Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati

«F» guruhi, 3-tur. 7 iyun, soat 23:45

FIJI

0 : 2

O‘ZBEKISTON

Eldor Shomurodov (61)
Zabihillo O‘rinboyev (64)
JAMOALAR TARKIBI
1.Misivani Nayrube
2.Pranil Naydu
3.Garish Prasad
4.Jeyl Dreloa (S)
5.Atonio Tuivuna
7.Nikel Chand
8.Setareki Xyuges
9.Yosefo Verenou
12.Ratu Varanayvalu
15.Saula Vaka
17.Kolinio Sivoki
  12.Dilshod Hamroyev
2.Rustamjon Ashurmatov
3.Ibrohim Otaxonov
5.Odiljon Hamrobekov
6.Akromjon Komilov
8.Javohir Sohibov
9.Eldor Shomurodov
10.Otabek Shukurov
17.Dostonbek Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
20.Dostonbek Tursunov

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak finalga chiqdi. Bu bosqichda Haydarov shogirdlari Avstriya bilan o‘ynashadi!
90+3'
GOOOOOOL! Mirjamol Qosimov, 0:3! O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum paytida Mirjamol jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. Raqib himoyachisining qo‘pol xatosidan so‘ng gol urishimizga sal qoldi. Darvozabon Fijini qutqardi.
90'
Qarshi hujumga o‘tdik. Qosimovning olis masofadan yo‘llagan zarbasini Fiji posboni egalladi
88'
To‘p nazorati to‘laligicha O‘zbekiston yoshlarida. Haydarov ham shogirdlariga xotirjamlik bilan o‘ynashni tavsiya bermoqda. Germaniya - Gonduras - 5:1. O‘yin davom etmoqda. Besh minuti kam nimchorak finaldamiz!
84'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Shomurodov o‘rniga Ravshan Xursanov tushirildi. Shuningdek, jamoamizda Mirjamol Qosimov ham maydonda paydo bo‘lgan
83'
Eldor Shomurodov chap qanotdan bir futbolchidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. Vaziyat gol bilan yakunlanmadi.
77'
Komilov chap qanotda bir himoyachini aldab o‘tdi. Uzatma himoyachiga maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan to‘p samarali chiqmadi
75'
O‘zbekiston burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz
72'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Shomurodov bosh bilan zarba berdi. Darvozabon egallab oldi to‘pni. Keyingi hujum paytida Dostonbek Hamdamov yaqin masofadan zarba berdi, to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
70'
O‘zbekistonliklar hujum qilishda davom etishmoqda. Futbolchilarimiz endi ishonch bilan o‘ynay boshlashdi.
67'
Tomonlar bir martadan burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Jamoamizniki xavfliroq chiqdi, vaziyatdan foydalana olmadik
64'
GOOOOOOL! O‘rinboyev deyarli birga bir vaziyatga chiqdi va kuchli zarba bilan hisobni 0:2ga yetkazdi! Davrozabon bo‘sh o‘ynadi! Germaniya esa Gondurasni 4:1 hisobida mag‘lub etmoqda.
61'
GOOOOOL! Eldor Shomurodov, 0:1 HAmdamov chap qanotdan yetkazgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi!
50'
Germaniya Gonduras darvozasiga uchinchi golni urdi. Agar nemislar 2ta to‘p farqi bilan ustunlikni saqlab qolishsa, bizni Fiji bilan o‘yinda minimal hisobdagi g‘alaba ham qanoatlantiradi.
46'
O‘zbekiston yoshlari safida o‘zgarish. Doston Tursunov o‘rniga Hurshid G‘iyosov ikkinchi taym boshidan maydonga tushirildi.
45+2'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi. O‘rinboyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Hamdamov jarimadan o‘ta noaniq zarba yo‘lladi. Shu pallada birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Fiji - O‘zbekiston - 0:0. Biz bugun 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishimiz kerak.
45'
Darvozamiz oldida xavfli vaziyat! Fiji burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hamroyev muvaffaqiyatsiz tarzda to‘pni urib yubordi. Raqib futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Darvozabonimizning o‘zi ortga qaytdi va bir amallab to‘pni qaytardi.
39'
Vuh! Hamdamov chap qanotdan yetkazgan uzatmani O‘rinboyev bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi...
38'
Futbolchilarimiz Shomurodovni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qilishdi. Darvozabon jarima maydonchasini tark etdi va to‘pni tepib yuborishga muvaffaq bo‘ldi
34'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Zabihillo bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘plari hozircha samarasiz chiqmoqda.
31'
Odiljon Hamrobekov sariq kartochka oldi. U raqib futbolchisi oyog‘ini bosib oldi.
30'
Germaniya yana oldinga o‘tib oldi - 2:1. Bizda esa hamon 0:0
27'
Gonduras esa hisobni tenglashtirdi. Markaziy himoyachimiz Doston Tursunov ehtiyot bo‘lib o‘ynashi kerak. Unda sariq kartochka bor va u hozir qarshi hujumga o‘tayotgan fijilik futbolchiga nisbatan qoida buzdi.
24'
Jamoaimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Yuqoridan yetkazilgan to‘p hech kimga tegmay, olis ustun oldidan o‘tib ketdi.
22'
Ehhhh, Sohibovning uzatmasidan keyin Shomurodov 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berishni qoyillatmadi. Keyingi vaziyatda Sohibov olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi.
19'
Ustunlik terma jamoamiz tomonida. Fiji qarshi hujum taktikasida o‘ynamoqda. Yigitlar imkoniyatlardan foydalanishlari kerak, xolos
16'
Ehhhhh, Hamrobekov! Birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo darvozani ishg‘ol qila olmadi!
14'
Fiji himoyachisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani bois jamoamiz jarima zarbasini tepdi. Hamrobekovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
11'
Vuuuuuh! Himoyamizning o‘ta qo‘pol xatosidan keyin fijilik futbolchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va 10 metrlardan zarba yo‘lladi. Baxtimizga to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
10'
Vuuuuuuh! Chap qanotda Hamdamov va Komilov o‘zaro pas orqali o‘ynashdi va Akromjon havodan uzamat berdi. Shomurodov bosh bilan yo‘llagan zarba darvoza to‘siniga tegib qaytdi. To‘pni O‘rinboyev egalladi va darvoza tomon tepdi. Bu safar to‘p to‘sin va ustun kesishga joyga tegib qaytdi!!!
7'
Yoshlarimiz qisqa paslar orqali markazdan jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qilishdi. Himoyachi to‘pni egalladi
5'
Doston Tursunov sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisi oyog‘iga xavfli tashlangani bois
3'
Xavfli vaziyat! Otabek Shukurov olis masofadan zarba yo‘lladi! Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va qaytgan to‘pga HAmdamov yeta olmadi. Himoyachi bosh bilan to‘pni posbonga tashlab berdi
3'
Oho! Germaniyaliklar Gonduras darvozasini ishg‘ol qilishdi!
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Yoshlarimiz nimchorak finalga chiqish uchun ma’lum shartlar bajarilishi kerak. Avval o‘zimiz Fijini mag‘lub etib (kamida 2ta to‘p farqi bilan), parallel kechadigan o‘yinda Germaniya Gondurasni mag‘lub etishi shart
'
Xayrli tong, qadrli futbol muxlislari! Yana besh daqiqadan so‘ng O‘zbekiston va Fiji yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.