Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

6-tur, 19 sentyabr, soat 16:45. Bosh hakam: Mayk Din

CHELSI

Kurt Zuma (53)
Eden Azar (90+1)

2 : 0

ARSENAL

JAMOALAR TARKIBI
01.Asmir Begovich (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
10.Eden Azar
04.Sesk Fabregas
05.Kurt Zuma
21.Nemanya Matich
08.Oskar
17.Pedro Rodriges
19.Diyego Kosta
  33.Petr Chex (D)
24.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
05.Gabriel Paulista
06.Loran Koselni
16.Aaron Remzi
34.Fransis Koklen
19.Santi Kasorla
11.Mesut O‘zil
17.Aleksis Sanches
14.Teo Uolkott
ZAHIRA
27.Yamal Blekmen (D)
26.Jon Terri
12.Jon Obi Mikel
07.Ramires
36.Ruben Loftus-Chik
09.Radamel Falkao
18.Loik Remi
  13.David Ospina (D)
21.Kalum Chambers
02.Matyo Debyushi
03.Kiran Gibbs
08.Mikel Arteta
15.Aleks
12.Olivye Jiru
QIZIL KARTOCHKA
 
Gabriel Paulista (45+2)
Santi Kasorla (79)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. 19:00dan boshlab "Real" va "Granada" o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishni unutmang
90+6'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mayk Din o‘yinni yakunladi. "Chelsi" - "Arsenal" - 2:0
90+2'
Vuuuh! "Arsenal" darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi! Chap qanotdan havodan yetkazilgan to‘pni Uolkott jarima maydonchasi ichida bosh bilan Remzi yetib keldi va birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p Begovichning ko‘kragiga tegib qaytdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
GOOOL! Eden Azar! 15 metrdan yo‘llangan zarba rekoshet holatida darvoza to‘riga borib tushdi!
88'
Azar yo‘llagan zarbadan so‘ng to‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi
87'
Azar jarima zarbasi ishladi. Kosyelni uni jarima maydonchasi tashqarisida chalib yiqitdi
86'
"Ko‘klar" maydonning o‘zlariga tegishli tomonida to‘pni shunchaki nazorat qilishmoqda
84'
"Arsenal" hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda. "Chelsi" esa ikki kishi ko‘p bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, hisobni ushlab qolish uchun o‘ynamoqda
82'
Mourinyo esa chora ko‘rdi. Uni o‘z vaqtida almashtirishga qaror qildi. Loik Remi o‘yinni davom ettiradi
81'
Diyego Kosta to‘psiz o‘yinda provakasiya qilishda davom etmoqda. Hakam unga nisbatan chora ko‘rmayapti
79'
Ikkinchi chetlatish! "Arsenal"dan! Santi Kasorla to‘p uchun kurashda Fabregasning oyog‘iga tepdi. Natijada ikkinchi "sariq"ni oldi va maydonni tark etdi
77'
Bellerin bergan uzatma uchun Jiru va Zuma kurash olib borishdi. Kurt to‘pni yon tomonga qaytardi. Hujumning davomida Uolkott zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
76'
"Arsenal"da o‘zgarish: Sanches maydonni tark etdi. Olivye Jiru tushdi
74'
Diyego Kosta jarima maydonchasiga kirib bordi va Bellerin bilan to‘qnashuvda yiqildi. Endi hakam unga ishonmaydi...
73'
Mourinyo shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. Ammo bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan raqib darvozasiga yana gol urish haqida o‘ylashmayapti
72'
Kalum Chembers sariq kartochka oldi. Raqib futbolchisi oyog‘i ostiga xavfli tashlandi
69'
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Ramires o‘yinni davom ettiradi
68'
Pedro esa 20 metrdan aniq zarba yo‘llay olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
68'
"Kanonirlar" qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Uolkott yakuniy uzatmani bera olmadi
66'
Oskar mehmonlar jarima maydonchasi ichida markazroqqa uzatma berdi. Kostaning zarbasi himoyachiga tegib, yon tomonga ketdi
65'
Azar! Jarima maydonchasi chizig‘iga yaqinlashdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi
64'
Uolkott jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Zarba darvozaga aniq bormadi
61'
"Chelsi" to‘pni nazorat qilmoqda. Keskin hujum tashkil qilishga shoshilmayapti
60'
Vuuuuh! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatma uchun kurashda Sanches Zumadan ustun keldi va deyarli birga bir vaziyatga chiqdi. Ammo uning zarbasi qovushmadi...
58'
Vuuuh! Azar 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Chex to‘pni mushtlari bilan urib yubordi
57'
Ivanovich o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachining boshidan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Chex egallab oldi
'
53'
GOOOL! Kurt Zuma, 1:0! Jarimadan yetkazilgan uzatmani markaziy himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi!
50'
Burchak to‘pi xavfli ko‘rinish olmadi
49'
Sanches jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi
49'
