Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

7-tur, 26 sentyabr, soat 16:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg

TOTTENXEM

Erik Dayer (45)
Tobi Alderveyreld (50)
Harri Keyn (61)
Erik Lamela (79)

4 : 1

MANCHESTER SITI

Kevin de Bryuyne (25)
JAMOALAR TARKIBI
01.Ugo Lyoris (D)
02.Kayl Uoker
04.Tobi Alderveyreld
15.Erik Dayer
33.Ben Devis
05.Yan Vertongen
20.Del Alli
23.Kristian Eriksen
11.Erik Lamela
07.Xen-Min Son
10.Gerri Keyn
  13.Vilfredo Kabalyero (D)
26.Martin Demichelis
11.Aleksandr Kolarov
03.Bakari Sanya
30.Nikolas Otamendi
07.Rahim Sterling
17.Kevin de Bryuyn
06.Fernando
25.Fernandinyo
42.Yaya Ture
10.Serxio Aguero
ZAHIRA
13.Mishel Vorm (D)
16.Kiran Trippyer
03.Denni Rouz
28.Tom Kerrol
17.Andros Taunsend
22.Nosir Shodli
14.Klinton Njiye
  01.Jo Xart (D)
04.Vensan Kompani
05.Pablo Sabaleta
08.Samir Nasri
15.Xesus Navas
62.Brendon Berker
27.Patrik Roberts

