Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018 saralash. Osiyo, 2-bosqich

«N» guruhi, 4-tur. Bosh hakam: Piter Grin (Avstraliya)

FILIPPIN

Shryok (68)

1 : 5

O‘ZBEKISTON

Odil Ahmedov (1)
Sardor Rashidov (15, 79)
Igor Sergeev (43, 65)
JAMOALAR TARKIBI
1.Eteridj
3.Palla
6.Lyuk Vudland
7.Remsey
8.Ott
9.Misag Bahadoran
10.Fil Yangxazbend (S)
11.Daysuke Sato
19.Lusena
20.Patino
21.Martin Steubl
  21.Aleksandr Lobanov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
2.Egor Krimes
5.Anzur Ismoilov
19.Vitaliy Denisov
7.Aziz Haydarov
9.Odil Ahmedov
8.Server Jeparov
10.Sardor Rashidov
16.Stanislav Andreev
11.Igor Sergeev

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. Filippin - O‘zbekiston - 1:5! Ajoyib g‘alaba muborak bo‘lsin!
90+3'
O‘yin yakunlandi. Filippin - O‘zbekiston - 1:5! Ajoyib g‘alaba muborak bo‘lsin!
90+3'
O‘yin yakunlandi. Filippin - O‘zbekiston - 1:5! Ajoyib g‘alaba muborak bo‘lsin!
90+3'
Terma jamoamiz yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Himoyachi jarima maydonchasi ichida Tursunovga zarba yo‘llash imkonini bermadi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
86'
Ehhh, Tursunov! Qarshi hujumda Hasanov oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisida yolg‘iz ochilgan Tursunovni to‘p bilan ta’minladi. Sanjarning zarbasi u qadar kuchli chiqmadi va Eteridj to‘pni egalladi.
85'
Vuuuuuh! Lobanov bizni goldan qutqardi! Jamoamiz juda zo‘r hujum tashkil qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. Natijada maydon egalari hujumga o‘tishdi va hujumchini birga bir vaziyatga chiqarishdi. Zarbani posbonimiz qaytardi. Takroriy zarbani ham bartaraf etdi Lobanov!
84'
Ahmedov hujumda o‘ynamoqda. U hozir Tursunov aniqroq uzatma bersa bo‘lardi
80'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Sanjar Tursunov tushirildi.
79'
GOOOOL! Sardor Rashidov, 1:5! Jamoamiz tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Hasanov chap qanotdan oldinga o‘tib, Sergeev tomon uzatma berdi. To‘p himoyachilarga tegib, jarima maydonchasi tashqarisida turgan Rashidovga kelib tushdi. Sardor aylanma zarba bilan olis burchakni nishonga oldi!
77'
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Andreev o‘rniga Jasur Hasanov tushirildi.
76'
Goldan keyin Pakyao yurtdoshlari jonlanib qolishdi. Hoziirgi hujum paytida mezbon futbolchisi Rashidov uslubida gol urmoqchi bo‘ldi. Zarba aniq chiqmadi
73'
O‘zbekistonda dastlabki o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Javohir Sohibov maydonga tushirildi
71'
Andreevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Stas jarohat olgan ko‘rinadi. Uni almashtirsa ham bo‘lardi Babayan. Hali birorta ham almashtirish qilinmadi
68'
GOOOL! Shryok jarima zarbasidan chiroyli gol urdi. Lobanov jarima zarbasi amalga oshirilayotganida oldinga chiqib ketdi. Buni ko‘rgan futbolchi to‘pni uning ustidan oshirib, chiroyli gol muallifiga aylandi!
67'
Uhhhh! Filippin o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Himoyachilarimiz va darvozabon bir birlariga ishonib qolishdi. Natijada filippinlik hujumchi to‘pga zarba berdi. Lobanov qaytardi. Qaytgan to‘pga berilgan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi!
67'
Uhhhh! Filippin o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Himoyachilarimiz va darvozabon bir birlariga ishonib qolishdi. Natijada filippinlik hujumchi to‘pga zarba berdi. Lobanov qaytardi. Qaytgan to‘pga berilgan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi!
65'
