Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya kubogi, final
| 31 may, soat 00:30. Bosh hakam: Velasko Karbalyo | ||
ATLETIK BILBAOInaki Uilyams (79)
|
1 : 3 |
BARSELONALionel Messi (20, 74)
Neymar (36) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yago Errerin (D) 06.Mikel San-Xose 12.Unai Bustinza 16.Xabyer Etkseyta 15.Iraola 04.Emerik Laport 24.Mikel Balensiaga 17.Mikel Riko 07.Benyat Echebarriya 30.Inaki Uilyams 20.Aris Aduris |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 05.Serxio Buskets 04.Ivan Rakitich 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Xorka Iraisos (D) 23.Ager Aketxe 14.Susayeta 18.Karlos Gurpegi 08.Ander Iturraspe 11.Ibai Gomes 09.Kike Sola |
13.Klaudio Bravo (D) 24.Jeremi Matyo 15.Mark Bartra 21.Adriano 12.Rafinya 06.Xavi Ernandes 07.Pedro Rodriges |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Iraola (43)
Balensiaga (58) Uilyams (67) Aduris (88) |
Pike (42)
Neymar (88) |
|
Matn
| ' | "Barselona" futbolchilari maydonda bayram qilishni boshlab yuborishdi. Ushbu mavsumda Ispaniya maydonlarida "ko‘k-anorranglilar"ga teng keladigan jamoa topilmadi. Enrike shogirdlari bir haftadan keyin Yevropani zabt etish uchun "Yuventus"ga qarshi bahs olib borishadi | |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - Ispaniya qiroli kubogi sohibi! |
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. Uning yarmi ortda qoldi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh! Xavi yo‘llagan jarima zarbasi ustunga tegib, maydonni tark etdi! |
| 90' | ![]() |
Hakamga e’tiroz bildirgani uchun Busketsga ham "sariq" |
| 90' | ![]() |
Susayeta jarima maydonchasi chizig‘i oldida Neymarni tepib yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 88' | ![]() |
Neymar sariq kartochka bilan jazolandi |
| 83' | ![]() |
Gomesda yana bir imkoniyat. 14 metrdan aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 83' | ![]() |
Vuuuh! Ibai Gomes olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Zarba aniq, biroq Ter Shtegen o‘z o‘rnida |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOL! Uilyams, 1:3! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Inaki bosh bilan ortga zarba berdi va olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 77' | ![]() |
"Barselona"da ikkinchi va uchinchi o‘zgarish: Alba o‘rniga Jeremi Matyo, Suares o‘rniga Pedro tushirildi. |
| 77' | ![]() |
Vuuuh! Xavi Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi. Darvozabon to‘pni tepib yubordi! |
| 74' | ![]() |
GOOOOL! Lionel Messi, 0:3! "Barselona" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi va Neymar o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Alvesga uzatma berdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pga barchadan ko‘ra Messi yetib keldi va darvozani yaqin burchagina aniq nishonga oldi! |
| 70' | ![]() |
Xavi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Bilbaoliklar qaytarishdi |
| 67' | ![]() |
Uilyams sariq kartochka oldi. Rakitichni yiqitgani uchun |
| 66' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ikki himoyachini aldadi, ammo zarbasi mutlaqo qovushmadi |
| 62' | ![]() |
Kataloniyaliklar himoyalanishmoqda |
| 58' | ![]() |
Balensiaga sariq kartochka oldi |
| 58' | ![]() |
"Atletik"da o‘zgarish: Iraola o‘rniga Susayeta tushirildi |
| 56' | ![]() |
Vuh! Alvesning uzatmasidan keyin Suares deyarli birga bir vaziyatga chiqdi. So‘nggi pallada himoyachi zarba yo‘liga oyoq qo‘yishga ulgurdi! |
| 55' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Xavi tushdi |
| 54' | ![]() |
"Atletik" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Alvesning o‘ng qanotdan havolatib bergan uzatmasini darvozabon egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Suares tovoni bilan Alvesni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. To‘p himoyachidan o‘tmay qoldi |
| 47' | ![]() |
Messining uzun pasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo sherigiga aniq pas bera olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Tanaffus. "Atletik" - "Barselona" - 0:2 |
| 44' | ![]() |
Vuuhhh! Messi jarima zarbasini "to‘qqizlik"ka aylantirdi. Errerin to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi |
