Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

4-tur, 29 avgust, soat 19:00

CHELSI

Radamel Falkao (79)

1 : 2

KRISTAL PELAS

Bakari Sako (65)
Joyel Uord (81)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
28.Sesar Aspilikueta
21.Nemanya Matich
05.Kurt Zuma
22.Villian
10.Eden Azar
04.Sesk Fabregas
19.Diyego Kosta
07.Pedro Rodriges
  12.Aleks Makkarti (D)
23.Pap Suare
02.Djoel Uord
06.Skott Dann
27.Demyen Dileyni
42.Djeyson Pancheon
26.Bakari Sako
07.Yoan Kabay
18.Jeyms MakArtur
11.Uilfred Zaxa
21.Konnor Uikxem
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
06.Abdul Baba
12.Djon Obi Mikel
16.Robert Kenedi Nunyes
18.Loik Remi
09.Radamel Falkao
36.Ruben Loftus-Chik
  13.Ueyn Xenessi (D)
03.Adrian Mariappa
14.Chxon Yon Li
10.Yannik Bolasi
22.Djordon Match
28.Djo Ledli
16.Duayt Xeyl

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi! Joze Mourinyo o‘zining "Stemford Brij"dagi 100-o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi!
90+2'
Vuuuuh! Mehmonlar himoyachilari qahramonlarcha himoyalanishmoqda! Himoyachi zarba yo‘liga o‘zini tashladi!
90+1'
"Chelsi" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbani Makkarti ajoyib seyv bilan qaytardi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
86'
Robert Kenedi Nunyes olis masofadan yo‘llagan zarbani Makkarti qaytardi
84'
"Kristal Pelas"da o‘zgarish: Sako o‘rniga Chon Yong Li tushirildi
81'
GOOOOOOL! Joyel Uord, 1:2! Bolasi chap qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Sako to‘pni orqaroqqa qaytardi va Uord bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
79'
GOOOOL! Radamel Falkaoooo, 1:1! Pedroning o‘ng qanotdan bergan uzatmasini bosh bilan darvozaning yaqin burchagiga joyladi!
77'
"Chelsi"da yana bir o‘zgarish bo‘ldi. Matich o‘rniga Ruben Loftus-Chik tushdi
77'
Kristal Pelas mutlaqo cho‘chimasdan o‘ynamoqda. Himoyada o‘tirmasdan oldinga o‘tmoqda
75'
Yana bir xavfli zarba! Bolazining 18 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!
74'
Vuuuuuh! "Kristal Pelas" hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi! Sako chap qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Bolazi yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi!!!
71'
Geri Kexill ogohlantirish oldi
70'
Yaxshi imkoniyat! Pedro o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Azarga uzatdi. Edenning zarbasi qovushmadi
68'
"Chelsi"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Villian o‘rniga Falkao, Aspilikueta o‘rniga Nunyes tushirildi
65'
GOOOOOL! Bakari Sako, 0:1! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Sako yo‘llagan zarbani dastlab Aspilikuyeta qaytardi, ammo to‘p yana uning o‘zida qoldi va takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
64'
Diyego Kosta jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni Pedroga qoldirdi. "Barselona"ning sobiq futbolchisining zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
64'
Diyego Kosta jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni Pedroga qoldirdi. "Barselona"ning sobiq futbolchisining zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
62'
Azar va Kexillning zarbalarini himoyachilar qaytarishdi
60'
Azar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan uni qaytardi
56'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vaziyat biroz taxlikali bo‘ldi, ammo ular vaziyatdan foydalana olishmadi
55'
Bakari Sako darvozabon Kurtua uchun noqulay zarba yo‘lladi. Tibo zarbani qaytardi
53'
"KP" futbolchisi qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydonchasi ichida zarba berishga ulgurmadi
52'
Azar chap qanotdan to‘pni darvoza oldiga uzatdi. Diyego Kosta noqulay vaziyatda to‘pga oyoq cho‘zdi. Uning ortida Pedro qulay pozisiya tanlagandi
50'
Diyego Kosta mehmonlar jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo penalti yo‘q. Himoyachi podkat orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hisob ochilmadi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
42'
Vuuuuh, "CHELSI"! Hisobni ochishga juda yaqin keldi! Raqib jarima maydonchasi ichida darvoza tomon 3 marta zarba berildi! Darvozabon va himoyachilar bir amallab zarbalarni qaytarishdi!
39'
Aspilikueta jarima maydonchasi burchagidan darvozabon maydonchasiga yumshoq uzatma berdi. Diyego Kosta to‘pga biroz yeta olmadi
36'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin Villianga kelib tushdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
33'
Pedro burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kexill bosh bilan zarba berdi. Noaniq
31'
Sako olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
29'
Vuuuuh! Mana vaziyat! "Kristal Pelas" ajoyib kombinasiya orqali Kabayni birga bir vaziyatga chiqardi. Yoanning zarbasini Kurtua qaytardi! Kabay gol urishi shart edi!
25'
Mehmonlardane xavfli qarshi hujum. Sako chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua oyog‘i bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
23'
Mezbonlar o‘ng qanotdagi chiziq oldidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Matich yetkazgan to‘pni Villian qabul qildi va zarba yo‘lladi. Noaniq
21'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zuma jarima maydonchasida yiqildi, ammo bu penalti emas
19'
Vuuuuh! Pedro o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.
18'
"Kristal Pelas" ishonchli himoyalanmoqda. Mezbonlarga hech qanday imkon bermayapti
14'
Villian jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
13'
Fabregasning zarbasidan keyin to‘p rekoshet holatida Makkartiga bordi. Darvozabon muammosiz uni egalladi
11'
To‘p nazorati to‘laligicha mezbonlarda
6'
"Chelsi" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Uilfrid Zaxa chap qanotda to‘pni qabul qildi va Ivanovichni aldab darvoza tomon zarba berdi. To‘p Branislavning oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilib ketdi
4'
Villianning uzatmasidan keyin Pedro bir himoyachini aldab o‘tdi va 14 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
2'
"Chelsi" ko‘k, "Kristal Pelas" oq rangli formada harakat qilmoqda
1'
"KP" burchak to‘pi ishladi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Chelsi" va "Kristal Pelas" futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda
'
Qadrli futbol ishqibozlari. Angliya Premyer-ligasi o‘yinlaridan matnli translyasiyalarimizni davom ettiramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.