Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 2-tur, 29 avgust, soat 23:30 | ||
BARSELONATomas Vermalen (73)
|
1 : 0 |
MALAGA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 23.Tomas Vermalen 05.Serxio Buskets 20.Serxi Roberto 04.Ivan Rakitich 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
01.Karlos Kameni (D) 15.Markos Angeleri 03.Veligton 23.Migel Torres 18.Roberto Rosales 12.Fernando Tissone 07.Xuan Karlos 14.Recio 11.Nordin Amrabat 10.Rikardo Orta 20.Duye Chop |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi Matyo 15.Mark Bartra 12.Rafinya 28.Jerar Gumbau 16.Sandro Ramirez 17.Munir el-Haddodiy |
13.Gilyermo Ochoa (D) 02.Raul Albentosa 19.Artur Boka 17.Duda 05.Fabiu Eshpinyu 28.Yunpi Anor 09.Charlz |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" ikkinchi o‘yinda ham kichik hisobda g‘alaba qozondi va ochkolarini 6taga yetkazib oldi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuh! "Malaga" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 90+1' | ![]() |
Migel Torres ogohlantirish oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Fernando Tissone ogohlantirish oldi, o‘zidan qochib ketayotgan Suaresni tortib yiqitgani uchun |
| 88' | ![]() |
Suares birga bir vaziyatga chiqarildi, ammo ofsayd |
| 86' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Neymar o‘rniga Sandro Ramires tushirildi |
| 85' | ![]() |
Messi Suares bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 84' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasida to‘pni qabul qildi va orqaroqda kelayotgan Lionelga uzatma berdi. Messining zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 82' | ![]() |
"Kamp Nou" egalari uzoq vaqt to‘pni nazorat qilib turishdi va birdaniga keskin hujum tashkil qilishdi. Messi ofsaydda qolgan ekan |
| 77' | ![]() |
Suareees! DEyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qila olmadi! Uning zarbasi darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi!... |
| 76' | ![]() |
"Malaga" himoyachilari "Barsa"ning navbatdagi xavfli hujumini katta qiyinchilik bilan qaytarishdi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOL! Tomaaaas Vermalen, 1:0! Burchak zarbasidan keyin to‘p Vermalenga kelib tushdi va himoyachi kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 72' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisida (burchak tomonida) Neymarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Mezbonlar tezda to‘pni o‘yinga kiritishdi. Messining jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi |
| 71' | ![]() |
Rafinyaning zarbasin Karlos Kameni egalladi |
| 69' | ![]() |
Vuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Kamenidan ajoyib seyv! |
| 68' | ![]() |
Albaning uzatmasini Kameni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Kameni! Yaqin burchakka yo‘llangan yana bir zarbani qaytardi! |
| 64' | ![]() |
Vuuuh! Serxi Robertoning uzatmasidan keyin Suares bo‘sh darvozani ishg‘ol qilishga tayyor edi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi! |
| 63' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Rafinya tushirildi |
| 62' | ![]() |
Kataloniyaliklar ketma-ket hujumlar tashkil qilishmoqda. Neymarning zarbasi himoyachidan maydonni tark etdi. Burchak to‘plarini mehmonlar bartaraf etishmoqda |
| 59' | ![]() |
Yana bir xavfli zarba! Inyestaning chap oyoqda yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 58' | ![]() |
Vuuuuh! Qarshi hujum paytida Inyesta Messini to‘p bilan ta’minladi. Lionelning zarbasini Kameni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 56' | ![]() |
"Malaga" yaxshi himoyalanmoqda. Mezbonlar esa mudofaani yorib o‘tish yo‘llarini qidirishmoqda |
| 53' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Amrabat o‘rniga Charlz tushirildi |
| 52' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujum paytida Neymar jarima maydonchasiga kirdi va o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga pas berdi. Leoning yerlatib bergan zarbasini Kameni qaytardi! |
| 50' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Neymar va Messi bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. Himoyachilar so‘nggi pallada xavfni bartaraf etishdi |
| 46' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani "Malaga" himoyachilari qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shilgandi va hakam tanaffus uchun hushtagini chaldi. Hozircha "Barselona" - "Malaga" - 0:0. |
| 45' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ochoa egallab oldi |
| 43' | ![]() |
Messiga nisbatan qo‘pollik uchun Resio sariq kartochka oldi |
| 42' | ![]() |
Suaresning zarbasini Ochoa bartaraf etdi |
| 40' | ![]() |
Suares birga bir vaziyatga chiqayotganida himoyachi - Angeleri hujumchini jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Yana penalti yo‘q |
| 39' | ![]() |
Serxi Robertoning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldab o‘tayotganida yergan yotgan mudofaa vakilining qo‘liga to‘p tegdi. HAkam penalti belgilashga jazm qilmadi |
| 38' | ![]() |
Messi maydon markazidan turib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 36' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Inyevstaning uzmatsidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi! Kameni to‘pni egalladi |
| 35' | ![]() |
Serxi Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yuqoridan yetkazilgan uzatmani darvoza tomon burdi. Davrozabon to‘pni egalladi |
| 32' | ![]() |
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Kataloniyaliklar ijrosidagi burchak to‘pi xavfli chiqmadi |
| 26' | ![]() |
Vuuuh! "Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va takroriy hujum paytida chap qanotdan yuqoridan uzatma amalga oshirildi. Maskerano bosh bilan bergan zarba darvoza to‘siniga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi! |
| 24' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Messi birga bir vaziyatga chiqib ketdi, biroq Leo o‘tkir burchak ostida bo‘lgani uchun himoyachilar yetib kelishdi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 22' | ![]() |
"Malaga" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Mehmonlar hujumchisi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Bravo chaqqonlik bilan to‘pga ega chiqdi |
| 20' | ![]() |
"Malaga" jarima to‘pini o‘yinga kiritgan paytda Maskeranoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 18' | ![]() |
To‘la ustunlik "Barsa" tomonida. Kataloniyaliklar bosimni oshirib borishmoqda |
| 15' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Busketsning zarbasi darvozag8a aniq bormadi |
| 10' | ![]() |
Inyesta chap tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi. Luis imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 9' | ![]() |
Buskets olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘pni "Malaga" posboni egalladi |
| 7' | ![]() |
Messi-Inyesta-Suares uzatmasidan keyin Luis to‘pga yeta olmadi. Davrozabon to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin Luis Suares bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Biroq hakam golni inobatga olmadi. Urugvaylik futbolchi zarba berishdan oldin himoyachini itarib yuborgan deya topildi |
| 4' | ![]() |
Messining uzmatsidan keyin Suares jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 1' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tomon havolatib uzatma berdi. O‘ng qanotdan to‘pga yugurgan Messi, to‘pga yeta olmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar "Kamp Nou" maydoniga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Inyesta va Messi maydonga chiqishdi va "Kamp Nou"ga yig‘ilgan muxlislarga Yevropa superkubogi va Yevropaning 2014/2015 yildagi eng yaxshi futbolchisiga berilgan sovrinni namoyish qilishdi |
| ' | Dastlab "Barselona" - "Malaga" o‘yinidan matnli onlayn translyasiya uyushtiramiz | |
| ' | "Malaga" Kataloniyada mehmon bo‘lsa, "Betis" Santyago Bernabeu"da mezbonlarga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘radi | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasida 2-tsr o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Turni grandlari "Barselona" va "Real Madrid" o‘z o‘yinlarini bugun o‘tkazishadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|