Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

4-tur, 29 avgust, soat 16:45

NYUKASL

0 : 1

ARSENAL

Oksleyd-Chemberlen (52)
JAMOALAR TARKIBI
01.Tim Krul (D)
19.Massadio Aydara
22.Deril Yanmat
18.Shansel Mbemba
02.Fibrisio Kolochchini
05.Jorjinyo Veynaldum
08.Vurnon Anita
04.Jek Kolbek
07.Mussa Sissoko
45.Aleksandar Mitrovich
10.Floryan Toven
  33.Petr Chex (D)
24.Ektor Bellerin
06.Loran Koselni
18.Nacho Monreal
05.Gabriel Paulista
19.Santi Kasorla
34.Fransis Koklen
15.Aleks
16.Aaron Remzi
14.Teo Uolkott
17.Aleksis Sanches
ZAHIRA
26.Karl Darlou (D)
27.Stiven Teylor
10.Sim de Yong
14.Gabriel Obertan
24.Sheyk Tiote
09.Papiss Sisse
17.Ayoze Peres
  13.David Ospina (D)
21.Kalum Chambers
03.Kiran Gibbs
02.Matyo Debyushi
08.Mikel Arteta
28.Xoel Kembell
12.Olivye Jiru
SARIQ KARTOCHKA
Shansel Mbemba (19)
Floryan Toven (26)
Vurnon Anita (48)
Jorjinyo Veynaldum (50)
Fibrisio Kolochchini (90+1)
 
Santi Kasorla (49)
QIZIL KARTOCHKA
Aleksandar Mitrovich (16)
 

Matn

'
Bugun saytimiz orqali "Chelsi" - "Kristal Pelas", "Barselona" - "Malaga" va "Real" - "Betis" o‘yinlaridan matnli translyasiyalarni kuzatib boring
90+4'
O‘yin yakunlandi. Venger jamoasi 3 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi
90+3'
Jiruuuu! Juda qulay vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi!
90+1'
Fibrisio Kolochchini sariq kartochka oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Sanchesning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi
87'
Kasorla jarima zarbasini yo‘lladi. Krul zarbani qaytardi va to‘pni egallab oldi
82'
To‘p to‘laligicha mehmonlar tomonida
81'
Oksleyd-Chemberleyn o‘rniga Mikel Arteta tushirildi
77'
Jiruning 16 metrdan yo‘llagan zarbasini Tim Krul egallab oldi
76'
Burchak to‘pidan keyin Sanches zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p himoyachiga tegib maydonni tark etdi
72'
"Nyukasl"da o‘zgarish: Anita o‘rniga Ayoze Peres tushirildi
72'
Olivye jarima maydonchasi burchagidan kuchli, ammo o‘ta noaniq zarba yo‘lladi
70'
Jiru ofsaydda qoldi. Laynsmen xatoga yo‘l qo‘ydi
69'
"Arsenal"da o‘zgarish: Uolkott o‘rniga Olivye Jiru tushirildi. Jiru "Nyukasl"ga qarshi so‘nggi 6ta o‘yinda 8ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan
66'
Xavfli zarba. Qisqa masofalarda tashkil etilgan kombinasiyadan keyin Kasorla jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Krul to‘pni egallab oldi
62'
Chemberleynda yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Monreal chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Aleksga uzatma berdi. Biroq Oksleyd-Chemberleyn to‘pni darvoza tomon bura olmadi!
57'
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin "Nyukasl" hujum tashkil qilishga harakat qildi, biroq to‘p nazorati yana Venger shogirdlari tomoniga o‘tdi
52'
GOOOL! Nihoyat, "Arsenal" hisobni ochdi! Dastlabki zarbani Krul qaytardi. Oksleyd-Chemberlenning zarbasi esa rekoshet holatida darvoza to‘ridan joy oldi!
49'
"Arsenal" futbolchisiga dastlabki sariq kartochka. Kasorla ogohlantirish oldi.
49'
Londonliklar raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallab olib, xavfli hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasiga bekrilgan zutmani himoyachi qaytarib qoldi.
48'
Vurnon Anita ogohlantirish oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Nyukasl" - "Arsenal" - 0:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
41'
Nyukaslliklarning kamsonli hujumlaridan birini mehmonlar qaytarishdi
39'
Uolkott yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Sanches chap qanotdan bergan uzatmani Teo jarima maydonchasi ichida darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi.
37'
Remzining 14 metrlardan yo‘llagan zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi xavfli bo‘lmadi
36'
Mezbonlar to‘liq himoyalanishmoqda. "Kanonirlar" himoyani yorib o‘tishga qiynalishmoqda
32'
Ehhhh, Uolkottt!!! Sanchesning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Krul qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to‘pni Teo darvozaga yo‘llay olmadi...
26'
Yana sariq kartochka, yana "Nyukasl" futbolchisiga. Floryan Toven
23'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Tim Krul egallab oldi
21'
Sanches jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
19'
Shansel Mbemba ogohlantirish oldi. Aleksis Sanchesni qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun
16'
QIZIL KARTOCHKA! "Nyukasl" hujumchisi Aleksandar Mitrovich maydondan chetlatildi. U maydon markazida Koklenning oyog‘ini butsasining tishlari bilan bosdi
12'
!!! O‘yin hakami "Nyukasl" darvozasi tomon yaqqol penaltini belgilamadi! O‘ng qanotdan berilgan uzatmadan Bellerin jarima maydonchasiga kirib bordi, himoyachi uning ortidan oyog‘ini bosib oldi! Hakam o‘yinni to‘xtatmadi negadir
9'
Vuuuuuh! Birtepar uslubida tashkil etilgan tezkor kombinasiya natijasida Teo Uolkott darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Uning zarbasi kuchli chiqmadi. Zarbani Tim Krul bartaraf etdi!
8'
"Qarg‘alar"ning hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Chex egallab oldi
6'
Ustunlik mehmonlar tomoniga o‘tib bo‘ldi. Qanotlardan uzatilayotgan paslarni himoyachilar bartaraf etishmoqda
2'
"Arsenal" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Qarshi hujum paytida jarima maydonchasiga kirish chog‘ida "devor" kombinasiyasini Remzi maromiga yetkaza olmadi. Uning uzatmasi haddan tashqari tez bo‘lib ketdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Mehmonlar oq-qora yo‘l-yo‘l, londonliklar esa qizil-oq rangli formada harakat qilishadi
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi
'
O‘yin 16:45da boshlanadi. Bahs boshlanishini kutib qolamiz
'
Hozirda "Arsenal" 4 ochko bilan jadvalda 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Nyukasl" 2 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi.
'
Assalomu alaykum, qadrli APL muxlislari! Angliya chempionatida 4-tur o‘yinlari boshlanmoqda. Barchangizni "Nyukasl" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etilayotgan matnli translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.