| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 6-tur, 26 sentyabr, soat 19:00. Bosh hakam: De Burgos Benkoetchea | ||
BARSELONALuis Suares (25, 55)
|
2 : 1 |
LAS-PALMASXonatan Viyera (88)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 21.Adriano 03.Jerar Pike 04.Ivan Rakitich 20.Serxi Roberto 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
13.Xavi Varas (D) 17.Pedro Bigas 23.Dani Kastellyano 02.David Simon 03.Antolin Alkaraz 16.Aytami Artiles 12.Vakaso Mubarak 15.Roki Mesa 14.Xernan 10.Serxio Arujo 20.Xonatan Viyera |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Xordi Masip (D) 06.Dani Alves 24.Jeremi Matyo 08.Andres Inyesta 28.Jerar Gumbau 16.Sandro Ramirez 17.Munir El-Haddodiy |
01.Raul Lizoain (D) 05.David Garsiya 25.Nabil El-Jar 21.Xuan Valeron 19.Emmanuel Kulio 07.Nauzet Aleman 08.Villian Xose |
|
Matn
| ' | ![]() |
Toshkent vaqti bilan soat 21:15da "Real" - "Malaga" uchrashuvi boshlanadi. O‘yindan matnli translyasiyani o‘tkazib yubormang |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Las-Palmas" - 2:1. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Ohohohoo! Neymar chap qanotdan futbolchilardan qochib ketdi va Sandro Ramiresni birga bir vaziyatga chiqardi. Uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.... Unga hech kim xalal bermayotgandi! |
| 88' | ![]() |
GOOOOL! Xonatan Viyera, 2:1! Mehmonlar Maskeranodan to‘pni o‘g‘irlab qo‘yishdi. Viyera jarima maydonchasi ichida zarab yo‘lladi. To‘p Pikega tegib, rekoshet holatida darvoza to‘riga borib tushdi! |
| 85' | ![]() |
Neymar bir necha himoyachilar orasidan o‘tib ketayotganida uni chalib yiqitishdi. Jarima zarbasini Suares yo‘llashga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 83' | ![]() |
Maskerano olis masofadan Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik futbolchi bir himoyachini aldab, 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egalladi. |
| 82' | ![]() |
Vuuuh! Maskerano olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Darvoza burchagiga borayotgan to‘pni "Las-Palmas" darvozaboni maydon tashqarisiga urib yubordi. |
| 80' | ![]() |
Munir al-Haddodiy maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Sandro Ramires tushdi. |
| 79' | ![]() |
Vuuuuh! Munir aniq pas bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Darvozabon oldinga chiqib, to‘pni tepib yubordi. Serji Roberto esa bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi. |
| 78' | ![]() |
Xonatan Viyera jarima zarbasini ijro etdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
Ehhhh, Suares! Rakitichning uzatmasidan keyin birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Urugvaylik futbolchining zarabsini Varas nafaqat qaytardi, balki uni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Haddodiy o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldida turgan Suaresga pas berdi. Luis to‘pga yeta olmadi. |
| 71' | ![]() |
Neymar-Suares-Neymar kombinasiyasidan keyin braziliyalik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Bu zarba ham darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
David Simon birga bir vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasiga kira solib zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 69' | ![]() |
Munir Rakitich bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo o‘zi to‘pni jamoadoshiga aniq qaytara olmadi |
| 68' | ![]() |
"Las-Palmas"da 2ta o‘zgarish bo‘ldi |
| 67' | ![]() |
O‘o‘o‘o‘o‘o‘, Neymar! Kuchli yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi! Hisob o‘zgarmay qoldi - 2:0 |
| 66' | ![]() |
Penalti! "Las-Palmas" darvozasiga. Suares jarima maydonchasi ichida Alkarazni aldab o‘tayotganida, himoyachi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Alkarazga sariq kartochka |
| 63' | ![]() |
Neymaaar! U tezlik namoyish qilib, bir himoyachi ta’qibi ostida o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni Rakitich egalladi, ammo sheriklariga aniq pas bera olmadi. |
| 62' | ![]() |
Suaresning nozik uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Himoyachi so‘nggi pallada "podkat" orqali to‘pni qaytarib yubordi |
| 58' | ![]() |
Muborak Vakasso ogohlantirish oldi. Undan avvalroq esa mehmon futbolchisining jarima maydonchasi ichidan yo‘llagan zarbasini ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi |
| 56' | ![]() |
David Simon sariq kartochka oldi |
| 54' | ![]() |
GOOOOOL! Munir o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va Buskestga uzatma berdi. U to‘pning ustidan sakrab o‘tib ketdi va to‘pni egallagan Suares kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! Dubl |
| 52' | ![]() |
