Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 3-tur. 12 sentyabr, soat 23:30. Bosh hakam: Mateo Laos | ||
ATLETIKOFernando Torres (51)
|
1 : 2 |
BARSELONANeymar (55)
Messi (77) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Oblak Ximenes Filipe Luis Xuanfran Godin Tiagu Gabi Koke Oliver Torres Grizmann Torres |
Ter Shtegen Serji Roberto Vermalen Xordi Alba Rakitich Buskets Inyesta Maskerano Rafinya Neymar Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
Moyya Vyetto Martines Savich Saul Games Ferreyra Karrasko |
Masip Bartra Munir Sandro Ramires Adriano Matyo Messi |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va jadvalda peshqadamlar safida borishda davom etadi. |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuh! "Atletiko" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Rekoshet holatida olis ustun yonidan o‘tib ketayotgan to‘pga Godin yeta olmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 89' | ![]() |
Ohohoho! Messi ijrosida regbicha zarba! Bunaqasi kamdan kam bo‘ladi :) |
| 88' | ![]() |
Messini qo‘li bilan tortib to‘xtatgani uchun Ximenes ogohlantirish oldi. Darvozagacha 24 metrlardan jarima zarbasi |
| 86' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasi tashqarisidan sakrab turgan to‘pga zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 84' | ![]() |
Martines jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va zarba yo‘lladi. Zarba kuchli chiqmadi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 81' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Gabi o‘rniga Vyetto tushdi |
| 78' | ![]() |
Messi Suaresni jarima maydonchasiga boshladi. Luisning zarbasini Oblak qaytardi |
| 77' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:2! Neymarning uzatmasidan keyin Suares to‘pga shundoq oyoq qo‘yib, Messini birga bir vaziyatga chiqardi. Lionel bunday vaziyatni yo‘qqa chiqara olmasdi. |
| 74' | ![]() |
"Atletiko" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Karrasko ko‘kragi bilan qaytardi va jarima maydonchasiga kirdi. Maskerano unga zarba yo‘llash imkonini bermadi va to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 71' | ![]() |
Messi va Neymar qisqa paslar orqali mezbonlar jarima maydonchasiga kirib borishga harakat qilishdi. Himoyachilar ishonchli o‘ynashdi |
| 67' | ![]() |
Neymmaaaar! Burchak to‘pidan keyin Messi braziliyalik hujumchini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Neymar darvozabonning yonidan o‘tkazib zarba berdi. To‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Mateo Laos yana jim |
| 67' | ![]() |
"Barselona" o‘yindagi yettinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 65' | ![]() |
Ehhh, Suares! Neymarning uzatmasidan keyin Luis zarba berish uchun yaxshi vaziyatga chiqdi, ammo to‘p uning oyog‘iga o‘tirmadi |
| 62' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Fernando Torres o‘rniga Jekson Martines tushirildi. |
| 62' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Inyestaning uzatmasiga Messi yeta olmadi |
| 60' | ![]() |
Lionel Messi maydonga tushdi! Ivan Rakitich zaxiraga olindi |
| 57' | ![]() |
Inyesta chiroyli pas bilan Rakitichni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Ivan to‘pga biroz yeta olmadi |
| 55' | ![]() |
GOOOOL! Neymar! Jarima maydonchasi ostonasida Grizmann Neymarga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Neymarning o‘zi jarima zarbasidan to‘pni "to‘qqizlik"ka joylab qo‘ydi! 1:1! |
| 51' | ![]() |
GOOOOL! Fernando Torres, 1:0! Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 49' | ![]() |
Fernando Torres jarima maydonchasiga kirib, o‘ng tomondan uzatma berayotganida to‘p Maskeranoning qo‘liga tegdi. Mateo Laos bu safar ham penalti yo‘qligiga ishora qildi. |
| 46' | ![]() |
