Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

5-tur, 23 sentyabr, soat 23:59. Bosh hakam: Mateo Laos

ATLETIK BILBAO

Sabin Merino (67)

1 : 2

REAL MADRID

Karim Benzema (20, 70)
JAMOALAR TARKIBI
01.Xorka Iraisos (D)
16.Xabyer Etkseyta
04.Emerik Laport
06.Mikel San-Xose
24.Mikel Balensiaga
10.Oskar de Markos
22.Raul Garsiya
25.Sabin Merino
14.Susayeta
07.Benyat Echebarriya
20.Aris Aduris
  01.Keylor Navas (D)
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
03.Pepe
12.Marselo
16.Mateo Kovachich
19.Luka Modrich
08.Toni Kroos
22.Isko
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
13.Yago Errerin (D)
30.Inigo LekuYE
17.Mikel Riko
05.Xavyer Eraso
18.Karlos Gurpegi
09.Kike Sola
11.Ibai Gomes
  13.Kiko Kasilya (D)
17.Alvaro Arbeloa
06.Nacho Fernandes
14.Kazemiro
18.Lukas Vaskes
20.Xese
21.Denis Cherishev

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" qiyin va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi hamda o‘z ochkolarini 13taga yetkazgan holda, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Selta" 2-o‘rinda.
90+3'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani "Real" markaziy himoyachilar qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Raul Garsiyaga sariq kartochka. U o‘zidan katta tezlikdan o‘tib ketayotgan Ronaldu ochiqchasiga ushlab qoldi
89'
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Mateo Kovachich o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi
88'
Burchak to‘pi paytida mezbonlar fol ishlatishdi
88'
O‘ng qanotdan havodan yetkazilgan uzatmani Aduris bosh bilan darvozaga burdi. Navas to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
84'
Ronaldu maydon markaziga yaqin joyda to‘pni egalladi, oldinga yurdi va jarima maydonchasiga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
82'
Varan jamoasini xavfli vaziyatdan qutqardi. To‘p chap qanotdan madridliklar jarima maydonchasiga uzatilgan paytda mezbon hujumchisi bosh bilan zarba berishga shaylanayotgandi
81'
Ibai Gomes ogohlantirish oldi
80'
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Kazemiro tushirildi
79'
Jarima zarbasi taxlikali bo‘ldi. Raul Garsiya sakrayotgan to‘pga oyoq bilan zarba berayotganida uning oyog‘i Karvaxalning boshiga tegib ketdi
78'
Mehmonlar maydon markazida to‘pni egallab, qarshi hujum tashkil qilishayotganida to‘p Kroosning qo‘liga tegib qoldi. Toniga sariq kartochka ko‘rsatildi
75'
Vuuh! "Atletik" ijrosidagi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. BUrchakdan to‘p yetkazilganidan mehmonlar xavfni bartaraf etishgandek ko‘riingandi, biroq bilbaoliklar to‘pni qabul qilib, Adurisga yetkazishdi. Arisning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasini Keylor qaytardi!
72'
Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Noaniq
72'
"Real"da o‘zgarish: Isko maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Xese tushirildi
70'
GOOOOL! Karim Benzema, 1:2! Isko o‘ng qanotda ochiq hududga ega bo‘ldi va olis ustun tomonda ochilayotgan Karimga uzatma berdi. Benzema yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
67'
GOOOL! Sabin Merinooo, 1:1! Mezbonlar ajoyib qarshi hujum tashkil qilishdi va hujumda keng zonalarga ega bo‘lishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Sabin bosh bilan Navas darvozasiga joyladi! Keylor uchun mavsumdagi dastlabki gol!
66'
Oho! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma jarima maydonchasi ichida turgan Adurisga kelib tushdi. Aris bir himoyachini aldamoqchi bo‘ldi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi
66'
Burchak to‘pini Varan bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
64'
Benyat Echebarriya sariq kartochka oldi
62'
Bilbao xavfli hujum tashkil qildi. To‘p hattoki himoyachilarning qo‘liga tegdi. Berilgan zarbalarni madridliklar qaytarishdi
60'
Yuqoridan yetkazilgan uzatma uchun Ronaldu va himoyachi kurashishdi. Burchak to‘pi emas, darvoza oldidan erkin zarba
58'
Madrid jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatma hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
57'
Pepe sariq kartochka bilan jazolandi.
55'
Bilbaoda yomg‘ir yog‘moqda. Benites shogirdlari himoyaviy o‘yin namoyish qilishmoqda hozircha
53'
"Atletik" darvozagacha 19 metr masofadan erkin to‘pni o‘yinga kiritdi. Mehmonlar zarba yo‘llash imkonini benrishmadi.
52'
Ronalduga sariq kartochka ko‘rsatildi. Hakam bilan tortishgani uchun
51'
Aduris olis masofadan kuchli zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Navas qaytargan to‘pni Marselo bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
49'
Varan to‘pni egallab olib, katta tezlikda oldinga o‘tdi. Benzemaning zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarildi va Iraisos uni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
47'
Ronaldu olis masofadan oldingi chiziqqa uzatma berdi. Benzema to‘pga yeta olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
'
"Barselona" safarda "Selta" yrik hisobda imkoniyatni boy berdi. "Real" bugun g‘alabani saqlab qolsa, jadvalda kataloniyaliklardan yuqoriga o‘tib oladi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" oldinda.
37'
"Real"da yaxshi vaziyat! Isko-Karvaxal-Ronaldu-Kovavich kombinasiyasidan so‘ng xorvatiyalik futbolchining zarbasini darvozabon yuqoriga urib yubordi!
37'
Madridliklar yaxshi himoyalanishmoqda. "Atletik"ning hujumlarini bartaraf etishmoqda
31'
Bilbaoliklarda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Raul Garsiya yo‘llagan zarba yo‘liga Pepe g‘ov bo‘ldi
26'
Isko o‘ng qanotdan uzatma berdi. Marselo to‘pga yetib bordi, ammo uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
20'
GOOL! Karim Benzema, 0:1! "Atletik" o‘z darvozasiga yo‘q joydan gol olib keldi. Himoyachi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan ortga - o‘z posboni pas berdi. To‘pga Karim yetib oldi va darvozani ishg‘ol qildi!
17'
Vuuuh, mezbon hujumchilari raqib jarima maydonchasi ichida bir birlari bilan to‘pni talashib qolishdi, aks holda gol urish uchun yaxshi imkoniyat edi!
15'
Bilbaoda hozircha hisob ochilmadi. Kichik ustunlik madridliklar tomonida. Bilbao himoyachda mustahkam o‘ynamoqda
7'
Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Burchak to‘pi ishlandi. Burchak to‘pidan keyin Varan noaniq zarba yo‘lladi
4'
Mehmonlarda yaxshi imkoniyat. Ronaldu to‘pni egallab chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va havodan uzatma berdi. To‘p Isko zarba berishi uchun qulay holatga borayotgandi, biroq Benzema bir amallab to‘p bo‘yin cho‘zdi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
3'
Bilbaoliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Biroq hujumda fol qayd etishdi
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Real" oq rangli formada o‘ynaydi. Mezbonlar esa oq-qizil rangli formani tanrlashgan.
'
"Selta" - "Barselona" o‘yinida birinchi bo‘limdan so‘ng mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishmoqda. Bundan xabaringiz bor albatta. Mazkur natija madridliklarning ruhiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatar ekan. Ko‘ramiz
'
Qadrli ispan futboli ishqibozlari. "Atletik" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.