Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 22-tur

1 fevral, 20:00

BARSELONA

:

VALENSIYa

JAMOALAR TARKIBI
 

Matn

90'
«Barselona» o‘z maydonida yengildi.
88'
Messiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii. Nimalar qilyapsan Messi? Messi futbol tarixidagi eng zo‘r reydni amalga oshirdi, lekin gol ura olmadi.
83'
«Barselona» hech narsa qila olmayapti. Hech narsaaa.
77'
«Valensiya» jarima zarbasini amalga oshirdi. Pike o‘z darvozasini nishonga olishiga sal qoldi.
75'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Xordi Alba maydondan chetlatildi.
73'
Sofian Figuli juda yaxshi hujumlarni amalga oshirmoqda. Uning ajoyib to‘p uzatishidan keyin Alkasar yaxshi vaziyatga chiqishi mumkin edi, hakam ofsayd qayt etdi.
71'
«Valensiya»ning navbatdagi hujumi. Vargasning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi.
67'
«Barselona» goldan keyin hujumga zo‘r bermoqda. Sanchesning yaqin masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi. Qarshi hujum esa juda xavfli bo‘ldi.
63'
Maydonga tushishga Inyesta tayyorlanmoqda. Tata Martino unga ko‘rsatma bermoqda.
59'
«Valensiya» «Barselona»ga qarshi hujumdan dars bermoqda. Bugungi o‘yinning eng faol futbolchisi Figuli qanotdan to‘pni Alkasarga yetkazib berdi 2:3.
58'
Golllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllll
54'
«Barselona»ning navbatdagi hujumi samarali bo‘lishi mumkin edi, lekib Sanches himoyachiga nisbatan qo‘pol harakat qildi.
53'
Messi penaltidan juda aniq foydalandi 2:2.
52'
Penalti. «Valensiya» futbolchisi jarima maydonchasida qo‘l bilan o‘ynadi va penalti.
50'
Figulining darvoza yaqinida to‘p uzatganidan keyin «Barselona» jarima maydonchasida palapartishlik yuzaga keldi va bundan Piatta unumli foydalandi.
48'
Golllllllllll. 1:2.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi.
43'
Figuli maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va Parexoni qulay vaziyatga olib chiqdi. U esa hisobni tenglashtirdi.
42'
Gooooooooool. 1:1.
36'
Uxxxxxxxxxxxx. Kosta bo‘sh darvozaga gol ura olmadi. Hujum vaqtida Valdes to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va «Valensiya» futbolchisi kutilmaganda bo‘sh darvoza oldida to‘p bilan uchrashdi, lekin u vaziyatndan foydalana olmadi.
33'
Xavyer Maskerano to‘pni qaytarish vaqtida ehtiyotsiz harakat qildi va maydonga noqulay yiqildi. Doktorlar unga yordam ko‘rsatmoqda.
30'
Figuli yana o‘yinni o‘z qo‘liga oldi va qanotdan darvoza tomon yaqinlashgan Pablo Piattini Valdes bilan duelga yubordi. Bu yerda darvozabonning ustunligi bor va Viktor unga hech qanday imkoniyat bermadi.
27'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Valdes juda xunuk harakat qildi. Hujumdagi Buskets qoida buzdi va «Valensiya» futbolchisi yiqilib tushdi. Maydonda yotgan futbolchiga ko‘rib turib Alves to‘pni tepib yubordi.
25'
«Valensiya» nimagadir hujum qilishni xohlamayapti. Ular katta e’tiborni himoyaga qaratgan. Birgina Figuli faol bo‘lishga urinmoqda.
23'
Bugun «Barselona» juda ko‘p o‘yindan tashqari holatda qolmoqda, yoki «Valensiya» ularni ko‘p ofsaydda qoldirmoqda. Bu gal Pedro voqealar rivojidan ilgarilab ketdi.
21'
Messi maydon markazidan Pedroga to‘pni juda qulay yetkazib berdi. Pedro katta tezlikda himoyachidan o‘tib ketgan Messiga uzatdi. Uning zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi.
19'
Messi maydon markaziga yaqin joyda to‘pni qabul qilib oldi va qator himoyachilardan o‘z usulida o‘tib ketdi. Qanotda Alba to‘p kutayotgan edi, lekin tan olish kerak Messi o‘zi gol urgisi keldi va vaziyatni yo‘qqa chiqardi.
17'
Pedro bugun hujumning chap qanotida juda yaxshi o‘ynamoqda. U navbatdagi reydidan keyin to‘pni Sanchesga tashlab berdi. Bu yerda hujumchining bosh bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.
15'
Messi va Xavi burchak to‘pini amalga oshirishdi. Messi himoyachilarni chalg‘itgan holda to‘pni orqaroqdan zarbaga shaylanayotgan Busketsga uzatdi. Serjining zarbasi esa sal noaniq bo‘ldi.
13'
«Valensiya»ning navbatdagi hujumi nihoyat zarba bilan yakunlandi. Maydon markazidan boshlangan hujumni Sofian Figuli zarba bilan yakunladi. Valdes qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.
11'
Bugun «Kamp Nou»ga Seydu Keyta qaytgan. U «Valensiya» tarkiniga kelib qo‘shilgan va hozircha zaxirada qoldi.
8'
«Barselona» burchakdan to‘p tepdi, lekin standart samarasiz bo‘ldi. Hujum davom etdi va Messi to‘pni qanotdagi Sanchesga uzatdi. Hujumchi esa original yo‘l tutdi va chiziq yaqinida bo‘lishiga qaramay to‘pni darvozabonning ustidan tashlab qo‘ydi. Juda chiroyli gol.
7'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. Aleksis Sanches.
5'
«Barselona» chap qanotdan juda yaxshi hujum amalga oshirgan edi. Darvoza yaqiniga yetkazib berilgan to‘pni Sanches darvozaga yo‘lladi, lekin hakam o‘yindan tashqari holatni belgiladi.
5'
«Valensiya» birinchi marta oldinga bordi. Qanotdan uzatilgan to‘p Valdes uchun o‘lja bo‘ldi.
3'
O‘yinni «Barselona» boshlab berdi. Jamoa maydo markazini egallashga kirishdi.
1'
O‘yin boshlandi. Bugun o‘tgan o‘yinda zaxirada qolgan va kuch to‘plagan Messi asosiy tarkibda maydonga tushgan.
'
O‘yindan oldin stadiondagi muxlislar va futbolchilar bugun olamdan o‘tgan murabbiyi Luis Aragunes xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.
0'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Sizlarni Ispaniya chempionati 22-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Valensiya» jamoalari o‘yinini tomosh qilishga taklif etamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.