Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Final, 6 iyun, soat 23:45. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya) | ||
YUVENTUSAlvaro Morata (55)
|
1 : 2 |
BARSELONAIvan Rakitich (4)
Luis Suares (68) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Janluiji Buffon (D) 33.Patris Evra 26.Shtefan Lixtshtayner 19.Leonardo Bonuchchi 15.Andrea Barsali 23.Arturo Vidal 21.Andrea Pirlo 08.Klaudio Markizio 06.Pol Pogba 09.Alvaro Morata 10.Karlos Teves |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 05.Serxio Buskets 04.Ivan Rakitich 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
30.Marko Storari (D) 05.Anjelo Ogbonna 11.Kingsli Koman 20.Simone Padoin 27.Stefano Sturaro 37.Roberto Pereyra 14.Fernando Lyorente |
13.Klaudio Bravo (D) 24.Jeremi Matyo 21.Adriano 15.Mark Bartra 06.Xavi Ernandes 12.Rafinya 07.Pedro Rodriges |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Arturo Vidal (11)
Pol Pogba (41) |
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| ' | ![]() |
"Olimpiashtadion"da "Barselona" klubi madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Xavi Ernandes Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra baland ko‘tardi! "Barselona" — chempion! |
| ' | ![]() |
Enrike boshchiligidagi "Barselona" sahnaga ko‘tarilib keldi va oltin medallarni ko‘ksiga taqmoqda |
| ' | ![]() |
Hakamlarga esdalik uchun medallar topshirildi. Chaqir boshchiligidagi turkiyalik hakamlar o‘yinni ajoyib boshqarishdi. Navbat "Yuventus" futbolchilariga keldi. Ularga ham medallarni Platini taqdim qildi |
| ' | ![]() |
Luis Enrike "Barselona" boshqaruvidagi ilk mavsumidayoq "trebl" qayd etmoqda. Fantastik natija! "Barselona" muxlislarini tabriklaymiz! |
| ' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! "BARSELONA" - CHEMPIONLAR LIGASI G‘OLIBI! |
| 90+7' | ![]() |
"Yuventus" so‘nggi imkoniyatdan foydalanish maqsadida butun jamoa bo‘lib oldinga o‘tib ketdi va jazolandi! Endi nima farqi bor: 1:2 nimayu, 1:3 nima? Qarshi hujumda Pedro va Neymar o‘zaro uzatmalarni amalga oshirishdi va braziliyalik futbolchining zarbasini Buffon qaytara olmadi! |
| 90+7' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymaaaar, 1:3! |
| 90+5' | ![]() |
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Luis Suares o‘rniga Pedro Rodriges tushirildi. |
| 90+4' | ![]() |
Qarshi hujumda Messi to‘p bilan oldinga o‘tdi va Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi ikki himoyachi orasidan o‘tmoqchi bo‘lganida, burchak to‘pi ishladi. |
| 90+2' | ![]() |
Teves 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Ivan Rakitich maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Jeremi Matyo tushirildi. Fransuz markaziy himoyadan joy oladi va Maskerano tayanch hududiga suriladi. |
| 89' | ![]() |
Vuuuuuh! Markizio olis masofadan noqulay zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan zarbani Ter Shtegen maydon tashqarisiga urib yubordi. |
| 89' | ![]() |
"Yuventus"da o‘zgarish: Patris Evra o‘rniga Kingsli Koman tushirildi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! Pereyra darvoza yaqinida to‘pni qabul qildi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi! Uning zarba berishiga Pike yo‘l qo‘ymadi! |
| 86' | ![]() |
Suares jarohat oldi. Maydon markazida unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 84' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Neymar jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba berdi. Zarba qovushmadi, to‘p Messi va Suaresning yonidan o‘tib ketdi... |
