Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

6-tur, 26 sentyabr, soat 21:15

REAL MADRID

0 : 0

MALAGA

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
06.Nacho Fernandes
12.Marselo
19.Luka Modrich
22.Isko
08.Toni Kroos
09.Karim Benzema
20.Xese
07.Krishtianu Ronaldu
  01.Karlos Kameni (D)
03.Veligton
15.Markos Angeleri
18.Roberto Rosales
23.Migel Torres
12.Fernando Tissone
14.Recio
07.Xuan Karlos
31.Pablo Fornals
22.Adnan Tigaduini
11.Nuriddin Amrabat
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
17.Alvaro Arbeloa
18.Lukas Vaskes
28.Markos Lyorente
14.Kazemiro
16.Mateo Kovachich
21.Denis Cherishev
  13.Gilyermo Ochoa (D)
02.Sharles Suini (D)
28.Yunpi Anor
17.Duda
10.Rikardo Orta
20.Duye Chop
09.Charlz

Matn

'
O‘tgan turda peshqadamlikni qo‘lga olgan "Real" bu turdan keyin 2-3 pog‘ona pastga tushadigan bo‘ldi
90+5'
O‘yin yakunlandi! "Malaga" Madriddan 1 ochko bilan qaytmoqda, "Madrid"ni 2 ochkodan mahrum qilmoqda.
90+4'
Vuuuuuuh! Ronalduuuuu! O‘yin taqdirini hal qilishi mumkin edi! Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Krishtianu 4 metrdan bosh bilan zarba berib, to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi! Ehhhh
90+1'
"Malaga" futbolchisi "Real" jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida darvozaga kirib ketishiga sal qoldi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Isko ofsaydda qoldi deb topildi. Aks holda mezbonlar darvozani ishg‘ol qilishgandi.
89'
Daniel Karvaxal sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
86'
Vuuuh! Kamchilikda o‘ynayotgan "Malaga" qarshi hujumga o‘tdi va xavfli vaziyat sodir qildi. Mezbonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarish orqali xavfni bartaraf etishdi. Burchak to‘pi
83'
Ohohohoo! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Kameni yon tomonga urib yubordi va Xese to‘pni egallab olis ustun tomon uzatma berdi. Isko to‘pga yetib, darvozabon maydonchasiga qaytardi. Himoyachi Ronalduga nisbatan chaqqonroq o‘ynadi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
80'
"Malaga"da o‘zgarish: Fornals o‘rniga Rikardo Orta tushirildi.
77'
Chetlatish! Butun o‘yin davomida "Real" himoyachilarini qiynab kelayotgan Nuriddin Amrabat maydondan chetlatildi. U maydon markazida tirsagi bilan Marseloning yuzidan urdi.
76'
Vuuuuuh! Dahshaaaaat! "Real" futbolchilari ketma-ket zarba berishdi. Iskoning uzatmasidan keyin Kameni qo‘ltig‘i ostidan o‘tkazvordi, Veligton chiziq ustidan qaytarib yubordi!
76'
"Malaga" qarshi hujumda yaxshi imkonyatga ega bo‘layotgandi, ammo uzatma noaniq bo‘lgani uchun mezbonlar to‘pni egallashdi
71'
Vuuuuh! Omad bu safar "Madri" tomonida bo‘ldi. Nuriddin Amrabat jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni Varan qaytardi. Nuriddinning o‘zi to‘pni qayta egalladi, Marseloni chalg‘itdi va 12 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
71'
Vuh! Modrichning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema 11 metrli nuqta ustida to‘pni qabul qildi va bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Kameni to‘pni egallab oldi.
70'
"Malaga"da o‘zgarish: Tagiduini o‘rniga Yunpi Anor tushirildi
65'
"Real"dan yana bir hujum! Karvaxal o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ronaldu bosh bilan aniq zarba bera olmadi! Keyngi hujum paytida Krishtianu jarima maydonchasining o‘ng tomonidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan tegdi.
63'
Vuuuuh! Modrich jarima maydonchasida ochilgan Benzemaga uzatma berib, qayta qabul qilib oldi va oyog‘ining uchida zarba berdi. Kameni yaqin burchakka yo‘l olayotgan to‘pni egallab oldi.
61'
Avvalgi vaziyatda Xese jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi.
59'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Qaytgan to‘pni Xese jarima maydonchasi ichida darvoza tomon tepdi. To‘p yerga urilib, so‘ng shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi.
58'
Vuuuuh! Ronalduga omad yetishmayapti! Iskoning uzatmasidan keyin Krishtianu olis ustun yonida to‘pga bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachining boshiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi!
57'
"Malaga" burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan yo‘llangan zarba yuqoridan o‘tib ketdi
56'
Vuuh! Ronaldu va Benzema o‘zaro "devor" o‘ynashdi va Karim 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Kameni to‘pni egalladi.
55'
Ohohoho! "Malaga" navbatdagi hujum paytida "Real" jarima maydonchasi ichida mezbonlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qildi. Markaziy himoyachilar mehmonlar tomonidan berilgan bir nechta zarbalarni qaytarishdi!
