Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 4-tur, 30 avgust, soat 20:00 | ||
SUONSIAndre Ayyu (61)
Bafetimbi Gomis (66) |
2 : 1 |
MANCHESTER YUNAYTEDXuan Mata (48)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Lukash Fabianski (D) 26.Kayl Noton 33.Federiko Fernandes 06.Eshli Uilyams 03.Nil Teylor 24.Djek Kork 15.Ueyn Rautledj 23.Gilfi Sigurdsson 10.Andre Ayyu 08.Jonjo Shelvi 18.Bafetimbi Gomis |
20.Serxio Romero (D) 12.Kris Smolling 17.Deyli Blind 03.Lyuk Shou 36.Matteo Darmian 23.Basti Shvaynshtayger 08.Xuan Mata 21.Ander Errera 09.Memfis Depay 28.Morgan Shnayderlen 10.Ueyn Runi |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kristoffer Nordfeldt (D) 22.Anxel Ranxel 27.Kayl Bartli 14.Frank Tabanu 12.Natan Dayer 04.Son-Yon Ki 17.Eder |
50.Samuel Jonstoun (D) 33.Patrik MakNeyr 18.Eshli Yang 25.Antonio Valensiya 31.Maruan Fellayni 16.Maykl Kerrik 14.Xavyer Ernandes |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi! "Suonsi" "MYu"ni mag‘lub etdi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Vuuuuh! Maydon markazidan berilgan uzatmani Runi qabul qildi, bir himoyachidan o‘tdi va jarima maydonchasiga kirdi. Biroq Eshli Uilyams to‘pni Runidan olib qo‘ydi, qoidani buzmagan holda! |
| 81' | ![]() |
"Suonsi"da ham o‘zgarish: Gomis o‘rniga Errera tushirildi |
| 76' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Errera o‘rniga Felayni tushirildi |
| 74' | ![]() |
O‘ng qanotdan havolatib berilgan uzatmaga Depay bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi, darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 71' | ![]() |
Darmina o‘ng qanotdan uzatma berdi. Fabianski to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
GOOOOL! Gomis, 2:1! Ayyu chap qanotdan jarima maydonchasi sari aylanma uzatma berdi. "MYu" himoyachisi to‘pni o‘tkazib yubordi va Gomis uncha kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Serxio Romero esa qo‘llari ostidan o‘tib ketayotgan to‘pni ushlab qola olmadi! "Suonsi" oldinda! |
| 65' | ![]() |
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin van Gal shogirdlari yana hujumga o‘tishga harakat qilishmoqda |
| 61' | ![]() |
GOOOOOL! Andre Ayyu, 1:1! "Suonsi" o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi. Sigurdson yetkazib bergan uzatmaga Ayyu bosh bilan zarba berdi va darvozaning burchagiga to‘pni joyladi! |
| 58' | ![]() |
"Suonsi"da o‘zgarish: Rautllej o‘rniga Ki Song Yong tushirildi |
| 50' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Depay o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘i tegib, yuqoriga ko‘tarildi va darvozabonning ustidan ko‘tarilib, darvozaga kirishiga bir bahya qoldi. Romero to‘pni egallab oldi |
| 48' | ![]() |
GOOOOOL! Xuan Mata, 0:1! Lyuk Shou chap qanotdan to‘p bilan oldinga o‘tdi va 11 metrli nuqta ustida ochilayotgan Runini mo‘ljallab uzatma berdi. Ammo to‘p Ueyndan o‘tib ketdi va o‘ng tomondan yaqinlashib kelgan Mata olis ustun oldida darvozani ishg‘ol qildi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Suonsi" - "Manchester Yunayted" - 0:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 38' | ![]() |
Shneyderlin xavfli "podkat" uchun ogohlantirish oldi |
| 33' | ![]() |
Runi ikki himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozabonnning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Ammo to‘pni Serxio Romero egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Agar eplaganida Runi darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi! To‘p yuqoridan darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Ammo bu uzatma na oyoqqa, na boshga edi, boz ustiga darvozabonga yaqin kelib qolgandi. Runi to‘pga tavakkal oyoq qo‘ydi, to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 27' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Gomiiiiis! Bafetimbi "MYu" jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 2-3 nafar himoyachini aldab o‘tib, oyog‘ining tashqi tomoni bilan olis burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi! |
| 25' | ![]() |
Uhhhhh, qandaydir santimetrlar "MYu"ni goldan qutqarib qoldi! Mezbonlar olis masofadan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p rekoshet natijasida Sigurdssonga kelib tushdi. Taxminan 9-10 metrlar masofadan yo‘llangan zarba olis ustun oldidan o‘tib ketdi! |
| 24' | ![]() |
"Suonsi"da ham ilk xavfli vaziyat! Olis masofadan yetkazilgan uzatmadan so‘ng Gomis jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi! Ammo zarba aniq chiqmadi |
| 21' | ![]() |
Mataaaaa! Errera 11 metrli nuqta ustida to‘pni qabul qildi va o‘ng tomonda ochiq turgan Mataga pas berdi. Xuanning zarbasidan so‘ng to‘p ustun oldidan o‘tib ketdi! Dastlabki haqiqiy xavfli vaziyat! |
| 19' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Runi bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo mudofaa vakilidan o‘tib keta olmadi — to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 18' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Smolling oyog‘ini baland ko‘tarib, xavfli o‘yin namoyish qildi |
| 17' | ![]() |
"MYu" dastlabki burchak zarbasi ishladi |
| 12' | ![]() |
O‘yin mutlaqo tengkurashlar ostida kechmoqda. To‘p maydon markazidan saqlanmayapti |
| 8' | ![]() |
Mezbonlar hujum tashkil qilishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani "MYu" himoyachilari qaytarishdi |
| 7' | ![]() |
Mankunianliklar tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishmoqda. "Suonsi" pressing orqali bunga yo‘l qo‘ymayapti |
| 2' | ![]() |
"MYu" jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. Blind yo‘llagan zarbani "Suonsi" posboni qaytardi, ammo ushlab olmadi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "MYu" qizil, "Suonsi" oq rangli formada harakat qiladi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. "Suonsi" - "Manchester Yunayted" o‘yini bilan APLning 4-tur bahslariga yakun yasaladi. Mazkur o‘yinni biz bilan kuzatib borishga barchangizni taklif qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|