Oliver Torres maydon markazida to‘pni egalladi va jarima maydonchasiga yaqinlashib, o‘ta muvaffaqiyatsiz zarba yo‘lladi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletiko" - "Barselona" - 0:0. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
Inyesta ham ogohlantirish oldi. Gabini chalib o‘tib ketdi. |
| 43' | ![]() |
Felipe Luis sariq kartochka oldi. U oldinga o‘tayotgan Rafinyani chalib yiqitdi |
| 41' | ![]() |
Rakitichning uzatmasini Alba darvozabon maydonchasi tomon burdi. Neymarning bosh bilan zarba berishiga Godin yo‘l qo‘ymadi |
| 40' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Grizmann Matyodan o‘tib keta olmadi. Burchak to‘pi |
| 36' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Neymar noaniq zarba yo‘lladi |
| 35' | ![]() |
Vuuuh! "Barsa" ajrosida dahshatli xavfli hujum! Suares to‘pni egallab, Neymarga pas berdi. Braziliyalik hujumchi bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p avval yerga yotgan Ximenesning gavdasiga tegib, keyin qo‘liga tegdi. Hakam penalti belgilamadi. Burchak zarbasi |
| 32' | ![]() |
Madridliklar to‘pni nazorat qilayotganidan foydalangan "Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Neymarning uzatmasiga Suares yetib bora olmadi |
| 27' | ![]() |
Vermalen o‘rniga Jeremi Matyo tushirildi |
| 26' | ![]() |
Tomas Vermalen jarohat olgan ko‘riinadi. U maydonni tark etdi. Hozircha uning o‘rniga hech kim tushmadi |
| 24' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rafinya bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi va Suaresning 2 metrdan yo‘llagan zarbasi darvozani to‘siniga tegib qaytdi!!! |
| 18' | ![]() |
Oliver Torres sariq kartochka oldi. U Neymarga nisbatan fol ishlatdi. |
| 17' | ![]() |
Grizmann maydon markazida to‘pni egallab oldi va Torresni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Fernandoning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
Suares chap qanotdan darvozabon maydonchasiga kirib kelayotgan Rafinya tomon uzatma berdi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi. |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! Inyesta o‘ng qanotdan markaz tomon surildi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Rakitich to‘pni bilan ta’minladi. Ivanning zarbasini Oblak qiyinchilik bilan qaytardi! |
| 12' | ![]() |
Mehmonlarning jarima maydonchasi tomon berayotgan uzatmalarini madridliklar qaytarib turishibdi |
| 12' | ![]() |
Mehmonlarning jarima maydonchasi tomon berayotgan uzatmalarini madridliklar qaytarib turishibdi |
| 12' | ![]() |
Mehmonlarning jarima maydonchasi tomon berayotgan uzatmalarini madridliklar qaytarib turishibdi |
| 8' | ![]() |
"Atletiko"ning qarshi hujumi xavfli bo‘lishi mumkin edi. Oldinga chiziqqa uzatilgan to‘pga Torres emas, Ter Shtegen birinchi bo‘lib yetib oldi va xavfni bartaraf etdi |
| 5' | ![]() |
Messi yo‘qligi uchun asosiy mas’uliyatni Neymar o‘z zimmasiga olmoqda. Uning jarima maydonchasi ichi tomon uzatmalari xavfli ko‘rinmoqda |
| 5' | ![]() |
Messi yo‘qligi uchun asosiy mas’uliyatni Neymar o‘z zimmasiga olmoqda. Uning jarima maydonchasi ichi tomon uzatmalari xavfli ko‘rinmoqda |
| 3' | ![]() |
"Barsa" o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga uzatma berildi. Suares to‘pga yeta olmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga "ko‘k-anorranglilar" kiritib berishdi. Bugun kataloniyaliklar o‘zlarining uy formalarida o‘ynashmoqda. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, hurmatli futbol ishqibozlari. Bugungi kunning eng muhim o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz. "Atletiko" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. Kutilmaganda, kuni kecha ikkinchi o‘g‘illi bo‘lgan Messi bugun zaxirada qoldirildi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|