Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga

21-tur, 12 sentyabr, soat 17:30. Bosh hakam: Ravshan Ermatov

PAXTAKOR

Sherzod Karimov (41)

1 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
12.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
4.Adnan Oraxovas
5.Akbar Ismatullayev
15.Javohir Sohibov
7.Kaxi Maxaradze (s)
29.Vladimir Kozak
8.Sherzod Karimov
28.Stanislav Andreev
18.Bahodir Pardayev
11.Igor Sergeev
  "Lokomotiv":
12.Ma’mur Ikromov
17.Salim Mustafoyev
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
31.Nemanya Yanichich
9.Dilshod Rahmatullayev
13.Lutfulla To‘rayev
18.Temur Kapadze (s)
22.Sanjar Shoahmedov
77.Jasur O. Hasanov
16.Jasur J. Hasanov
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
ZAHIRA
1.Nikita Ribkin
6.Murod Xolmuhammedov
9.Jaloliddin Masharipov
20.Anvar Soliyev
21.Kamoliddin Tojiyev
34.Javohir Siddiqov
35.Alisher Mirzayev
  1.Ignatiy Nesterov
3.Shavkat Mullajonov
8.Sardor Mirzayev
10.Marat Bikmayev
28.Ikrom Aliboyev
33.Oleg Zoteev
55.Mo‘ydin Mamazulunov
SARIQ KARTOCHKA
Adnan Oraxovas (23)
Egor Krimes (68)
 
Dilshod Rahmatullayev (33)
Marat Bikmayev (68)

