Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 4-tur, 20 sentyabr, soat 23:30 | ||
BARSELONABartra (50)
Neymar (56) Lionel Messi (60-pen., 90) |
4 : 1 |
LEVANTEKasadesus (66)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 23.Adriano 06.Dani Alves 14.Xavyer Maskerano 05.Serxio Buskets 04.Ivan Rakitich 11.Neymar 17.Munir El-Haddodiy 10.Lionel Messi 16.Sandro Ramirez |
13.Ruben (D) 19.Pedro Lopes 16.Anxel Truxilyo 24.Zuxar Feddal 12.Xorxe Xuanfran 03.Tonyo 08.Jefeson Lerma 06.Viktor Kamarasa 07.Versa 23.Nabil Gilya 14.Rojer Marti |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Xordi Masip (D) 24.Jeremi Matyo 18.Xordi Alba 28.Jerar Gumbau 08.Andres Inyesta 20.Serxi Roberto 09.Luis Suares |
25.Diyego Marinyo (D) 15.Nikolaos Karabelas 10.Ruben Garsiya 22.Xose Mari 11.Xose Morales 18.Viktor Kasadesus 20.Deyverson |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" mavsumdagi dastlabki yirik g‘alabasini rasmiylashtirdi va jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kataloniyaliklar 100 foizli natija bilan jadvalni boshqarishmoqda. |
| 90+2' | ![]() |
Messi xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi. Neymarning uzatmasidan keyin u zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. |
| 90' | ![]() |
GOOOOL! Lionel Messi, 4:1! Argentinalik futbolchi o‘ng qanotda Bartra uzatma qabul qildi va markaz tomon surilib, 4 himoyachidan o‘tdi va 14 metrdan zarba yo‘llab, olis burchakni aniq nishonga oldi. |
| 85' | ![]() |
"Levante"ning hujumi. Qanotdan yetkazilgan to‘pga hech kim yeta olmadi |
| 83' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. Kataloniyaliklar hujum tashkil qilishga urinib ko‘rishmoqda. |
| 82' | ![]() |
Kasadesus ofsaydda qoldi |
| 80' | ![]() |
"Levante"da o‘zgarish: Kamarasa o‘rniga Ruben Garsiya tushirildi. |
| 79' | ![]() |
Rakitich jarima maydonchasiga kirdi va raqib bilan to‘qnashuvdan keyin yiqildi. Hakam uchinchi marta penalti bermasa kerak. |
| 76' | ![]() |
Deyverson olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi! Ter Shtegen bu safar ajoyib seyv namoyish qildi! |
| 75' | ![]() |
Messidan imkoniyatdan foydalana olmadi! Uning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 74' | ![]() |
"Levante" darvozasiga yana bir penalti! Messi chakp qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. Feddal to‘pni tepib yuborish o‘rniga Leoni qo‘li bilan tortib yiqitdi. |
| 71' | ![]() |
Lerma ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 71' | ![]() |
Mehmonlar goldan keyin faollashib qolishdi. Navbatdagi burchak to‘pini Ter Shtegen ikkinchi urinishda egallab oldi. |
| 68' | ![]() |
"Levante"da o‘zgarish: Marti o‘rniga Deyverson tushirildi |
| 66' | ![]() |
GOOL! Kasadesus, 3:1. Ter Shtegen burchak to‘piga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Hozirgina zaxiradan tushgan futbolchiga to‘p borib tushdi va u bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 64' | ![]() |
Messining chiroyli uzatmasidan keyin Munir darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib, gol urdi. Ammo hakam ofsaydni qayd etdi. |
| 63' | ![]() |
"Levante"da ham o‘zgarish: Gilas o‘rniga Kasadesus tushdi. |
| 62' | ![]() |
"Barselona"da futbolchi almashdi. Buskets o‘rniga Gumbau maydonga tushirildi |
| 60' | ![]() |
GOOOL! Messi 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi. Darvozabon zarba yo‘nalishini topa olmadi. |
| 59' | ![]() |
Hakam "Levante" darvozasiga penalti belgiladi. Truxilyo jarima maydonchasi ichida Neymarni chalib yiqitdi. |
| 56' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 2:0! Alves himoyachilarni aldab o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va olis ustun tomon uzatma berdi. Neymarning yaqin burchakka yo‘llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytadi. Braziliyalik futbolchi takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 53' | ![]() |
Bartra jamoasini xavfli vaziyatdan qutqardi. Viktor Kamarasa yo‘llagan zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi, to‘p maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
Neymar hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi! Messining ideal pasidan keyin braziliyalik futbolchi sakragan holda zarba bermoqchi bo‘ldi. Biroq to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi. |
| 50' | ![]() |
