Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

5-tur, 23 sentyabr, soat 23:00. Bosh hakam: Undiano Malyenko

SELTA

Nolito (26)
Yago Aspas (30, 56)
Gvidetti (83)

4 : 1

BARSELONA

Neymar (80)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Alvares (D)
20.Serxi Gomes
19.Jonni
02.Ugo Malyo
18.Daniel Vass
22.Gustavo Kabral
06.Nemanya Radoxa
24.Augusto Fernandes
14.Fabian Orelyana
09.Yago Aspas
10.Nolito
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
24.Jeremi Matyo
06.Dani Alves
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
05.Serxio Buskets
20.Serxi Roberto
10.Lionel Messi
11.Neymar
09.Luis Suares
ZAHIRA
26.Nestor Dias (D)
21.Karses Planas
03.Andreu Fontas
17.Levi Madinda
08.Pedro Ernandes
07.Teo Bongonda
11.Yon Gvidetti
  25.Xordi Masip (D)
15.Mark Bartra
02.Duglas
21.Adriano
28.Jerar Gumbau
04.Ivan Rakitich
17.Munir El-Haddodiy
SARIQ KARTOCHKA
 
Serxio Buskets (23)

Matn

90+2'
O‘YIN YAKUNLANDI! "Selta" o‘z maydonida "Barselona"ni tor-mor keltirdi va jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarildi!
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. Messi darvozagacha 24 metrdan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
88'
Vuuuh! Neymardan to‘pni qabul qilgan Messi jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Alvares yana jamoasini qutqarmoqda!
87'
Mezbonlar beshinchi golni urishlari mumkin edi. Ikkiga bir vaziyatda Nolitoga to‘p yetkazilayotganda u ofsaydda qoldi
83'
GOOOOL! Gvidetti, 4:1! O‘ng qanotdang yetkazilgan to‘pni Pike o‘tkazib yubordi. Zaxiradan tushgan futbolchi to‘pni egalladi va xotirjamlik bilan Ter Shtegenni dog‘da qoldirdi!
81'
Ehhh, Munir! Yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Unga hech kim xalal bermayotgandi! Urganidami, intriga qaytardi o‘yinga!
80'
GOOOOL! Neymaaaar, 3:1! HIsob bittaga qisqardi!
78'
Ugo Malyo sariq kartochka oldi
77'
Inyestaning yaxshi uzatmasidan keyin Alves qulay masofadan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
72'
Messi jarima maydonchasi ichida bir himoyachidan o‘tmoqchi bo‘lganida, raqib bir amallab to‘pni qaytarib qoldi. Mezbonlar qarshi hujumda ko‘pchilikni tashkil qilishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi
68'
Mezbonlar futbolchisi Orelyana jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Burchak to‘pi
66'
"Barselona"da o‘zgarish: Buskest o‘rniga Ivan Rakitich tushdi
61'
Vuuuuh! Nolito "Barselona"ni kechirdi! U birga bir vaziyatda yo‘llagan zarbasi olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
60'
Muniiiir! Uning zarbasini Alvares qahramonlarcha qaytardi!
57'
"Barselona"da o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Munir al Haddodiy tushirildi
56'
GOOOOOOL! Yago Aspaaas, 3:0! Birga bir vaziyatga chiqdi va to‘p darvoza ustuniga tegib, to‘rga borib tushdi!
56'
Vuuuh! Neymarning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi! Alvares jamoani goldan qutqardi!
55'
Vuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p biroz yuqoridan o‘tib ketdi
53'
Vuuuuuuh! Messssiii! Inyesta jarima maydonchasiga chap qanotdan kirdi va o‘z vaqtida ochilgan Leoga uzatma berdi. Argentinalik futbolchining zarbasi darvoza ustungi tegib qaytdi!!! Omad "Selta" tomonida bo‘ldi ushbu vaziyatda
51'
Aspas birga bir vaziyatda to‘pni qabul qildi. Laynsmen bayroqchasini ko‘tardi
50'
Vigoliklar hozircha nomdor raqibga erkin hujum tashkil qilishga imkon berishmayapti
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Futbolchilar maydonga qaytishdi
45'
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Hozircha "Selta" - "Barselona" - 2:0! Kutganmidingiz? BIroz dam olamiz
45'
Ugo Malyo jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
40'
Burchak to‘pi ham xavfli bo‘ldi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani darvozaga buradigan futbolchi topilmadi...
40'
Vuuuuh! Inestaning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab va bir himoyachining oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, deyarli birga bir vaziyatga zarba yo‘lladi. Himoyachi to‘p yo‘liga o‘zini tashladi va to‘pni maydon tashqarisiga burdi
38'
Darvozagacha 30 metrlardan belgilangan jarima to‘pini Messi darvoza yaqiniga yetkazdi. Buskets va Pike baravar yiqilishdi. Penalti yo‘q
35'
Vuh! Mezbonlarda yana bir imkoniyat! Nolitoning 8 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
34'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Nolitoga yuqoridan uzatma berildi. Alves bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