GOOOOL! Igor Sergeeeev, 0:4! Andreev tomonidan yetkazilgan uzatmani Sergeev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! Dubl!
63'
Ehhh, Andreeev! Jeparov uni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Stanislavning zarbasini darvozabon qaytardi. Vaholanki, "Paxtakor" yarim himoyachisi ochib turgan Ahmedov, Rashidov va Sergeevdan biriga uzatma berishi ham mumkin edi!
62'
Andreev chap qanotdan uzatma berdi, himoyachi to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni To‘xtaxo‘jayev olis masofadan zarba yo‘llashga harakat qildi. Ammo zarba aniq chiqmadi
61'
Filippinda uchinchi o‘zgarish amalga oshirildi
58'
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Shrok himoyachimiz Anzurdan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida Ismoilovning tirsagiga urilib ketib, yuzidan jarohat oldi
54'
Vuuuh! Jeparov 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p birozgina darvoza ustidan o‘tib ketdi!
53'
Jamoamiz ikkita hujum tashkil qildi. Andreevning uzatmasini himoyachilar qaytarishgan bo‘lsa, Rashidovning uzatmasi yaxshi chiqmadi. To‘p maydonni tark etdi
51'
Haydarovning uzatmasi Jeparov yeta olmadi
49'
Filippinlik ikki futbolchi havoda bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi
47'
Himoyamiz bo‘sh harakat qildi! Filippinning xavfli hujumi gol bilan yakunlanmay qolishida futbolchilarning mahoratsizligi sabab bo‘ldi desak ham bo‘ladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Filippinda ikkita o‘zgarish bo‘ldi.
'
Hozircha hammasi joyida. Raqibni mag‘lub etyapmiz. O‘yinimiz chiqayotganidan foydalanib, to‘plar nisbati ko‘rsatkichimizni yaxshilab olishimiz kerak. Buni Babayan ham tushunib turgan bo‘lsa kerak.
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Filippin - O‘zbekiston - 0:3. Tanaffus.
45+1'
Filippin sardor Filip Yangxazbend maydon markazida jamoamiz sardori Odil Ahmedovga nisbatan taktik fol uchun sariq kartochka oldi.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan yerlatib berilgan uzatmani Ismoilov o‘tkazib yubordi va raqib futbolchisi zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Zarba aniq chiqmadi - to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
43'
GOOOOOOL! Igoor Sergeeev, 0:3! Anzur Ismoilov himoyadan turib oldingi chiziqqa uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni o‘tkkazib yubordi va Sergeev birga bir vaziyatda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
42'
Andreev o‘z qanotida fol ishlatdi. Raqiba jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Vaziyat xavfli bo‘lmadi
40'
Ahmedov jarima maydonchasiga kirayotgan Server tomon uzatma berdi. Ammo uzatma noaniq chiqdi
38'
Odil Ahmedovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Qanday vaziyatda jarohat olganini ko‘rmay qoldik. Qandaydir to‘qnashuvda oyog‘idan lat yegandir
36'
Maydon egalarining navbatdagi hujumini vakillarimiz bartaraf etishdi. Andreev olis masofadan hujum chizig‘iga uzatma berdi. Sergeev to‘pga yeta olmadi
33'
Mezbonlarning o‘ng qanotdan uyushtirilgan hozirgi hujumi paytida Denisov yutqazdi, vaziyatga yordamga kelgan Ahmedovga nisbatan fol ishlatildi
32'
Oqlar jonlanishmoqda. Steublning o‘ng qanotdan uzatmasi noaniq chiqdi.
30'
Vuuuuuh! Filippin gol urishiga bir bahya qoldi! To‘p o‘ng qanotdan havodan jarima maydonchamizga yetkazildi. Ikkinchi qavatdagi kurashda Krimes raqibiga yutqazdi va Patino bosh bilan zarba berdi! To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! Baxtimizga!
29'