GOOOOL!!! Bartra, 1:0! Bartra maydon markazida to‘pni qabul qildi va Messiga pas berib, o‘zi jarima maydonchasi sari otlandi. Leo biroz pauza qildi va ajoyib uzatma orqali Bartrani to‘p bilan ta’minladi. Himoyachi ko‘kragi bilan qabul qildi va to‘pni yaqin burchakka joyladi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Levante" - 0:0 |
| 45+1' | ![]() |
Messi yaqin burchakni nishonga olishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
"Levante" himoyachisi jarima maydonchasi ostonasida Messini qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Jarima zarbasi. Versa sariq kartochka oldi. |
| 42' | ![]() |
"Barselona" maydonda to‘liq ustunlikka ega bo‘lmoqda, biroq o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmayapti hozircha |
| 40' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaxshi uzatma berdi. Messi havodagi to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi. Ammo uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Busketsning uzatmasidan keyin Neymar zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi. Uning zarbasi Xuanfranning yuziga tegib qaytdi... |
| 36' | ![]() |
Ehhhhh, Sandro! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Ruben to‘pni qaytardi, ammo Sandro Ramires bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylay olmadi! |
| 35' | ![]() |
"Levante"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelayotgandi. Roxer jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Mezbon himoyachilari to‘pni egallab olishdi |
| 30' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Rakitich amalga oshirdi. Bartra bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 28' | ![]() |
Ter Shtegenning ajoyib uzatmasidan keyin kataloniyaliklar ikkiga uch shaklida himoyachilarga qarshi chiqib borishdi. Munir vaziyatni o‘zi hal qilishga qaror qildi va bir himoyachini aldab, zarba yo‘lladi. To‘pni posbon egalladi. |
| 26' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yaxshi yorib kirishdi. Ammo u yerda himoyachilar ko‘pchilikni tashkil qilishdi va xavfni bartaraf etishdi. |
| 25' | ![]() |
Neymar va Messi o‘zaro "devor" o‘ynashdi. Braziliyalik futbolchi darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ruben to‘pni egalladi. |
| 23' | ![]() |
Kataloniyaliklar yana 2 marta jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qilishdi. Mehmonlar to‘pni olib qo‘yishdi |
| 22' | ![]() |
Neymar chap qanotda to‘pni qabul qildi va olis burchak tomon zarba berdi. Noaniq. |
| 20' | ![]() |
"Qurbaqalar" 3 qator bo‘lib (5-3-2) himoyalanishmoqda. |
| 18' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Messining zarbasi xavfli bo‘ldi! Yaqin yuqori burchakka yo‘llangan zarbadan so‘ng to‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib, to‘r ustiga borib tushdi. |
| 16' | ![]() |
"Levante"ning dastlabki jiddiy hujumi. Versa o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ammo hujumchi to‘pga yeta olmadi. |
| 15' | ![]() |
"Levante" darvozasi oldida xavfli vaziyat! Messi bir himoyachidan o‘tdi va darvoza tomon zarba berdi. Zarba yo‘liga Fedal g‘ov bo‘ldi. Leoning yana bir zarbasini darvozabon egallab oldi. |
| 12' | ![]() |
"Levante" to‘pni egallab, qarshi hujum tashkil qilishga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz |
| 11' | ![]() |
"Barselona" o‘z uslubida "Levante" mudofaasini "sochib yubordi" va Munirni darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldirishdi. Ammo Haddodiy ofsaydda deb topildi |
| 9' | ![]() |
"Barselona" bosimni oshirib bormoqda. Ketma-ket burchak to‘plari, jarima maydonchasi ichiga uzatmalar... "Levante" mutlaqo to‘psiz qolmoqda |
| 6' | ![]() |
Messi va Neymar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qildi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatma paytida Lionel ofsaydda qoldi |
| 4' | ![]() |
Sandro Ramires o‘ng qanotda ikki himoyachini aldashga harakat qildi. Burchak to‘pi ishladi |
| 3' | ![]() |
"Barselona" ilk daqiqalardan to‘pni o‘ziga olishi hech kim uchun yangilik emas. Messi chap qanotga diagonal uzatma berdi. Neymarga nisbatan Ruben to‘pga birinchi bo‘lib yetib bordi va uni egalladi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Nisbatan kuchsizroqqa raqibga qarshi o‘yinga kelib, Luis Enrike tarkibda bir nechta o‘yinchini rotasiya qilgan. Jumladan, jarohatdan sog‘aygan Dani Alves asosiy tarkibga kiritildi. Shuningdek, Inyesta, Alba va Suares zaxirada qolib, Adriano, Sandro Ramires va Munir el-Haddodiy boshlang‘ich tarkibdan joy olishdi. | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. "Barselona" va "Levante" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|