| 82' | ![]() |
Vuuuuuuh! Xavining chiroyli (to‘pni yerga tushirmasdan) uzatmasidan keyin Pike birga bir vaziyatda qoldi. Uning kuchli zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 80' | ![]() |
Messi maydon markazidan Neymarni oldinga boshladi. Braziliyalik futbolchi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ortdan yetib kelgan Messiga pas berdi. Leo to‘pga qoqilib yiqilib tushdi. |
| 79' | ![]() |
"Yuventus" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pogba bosh bilan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 78' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Andres Inyesta o‘rniga Xavi Ernandes tushirildi. Bu Xavining "Barsa" safidagi so‘nggi rasmiy o‘yini bo‘ladi. |
| 77' | ![]() |
"Yuventus" jarima maydonchasi burchagida jarima zarbasi belgilandi. Messining zarbasi qovushmadi. |
| 75' | ![]() |
Vuuuuuh! "Yuventus" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen musht bilan urib yuborgan to‘p himoyachilardan birining boshiga tegib, darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 71' | ![]() |
Alba chap qanotdan yetkazib bergan uzatmani Neymar bosh bilan darvozaga joyladi. Buffon to‘pni qaytara olmadi. Biroq Neymar zarba berganidan keyin to‘p uning qo‘liga tekkan ekan. Darvoza ortidagi hakam golni bekor qildi. |
| 68' | ![]() |
Gol bilan ushbu hujumdan avval hakam uchun yana bir murakkab vaziyat yuzaga kelgandi. O‘ng qanotdan yetkazilgan Pogba jarima maydonchasi ichida qabul qildi va Alves bilan yonma-yon holatda yiqildi. Takroriy vaziyatda Pogbaning o‘zi Alvesni ushlab yiqilgani ko‘rindi. Hakam penalti belgilamay to‘g‘ri qilgan ekan |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOL! Luis Suares, 1:2! Messi to‘p bilan oldinga bordi va yo‘l-yo‘lakay bir himoyachini aldab o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Buffon zarbani qaytardi, qaytgan to‘pni Suares bo‘sh darvozaga joyladi! |
| 67' | ![]() |
Pogba to‘pni egalladi va chap qanotdan oldinga o‘tgan Evraga uzatma berdi. Patrisning zarbasi haddan tashqari kuchli chiqdi va to‘p qarama-qarshi tomonga o‘tib ketdi |
| 66' | ![]() |
Vuuuuh! Pogba 20 metrdan aylanma zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi! |
| 65' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyesta! U to‘pni egallab oldinga yurdi va kichik pauza ushlab, Suaresni birga bir vaziyatga chiqaruvchi kesma uzatma berdi. Luis to‘pga biroz yeta olmadi. Buffon to‘pni egalladi. |
| 63' | ![]() |
Vuuuuh! "Yuve" tashkil qilgan hujumda italiyaliklar ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Teves jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo zarba yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 60' | ![]() |
"Barselona" xavfli hujum tashkil qildi. Pikedan to‘pni qabul qilgan Messi oldinga qarab yurdi va Neymarga uzatma berdi. Neymar Leoga to‘pni qaytardi va himoyachilar Messini yopa olishdi. Shu bilan hujum yakuniga yetdi |
| 58' | ![]() |
"Yuventus" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Morata bosh bilan yo‘llagan zarba noaniq chiqdi. |
| 55' | ![]() |
GOOOOOOL! Alvaro Morata, 1:1! "Barselona" to‘pni egallab, himoyadan chiqmoqchi bo‘lganida turinliklar to‘pni egallashdi va hujum tashkil qilishdi. Tevesning zarbasini Ter Shtegen qaytardi va qaytgan to‘pni Morata bo‘sh darvozaga joyladi! |
| 53' | ![]() |
