Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘zbekiston kubogi
| Yarim final, javob o‘yini. Bosh hakam: Viktor Serazetdinov | ||
BUNYODKOREldor Shomurodov (25)
|
1 : 0 |
PAXTAKOR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Murodjon Zuhurov 2.Akmal Shorahmedov 4.Xayrulla Karimov (S) 5.Dilshod Jo‘rayev 7.Shaker Zuagi 9.Minori Sato 13.Ivan Miloshevich 17.Dostonbek Hamdamov 19.Zabihillo O‘rinboyev 39.Eldor Shomurodov 48.Akramjon Komilov |
12.Aleksandr Lobanov 2.Egor Krimes 4.Adnan Oraxovas 5.Akbarjon Ismatullayev 6.Murod Holmuhammedov 7.Kaxi Maxaradze (S) 8.Sherzodbek Karimov 9.Jaloliddin Masharipov 11.Igor Sergeev 15.Javohir Sohibov 28.Stanislav Andreev |
|
| ZAHIRA | ||
|
45.Akbar To‘rayev 6.Anvar G‘ofurov 14.Vohid Shodiyev 20.Samir Bekrich 22.Rustamjon Ashurmatov 27.Sardor Sobirxo‘jayev 77.Viktor Karpenko |
1.Nikita Ribkin 18.Bahodir Pardayev 20.Anvarjon Soliyev 21.Kamoliddin Tojiyev 26.Ibrohim Abdullayev 29.Vladimir Kozak 35.Alisher Mirzayev |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Minori Sato (10)
Ivan Miloshevich (15) Xayrulla Karimov (35) Akrom Komilov (60) |
Kamoliddin Tojiyev (35)
Vladimir Kozak (73) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘l oldi! |
| 90+2' | ![]() |
Shodiyev jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘ladi. Noaniq |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuh! Bekrich 11 metrli nuqta ustida "qaychi" uslubda zarba yo‘lladi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi to‘p |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar" to‘pni nazorat qilishmoqda. Final yo‘llanmasi deyarli hal... |
| 85' | ![]() |
Vuuuh! Karpenko burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, Dilshod Jo‘rayev uni darvoza tomon burdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi |
| 83' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Samir Bekrich tushirildi |
| 82' | ![]() |
Xolmuhammedovning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi regbicha ko‘rinish oldi |
| 80' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: O‘rinboyev o‘rniga Vohid Shodiyev o‘yinni davom ettiradi |
| 79' | ![]() |
"Bunyodkor" yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Hamdamoov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov zarbani qaytardi. |
| 76' | "Paxtakor"ning shashti pasayib qoldi. Ular finalga chiqishdan umidlarini uzib bo‘lishdi shekilli | |
| 73' | ![]() |
Vladimir Kozak sariq kartochka munosib. U Zuagini qo‘lidan tortib qoldi |
| 72' | ![]() |
"Bunyodkor"da ilk o‘zgarish: Shomurodov o‘rniga Viktor Karpenko tushirildi |
| 71' | ![]() |
Shorahmedov jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. Rekoshet holatda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi, Lobanov to‘pni egalladi |
| 69' | ![]() |
Karimov-Soliyev uzatmasidan keyin Anvar darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Xayrulla Karimovning oyog‘iga tekkan to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 66' | ![]() |
"Paxtakor"da ham yaxshi vaziyat. Soliyev chap qanotdan Sergeev tomon uzatma berdi. Igor to‘pni to‘xtata olmadi... |
| 65' | ![]() |
"Bunyodkor" juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Mezbonlar qarshi hujumda 4 himoyachiga qarshi 5 nafar futbolchi chiqib borishdi. Uzatma biroz noaniq bo‘ldi va Xolmuhammedov to‘pni qaytarib qoldi |
| 64' | ![]() |
"Paxtakor"da uchinchi o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Anvar Soliyev tushdi |
| 63' | ![]() |
Xolmuhammadovning xatosidan so‘ng Zuagi to‘pni egalladi va jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Krimes to‘pni qaytarib yubordi |
| 61' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan aylanma uzatmani darvozabon yana mushti bilan urib yubordi |
| 60' | ![]() |
Akrom Komilov sariq kartochka oldi |
| 59' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yingi kiritdi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Zuxurov mushtlari bilan urib yubordi |
| 56' | ![]() |
Hasanov shogirdlari asta-sekin bosimni oshirayotgandek. Xolmuhammedovning olis masofadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 53' | ![]() |
"Bunyodkor" qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Satoning uzatmasidan keyin Shomurodov birga bir vaziyatga chiqib ketishi muqarrar edi, Oraxovas to‘pni bir amallab maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 52' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Akbar Ismatullayev o‘rniga Vladimir Kozak tushirildi |
| 52' | ![]() |
Andreeev! Jarima maydonchasi ichida 3 himoyachi orasidan o‘tib kuchli zarba berdi. Zuxurov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 51' | ![]() |
Andreev jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvoza ga teskari turgan holda chalqancha zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi va bu Zuxurovga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmadi |
| 49' | ![]() |
Mezbonlarda yaxshi vaziyat. To‘p olis masofadan oldinga chiziqqa yetkazildi va O‘rinboyev havodagi to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi. Minori chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p yuqoridan qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