33'
Orelyana o‘ng qanotda ikki himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, Pike to‘pni tepib yubordi
31'
Mezbonlarning yana bir hujumi. Futbolchi kataloniyaliklar jarima maydonchasi ichida to‘pni tovoni bilan sherigiga uzatishga harakat qildi. To‘p yo‘qotildi
30'
GOOOOOOL! Yago Aspas, 2:0! Jerar Pike maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi. Aspas birga bir vaziyatga qochib ketdi va Ter Shtegenning ustidan "parashyut" uslubida darvozani ishg‘ol qildi!
26'
GOOOOOL! Nolitooooo, 1:0! Juda chiroyli gol! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma jarima maydonchasining chap tomonida turgan Nolitoga kelib tushdi. Hujumchi to‘pni olis yuqori burchakka shunday aylantirdiki, to‘p ustun tegib, chiziqni kesib o‘tdi! Ajoyib zarba!
24'
"Barselona" qisqa paslar orqali birtepar uslubda yaxshi hujum tashkil qildi. Suares tomon yetkazilgan so‘nggi uzatmani markaziy himoyachi bosh bilan darvozabonga uzatib berdi va xavfni yo‘qqa chiqardi
23'
Buskets sariq kartochka oldi.
22'
Vuuuh! Tezkor qarshi hujum! Inyestaning uzatmasidan keyin Alves o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, to‘pni egalladi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Messiga uzatma berdi. Leo bir himoyachidan o‘tdi va zarba berdi. To‘p boshqa himoyachidan o‘tmadi
19'
Nolitoning uzatmasidan Aspas to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga Pike g‘ov bo‘ldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi
17'
Messi jarima maydonchasiga kirish chog‘ida bir necha raqib himoyachilari orasidan o‘tib keta olmadi
15'
Vuh! Messi nozik pas bilan Neymarning zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqardi. 15 metrlardan yo‘llangan zarbani Alvares oyog‘i bilan qaytardi
14'
O‘yin nazorati "ko‘k-anorranglilar" tomoniga o‘tdi.
11'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi
11'
Vuuh! "Barselona"ning dastlabki hujumi xavfli chiqdi. Inyesta kutilmaganda maydon markazidan boshlab oldinga qarab yurish qildi va jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Messiga uzatma berdi. Leoning chap oyoqda yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga tepib yubordi
10'
Aspas jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni qabul qildi, uning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi
9'
Bugun Maskerano chap qanot himoyasida harakat qilmoqda. Serji Roberto esa markazda jamoadoshlariga yordam bermoqda
7'
Maskerano kutilmaganda raqibni o‘tkazib yubordi va darvozabon maydonchasi oldida turgan Nolito tomon berilgan uzatmani Pike bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. "Barselona" hozircha faqat himoyalanmoqda
5'
Mezbonlar faol o‘ynashmoqda. Bu bilan ular bejizga jadvalning yuqori qismida borishmayotganini isbotlashayotgandek. Eslatib o‘tamiz, "Selta" 4ta turdan keyin 10 ochko jamg‘argan
2'
Oho! Mezbonlar kutilmaganda "sovg‘a"ga ega bo‘lishdi! Ikki nafar futbolchi to‘p bilan "Barsa" jarima maydonchasiga kirib borishdi. Aspas deyarli birga bir vaziyatda zarba berish o‘rniga, qaramasdan turib sherigiga pas berishga qaror qildi. To‘p uzatilgan joyda Nolito yo‘q edi.
1'
Kataloniyaliklar safida Pike bugun maydonga tushdi. U 4ta o‘yindan iborat diskvalifikasiyani o‘tab bo‘ldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Selta" esa och havorangli formada harakat qiladi.
'
Diqqat! "Selta" va "Barselona" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda. Kataloniyaliklar sariq rangli formada maydonga chiqib kelishmoqda. Futbolkada jarohat olgan Rafinyani qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar yozilgan
'
Mazkur onlayn translyasiya sahifamizda "Selta" - "Barselona" o‘yinidan matnli reportajni kuzatib borasiz, bir soatdan keyin esa qo‘shni xonada "Atletik" - "Real" o‘yinidan translyasiya boshlanadi. Hali shu paytgacha "Barsa" va "Real" o‘yinlari ustma-ust tushib qolgan holat bo‘lmagandi. Hechqisi yo‘q, vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz
'
Bugun "Barselona" va "Real" jamoalarini o‘z o‘yinlarini safarda o‘tkazishadi. Kataloniyaliklar Vigoda "Selta" mehmoni bo‘lishsa, madridliklar Bilbaoda "Atletik" bilan kuch sinashishadi. Mazkur o‘yinlar har ikkala grand uchun katta ahamiyatga ega. Ularni oson bo‘lmagan o‘yinlar kutib turibdi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! La liga bahslariga xush kelibsiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.