Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «E» guruhi, 1-tur. Bosh hakam: Byorn Kuypers (Gollandiya) | ||
ROMAAlessandro Florensi (31)
|
1 : 1 |
BARSELONALuis Suares (21)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Voysex Shchensni (D) 44.Kostas Manolas 03.Lukas Din 02.Antonio Ryudiger 11.Moxamed Salax 20.Seydu Keyta 24.Alessandro Florensi 14.Yago Falke 16.Daniele De Rossi 04.Raja Naynggolan 09.Edin Jeko |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 24.Jeremi MatYE 08.Andres Inyesta 20.Serxi Roberto 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 11.Neymar 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
26.Morgan De Sanktis (D) 13.Maykon 21.Vilyam Vanker 35.Vasilis Torosidis 07.Xuan Iturbe 10.Franchesko Totti 27.Jervinyo |
25.Xordi Masip (D) 21.Adriano 15.Mark Bartra 12.Rafinya 14.Xavyer Maskerano 17.Munir El-Haddodiy 16.Sandro Ramirez |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi! "ROMA" - "BARSELONA" - 1:1! |
| 90+5' | ![]() |
Vuuuuuh! MEssining uzatmasidan keyin Alba darvozabon bilan yuzma-yuz holatda to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va posbonning ustidan to‘pni oshirdi. Himoyachi to‘pni qaytardi! |
| 90+3' | ![]() |
Pikening bosh bilan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi |
| 90+2' | ![]() |
Neymarning jarima maydonchasi ichidan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilayotganida sakrayotgan to‘p uning qo‘liga tegib ketdi. Yaxshi vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 88' | ![]() |
"Roma" qarshi hujumda zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Salohning uzatmasidan keyin Jeko 17 metrdan darvoza tomon to‘pni yo‘naltirdi. Ter Shtegen to‘pni qabul qildi |
| 85' | ![]() |
"Roma"da o‘zgarish: Florensi maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Torosidis tushdi |
| 83' | ![]() |
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albaga uzatma berdi va Xordi to‘pni darvozabon maydonchasiga yo‘naltirdi. To‘pni posbon egalladi |
| 81' | ![]() |
"Roma"da o‘zgarish: Falke o‘rniga Franchesko Iturbe tushdi |
| 80' | ![]() |
Oho! Inyesta jarima maydonchasi ichida Neymar bilan "devor" o‘ynab, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Andresning zarbasini De Sanktis qaytardi |
| 78' | ![]() |
Yago falke chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va noaniq zarba yo‘lladi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuh! Messining zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 77' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 14 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi |
| 76' | ![]() |
Florensi 16 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 75' | ![]() |
Jerar Pike sariq kartochka oldi. Jekoni qo‘li bilan tortib qolgani uchun |
| 72' | ![]() |
Chapdan jarima maydonchasiga kirayotgan Albaga Messi himoyachilar orasida uzatma berdi. Ammo himoyachi to‘pga yeta olmadi |
| 71' | ![]() |
Bugun "Barsa"ning o‘yini juda sekin, xatolar ko‘p. Rimliklar Messini yaxshi qo‘riqlashmoqda |
| 67' | ![]() |
"Roma" qanotdan to‘pni "Barsa" jarima maydonchasiga otib berdi. Maskerano Nainggolanni tortdi va futbolchi yiqildi. Hakam penalti belgilashga qaror qilmadi |
| 65' | ![]() |
"Barselona"da majburiy o‘zgarish: Hozirgina maydonga tushib, 1 daqiqa o‘ynagan Rafinya o‘rniga Maskerano tushirildi |
| 63' | ![]() |
Raja Nainggolan sariq kartochka oldi. Rafinyani ortdan chalib yiqitdi. Rafinya jiddiy jarohat olgan ko‘rinadi. Uni almashtirishmoqchi |
| 62' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda. Ammo himoyani yorib o‘ta olishmayapti |
| 61' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Ivan Rakitich maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Rafinya uchrashuvni davom ettiradi |
| 56' | ![]() |
Neymar chap qanotdan o‘rtaroqqa surildi va Messiga uzatma berdi. Hujumchi jarima maydonchasiga yorib kira olmadi |
| 54' | ![]() |
Neymar maydon markazida to‘pni egalladi va chap tomondan jarima maydonchasiga kirib, narigi tomonda ochilgan Suaresga uzatma berishga harakat qildi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 53' | ![]() |
Suares ofsaydda qoldi |
| 50' | ![]() |
"Roma" posboni Voysex Shchensni barmog‘idan jarohat olib, maydonni tark etdi. O‘yinning qolgan daqiqalarida Morgan De Sanktis darvozani qo‘riqlaydi |
| 47' | ![]() |
"Barsa"da yaxshi imkoniyat. Messining uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvoza oldidagi Suaresga uzatdi. Luis tovoni bilan zarba berishga harakat qildi. Harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 47' | ![]() |
