Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

4-tur, 19 sentyabr, soat 19:00

REAL MADRID

Karim Benzema (55)

1 : 0

GRANADA

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
03.Pepe
08.Toni Kroos
22.Isko
19.Luka Modrich
18.Lukas Vaskes
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  13.Andres Fernandes (D)
02.David Lomban
03.Kristiano Biragi
25.Migel Lopesh
12.Doriya
08.Xavi Markes
11.Sakses Ayzek
21.Rene Krxin
17.Edgar Mendes
23.Ruben Rochina
09.Yussef El-Arabiy
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
17.Alvaro Arbeloa
06.Nacho Fernandes
16.Mateo Kovachich
14.Kazemiro
20.Xese
21.Denis Cherishev
  01.Ivan Kelava (D)
22.Dimitri FulkYE
06.Jan-Silven Baben
04.Fran Riko
07.Roberto Ibanyes
16.Tyevi Bifuma
15.Nikolas Lopez

Matn

90+4'
So‘nggi hujumni "Granada" tashkil qildi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Navas osonlik bilan egalladi. Hakamning xushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi. "Real" oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiboringiz uchun rahmat
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
89'
Darvozagacha 25 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini Xavi Markes tepdi. To‘p jonli devorga tegdi
87'
Mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda Doriya Ronalduni yelkasi bilan turtib yiqitdi. To‘pni darvozabon egalladi. Penalti yo‘q
85'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Isko o‘rniga Kazemaro tushdi.
84'
Vuuuuh! Modrich chap qanotdan uzatma berdi. Isko to‘pga yeta olmadi, Fernandes esa to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Cherishev yo‘llagan zarbasi esa olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
80'
El-Arabiy o‘z jarima maydonchasi oldida 3 futbolchini aldashga kirishib ketdi va to‘pni Iskoga oldirdi. Isko jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam penalti bermadi. Himoyachi uning oyog‘iga tepgandi.
80'
Rene Krxinga "sariq". Cherishevni tortib qolgani uchun
77'
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Denis Cherishev tushirildi.
76'
"Granada" hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda
72'
Ronaldu jarimadan yo‘llagan to‘p jonli devorga tegib, yon tomonga ketdi.
67'
"Granada" sardori Edgar Mendes maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Fran Riko tushirildi.
66'
Vuuuuh! Modrichning uzatmasidan keyin Ronaldu deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonidan ketib ketdi.
64'
Vuuuh! Ronaldu olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi! Fernandes qiyinchilik bilan to‘pni ustun yonidan o‘tkazvordi
62'
"Real"da o‘zgarish: Kroos o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi.
60'
"Granada"da o‘zgarish: Sakses o‘rniga Robert Ibanes tushirildi.
59'
Vuuuuuh! El-Arabiy madridliklarning 3 futbolchisi orasidan o‘tib, Navas bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Uning zarbasini Keylor oyog‘i bilan qaytardi!
59'
Kroosning burchakdan yetkazib bergan to‘pini Ronaldu bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Fernandes to‘pni egallab oldi
56'
Mehmonlarning hujumi. Sakses o‘ng qanotdan uzatma berdi. Marselo to‘pni qaytardi
55'
GOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Iskoning uzatmasidan keyin fransiyalik futbolchi bosh bilan yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
52'
Vuuuuh! "Granada" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Yusuf al-Arabiy tovoni bilan uzatma berib, Saksesni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchi to‘pni darvozabonning ustidan tushirishga harakat qildi, ammo zarba noaniq chiqdi.
51'
Karvaxalning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan zarbani o‘ta noaniq yo‘lladi.
47'
"Real" tezkor hujum tashkil qildi. Benzemaning uzatmasidan keyin Isko jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va o‘ng oyog‘iga to‘pni to‘g‘rilab, zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, yon tomonga ketdi
46'
Ronaldu 26 metrdan zarba yo‘lladi. Fernandes osonlik bilan to‘pni qabul qildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Granada" - 0:0.
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Granada" - 0:0.
45'
Benzemaning jarima maydonchasiga bergan uzatmasini Ronaldu darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qabul qilishga harakat qildi, ammo portugaliyalik futbolchi to‘pni to‘xtata olmadi.
