Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 1-tur, 23 avgust, soat 21:30. Bosh hakam: Del Serro Grande | ||
ATLETIK BILBAO |
0 : 1 |
BARSELONALuis Suares (54)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Xorka Iraisos (D) 04.Emerik Laport 24.Mikel Balensiaga 14.Susayeta 10.Oskar de Markos 17.Mikel Riko 27.Sabin Merino 07.Benyat Echebarriya 05.Xavyer Eraso 03.Gorka Elustondo 20.Aris Aduris |
13.Klaudio Bravo (D) 23.Tomas Vermalen 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 12.Rafinya 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yago Errerin (D) 02.Eneko Boveda 30.Inigo Lekuye 18.Karlos Gurpegi 23.Ager Aketxe 11.Ibai Gomes 21.Borxa Viguera |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 20.Serxi Roberto 28.Jerar Gumbau 37.Xuan Kamara 17.Munir El-Haddodiy 16.Sandro Ramirez |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Internet bilan bog‘liq muammo tufayli onlayn translyasiyamizda uzilish yuzaga keldi. Buning uchun uzr so‘raymiz. "Barselona" minimal hisobda "Atletik"ni mag‘lubiyatga uchratdi va La ligani g‘alaba bilan boshladi. |
| 90+4' | ![]() |
Internet bilan bog‘liq muammo tufayli onlayn translyasiyamizda uzilish yuzaga keldi. Buning uchun uzr so‘raymiz. "Barselona" minimal hisobda "Atletik"ni mag‘lubiyatga uchratdi va La ligani g‘alaba bilan boshladi. |
| 67' | ![]() |
Buskets o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Mark Bartra tushirildi. Tabiiyki, Maskerano maydon markaziga suriladi |
| 66' | ![]() |
Maydon markazida Serjio Busketsga tibbiy ko‘mak berilmoqda |
| 64' | ![]() |
Vermalen sariq kartochka oldi. Taktik fol uchun |
| 63' | ![]() |
Bilbaoda birdaniga 2ta o‘zgarish bo‘ldi |
| 60' | ![]() |
Vuuuh! Kataloniyaliklar markazda qisqa paslar orqali kombinasiya tashkil qilishdi. Serxi Roberto yo‘llagan zarba darvoza to‘siniga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi! |
| 58' | ![]() |
Mezbonlar vaziyatni o‘nglash uchun hujum tashkil qilishga harakat qilishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 54' | ![]() |
GOOOOOL ! Suares, 0:1! Alba chap qanotdan uzatib bergan to‘pni urugvaylik futbolchi muammosiz darvozaga yo‘lladi. Himloyachilar uni qarovsiz qoldirishdi. |
| 50' | ![]() |
"Atletik"da o‘yinchi almashdi. Balensiaga o‘rniga Eneko Boveda tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim bo‘yicha qisqacha xulosa qiladigan bo‘lsak, "Barselona" himoyada ehtiyotkor o‘ynab, asosan natija uchun harakat qilayotgani ko‘zga tashlandi. Messi penaltini golga aylantira olganida, kataloniyaliklarning ishi ancha osonlashardi. Ikkinchi bo‘limda Enrike shogirdlari tavakkal qilishga majbur bo‘ladilar. "Atletik" himoyada mustahkam o‘ynamoqda. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletik" - "Barselona" - 0:0. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Messi Rafinyani jarima maydonchasig ichiga boshladi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. |
| 44' | ![]() |
Ivan Rakitichga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 44' | ![]() |
Ivan Rakitichga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 43' | ![]() |
Vuhhh! Messi ajoyib pas bilan Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi. Luisning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. Burchak zarbasi |
| 41' | ![]() |
Bilbao burchak to‘pi ishladi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Vermalen bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 38' | ![]() |
Messining bu galgi zarbasi ham sakragan jonli devorga tegib qaytdi, takroriy zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 37' | ![]() |
Messining zarbasi jonli devorda turgan Xavyer Erasoning qo‘liga tegdi. Sariq kartochka va yana jarima zarbasi |
| 36' | ![]() |
Busketsga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 25 metr. To‘p oldida Messi |