Birinchi bo‘limda "Yuve" gol o‘tkazib yuborganidan keyin ham himoyada o‘ynashda davom etdi. Ikkinchi bo‘limda esa ular tavakkal qilib oldinga o‘tishmoqda. Natijada Enrike shogirdlarida imkoniyatlar ko‘payib bormoqda. Ular xavfliroq bo‘lmoqda |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messi yo‘l-yo‘lakay Rakitich va Suares bilan "devor" o‘ynab oldi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 48' | ![]() |
Kataloniyaliklar o‘yinga kiritgan burchak to‘pi qaytarildi. Takroriy hujum paytida to‘p yana Suaresga yetkazildi. Urugvaylik hujumchining uzatmasini himoyachi qaytardi, ammo Luisning o‘ziga to‘p kelib tushdi. Uning zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi. |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! "Yuve"ning burchak to‘pidan keyin "Barselona" besh kishi bo‘lib 3 himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Neymarning uzatmasidan keyin Suares o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Buffondan ajoyib reaksiya! |
| 47' | ![]() |
Pike Tevesga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 25 metrlardan belgilangan jarima to‘piini Pirlo o‘yinga kiritdi. Pikening o‘zi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi. |
| 47' | ![]() |
Messi o‘ng qanotda ikki futbolchidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va Suaresga uzatma berdi, biroq Luis to‘pni Lionelning o‘ziga qaytara olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinda "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi. Hozircha jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yo‘q. |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati — 34-66%, Zarbalar — 5-8, Aniq zarbalar — 1-4, Burchak to‘plari — 3-3, Ofsayd — 0-0, Follar — 15-4, Ogohlantirishlar — 2-0. |
| 45' | ![]() |
Junayt Chaqir birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmaslikka qaror qildi. Tanaffus. Hozircha "Yuventus" - "Barselona" - 0:1. |
| 45' | ![]() |
Ohohoho! Messi Evra va Pogbadan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirdi, Lixshtaynerni ham aldaganidan keyin to‘pni maydonda olib qola olmadi. |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! Markizio 20 metrlardan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Ter Shtegen zarbani qaytardi! |
| 41' | ![]() |
Pol Pogba sariq kartochka oldi. Messiga nisbatan qoidabuzarlik uchun |
| 40' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Barselona" ketma-ket 3ta o‘ta xavfli hujum tashkil qildi! Dastlab mayda paslar orqali tashkil qilingan hujum paytida ish zarbagacha yetib bormadi. Ikkinchi hujumda Suaresning 16 metrdan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! Uchinchisida esa Neymar to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashdi. Uning oldida faqat bir himoyachi bor edi. U Messi tomon uzatma berdi, ammo himoyachi qaytardi. Qaytarilgan to‘p Suares tomon keldi. Luisning zarbasini Buffon qaytardi! |
| 36' | ![]() |
Vuuuuh! Hakam uchun o‘ta qiyin vaziyat yuzaga keldi. "Barselona" jarima maydonchasi chizig‘i ustida Pogba Alba bilan to‘p uchun kurashda jarima maydonchasi ichida kirib yiqildi. Dastlabki taassurotda vaziyat penaltiga o‘xshadi, ammo Junayt Chaqir o‘yinni to‘xtatmadi. Takroriy vaziyatda turkiyalik hakam to‘g‘ri qaror chiqarganga o‘xshadi. Birinchida to‘qnashuv jarima maydonchasi tashqarisida yuz bergan, ikkinchidan, Pogba to‘pga qoqilib yiqilgan... |
| 34' | ![]() |
Raqib imkon berganda turinliklar hujum tashkil qilishmoqda. Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani katloniyaliklar qaytarishdi. Keyingi hujum paytida esa "Yuventus" burchak zarbasi ishladi. Burchak to‘pi Ter Shtegen uchun muammo tug‘dirmadi. |
| 33' | ![]() |