Steubl jarima to‘pini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘yinga kiritdi
28'
Anzur jarima maydonchamizning chap tomonida hujumchi bilan yelkama-elka kurashda raqibni yiqitdi. Hakam jarima zarbasi belgiladi
25'
Jeparov yaxshi o‘ynayapti. Uning aniq uzatmasidan keyin Sergeev birga bir vaziyatga qochib ketishi mumkin edi. Ammo u oldida bir himoyachidan o‘tib keta olmadi. Mudofaa vakili "podkat" orqali to‘pni qaytardi
24'
Terma jamaoamiz qisqa paslar orqali markazdan raqib jarima maydonchasiga kirib borishga harakat qildi. Ammo Sergeevning uzatmasi biroz noaniq bo‘ldi. Natijada ish Ahmedovning zarbasi bilan yakunlandi. noaniq
23'
Steubl o‘ng qanotdan jaroma maydonchamizga uzatma berdi. Filippin hujumchisi to‘pni to‘xtata olmadi
21'
Filippin tezkor 2ta goldan keyin ruhan tushkunlikka tushgani sezilayotgandek. Yana bir gol ularni butunlay o‘yindan chiqarib yuboradi.
18'
Vuuuuuh! Andreev chap qanotdan Jeparovdan uzatmani qabul qildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Sergeevning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!...
15'
GOOOOOOOOL! Sardor Rashidoooov, 0:2! Denisov chap qanotdan Sergeevni mo‘ljallab uzatma berdi. To‘p Igordan o‘tib ketdi, ammo o‘ng tomondan yetib kelgan Rashidov to‘pni egalladi va bir himoyachini aldab, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon zarbani qaytara olmadi! Qoyil!
13'
Tomonlar navbati bilan hujumga o‘tishmoqda. Hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q
11'
Andreev burchak to‘pi ishladi va uni o‘zi o‘yinga kiritdi. To‘p vakillarimizga emas, raqiblarga nasib etdi
9'
To‘p nazorati ko‘k formada o‘ynayotgan o‘zbekistonliklar tomonga o‘tmoqda.
8'
Jeparovning uzatmasidan keyin To‘xtaxo‘jayev oldinga o‘tdi va havolatib uzatma berdi. Himoyachi bosh bilant o‘pni yon qanotga urib yubordi
7'
Filippinliklar tezda hujumlar tashkil qilishmoqda. Himoyada bexato o‘ynayapmiz. Qarshi hujumlarda hali bizda imkoniyatlar bo‘lishi kerak
3'
Gol o‘yinning 40-soniyasida urildi! Juda yaxshi. Yomg‘ir yog‘ishda davom etmoqda. To‘pning maydonda dumalashi qiyin bo‘lmoqda
1'
GOOOOOOOOL! Odiiiiil Ahmedooooooov, 0:1! Jeparovdan to‘pni qabul qilib olgan Odil 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Rekoshet va yomg‘irli maydon - darvozabon to‘pni o‘tkazib yubordi!
1'
O‘YIN BOSHLANDI! TO‘PNI O‘YINGA O‘ZBEKISTON KIRITIB BERDI! OLG‘A, YIGITLAR!
'
Jamoamiz - futbolchilar va murabbiylar shtabi zaxira o‘rindig‘imiz oldidan Babayandan so‘nggi ko‘rsatma va ruhiy daldani olishdi
'
Jamoalar esdalik uchun suratga tushishmoqda
'
Endi esa navbat Filippin madhiyasiga
'
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda
17:00'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
16:57'
Bolboylar Filippin va O‘zbekiston mamlakatlari bayroqlari hamda FIFAning feyr-pley bayrog‘ini maydon chetida ushlab turishibdi
16:55'
Hattoki momaqaldiroq ovozlari yangrab va chaqmoq chaqmoqda
16:54'
O‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qolganida kuchli yomg‘ir yog‘ishda davom etmoqda. Hozircha jamoalar maydonga chiqib kelishganicha yo‘q. Kutamiz
16:15'
O‘yin boshlanishiga 45 daqiqa qolganida Manilada stadion uzra yomg‘ir yog‘a boshladi
16:00'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! JCH-2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan Filippin va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bir soatdan keyin start oladi. Barchangizni mazkur o‘yin borasida tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.