Ivanovich sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi aylanasi oldida Sanchesni chalib yiqitdi
46'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Kalum Chembers bosh bilan qaytardi. Pedro esa 13 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
46'
"Arsenal"da o‘zgarish bo‘ldi. Markaziy himoyachi Kalum Chembers maydonga tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha 0:0
45+4'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berilgandi. Hozirda uning to‘rtinchi minuti o‘tib bormoqda
45+1'
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Paulista o‘ziga o‘zi qizil kartochka tilab oldi. Sariq kartochka olganidan keyin ham u tinchimadi va ortida turgan Diyego Kostaga oyoq ko‘tardi shekilli. Mazkur "qizil"da "Chelsi" hujumchisining "hissa"si juda katta!
45'
"Arsenal" jarima maydonchasi ichida o‘zaro tortishib ketgani uchun Diyego Kosta va Gabriel Pauslista sariq kartochka bilan jazolandi
43'
Eh, Remzi. Qarshi hujum paytida O‘zil chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirib kelgan Remziga kelib tushdi. Aaron darhol zarba berish o‘rniga negadir himoyachini aldashga harakat qildi va to‘pni yo‘qotdi
39'
Qarshi hujum paytida Uolkott maydon markazida Zumadan o‘tib keta olmadi
38'
Vuh! Diyego Kostaning uzatmasidan keyin Pedro 22 metrlardan zarbani kuchli, ammo noaniq yo‘lladi
37'
Kurt Zuma 35 metrlardan zarba yo‘lladi. Kuchli, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
33'
Qarshi hujumda Azar to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Gabriyeldan o‘tib keta olmadi
32'
Vuuuuh! O‘yindagi eng xavfli vaziyat! Fabregasning uzatmasidan keyin Pedro birga bir vaziyatga chiqdi, to‘p biroz qoib ketgani uchun yarim himoyachi zarba berishga ulgurmadi! Chex to‘pni egallab oldi
19'
Santi Kasorla sariq kartochka oldi. Maydon markazida o‘zida o‘tib ketayotgan Pedroni chalib yiqitdi
29'
O‘zilning aniq uzatma bilan Uolkottni jarima maydonchasiga boshladi. Teo yo‘llagan zarbani Begovich osonlik bilan egalladi
28'
Hozircha tomonlar himoyaada bexato o‘ynashmoqda
26'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi
24'
Digeo Kosta jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Yerdan borgan to‘pni Chex egalladi
23'
To‘p nazorati va hujumlar tashkil qilish bo‘yicha ustunlik "aristokratlar" tomoniga o‘tmoqda.
21'
Koklen maydonda yotgani uchun o‘yin to‘xtatildi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
20'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun Pedro kurash olib bordi, ammo himoyachi undan ustun keldi
17'
"Chelsi" qisqa paslar orqali raqib mudofaasini yorib o‘tishga harakat qildi. Fabregasning so‘nggi uzatmasini himoyachi qaytarib qoldi
16'
Uolkott tomon uzatma bu safar darvozabon maydonchasi ichiga berildi. Hujumchi yana ofsaydda
15'
Mehmon himoyachilari maydon markaziga yaqin joyda to‘pni raqibga oldirib qo‘yishdi. Diyego Kosta jarima maydonchasiga kirayotganida markaziy himoyachi to‘pni undan olib qo‘ydi
13'
O‘zilning uzatmasidan keyin Uolkott ofsaydda qolib ketdi
12'
Aleksis Sanches ikki himoyachi orasidan chiqib ketdi va 24 metrlardan zarba yo‘llashga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz
11'
To‘p nazorat Venger shogirdlari tomonida. Mezbonlar esa to‘pni egallagan zahoti oldinga chiziqdagi Diyego Kostaga yetkazishga harakat qilishmoqda
8'
Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Sanchesni Ivanovich qo‘li bilan tortib yiqitdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
6'
Fabregas tomonidan yo‘llangan zarbani Petr Chex egallab oldi
4'
Xavfli vaziyat. To‘p o‘ng qanotdan oldingi chiziqqa yetkazildi. Uolkott jarima maydonchasiga kirib, Begovichni aldab o‘tdi, ammo to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Teo unga yeta olmadi
3'
Maydon markazida Diyego Kostaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima to‘pi o‘yinga kiritildi va Pedro chap qanotdan uzatma berdi. "Kanonirlar" to‘pni qaytarishdi
2'
Burchakdan to‘p yetkazilganidan keyin Bellerin jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p mezbon himoyachisiga tegib qaytdi
2'
Mehmonlar dastlabki hujumni tashkil qilishdi va burchak to‘pi ishlashdi
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga "Arsenal" futbochlilari kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay
'
Assalomu alaykum, qadlrli futbol muxlislari. APLning 6-tur o‘yinlari boshlanmoqda. Turni "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari o‘zaro bahs bilan boshlab berishadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.