O‘yin tempi biroz tushdi. "Barselona" to‘pni nazorat qilgan holda, kombinasion hujum uchun variantlar qidirmoqda. |
| 27' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi ichida aniq zarba yo‘lladi. Yerlatib berilgan zarbani Buffon egalladi |
| 24' | ![]() |
"Barselona" mudofaasi jarima maydonchasi ichida Morataga zarba yo‘llash imkonini berdi, zarbaga aniqlik yetishmadi. |
| 23' | ![]() |
Teves chap qanotdan jarima maydonchasiga burchagiga yaqinlashib keldi va zarba/uzatma berdi. To‘p olis ustundan ancha naridan o‘tib ketdi. |
| 19' | ![]() |
Oho! "Yuve"da yaxshi imkoniyat! Pogba chap qanotdan oldinga o‘tdi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Tevesga uzatma berdi. Maskerano "podkat" orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani ispanlar qaytarishdi. Darvoqe, matnli translyasiya davomida Vidalga sariq kartochka ko‘rsatilganini va Neymarning uzatmasidan keyin to‘p italiyalik himoyachi qo‘liga tekkanini yozishga ulgurmagandik. |
| 15' | ![]() |
Kataloniyaliklar chap qanotdan jarima to‘pini kombinasiya shaklida o‘yinga kiritishdi (bugun Enrike har bir vaziyat uchun "uy vazifasi" bilan kelgan shekilli!). Neymar jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi. Burchak to‘pi ham noodatiy tarzda amalga oshirildi. Yerlatib yetkazilgan uzatmaga Alba 10 metrdan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 14' | ![]() |
BUffffoooon! "Barsa" futbolchilari o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Orqaroqqa yetkazilgan uzatmani Suares chap oyoqda darvoza tomon yo‘lladi. Janluiji katta mahorat bilan zarbani qaytardi. Himoyachi to‘pni bosh bilan yon tomonga qaytardi. |
| 14' | ![]() |
BUffffoooon! "Barsa" futbolchilari o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Orqaroqqa yetkazilgan uzatmani Suares chap oyoqda darvoza tomon yo‘lladi. Janluiji katta mahorat bilan zarbani qaytardi. Himoyachi to‘pni bosh bilan yon tomonga qaytardi. |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! "Yuve" himoyachilarining kutilmaganda xatosidan so‘ng Suares birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Luis himoyachidan o‘tib keta olmadi. Keyingi hujum paytida Messi tomonidan darvoza yaqiniga uzatilgan to‘pga Neymar biroz yeta olmadi. |
| 9' | ![]() |
Neymaaaaar! Jarima maydonchasi tashqarisida ikki futbolchidan o‘tib ketdi va 16 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Bu zarba Vidalning zarbasiga javob bo‘ldi. |
| 8' | ![]() |
Vidaaaaaal! Morato o‘ng qanot bo‘ylab oldinga o‘tdi va Albani aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yaqinlashib kelayotgan Vidalni to‘p bilan ta’minladi. Arturoning 16 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 4' | ![]() |
Messi o‘z qanotdan to‘pni chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashgan Albaga yetkazdi. Xordi darhol Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik hujumchi kichik pauza qildi va jarima maydonchasiga markazdan yorib kirgan Inyesta pas berdi. Jamoa sardori yanada qulayroq joyda turgan Rakitichni ko‘rdi va to‘pni qizg‘anmadi. Ivan yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 4' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Ivaaaaaan Rakitiiiiich! 0:1! |
| 2' | ![]() |
"Yuve" burchak to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni kataloniyaliklar qaytarishdi. O‘yin juda va juda "qaynoq" boshlandi! |
| 1' | ![]() |
VUUUUH! "Barselona" himoyachilari raqibning bosimi ostida o‘z jarima maydonchalari yaqinida xatoga yo‘l qo‘yishdi. Teves yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! TO‘PNI O‘YINGA "YUVENTUS" KIRITIB BERDI! KETDIK! |
