Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «A» guruhi, 1-tur. Bosh hakam: Ivan Bebek (Xorvatiya) | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (30)
Krishtianu Ronaldu (55-pen., 63-pen., 81) |
4 : 0 |
SHAXTYOR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 15.Daniel Karvaxal 02.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 12.Marselo 08.Toni Kroos 22.Isko 11.Garet Beyl 19.Luka Modrich 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
30.Andrey Pyatov (D) 05.Aleksandr Kucher 44.Yaroslav Rakiskiy 66.Marsio Asevedo 33.Dario Srna 06.Taras Stepanenko 11.Marlos 29.Aleks Teysheyra 08.Fred 28.Tayson 21.Aleksandr Gladkiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 03.Pepe 06.Nacho Fernandes 14.Kazemiro 16.Mateo Kovachich 20.Xese 21.Denis Cherishev |
32.Anton Kaniboloskiy (D) 18.Ivan Ordes 17.Maksim Malishev 10.Bernard 74.Viktor Kovalenko 22.Eduardo 09.Dentinyo |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" YECHLning dastlabki o‘yinini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi. Ronaldu esa bugun xet-trikni rasmiylashtirdi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh! Keylor Navas qiyin vaziyatda jamoasini goldan qutqardi. Rekoshet holatida to‘sin ostiga yo‘l olayotgan to‘pni yuqoridan o‘tkazib yuborishga muvaffaq bo‘ldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisida Iskoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Biroq to‘p mezbonlarda qolgani uchun Bebek o‘yinni to‘xtatmadi. Benzemaning zarabsini Pyatov egalladi |
| 85' | ![]() |
Vuuuh! Benzemaning kuchli zarbasini Pyatov ajoyib seyv bilan qaytardi! |
| 81' | ![]() |
GOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 4:0! Burchak to‘pi jarima maydonchasi tashqarisidagi Marseloga yetkazildi. Braziliyalik himoyachi kuchli zarba yo‘lladi. Pyatov zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib borgan Ronaldu bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Xet-trik! |
| 80' | ![]() |
Ronaldu jarimadan yo‘llagan zarba jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 79' | ![]() |
Maksim Malishev o‘z jarima maydonchasi tashqarisida Karvaxalga nisbatan tik oyoq bilan o‘ynadi, natijada ogohlantirish oldi |
| 75' | ![]() |
Aleksandr Kucher sariq kartochka oldi. Marseloni ortdan yiqitgani uchun |
| 74' | ![]() |
"Shaxtyor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Keylor Navas to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va noaniq zarba yo‘lladi |
| 71' | ![]() |
Ronaldu La liganing 3-turida "Espanyol" darvozasiga 5ta gol urgandi, bugun esa u o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ydi. Ushbu 7ta goldan 3tasini u penaltidan urdi |
| 69' | ![]() |
Karim Benzama jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 63' | ![]() |
GOOOL! Krishtianu Ronaldu! 3:0! Portugaliyalik futbolchi yana o‘sha burchakni aniq nishonga oldi! |
| 63' | ![]() |
Penalti! Yana "Shaxtyor" darvozasiga, yana qo‘l bilan to‘pni o‘ynagani uchun. |
| 55' | ![]() |
GOOOL! Krishtianu Ronaldu! 2:0! Pyatov portugaliyalik futbolchining zarba yo‘nalishi topdi, ammo kuchli zarbani qaytara olmadi. |
| 54' | ![]() |
Penalti! Benzmaning uzatmasidan keyin Ronaldu to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p Srnaning qo‘liga tegdi. Buni bosh hakam emas, yordamchi hakam ko‘rdi. |
| 50' | ![]() |
Stepanenko sarii kartochka oldi va bu uning uchun ikkinchi ogohlantirish bshlgani uchun maydonni tark etdi. "Shaxtyor" maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Shaxtyor" - 1:0. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Vuuuh! Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi Kucher esa to‘pni o‘tkazib yubordi. Ronaldu buni kutmagani uchun to‘pni o‘zida to‘xtatib qola olmadi! |
| 43' | ![]() |
Teysheyra ikki futbolchidan o‘tib, chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Asevedoga uzatma berdi. Marsio biroz ofsaydda qolgan ekan |
| 41' | ![]() |
Vuuuuh! Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 39' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ramos raqibiga bosh bilan zarba yo‘llash imkonini bermadi |
| 33' | ![]() |