Vuuuh! Neymar o‘z vaqtida jarima maydonchasiga kirayotgan Messiga uzatma berdi. Lionel chap oyoqda zarba berishga ulgurdi. "Roma" posboni zarbani qaytardi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Roma" - "Barselona" - 1:1. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Saloh yana tezlikda mehmonlar himoyachilarini ortda qoldirdi. Misrlik futbolchi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 43' | ![]() |
"Barselona" himoyasining xatosidan so‘ng Nainggolan 20 metrlardan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Ter Shtegen ajoyib seyv namoyish qildi |
| 42' | ![]() |
Messining uzatmasini Florensi egallab olib, oldinga o‘tdi, ammo bu safar olisdan zarba bermadi:) |
| 40' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni uzoq vaqt nazorat qilishdi va Roberto tomon uzatma berildi. Serxi to‘pga yeta olmadi |
| 38' | ![]() |
Messi o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi! Shchensni zarbani qaytardi va himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi |
| 37' | ![]() |
Messiga nisbatan fol ishlatildi. Leoning o‘zi 26 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Chiroyli gol guvohiga aylandik. O‘yinga intriga qaytdi. |
| 31' | ![]() |
GOOOOL! "Barselona" darvozasiga dahshatli gol! Alessandr Florensi o‘ng qanotdan biroz oldinga o‘tdi va Ter Shtegenning oldinga chiqib ketganini ko‘rib, maydon markazidan zarba berdi. To‘p darvozabonning ustidan oshib, to‘rga borib tushdi!!! |
| 28' | ![]() |
Chapdan yuqoridan berilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi |
| 24' | ![]() |
E’tiborga molik vaziyat yuzaga keldi. Suares chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda darvozabonga urilib yiqildi. Luis to‘pni yon tomonga olib qochganidan keyin yiqildi. Ammo hakam na penalti belgiladi, na Suaresga sariq kartochka berdi, vaziyatni simulyasiya deb baholab.... |
| 21' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Rakitich o‘ng qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi bosh bilan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi! |
| 20' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirib bordli, ammo Lukas Dindan o‘tib keta olmadi |
| 17' | ![]() |
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Messini to‘p bilan ta’minladi. Hujumchinig zarbasi yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi |
| 15' | ![]() |
O‘yin nisbatan tenglashdi. Kataloniyaliklar maydonda to‘liq tashabbusga erishishayotgani yo‘q |
| 11' | ![]() |
"Barsa" raqib jarima maydonchasi ichida va atrofida mayda paslar orqali zarbavor vaziyat yaratishga urindi. Ammo yakuniy zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 10' | ![]() |
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pni Suares bosh bilan darvozaga burishga urindi. Zarba aniq bo‘lmadi |
| 9' | ![]() |
"Roma"ning qarshi hujumlari xavfli ko‘rinmoqda. Jeko chap qanotdan oldinga o‘tdi va Saloh tomon uzatma berdi. Matyo to‘pni egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Muhammad Saloh o‘zining o‘ng qanotidan katta tezlikda Albadan o‘tib ketdi. Biroq keyinchalik Jordi unga yetib olib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
Luis Suares ofsaydda qoldi |
| 5' | ![]() |
Rakitichning maydon markazida to‘p uzatishdagi xatosidan so‘ng Saloh to‘pni egallab oldinga bordi. Buskets esa jarima maydonchasi chizig‘i ustida undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuh! Rimliklar o‘z jarima maydonchalari tashqarisida Messiga zarab yo‘llash imkonini berib qo‘ydi. Leo chap oyoqda bergan zarbadan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 3' | ![]() |
Hozircha vaziyat "jim-jit". "Barselona" to‘pni nazorat qila boshladi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Hakamlar va futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. YECHL madhiyasi yangramoqda | |
| ' | ![]() |
"Roma" o‘zining to‘q qizil rangli formasida maydonga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. "Barsa" esa bugun och ko‘k rangli formani tanlagan |
| ' | "Roma" muxlislari o‘yin boshlanishi oldidan kuylashmoqda. Chiroyli | |
| ' | "Barselona" Rimda "Roma" mehmoni bo‘lmoqda. | |
| ' | Chempionlar ligasining bugungi dasturidan o‘rin olgan eng markaziy o‘yinni matnli onlayn translyasiya shaklida e’tiboringizga havola qilamiz | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|