"Bunyodkor" jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Zuagi tomonidan yo‘llangan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Bunyodkor" - "Paxtakor" - 1:0. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "qaldirg‘ochlar" oldinda - 3:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Mezbonlar juda yaxshi hujum tashkil qilishdi. So‘nggi pallada Oraxovas to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda hujumchi birga bir vaziyatga qochib ketardi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Chap qanotdan to‘p Shomurodov tomon yetkazildi. Eldor uzatmaga biroz yeta olmadi |
| 42' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dastlab to‘p qaytarildi. Andreev to‘pni yana jarima maydonchasiga qaytardi. Sergeevning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 38' | ![]() |
Zuagi Hamdamovni jarima maydonchasi ichiga boshladi. Uning chap uzatmasidan keyin to‘p darvozabon maydonchasi ichidan o‘tib, himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 35' | ![]() |
Ehhh, Sergeev! Bugun negadir uning omadi kelmayapti. Masharipov ikki himoyachini chalg‘itib, darvozaga yaqin joyda turgan Igorga uzatma berdi. Ammo hujumchi to‘pni to‘xtata olmadi |
| 35' | ![]() |
"Paxtakor" futbolchisi Kamoliddin Tojiyev bahsli vaziyatni yuzaga keltirgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi |
| 33' | ![]() |
Shorahmedov o‘z qanotida fol ishlatdi. Karimov tomonidan yetkazilgan jarima to‘pi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 31' | ![]() |
Birga bir vaziyatga ochilayotgan Shomurodovni Zuagi to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Uzatma biroz noaniq chiqdi |
| 30' | ![]() |
"Paxtakor" finalga chiqishi uchun endi o‘z darvozasidan boshqa to‘p o‘tkazmagan holda, 3ta gol urishi lozim. Buning uchun Hasanov shogirdlarida 60 daqiqa bor... |
| 25' | ![]() |
GOOOOOL! Eldor Shomurodov, 1:0! "Paxtakor" himoyachilarining qo‘pol xatosidan keyin Hamdamov to‘pni egallab oldi va hujumchini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. "Bunyodkor" hujumchisi esa birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 23' | ![]() |
Kamoliddin Tojiyev maydonga tushdi |
| 22' | ![]() |
Akrom Komilov chap qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Kaxi Maxaradze jarohat tufayli o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi. Kamoliddin Tojiyev mmaydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda |
| 15' | ![]() |
Ivan Miloshevich sariq kartochka bilan jazolandi. Legioner futbolchi Masharipovni turtib yiqitdi |
| 13' | ![]() |
Sherzod Karimov jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba yo‘lladi. Zuhurov to‘pni egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Sato Minori sariq kartochka oldi. Yaponiyalik futbolchi Maxaradzeni maydon markazida ortdan tepdi |
| 9' | ![]() |
Masharipovning uzatmasini Igor Sergeev jarima maydonchasi ichida to‘xtata olmadi |
| 6' | ![]() |
Vuuuuuh! Shorahmedovning uzatmasidan keyin Doston Hamdamov o‘ng qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi hamda deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Lobanov zarbani qaytardi! |
| 6' | ![]() |
Paxtakorchilar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, to‘p jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarildi. Sohibovning zarbasi noaniq chiqdi |
| 4' | ![]() |
Sergeev "Bunyodkor" darvozasi oldida to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi. HImoyachilar to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etishdi |
| 3' | ![]() |
"Bunyodkor"da yaxshi imkoniyat! Sato darvozabon maydonchasiga kirayotgan hujumchiga yuqoridan uzatma berdi. Forvard to‘pga yeta olmadi |
| 2' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ga to‘pni yetkazishdi. Oraxovas to‘pni qaytardi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga "Paxtakor" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar "Bunyodkor" stadioni maysasi ustiga chiqib kelishdi |
| ' | O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan jamoa OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shu bois, sovrinning qadri baland. Uchrashuv qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q | |
| ' | O‘yinning asosiy vaqtida qayd etiladigan 3:2 hisobidagi "Paxtakor"ning g‘alabasi esa bahsni qo‘shimcha vaqtga o‘tkazadi. | |
| ' | ![]() |
Xabaringiz bor, avgust oyida "Paxtakor" maydonida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda Sergey Lushan shogirdlari 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi. No‘’mon Hasanov shogirdlari finalga chiqishlari uchun raqibni yo kamida ikkita to‘p farqi bilan yengishlari lozim, yoki 4:3 va shu kabi ko‘proq gollar urilgan bitta to‘p farqi bilan g‘alaba ham ularni qanoanlantiradi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Barchangizni O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yinini biz bilan birga kuzatib borishga taklif etamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|