Ronaldu jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Uzatmaga hech kim yeta olmadi. |
| 32' | ![]() |
Taras Stepanenko ogohlantirish oldi. Ronalduga nisbatan qoidabuzarlik uchun |
| 31' | ![]() |
Garet Beyl maydonga qayta olmadi. Uning o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi. |
| 30' | ![]() |
GOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Andrey Pyatov chap qanotdan yetkazilgan oddiy uzatni egallash chog‘ida qo‘lidan chiqarib yubordi. Benzema ushbu "sovg‘a"dan bajonudil foydalandi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 29' | ![]() |
Garet Beyl jarohat olgan ko‘rinadi. Unga maydon tashqarisida yordam ko‘rsatilmoqda. U maydonga qayta oladimi yoki yo‘qmi, bu so‘roq ostida. Xese shug‘ullanishni boshladi. |
| 29' | ![]() |
Mehmonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. 11 metrli nuqta ustiga yetkazilgan uzatmani Tayson qabul qildi va jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Ammo Ramos to‘pni qaytarib yubordi. |
| 26' | ![]() |
Doneskliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni yerlatib yetkazishdi. Hujumchi to‘pni negadir o‘tkazib yubordi. Ammo uning ortida to‘pni qabul qiladigan sheriklari yo‘q edi |
| 26' | ![]() |
Doneskliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni yerlatib yetkazishdi. Hujumchi to‘pni negadir o‘tkazib yubordi. Ammo uning ortida to‘pni qabul qiladigan sheriklari yo‘q edi |
| 23' | ![]() |
"Shaxtyor" to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda |
| 18' | ![]() |
Kroosning olis masofadan yo‘llagan zarbasi aniq chiqmadi |
| 17' | ![]() |
Varan Navas tomon o‘ta noqulay uzatma berdi. To‘p darvozaga kirib ketishi ham mumkin edi... |
| 16' | ![]() |
Ronalduda yaxshi vaziyat! Isko chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Krishtianu bir himoyachini chalg‘itdi va chap oyoqda zarba berdi. Zarba darvozaga aniq bormadi. |
| 15' | ![]() |
Ohohoho! Benzemaaa! Ronaldu raqib jarima maydonchasi tashqarisida ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, chiroyli uzatma bilan Karimni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Fransiyalik futbolchisi darvozabonni aldab o‘tdi, biroq darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.. |
| 14' | ![]() |
Vuuuh, chiroyli zarba! Karvaxal o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazdi. Beyl tovoni bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Pyatov to‘pni egallab oldi! |
| 12' | "Shaxtyor" himoyaga yotayotgani yo‘q, mehmonlar imkon bo‘lganda hujumga o‘tishga harakat qilmoqda | |
| 10' | ![]() |
Ukrainaliklardan yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Kesib berilgan uzatmadan keyin Asevedo jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo aniq zarba bera olmadi |
| 8' | ![]() |
Ronalduning o‘ng qanotdan havolatib olis ustun tomon bergan uzatmasiga Marselo bir amallab yetib keldiyu, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 6' | ![]() |
Ronaldu 25 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p esa Krishtianuning oyog‘i ostiga tashlangan futbolchiga tegib, maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Varan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p zarbaga aniq bormadi |
| 4' | ![]() |
"Shaxtyor" yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Konchilar hujumchisi "Madrid" jarima maydonchasi ichida Varandan to‘pni olib qo‘ydi va zarba berish uchun qulay vaziyatda turgan jamoadoshiga uzatdi. "Real"ning boshqa futbolchisiga unga zarba berish imkoniyatini bermadi |
| 3' | ![]() |
Beyl chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchakdan yerlatib yetkazilgan uzatmani Isko jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! Ketdik! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. CHEmpionlar ligasi madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Barchangizni mazkur bayram bilan muborakbod etamiz. "Real" va "Shaxtyor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiya tashkil etyapmiz. Biz bilan birga ekaningizdan xursandmiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasi yangi mavsumining guruh bosqichi boshlanish arafasida! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|