52'
Nacho Fernandes sariq kartochka bilan jazolandi. U o‘zidan qochib ketayotgan Amrabatni chalib yiqitdi.
50'
Ronalduda yana bir imkoniyat! U jarima maydonchasi ichida chaproqqa qochdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. Noaniq.
49'
Vuuuuuh! Jarimadan yo‘llangan zarbadan so‘ng yuqori burchakka kirayotgan to‘pni Navas qaytardi! Qoyil, Keylor!
48'
Varan sariq kartochka oldi. Jarima maydonchasi tashqarisida Tigaduinini yiqitgani uchun
46'
Isko tomonidan yetkazilgan to‘pni Kameni egallab oldi. U bugun darvozabon maydonchasi atrofida Ronalduga imkon qoldirmayapti.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Malaga" - 0:0. Tanaffus.
45'
Vuuuuuuh! Marseloning uzatmasidan keyin darvozabon maydonchasi burchagida Isko to‘pga oyoq cho‘zdi. To‘p darvozabonning yonidan o‘tdi, ammo olis ustundan santimetrlar masofadan o‘tib ketdi. Ronaldu ham to‘pni kuzatishdan boshqa iloji yo‘q edi.
45'
Vuuuuuuh! Marseloning uzatmasidan keyin darvozabon maydonchasi burchagida Isko to‘pga oyoq cho‘zdi. To‘p darvozabonning yonidan o‘tdi, ammo olis ustundan santimetrlar masofadan o‘tib ketdi. Ronaldu ham to‘pni kuzatishdan boshqa iloji yo‘q edi.
44'
Vuuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Ronaldu jarima maydonchasiga burchagidan yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Zarba darvozaga aniq bormadi
42'
Amrabat o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Xuan Karlos to‘pga yeta olmadi va Navas bilan to‘qnashib ketdi.
39'
Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kuchli uzatma berdi. To‘p Krishtianuning boshidan darvoza ustidan o‘tib ketdi.
35'
"Madrid" qarshi hujumda Ronalduni to‘p bilan ta’minladi. Portugaliyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Kameni zarbani qaytardi.
33'
"Malaga" posboni Karlos Kameniga ikki marta qoyil! Xesa jarima maydonchasiga chap qanotdan kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. Kameni qaytardi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Xese deyarli o‘sha nuqtadan darvoza tomon tepdi. Karlos yana qaytardi.
31'
Vuh! Amrabat mezbonlarning bir necha nafar futbolchilarini chalg‘itib olis ustun tomon uzatma berdi. Xuan Karlos to‘pga yetib bordi, ammo darvozaga aniq zarba bera olmadi!
31'
"Real" maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tdi. Ronalduning o‘ng qanotdan uzatmasini Isko jarima maydonchasi ichida qabul qildi va Benzemaga uzatma berdi. Karim ofsaydda qoldi
30'
Karvaxalning uzatmasidan keyin to‘p Ronalduning boshiga keldi, ammo u to‘pni darvozaga bura olmadi
27'
"Malaga" futbolchisi Migel Torres sariq kartochka oldi. Varanga nisbatan qo‘ol o‘ynagani uchun
24'
To‘p nazorati madridliklar tomonida. Ular qanotlar orqali harakat qilishmoqda. "Malaga" ham himoyaga yotayotgani yo‘q. Imkon bo‘lganda oldinga o‘tishmoqda. Hozircha xavfli vaziyat sodir bo‘lmayapti
19'
Ronalduning jarima maydonchasi burchagidan yo‘llagan zarbasi himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kameni egallab oldi
16'
"Malaga" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Varanning boshidan narigi qanotga o‘tib ketdi
13'
Isko bir himoyachini chalg‘itdi va darvozabon maydoni burchagidan kuchli, amo noaniq zarba yo‘lladi. Isko ochiq turgan Ronalduga pas bersa ham bo‘lardi. Qizg‘onchiqlik qildi
10'
Marselo o‘z qanotdan jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Ronaldu 10 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.
8'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ronaldu bosh bilan darvozaga joyladi. Biroq portugaliyalik futbolchi ofsaydda qolgandi. Hakamlar adashishmadi.
7'
"Malaga" burchak to‘pidan keyin hisobni ochishi mumikin edi. Veligton bosh bilan yo‘llagan zarbani Navas chiziq ustidan qaytardi.
6'
Vuuuh! Dastlabki xavfli vaziyat! Marselo chap qanotda 3 himoyachi orasidan o‘tib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu to‘pga oyoq qo‘ydi, to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
5'
Modrich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. HImoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi. Ronaldu biroz kech qoldi
3'
Karim Benzema bir amallab to‘pni maydonda olib qoldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
2'
"Real" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Amrabat yeta olmadi
1'
"Malaga" to‘q ko‘k, mezbonlar esa oq rangli formadan harakat qilishmoqda
1'
"Real" va "Malaga" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.