Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

6-tur, 20 sentyabr, soat 20:00

SAUTGEMPTON

Grasiano Pelle (13, 86)

2 : 3

MAN. YUNAYTED

Antoni Marsyal (34, 50)
Xuan Mata (68)
JAMOALAR TARKIBI
22.Marten Stekelenburg (D)
17.Virjil van Deyk
06.Joze Fonte
33.Mett Tarjet
03.Mayya Yoshida
12.Viktor Vanyama
10.Sadio Mane
16.Jeyms Uord-Prous
14.Oriol Romeu
11.Dushan Tadich
19.Grasiano Pelle
  01.David de Xea (D)
17.Deyli Blind
12.Kris Smolling
05.Markos Roxo
36.Matteo Darmian
08.Xuan Mata
28.Morgan Shnayderlen
16.Maykl Kerrik
07.Memfis Depay
10.Ueyn Runi
09.Entoni Marsyal
ZAHIRA
01.Kelvin Devis (D)
02.Sedrik Suaresh
15.Kuko Martina
08.Stiven Devis
09.Jey Rodriges
20.Xuanmi
07.Sheyn Long
  20.Serxio Romero (D)
33.Patrik MakNeyr
21.Ander Errera
25.Antonio Valensiya
27.Maruan Fellayni
18.Eshli Yang
31.Bast

Matn

'
Bugun 23:30dan boshlab "Barselona" - "Levante" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishni unutmang!
'
O‘yin yakunlandi! "Manchester Yunayted" safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi!
90+3'
Vuuuuuh, De Xeaaaa! Vanyama 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi!
90+1'
Mane o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Tadich bosh bilan bergan zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Pelle yana bir marta bosh bilan zarba berdi. To‘p bu safar darvoza ustidan o‘tib ketdi!
86'
GOOOL! Pelle, 2:3! Mane chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Grasiano bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi!
85'
Tadich jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. De Xea to‘pni ushlab qola olmadi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
84'
"Sautgempton" himoyachisi Fontega tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
79'
Jarimadan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
78'
Marsyal shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i yaqinda jarima zarbasi ishladi.
78'
Marsyal shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i yaqinda jarima zarbasi ishladi.
74'
Sadio Mane jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi. Simulyasiya ishlatganga o‘xshadi, penalti yo‘q
73'
Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotgan Marsyalni tortib yiqitgani uchun Varjil van Deyk sariq kartochka oldi
68'
GOOOOOL! Xuan Mata, 1:3! "MYu" mazkur golgacha juda ko‘p uzatmalarni amalga oshirdi. Shvayni uzatmasidan keyin Depay to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va bir himoyachini aldab, kuchli zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Mata esa to‘pni to‘xtatmasdan kuchli zarba bilan to‘rga yo‘lladi!
64'
Depay burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi burchakdagi bayroqcha yonidan maydonni tark etdi
60'
"MYu"da o‘zgarish: Maykl Kerrik o‘rniga Shvaynshtayger tushirildi
59'
Vuuuh! De Xea juda qiyin vaziyatda jamoasini goldan qutqardi! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Joze Fonte bosh bilan darvozaga burdi. Darvozabon to‘sin ostiga kirib ketayotgan to‘pni qiyinchilik bilan zarbani qaytardi
56'
Mezbonlarda yaxshi imkoniyat. Jarimadan yetkazilgan uzatmadan keyin to‘p Pellega kelib tushdi. Hujumchi yon tomonga ochilib, darvozaga oldiga uzatma berayotganida himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
56'
"Sautgempton"da o‘zgarish: Oriol Romeu o‘rniga Stiven Devis tushdi
54'
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Uord-Prous yetkazgan to‘pni De Xea osonlik bilan egallab oldi
53'
Memfis olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
50'
GOOOOL! Antoni Marsyal, 1:2! Himoyachi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U to‘pni juda sekin tarzda darvozabonga uzatishga qaror qildi. Fransiyalik futbolchi to‘pni egalladi va darvozani ishg‘ol qildi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sautgempton" - "Manchester Yunayted" - 1:1. Tanaffus.
42'
Vuuuh! Yana bir zo‘r imkoniyat! Depay bir himoyachini aldab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Shneyderlinning zarbasidan keyin to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
41'
Vuuuuh! "MYu"da ajoyib vaziyat! Marsyalning uzatmasidan keyin Depay jarima maydonchasi ichida bir raqibni aldab o‘tdi, ammo ikkinchisi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. Depay va Mata davrozabon bilan yuzma yuz holatda qolishgandi...
40'
Laynsmen bu safar Marsyalning ofsaydda ekanini qayd etdi
37'
Gol bo‘lgan vaziyatda hakam bayroqchasini ko‘tarish-ko‘tarmaslikni bilmay ikkilanib turdi. Oxir-oqibat ko‘tarmadi
34'
GOOOOOOL! Antoni Marsyal, 1:1! Shvaynshtayger bosh bilan oldingi chiziqqa to‘pni yetkazdi. Ofsaydda bo‘lgan Mata to‘p bilan jarima mayonchasiga kirdi, himoyachi uning oyog‘i ostiga tashlanib, to‘pni biroz yon tomonga tepdi. Marsyal to‘pni qabul qildi, bir himoyachini chiroyli chalg‘itdi va darvozani ishg‘ol qildi!
32'
Manchesterliklar raqib himoyasini yorib o‘tishga qiynalishmoqda
26'
Mezbonlarning hujumi xavfli bo‘ldi. Pellening uzatmasidan keyin Mane o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Yordamga kelgan futbolchi to‘p uchun kurashda ikki nafar himoyachiga urilib yiqildi. Penalti yo‘q
24'
Xuan Mata chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Depay bosh bilan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
20'
O‘yinning tasviri o‘zgarmayapti. Mankunianliklar to‘pni nazorat qilishmoqda, ammo "Sautgempton"ning payt poylab tashkil qilayotgan hujum va qarshi hujumlari xavfliroq ko‘rinmoqda
17'
Antoni Marsyal jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va sakrab turgan to‘pni darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.
16'
Vuuuuuuuh! Grasiano Pelle! Hujumchi jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi!
13'
GOOOOOL! Grasiano Pelle, 1:0! Mezbonlar hujumga o‘tishdi va to‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazildi. Mane yo‘llagan zarbani De Xea qaytardi. Qaytgan to‘pni Pelle o‘ng oyoqda darvozaga joylab qo‘ydi. David bu zarbani qaytarishga ojiz edi!
12'
"Sautgempton"ning navbatdagi hujum mehmonlar uchun taxlikali bo‘ldi. Chap qanotdan Pelle tomonidan yetkazilgan uzatmani Roxo bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
10'
Qarshi hujumda Dushan Tadich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
9'
Lui van Gal shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda, ammo hozircha keskin hujum tashkil qilishganicha yo‘q
6'
Kuman jamoasining ikkita hujumi samarasiz yakunlandi.
3'
O‘yinning boshida manchesterliklar to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Sautgempton" va "Manchester Yunayted" futbolchilari maydonga chiqib kelishdi. Mezbonlar oq-qizil yo‘l-yo‘l, mehmonlar esa qora rangli formada harakat qilishadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! APL o‘yinini biz bilan birga kuzatib borishga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.