Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 2-tur, 30 avgust, soat 01:30 | ||
REAL MADRIDBeyl (2, 89)
Xames (39, 50) Benzema (47) |
5 : 0 |
BETIS |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 02.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 12.Marselo 19.Luka Modrich 23.Danilo 08.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 11.Garet Beyl 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
13.Adan (D) 20.Jerman Varela 02.Fransisko Molinero 16.Sexudo 12.Kristiano Pichchini 14.Xavi Torres 04.Bruno Gonsales 18.Alfred NDiaye 11.Xuan Vargas 25.Daniel Sebalyos 24.Ruben Kastro |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 15.Daniel Karvaxal 03.Pepe 16.Mateo Kovachich 22.Isko 14.Kazemiro 20.Xese |
01.Daniel Ximenes (D) 17.Xayko Vestermann 10.Didye Digar 09.Petros 22.Fransisko Portilyo 08.Vinchenso Rennella 19.Xorxe Molina |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Betis" - 5:0! |
| 90+2' | ![]() |
Xavi Torres sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOL! Garet Beyl, 5:0! Yarim himoyachining olis masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tekkan holda to‘rga borib tushdi! |
| 88' | ![]() |
Isko burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 86' | ![]() |
Kazemiro sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
Xames o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan yo‘llagan zarba darvozaga aniq bormadi |
| 84' | ![]() |
Beyl darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqayotgandi, posbon to‘pni yon tomon tepib yuborishga ulgurdi! |
| 80' | ![]() |
Ronaldu jarimadan yo‘llagan zarbani darvozabon egallab oldi! |
| 79' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Iskoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. |
| 75' | ![]() |
Bosh hakam o‘ng oyog‘i tovoniga tibbiy yordam ko‘rsatildi... |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Kovachich tushirildi |
| 72' | ![]() |
"Betis" hisobni qisqartirish maqsadida hujumlar tashkil qilmoqda. Samarasiz |
| 63' | ![]() |
Ronaldu! Darvozabon bilan birga bir vaziyatda posbonni aldab o‘tdi va zarba berdi. Chiziq ustida turgan himoyachi zarbani qaytardi! |
| 61' | ![]() |
Ruben Kastro tomonidan yo‘llangan kuchli zarbani Keylor Navas qaytardi! |
| 60' | ![]() |
"Real" darvozasi tomon penalti belgilandi! Rafael Varan jarima maydonchasiga yorib kirgan Xorxe Molinani qoidaga xilof tarzda yiqitdi va sariq kartochka oldi |
| 50' | ![]() |
GOOOL! XAmes Rodriges, 4:0! Marseloning uzatmasini himoyachi Kroosga qaytardi. Nemis yarim himoyachisining zarbasi Xamesga uzatma bo‘lib chiqdi va Rodriges darvozani ishg‘ol qildi! |
| 47' | ![]() |
GOOOL! Karim Benzema, 3:0! Beylning uzatmasini hujumchi bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam kompensasiya vaqti qo‘shmadi. Tanaffus |
| 42' | ![]() |
Vuuuh! Keylor Navaass! Raqib hujumchisi oyog‘i ostidan to‘pni olib qo‘ydi. Aks holda vaziyat gol bilan yakunlanishi muqarrar edi! |
| 39' | ![]() |
GOOOOOL! Xames Robriges, 2:0! Chiroyli gol! Jarimadan yo‘llangan zarba olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 38' | ![]() |
Fransisko Molinero sariq kartochka oldi. "Real" o‘ng qanotda jarima maydonchasi chizig‘i oldida jarima zarbasini tepadi |
| 35' | ![]() |
Ronalduuu! Bir himoyachini aldab, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi! Uning zarbasini posbon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 33' | ![]() |
Xames burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 30' | ![]() |
Ronalduga nisbatan fol uchun Xuan Vargas ogohlantirildi |
| 28' | ![]() |
Mezbonlar ko‘pchilik bo‘lib raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi. Benzemaning tovon bilan bergan pasini himoyachi egallab oldi va xavfni bartaraf etdi |
| 26' | ![]() |
Burchak to‘pi "Madrid" uchun xavfli bo‘lmadi |
| 26' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Varan bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 20' | ![]() |
Ronaldu Benzemani birga bir vaziyatga chiqarmoqchi bo‘ldi. To‘pni posbon egallab oldi. |
| 20' | ![]() |
"Betis" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p mehmon jamoa futbolchisiga qo‘liga tekani uchun hakam hushtagini chaldi |
| 18' | ![]() |
Danilo jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 17' | ![]() |
Har ikkala jamoa hujum tashkil qilmoqda. Hozircha golga tortadigan vaziyatlar sodir etilmayapti |
| 11' | ![]() |
Chap qanotdan havolatib berilgan uzatmaga Benzema biroz yeta olmadi. Keyin hujum paytida esa Kroosning zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo so‘nggi pallada sheriklariga aniq pas bera olmadi |
| 10' | ![]() |
Mehmonlar hujumchisi jarima maydonchasining chap burchagidan to‘pni darvozaning olis yuqori burchagiga aylantirishga harakat qildi. Harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 8' | ![]() |
"Betis" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu jarima zarbasidan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi! |
| 2' | ![]() |
GOOOOL! Garet Beyl! Xames o‘ng qanotdan ajoyib uzatma berdi va uelslik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 1' | ![]() |
"Real" va "Betis" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|