Robertoning uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida qabul qilishda texnik xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p undan uzoqlashib ketdi |
| 50' | ![]() |
Munir jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo ofsaydda qolgani uchun golli vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 48' | ![]() |
"Barselona" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. To‘pni mezbonlar egallashdi, biroq Bartra ofsaydda qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Las-Palmas" - 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Neymar-Suares-Rakitich uzmatmasidan keyin ivan jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Aniq emas |
| 41' | ![]() |
Vuuuuh! "Las-Palmas" futbolchilar qarshi hujumda yuqori tezlik ko‘rsatishdi. Viyera jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 38' | ![]() |
"Barselona" qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib borishga harakat qilmoqda. Mehmonlar esa qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Hujumchi sheriklariga aniq pas bera olmadi |
| 36' | ![]() |
"Las-Palmas" futbolchisi kutilmaganda olis masofadan aniq va kuchli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni darvoza tepasiga urib yubordi. |
| 33' | ![]() |
Eh, Neymar! Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasida ochilgan Neymarga uzatma berdi. To‘p biroz yuqoridan borgani uchun braziliyalik hujumchi darvozaga munosib zarba bera olmadi. Tzp darvoza yonidan o‘tib ketdi. |
| 32' | ![]() |
Munirda ikkita yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Har ikkala safar unga to‘pni Rakitich o‘ng qanotdan yetkazdi. Birinchisida u to‘pni to‘xtata olmagan bo‘lsa, ikkinchisida Haddodiy zarba berish chog‘ida himoyachiga zarba berib yubordi |
| 31' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilib, yangi hujum uchun variantlar qidirishmoqda |
| 25' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 1:0! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani urugvaylik hujumchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 25' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 1:0! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani urugvaylik hujumchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 23' | ![]() |
Xonatan Viyera ofsaydda qoldi |
| 21' | ![]() |
Darvoza tomon dastlabki aniq zarbani "Las-Palmas" futbolchisi berdi. Bravo zarbani egallab oldi |
| 20' | ![]() |
To‘a ustunlik maydon egalari tomonida. Ular ketma-ket hujum tashkil qilishmoqda. Hal qiluvchi uzatmaga aniqlik yetishmayapti |
| 18' | ![]() |
Serji Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichida ochilgan Munirga uzatma berdi. U bir himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 15' | ![]() |
"Barselona" ikkita yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Suares o‘z vaqtida Rakitichga uzatma bermadi. To‘p Ivanga yetib borganda esa zarba berishga ulgurmadi |
| 13' | ![]() |
Maskeranoning uzatmasidan keyin Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonda ochilayotgan Neymar tomon uzatma berdi. Pas unchalik aniq bo‘lmadi, to‘p maydonni tark etdi |
| 11' | ![]() |
Neymar chap qanotda bir necha himoyachilarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va Rakitichga uzatma berdi. Ivan o‘z vaqtida zarba bera olmadi va to‘pni yo‘qotdi |
| 10' | ![]() |
Messi o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi. Munir al-Haddodiy maydonga tushirildi |
| 5' | ![]() |
Zarba berayotgan paytda oyog‘i qayrilib ketgan Messiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. U maydonga qaytdi |
| 3' | ![]() |
Vuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmasdan keyin Messi bir himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, yakkama-yaka vaziyatda zarba berdi. Himoyachi to‘p yo‘liga oyoq qo‘ydi, to‘p uchun kurashga Suares qo‘shildi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 2' | ![]() |
Mezbolar to‘pni nazorat qilishmoqda. Bugun ular o‘yinni cho‘zib o‘tirmasdan raqib darvozasini tezroq ishg‘ol qilishga harakat qilishsa kerak. Tezkor gol kataloniyaliklarning o‘ziga bo‘lgan ishoshnchini oshiradi. Bu juda muhim |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘p kataloniyaliklar o‘yinga kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Bugun asosiy tarkibda Inyesta yo‘q. Shu bois sardorlik bog‘ichi Messining bilagiga taqilgan |
| ' | "Barsa" ko‘k-anorrang, "Las-Palmas" esa sariq rangli formada harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! Asta-sekin La ligaga o‘tamiz. Bugun "Barselona" o‘z maydonida "Las-Palmas"ni qabul qilmoqda. O‘yindan matnli translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|