43'
"Real" jarima maydonchasi ichida "Granada" futbolchilari son jihatdan ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Ammo ular bundan foydalana olishmadi. Zarba noaniq bo‘ldi.
42'
Isko sariq kartochka oldi. Raqib futbolchisini ochiqchasiga chalib yiqitgani uchun
41'
Ohohoho! Benzemaning uzatmasidan keyin Isko o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va deyarli yakkama-yakka vaziyatda kuchli zarba yo‘lladi! To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
39'
Vuuuuh! Sakses birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Hujumchining zarbasini Keylor Navas oyog‘i bilan qaytardi va keyinchalik to‘pni egallab oldi! "Granada" grandlar xos tarzda xayiqmay o‘ynamoqda.
38'
Vuuuh! Iskoning uzatmasidan keyin Ronaldu zarba berib, darvoza ustunini nishonga oldi! KriRo ofsaydda qolgan ekan...
35'
"Granada" futbolchisi Edgar Mendes sariq kartochka oldi. U Marseloni qo‘li bilan tortib qoldi.
34'
Sakses bu safar o‘z jarima maydonchasi ichida Vaskesning ortida turib yiqitdi. Vaziyatga yaqin turgan hakam xushtak chalmadi
33'
Sakses o‘ng qanotdan "Real"ning ikki himoyachisi orasida o‘tib, jarima maydonchasiga kirayotganida yiqildi. Penalti yo‘q. O‘zi yiqildi
31'
Vuuuuh! Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va vaziyatni poylab, yugurib kelayotgan Modrichga uzatma berdi. Lukaning 12 metrdan yo‘llagan zarbasini Fernandes oyog‘i bilan qaytardi!
28'
Modrichning uzatmasidan keyin Benzema yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. O‘zi zarba bermasdan Isko tomonga uzatma berdi. To‘pni mudofaachilar egallashdi.
27'
Vaskas jarima maydonchasi ichiga Ronalduni boshladi. Krishtianuning uzatmasi himoyachilarga nassb etdi
25'
"Graanada" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Migel Lopesh darvozaga 6 metrdan to‘pni burdi. Navas to‘pni egallab oldi
22'
"Real"da yaxshi vaziyat! Ronaldu olis masofadan jarima zarbasini yo‘lladi. Posbon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga Vaskes yetib keldi va darvoza tomon tepdi. Fernandes bu zarbani oyog‘i bilan qaytardi!
21'
Hakamlar "Granada"ning TOZA golini hisobga olishmadi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani hujumchi 4 metrdan darvozaga joyladi! Ammo laynsmen ofsaydni qayd etishda o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi!
19'
Ohohoho! Ronaldu 500-golga yaqin kelgandi! U birga bir vaziyatga chiqdi va zarba yo‘lladi. To‘pni Fernandes qaytardi. Qaytgan to‘pni Benzema bo‘sh qolgan darvozaga joylay olmadi!
17'
Vuuuh! Sakses jamoadoshi bilan devor o‘ynab, birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborgani uchun vaziyat ko‘kka sovurildi.
17'
Ronaldu jarima maydonchasi ichiga kirdi va himoyachiiga urilib yiqildi. Penaltiga tortadigan vaziyat emas
14'
Isko olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Darvozabon uchun mashg‘ulotdagidek bo‘ldi bu to‘pni egallash
13'
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi Benzema bosh bilan yo‘llagan zarbani Fernandes qiyinchilik bilan egallab oldi
12'
Sakses o‘ng qanotdan oldingi o‘tdi, sheriklariga aniq uzatma bera olganida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ammo "Real" himoyachisi undan to‘pni olib qo‘ydi.
8'
Vuuuh! "Granada" hisobni ochishi mumkin edi! Biragi chap qantdan mezbonlar darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Marselo deyarli chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi! Hujumchilardan biri uni darvozaga yo‘llashi mumkin edi
8'
Vuuuh! "Granada" hisobni ochishi mumkin edi! Biragi chap qantdan mezbonlar darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Marselo deyarli chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi! Hujumchilardan biri uni darvozaga yo‘llashi mumkin edi
7'
Bugun sardorlik vazifasini bajarayotgan Marseloning uzatmasidan keyin Benzema ofsaydda qoldi.
6'
O‘yin ancha xotirjam boshlandi. "Madrid" asta-sekin to‘p nazoratini qo‘lga olib, hujum variantlarini izlamoqda
3'
"Real" oq, "Granada" esa qora rangli formada o‘ynamoqda
1'
O‘yin boshlandi!
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Real" va "Granada" jamoalari maydonga chiqib kelishdi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.