Matn

90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi va u yakuniga yetdi. Muhim o‘yinda "Paxtakor" asosiy raqibini mag‘lub etib, ochkolar farqini 5 ochkoga yetkazib olishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi va u yakuniga yetdi. Muhim o‘yinda "Paxtakor" asosiy raqibini mag‘lub etib, ochkolar farqini 5 ochkoga yetkazib olishdi
90'
GOOOOL! Lutfulla To‘rayev, 2:1! Shoahmedovning uzatmasidan keyin Lutfulla chap qanotdan jarima maydonchsiga kirdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
85'
Lutfulla To‘rayev asabiylashib, raqibga nisbatan nosportcha harakatda bo‘ldi. Buning uchun ogohlantirish oldi
82'
GOOOOL! Jaloliddin Masharipov, 2:0! Javohir Sohibov qarshi hujumda Mustafoyevdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, Masharipovga uzatma berdi. Jaloliddin aniq zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi!
82'
GOOOOL! Jaloliddin Masharipov, 2:0! Javohir Sohibov qarshi hujumda Mustafoyevdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, Masharipovga uzatma berdi. Jaloliddin aniq zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi!
82'
GOOOOL! Jaloliddin Masharipov, 2:0! Javohir Sohibov qarshi hujumda Mustafoyevdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, Masharipovga uzatma berdi. Jaloliddin aniq zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi!
80'
Vuuuuuh, Shoahmedooov! 14 metrlardan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi!
78'
"Paxtakor"da juda yaxshi imkoniyat! Sergeev to‘pni to‘xtatmasdan Maxaradzega uzatdi va Kaxi birga bir vaziyatga chiqib bordi. To‘xtaxo‘jayevning jonbozligi evaziga xavf yo‘qqa chiqarildi!
77'
"Lokomotiv"da uchinchi o‘zgarish: Dilshod Rahmatullayev o‘rniga Mo‘ydin Mamazulunov tushirildi
75'
Masharipov raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi va simulyasiya uchun sariq kartochka oldi
74'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Kapadze raqib jarima maydonchasi ichida Oraxovasga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
70'
Burchak zarbasi yana smarasasiz bo‘ldi
69'
Zoteevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Kapadze jarima to‘pini amalga oshirdi. Burchak to‘pi
68'
Bikmayev chap qanotda Krimesdan o‘tib ketma olmali va raqibiga nisbatan fol ishlatdi. Marat va Yegor sariq kartochka olishdi
67'
Mehmonlarning bosimi biroz pasaydi, endi maydon egalari ham oldinga o‘tishmoqda
65'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Karimov o‘rniga Kamoliddin Tojiyev tushirildi
63'
Temiryo‘lchilarning deyarli barcha hujumlari HAsanov qanotidan tashkil qilinmoqda. Uning uzatmalariga o‘z vaqtida ochiladigan futbolchi topilmayapti
60'
Vuuuuh! "Lokomotiv" o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Bikmayevning faolligi evaziga keskin vaziyat yuzaga keltirildi. Bo‘sh darvoza qarshisida turgan Shoahmedovga to‘p kelayotganida Oraxovas to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Zoteevning zarbasini esa darvoza chizig‘i ustida turgan himoyachi bosh bilan qaytardi!
59'
Hasanov o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Krimey to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi samara bermadi
58'
Bikmayev uzatgan jarima to‘pi hech kimga tegmay, qarama qarshi qanotga o‘tib ketdi
57'
Abramov shogirdlari ketma-ket hujum tashkil qilishmoqda. Mezbonlar ko‘pchilik bo‘lib himoyalanishmoqda. O‘ng qanotdan jarima zarbasini tepada "Loko"
54'
"Loko" ijrosidagi navbatdagi burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
53'
Lobanooov! O‘ng qanotdan berilgan uzatmaga Kapadze bosh bilan zarba berdi. To‘p yerga yerilganidan so‘ng yuqori burchak sari yo‘l olayotgandi. Posbon qiyinchilik bilan uni qaytardi
52'
Hasanov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pga harakat qilayotgan BIkmayev yiqildi, penalti yo‘q
50'
"Lokomotiv" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo ular vaziyatdan foydalana olishmadi
47'
Bikmayev! Zarba! Marat jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni o‘ziga to‘g‘irladi va chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov zarbani qaytardi!
47'
Bo‘limni paxtakorchilar faol boshlashdi. Chap qanotdan berilgan uzatmani Ikromov qaytargan bo‘lsa, Karimov tomonidan o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarba aniq chiqmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Abramov yana bir o‘zgarishga qo‘l urdi. Katta Hasanov o‘rniga Oleg Zoteev tushirildi
'
Uchrashuv ishtirokchilari maydonga chiqib kelishmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Paxtakor" - "Lokomotiv" - 1:0. Tanaffus
45+2'
Xavfli vaziyat! "Lokomotiv" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Lutfulla To‘rayev bosh bilan kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov to‘pni egallab oldi.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Vadim Abramov o‘yinchi almashtirishga qaror qildi. Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Marat Bikmayev tushirildi
41'
GOOOOOL! Sherzod Karimoooov! "Lokomotiv" hujum tashkil qilayotganida Sohibov to‘pni egallab oldi va olis masofadan oldingi chiziqdagi Sergeev tomon uzatma berdi. Ikromov darvozani tashlab chiqdi va to‘pni tepib yubordi. To‘p esa qanotdagi Sherzodga bordi va u to‘xtatmasdan darvoza tomon zarba berdi. Ma’mur orqaga qaytib to‘pni qaytardi, ammo darvozabonning o‘zi darvozaga kirib ketdi va to‘p ham inersiya orqali chiziqni kesib o‘tdi!
38'
O‘ng qanotdan Hasanovning uzatmasini mezbon himoyachisi bosh bilan qaytardi
36'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Krimes bosh bilan zarba berdi. Noaniq
35'
Chap qanotda Karimovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasini jabrlanuvchining o‘zi amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Andreev egalladi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Salimov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi
33'
Dilshod Rahmatullayev sariq kartochka oldi. U Andreevga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
32'
Temurxo‘ja 16 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov to‘pni ikkinchi urinishda egallab oldi
31'
Kichik Hasanov o‘ng qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi. Ammo mehmonlardan hech bir futbolchi to‘pni darvoza tomon bura olmadi
29'
Vuh! Dilshod Rahmatullayev olis masofadan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi! Lobanov to‘pga tashlanib, unga yeta olmadi. Uning baxtiga zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
27'
Mehmonlar ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda. "Paxtakor" himoyalanishga majbur bo‘lmoqda. Chap qanotdan Hasanovning uzatmasini Lobanov egallab oldi
26'
Kichik Hasanov jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
23'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Kapadze bosh bilan darvoza tomon burdi, ammo Lobanov to‘pni muammosiz egallab oldi
23'
Adnan Oraxovasga sariq kartochka ko‘rsatildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Shoahmedovni qo‘li bilan tortib yiqitdi
22'
"Lokomotiv" tezkor qarshi hujum tashkil qilishi mumkin edi. Rahmatullayev katta tezlikda maydon markazigacha keldi, ammo chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Jasur Hasanov aniq pas bera olmadi
21'
Stadionda muxlislar juda kam. Har ikkala klub fan-klubidan tashqari, deyarli hech kim yo‘q
20'
Abduxoliqov jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi, bir himoyachidan o‘tdi, ammo ikkinchisi to‘pni tepib yubordi
19'
Maydon markazida har bir qarich yer uchun keskin kurash kechmoqda
15'
"Paxtakor"ning hujumi samarali chiqmadi. To‘p Sergeevning boshidan maydonni tark etdi
13'
Oraxovas Abduxoliqovga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Davrozagacha 25 metrlar bor. Rahmatullayevning zarbasi esa darvozaga aniq bormadi
10'
Vuuuuuuh! Temurxo‘jaaaaa! "Paxtakor" himoyachilari jarima maydonchasi oldida o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni mehmonlarga oldirib qo‘yishdi. Natijada Abduxoliqov birga bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qila olmadi! uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! Ushbu holat Abramovni asabiylashtirdi
8'
Abramov shogirdlari hujum tashkil qilishdi, biroq hujumda fol ishlatilgani bois o‘yin to‘xtatildi
5'
Sherzod Karimov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va "Loko" jarima maydonchasiga havodan uzatma berdi. To‘p Ikromovdan o‘tib ketdi va unga hech kim yeta olmadi
4'
"Paxtakor" maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini amalga oshirdi. To‘pni Ma’mur Ikromov egallab oldi
2'
"Lokomotiv" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vaziyat mezbonlar uchun xavfli ko‘rinish olmadi
1'
Diqqat o‘yin boshlandi!
'
"Paxtakor" sariq, "Lokomotiv" esa oq rangli formada harakat qiladi.
'
Diqqat jamoalar Ravshan Ermatovning ortidan maydonga tushib kelishdi.
'
Bugungi o‘yinga nisbatan "chempionlik jangi" izohini bersak bo‘ladi bemalol. Boisi, bugun "Paxtakor" g‘alaba qozonsa, oradagi farqni 5 ochkoga yetkazib oladi. "Temiryo‘lchilar" g‘alaba qozonishsa, jadvalda peshqadam bo‘lib olishadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Barchangizni "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan tashkil etilayotgan matnli onlan translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.