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. APL peshqadami ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Pellegrini shogirdlari bugun o‘yinda ustunlikka erishdi, ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi, ammo golni faqat "Tottenxem" urdi. Albatta, hakamlar mezbonlarning ikkita golida yaqqol ofsaydni qayd etishmadi.
90+4'
Harri Keyn sariq kartochka oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
88'
De Bryuyne jarima maydonchasi burchagida belgilangan jarima zarbasini tepdi. Ugo Lyoris to‘pni qaytardi
85'
"Siti"da o‘zgarish: Aguero o‘rniga Patrik Roberts
81'
Chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini Kolarov darvoza yaqiniga yetkazdi. To‘p barcha futbolchilardan o‘tib, Navasga kelib tushdi. Xesusning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
79'
GOOL! Erik Lamela, 4:1! Njiye o‘ng qanotdan uzatma berdi va Lamela birga bir vaziyatga chiqdi. U darvozabonni aldab o‘tib, keyin darvozani ishg‘ol qildi!
73'
Son Xyong Min darvozani ishg‘ol qildi, biroq ofsaydda qolgan ekan
73'
Oho! Keyn chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasi oldida yolg‘iz ochilayotgan Lamelaga uzatma berdi. Erik uzatmaga biroz yeta olmadi
70'
Vuuuh! Burchak to‘pidan mezbonlar to‘pni qaytarishdi. "Shaharliklar" takroriy hujum tashkil qilishdi. Navas o‘ng qanotdan bergan uzatmani jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Rahimga kelib tushdi. U bir himoyachini aldab, zarba berdi. To‘p ustundan bir metr masofa naridan o‘tib ketdi
69'
Navas kutilmaganda o‘ng qanotdan o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. Lyoris to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi. Burchak to‘pi
67'
"Tottenxem"da o‘zgarish: Kristian Eriksen o‘rniga Nosir Shodli tushdi
65'
Eriksen sariq kartochka oldi.
61'
GOOOOOL! Harri Keyn, 3:1! Eriksen darvozagacha 25 metrdan belgilangan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joyga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Keyn bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi. Darvoqe, jarima zarbasi berilayotganida Harri ofsaydda turgan ekan...
59'
Erik Dayer sariq kartochka oldi
59'
Rahim Sterling jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Lyoris to‘pni egallab oldi
56'
Erik Lamela sariq kartochka oldi.
55'
"Manchester Siti"da futbolchi almashmoqda: Yaya Ture o‘rniga Xesus Navas tushirildi
50'
GOOOOOL! Tobi Alderveyreld, 2:1! O‘ng qanotda belgilangan jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joylaydi. Kabalyero to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Tottenxem" - "Manchester Siti" - 1:1! Tanaffus
45'
GOOOOL! Erik Dayer, 1:1! Gol bilan yakunlangan kombinasiyada qanot hakami bir metrli ofsaydni ko‘rmay qoldi. Natijada Uoker jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Son Xyong Min birga bir vaziyatda yo‘llagan zarbani Kabalyero ko‘kragi bilan qaytardi. De Bryuyne to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga qaytardi. Erik Deyer to‘xtatmasdan zarba berdi va to‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi
44'
"Siti" yaxshi vaziyat! Sterling jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va chap tomondan ichkariga kirgan Kolarovga uzatma berdi. Aleksandrning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi
43'
Kolarov o‘yinga kiritgan burchak to‘pini Otamendi bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.
41'
Londonliklarda ajoyib imkoniyat! Erik Lamela jarima maydonchasi tashqarisida zarba yo‘llashga ulgurmadi va to‘pni Keynga berdi. Harri chap oyoqda zarba berdi. Kamalyero bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlan bartaraf etishdi
38'
Aguero ofsaydda qoldi
35'
Erik Lamelada yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan yerlatib yetkazilgan to‘p Lamelaga keldi. U to‘xtatmasdan yo‘llagan zarba osmonu falakka ravon bo‘ldi
34'
Keyn jarima maydonchasiga chap qanotdan kirdi va darvoz yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi uzatma qaytardi
32'
Vuuuuuh! Otamendi o‘ziga kelgan to‘pni tepib yubora olmadi va Keyn jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
27'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma Sterlingga kelib tushdi. Rahim zarba berish uchun to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘irlob oldi va zarba berdi. Lyoris qiyinchilik bilan zarbani qaytardi
25'
GOOOL! Kevin de Bryuyne, 0:1! Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritigan paytda "Siti" to‘pni egallab oldi va qarshi hujumga o‘tdi. Ture de Bryuyneni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Kevin aniq zarba bilan hisobni ochdi. Takroriy lavhada belgiyalik futbolchida kichik ofsaydda bordek ko‘rindi.
20'
De Bryuyne o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Sanyaga uzatma berdi. Bakari 11 metrli nuqta atrofidagi Agueroni to‘p bilan ta’minladi. Biroq hujumchining zarbasi qovushmadi
18'
Mehmonlar darvozaboni maydon markaziga tepib bergan to‘pni Farnando egalladi va uni tezda Aguero tomon yetkazdi. Serxio jarima maydonchasi ostonasida zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Lyoris seyv orqali to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
17'
Tomonlar hozircha nisbatan yopiq o‘yin namoyish qilishmoqda. Golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelmayapti
15'
De Bryuynening o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasini qabul qilgan Ture darvozagacha 19 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
11'
Mezbonlarda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Lamela jarima maydonchasi ichida qabul qildi va bir himoyachini aldab o‘tmoqchi bo‘lganida, to‘p "Siti" futbolchisining oyog‘idan maydonni tark etdi
9'
Kevin de Boyuyne olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p ustun yaqinidan o‘tib ketdi
8'
Sterling chap qanotdan darvozaga oldiga uzatma berdi. Lyoris to‘pga ega chiqdi
6'
Ugo Lyoris to‘pni himoyachilarga yetkazish chog‘hida xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p Sterlingga bordi. Biroq Rahim to‘pni qo‘li bilan to‘xtatgani uchun o‘yin to‘xtatildi
4'
"Tottenxem"ning ikki futbolchisi darvozabon qarshisida yolg‘iz qolishdi. Ofsayd
2'
"Siti" burchak to‘pini qo‘lga kiritdi va uni de Bryuyne o‘yinga kiritib berdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Dam olish kunlarida Yevroa chempionatlarining markaziy o‘yinlaridan matnli onlayn translyasiyamizni boshlaymiz. Dastlab diqqat markazimizda Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida "Tottenxem" - "Manchester Siti" bahsi bo‘ladi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.