| 23:45' | ![]() |
"Yuve" oq-qora, "Barselona" esa ko‘k-anorrang formada harakat qilishadi. Qisqa qilib aytganda, har ikkala jamoa o‘zining uy formasida o‘ynaydi |
| 23:44' | ![]() |
Diqqat! "Yuventus" va "Barselona" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda! Kutib olamiz! YECHL madhiyasi yangramoqda! |
| 23:42' | ![]() |
Xayns Ridle YECHL kubogini maydonga olib chiqdi! |
| 23:40' | ![]() |
Qisqa muddatli tantanali marosim juda chiroyli tashkil etilgan. Dizayn, chiroqlardan o‘rinli foydalanilgan. Ko‘ngillilar esa maydonda turli shakllarni yuzaga keltirishdi. |
| 23:35' | ![]() |
Olimpiashtadion maysasi ustini material bilan qoplab, finalga bag‘ishlangan tantanali chiqishlar bo‘lib o‘tmoqda. Naq olimpidaning ochilish marosimi!:) |
| 23:27' | Jamoalar o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Ular 10 daqiqadan keyin stadionga qaytishadi. Kutamiz. | |
| 23:15' | ![]() |
Qisqacha reklama: Ertalab soat 07:00da boshlanadigan Fiji va O‘zbekiston yoshlari o‘rtasidagi o‘yin "Sport" kanali orqali jonli translyasiya qilinishi rejalashtirilgan. Qandaydir texnik muammolar yuzaga kelmasa, biz bu o‘yinni tomosha qilamiz. Shuningdek, saytimiz orqali ham bu o‘yinni matnli onlayn translyasiya qilishga harakat qilamiz |
| 22:55' | ![]() |
"Barselona" va "Yuventus" jamoalari so‘nggi marta 2003 yilda YECHLning chorak finalida to‘qnash kelishgandi. Turinda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Javob o‘yinida esa "Barsa"ning hozirgi murabbiyi, o‘sha paytdagi sardori Luis Enrike juda qulay imkoniyatdan foydalana olmagan bo‘lsa, "Yuve"ning hozirgi rahbarlaridan biri Pavel Nedved o‘z imkoniyatidan foydalana olgandi. Shuningdek, Xavi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi. Qo‘shimcha bo‘limda urilgan gol "Yuventus"ni yarim finalga olib chiqqandi. |
| 22:45' | O‘yingacha turli fikrlar, taxminlar bildirildi. Biz esa hozircha taxminlarga e’tibor bermaymiz. Shunchaki o‘yinni bor chiroyi bilan sizga yetkazishga harakat qilamiz. Qaysi jamoa kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. | |
| 22:34' | ![]() |
Diqqat, "Yuventus"ning boshlang‘ich tarkibi quyidagicha: Buffon, Lixtshtayner, Barzali, Bonuchchi, Evra, Markizio, Pirlo, Pogba, Vidal, Teves, Morata |
| 22:31' | ![]() |
Diqqat, "Barselona"ning tarkibi ma’lum bo‘ldi (4-3-3): Ter Shtegen — Alves, Pike, Maskerano, Alba — Rakitich, Buskets, Inyesta — Messi, Suares, Neymar |
| 22:29' | Har ikkala jamoa sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lganidan keyin, mazkur finalga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun bir hafta vaqtga ega bo‘lishdi. O‘ylaymizki, murabbiylar bu vaqtdan unumli foydalanishdi va o‘z jamoalarini eng yuqori formaga olib chiqishdi. Shunday ekan, bugungi o‘yin YECHL tarixidagi eng chiroyli finallaridan biri bo‘lishi kerak. | |
| ' | ![]() |
Xabaringiz bor, bugungi o‘yingacha har ikkala jamoa o‘z mamlakatlarida har ikkala sovrin — chempionlik va Kubokni qo‘lga kiritib bo‘lishdi. Demak, bugun g‘olib chiqadigan jamoa, futbol tili bilan aytganda, TREBL qayd etadi. |
| 22:17' | ![]() |
Berlin. "Olimpiashtadion". Bugun o‘yin qahramonlari — "Barselona" va "Yuventus" jamoalari stadionga yetib kelishdi |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! Yevropada mavsum yakuniga yetib bormoqda. Dunyoning klublar o‘rtasidagi eng kuchli musobaqasi — Yevropa chempionlar ligasining final o‘yiniga barchangizni taklif etamiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|