| 35' | ![]() |
Vuuuuh! "Barselona" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. SUaresning oyog‘iga to‘p yaxshi tegmay qolgan bo‘lsa, Rafinyaning uzatmasini darvozaga buradigan futbolchi topilmadi. |
| 34' | ![]() |
Gorka Elustondo sariq kartochka oldi, Suaresning ortidan tepgani uchun |
| 33' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 32' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbonlar posboni egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Iraisos!!! Messining burchakka yo‘llagan zarbasini qaytardi! Qoyil! |
| 30' | ![]() |
PENALTI! "Atletik" darvozasiga. Suares jarima maydonchasi ichida chalib yiqitildi! |
| 28' | ![]() |
maydon markazida belgilangan jarima to‘pini Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Alba tomon yetkazdi. Xordi biroz to‘pga yeta olmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 27' | ![]() |
Sandro o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo u o‘ziga yetkazilgan to‘pga yeta olmadi |
| 24' | ![]() |
Jjarimadan yetkazilgan uzatmani Aduris bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi |
| 23' | ![]() |
"Barselona" jarima maydonchasi tashqarisida jarima to‘pi belgilandi. |
| 21' | ![]() |
"Barsa" keskin hujum tashkil qildi. Messi jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, bir himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida, to‘p "Atletik" futbolchisining qo‘liga tegdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 19' | ![]() |
Alves baribir maydonni tark etdi. U o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Serxi Roberto tushirildi |
| 18' | ![]() |
Dani Alves maydonga qaytdi. Mehmonlar to‘pni nazorat qilishda davom etishmoqda |
| 16' | ![]() |
Alves jarohat oldi |
| 15' | ![]() |
Kataloniyaliklar asta-sekin mezbonlar jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, bosimni oshirmoqdalar |
| 13' | ![]() |
"Atletik" qarshi hujumga o‘tayotganida mehmonlar tanya yarim himoyachilari xavfni bartaraf etishdi |
| 11' | ![]() |
"Barsa"ning ilk jiddiyroq hujumi. Maskeranoning olis masofadan bergan uzatmasidan keyin Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va markazga uzatma berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 10' | ![]() |
O‘yinning borishiga maydon egalari qarshi emaslar. Ular hozircha jiddiy pressingga kirishmayaptilar |
| 8' | ![]() |
"Barsa" to‘pni asosan maydonning o‘ziga tegishli qismida nazorat qilmoqda. "Pichoqqa ilinadigan" hujumlar hozircha ko‘zga tashlanmayapti |
| 5' | ![]() |
Messi chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Albani pas bilan ta’minladi. Xordining uzatmasi Rafinya tomon o‘tmadi |
| 3' | ![]() |
Enrike shogirdlari oldinga o‘tishga shoshilishmayapti. Ular maydonni va to‘pni his qilish mashg‘uloti bilan bandlar. |
| 2' | ![]() |
Hozircha maydonda tinchlik. Jamoalar to‘pni nazorat qilishga harakat qilishmoqda. Keskin hujumlar yo‘q |
| 1' | ![]() |
Mezbonlar o‘zlarining oq-qizil yo‘l-yo‘l, "Barsa" esa ko‘k-anorrang formasida harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI. Bilbao to‘pni o‘yinga kiritdi. |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | Mazkur muvafqfaqiyatsizlik uchun kataloniyaliklar "Atletik"dan o‘ch olishga harakat qilishlariga shubha yo‘q | |
| ' | Xabaringiz bor, O‘tgan hafta davomida bu ikki jamoa Ispaniya Superkubogi doirasida 2 marta to‘qnash kelishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra bilbaoliklar kuchli raqibni mag‘lub etib, sovrinni o‘z uylariga olib ketdilar. | |
| ' | Evropaning kuchli milliy chempionatlari start oldi. Bugun biz siz bilan Ispaniya La ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Atletik" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuvni kuzatib boramiz. | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|