib ketgan hujumchi Sabaletaga nisbatan qo‘pollik ishlatdi.
59'
Zaxiradan maydinga tushgan Kapo o‘zini ko‘rsatdi. Qanotdan darvoza yaqiniga uzatilgan to‘pni Dovson to‘xtatib oldi va Kaponi qulay vaziyatga chiqardi. Uning zarbasini himoyachilar ko‘rmay qolishdi. Xart ham.
58'
Gooooooooooooool. Kapo.
55'
Sabaleta qanotdan juda katta tezlikda oldinga bordi va to‘pni Silvaga tashlab berdi. Ispaniyalik futbolchining zarbasini himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to‘pni Jeko darvozaga yo‘lladi.
53'
Darvoqe Jekoni yiqitgan Rouzga qizil kartochka ko‘rsatildi.
53'
Goooooooooooooooool. Jeko.
52'
David Silva jarima maydonchasi ichida himoyachilarni chalg‘itdi va to‘pni Jekoga tashlab berdi. Bu yerda bosniyalik hujumchiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va penalti belgilangan edi.
51'
Goooooooooool. Yaya Ture penaltidan unumli foydalandi va hisobni ikkitaga oshirdi 2:0.
47'
Penalti. «Siti» foydasiga.
47'
Ikkinchi bo‘limda «Tottenhem» bitta o‘zgarish bilan boshladi. Musa Dembele o‘rniga maydonga Kapu tushdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
44'
Ufffffffffffffffffffffff. Serxio Aguero jarohat oldi. Uning qaysi vaziyatda jarohatlangani aniq emas, lekin u maydonni tark etdi. Yovetich o‘yinga qo‘shildi.
42'
Adebayorga sariq kartochka ko‘rsatildi.
39'
Goooooooooooool, lekin hisoblanmadi. Eriksen to‘pni Adebayorga havolatib uzatdi. Togolik hujumchi to‘pni Dovsonga uzatdi, lekin bu vaziyatda hakam o‘yindan tashqari holatni qayd etib ulgurgandi.
36'
Jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan Adebayor foydalanishi mumkin edi, lekin u ham to‘pni himoyachilarga berib qo‘ydi.
34'
O‘yindagi birinchi sariq kartochka Musa Dembelega ko‘rsatildi. Maydon markazida belgiyalik futbolchi Yaya Turega nisbatan qaltis o‘ynadi.
31'
«Tottenhem» qarshi hujumga o‘tdi va burchak zarbasi ishlab oldi. Daniyalik Eriksen uni amalga oshirdi. Bu vaziyatda Turedan yakka-kurashda ustun kelgan Bentolib darvozaga zarba yo‘lladi, lekin to‘p to‘sin yuqorilab sayrga otlandi.
29'
Hujum davom ettirildi va Aguero to‘pni egallab oldi. Bu safar esa himmoyachilar to‘pni undan olib qo‘yishdi.
28'
Uxxxxxxxxxxx! David Silva jarima maydonchasiga yaqin joyda himoyachilarning boshini qotirib tashladi va jamoasi uchun burchak to‘pi ishlab oldi. Stadnartdan oshirilgan to‘pni Jeko bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p himoyachilardan birining qo‘liga tegdi, lekin Andre Mariner penalti belgilamadi.
26'
Yana bir hujuuuuuuuuuuum. Bentolib o‘yinni o‘ziga oldi va jarima maydonchasiga kiriboq zarba berdi. Bu gal ham Xart o‘z o‘rnida.
24'
«Siti» qarshi hujumda raqibni ushlashi mumkin edi, lekin mezbonlar hujumni bartaraf etishdi. Burchakdan uzatilgan to‘pga Kompani bosh bilan zarba berdi, qaytgan to‘pni Aguero kuch bilan darvozaga yo‘lladi, biroq zarb noaniq. Mana buni o‘yin desa bo‘ladi.
21'
«Tottenhem» uyg‘ondi. Erisonning qanotdan havolatib uzatgan to‘pni Adebayor bosh bilan darvozaga yo‘lladi, lekin to‘g‘ri Xartning qo‘liga.
19'
«Tottenhem» maydonga «Siti»ning hujumlarini tomosha qilish bilan band. Eriksen va Rous qanotdan hujum uyushtirishga harakat qilishdi, lekin podborda «Siti» ularni yeb qo‘ymoqda.
18'
«Siti» goldan keyin ham tinchimadi. Navnabtdagi hujum Jekoning zarbasi bilan yakunlandi. Bu safar zarba kuchsiz chiqdi.
17'
«Siti»ning qator hujumlari o‘z samarasini berdi va Aguero hisobni ochdi. Silva o‘yindan tashqari holat chizig‘ida ajoyib o‘ynay oladigan Agueroga to‘pni zargarona uslubda tashlab berdi va hujumchi to‘pni Lyoris va Dovsondan o‘tkazib darvozaning uzoq burchagiga yo‘lladi. 0:1.
15'
Goooooooooooooooooooooooool
13'
Jarima maydoniga yaqin «Siti» foydasiga jarima belgilandi. Silva va Jeko uni tezda amalga oshirishdi va Jeko darvoza tomon yaqinlashib zarba berdi, ammo to‘p darvoza tepasidan o‘tib ketdi.
11'
«Tottenhem»ning birinchi hujumi. Rouz maydon markazida to‘pni qabul qilib oldinga bordi va uni Bentolibga uzatdi. Bu yerda Bentolib shoshib qoldi va to‘pni hech kim yo‘q joyga tepib yubordi.
9'
Londonda ham yomg‘ir tomchilamoqda, lekin o‘yinga ta’sir qilgani yo‘q. Havolatib uzatilgan to‘pni Jeko Agueroga yetkazib bermoqchi edi, biroq uning rejasi o‘xshamadi.
8'
«Siti» hujumga zo‘r bermoqda. Aguero endi darvozaning chap qanotidan zarba berishga urinib ko‘rdi, lekin bu gal zarba o‘xshamadi.
6'
!!!!!!!!!!!!!! O‘yindagi birinchi golli vaziyat «Tottenhem» darvozasi oldida sodir bo‘ldi. Jarima maydonchasi yaqinida Serxio Aguero to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni ortda qoldirgah holda darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. To‘p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.
3'
Hech qancha vaqt o‘tmay Silvaning chap qanotdan uyushtirgan reydi omadisiz chiqdi. «Siti» tez gol urishga harakat qilmoqda.
2'
«Siti» o‘yin boshidan qanotlardan hujum uyushtira boshladi. Sabaleta o‘z qanotidan oldinga bordi va to‘pni Agueroga yetkazib berdi. Serxio esa to‘pga yetolmadi.
1'
O‘yin boshlandi.
0'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Sizlarni Angliya chempionati 23-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» hamda «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning onlayn translyasiyasini kuzatishga taklif qilamiz. Bugungi o‘yin katta ahamiyat kasb etadi. Birinchi davrada «Siti» 6:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.