| 43' | ![]() |
O‘zidan o‘tib ketayotgan Suaresni chalgani uchun Iraola sariq kartochka bilan jazolandi |
| 42' | ![]() |
Pike sariq kartochka oldi. Adurisga nisbatan xavfli podkat uchun |
| 41' | ![]() |
Yo‘q, mana vaziyat! Adurisning o‘ng qanotdan uzatmasini Uilyams jarima maydonchasi ichida yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p deyarli to‘sinni silab o‘tib ketdi! |
| 40' | ![]() |
Basklar hozircha hujum borasida hech narsa qila olishmayapti... |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymar, 0:2! Juda chiroyli tika-taka hujum (unda Messi-Rakitich-Suares ishtirok etishdi) tashkil qilindi. Luis to‘pni qizg‘anmadi va Neymarni bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi. |
| 33' | ![]() |
Neymar ham 4 futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Hujumning davomida Alves yuqoridan uzatma berdi. Suares ofsaydda qoldi |
| 30' | ![]() |
Ohoho! Albaning chap qanotdan uzatmasiga Suares shundoq oyoq qo‘ysa bo‘ldi edi, ammo biroz yeta olmadi |
| 28' | ![]() |
"Barselona" vaziyat ketidan vaziyat yaratmoqda! Bu safar Neymar birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi. |
| 27' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan belgilangan jarima zarbasi darvoza yaqiniga yetkazildi. Pike birga bir vaziyatda to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p Errerinning qo‘lidan maydonni tark etdi... |
| 25' | ![]() |
Vuuuh! Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Suaresni oldinga boshladi. Urugvaylik futbolchi narigi qanotdan darvozabon maydonchasiga kirib kelayotgan Neymar tomon uzatma berdi. Darvozabon so‘nggi pallada to‘pni qaytarib yubordi! |
| 23' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujum paytida Messi yana chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik hujumchi to‘pni qaytardi, ammo o‘zida saqlab qola olmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messiiii! 0:1! Leo o‘ng qanotdan 4 nafar futbolchini aldab o‘tdi va darvozaning yaqin burchagini ishg‘ol qildi! |
| 19' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi, biroq Luis ochilish uchun yugurayotganida himoyachiga nisbatan fol ishlatdi deb topildi |
| 17' | ![]() |
Hozircha basklar "Barsa"ning bosimiga dosh bermoqda |
| 10' | ![]() |
Vuuuuh! Suares deyarli birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi! Errerin oyog‘i bilan zarbani qaytardi. Takroriy hujum ham xavfli bo‘ldi, ammo kataloniyaliklar imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 10' | ![]() |
"Barselona" to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ammo gol inobatga olinmadi. Barchamiz o‘rganib qolgan kombinasiya amalga oshirildi. Messining aylanma uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Laynsmen Neymarni ofsaydda deb topdi. Takroriy lavhalar esa qaror bahsli ekani ko‘zga tashlandi. |
| 9' | ![]() |
Ter Shtegen "qovun" tushurishiga sal qoldi. O‘z vaqtida xatoni to‘g‘irladi va Adurisning to‘pni egallashiga yo‘l qo‘ymadi. |
| 6' | ![]() |
Messi o‘ng tomon Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Himoyachi xushyor o‘ynadi |
| 5' | ![]() |
"Bilbao"ning hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Aduris bosh bilan darvozaga bura olmadi |
| 5' | ![]() |
O‘yin esa emosional jihatjan juda qizg‘in boshlandi. |
| 3' | ![]() |
Bugun Daniel Alves o‘ziga xos "soch turmagi"da tushibdi. U sochini to‘liq oldirib tashlab, boshining tepa qismida to‘rtta yoki beshta tola qoldirgan :) |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga bilbaoliklar kiritib berishdi! |
| ' | ![]() |
Diqqat, "Barselona" va "Atletik Bilbao" jamoalari maydonga chiqib kelishdi |
| ' | Shu bois, bugun kataloniyaliklar jangovar tarkibda maydonga tushishadi va mavsumdagi ikkinchi sovrinni o‘z maydonlarida olib qolishga harakat qilishadi | |
| ' | "Barselona" hujumchisi Luis Suares jarohatdan forig‘ bo‘ldi va asosiy tarkibga qaytdi. | |
| ' | ![]() |
Qadrli saytimiz muxlislari. Ispaniya kubogining finalini kuzatib borishga taklif etamiz. "Atletik" va "Barselona" jamoalari "Kamp Nou"da to‘qnash keladilar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|