Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

2-tur, 29 sentyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

BARSELONA

Serxi Roberto (80)
Luis Suares (82)

2 : 1

BAYER

Papadopulos (22)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
24.Jeremi Matyo
06.Dani Alves
04.Ivan Rakitich
14.Xavyer Maskerano
08.Andres Inyesta
05.Serxio Buskets
09.Luis Suares
11.Neymar
16.Sandro Ramirez
  01.Bernd Leno (D)
04.Jonatan Tax
18.Vendel
26.Julio Donati
05.Kiryakos Papadopulos
08.Lars Bender
23.Kristof Kramer
44.Kevin Kampl
10.Xakan Chalxanoglu
07.Xavyer Ernandes
38.Karim Bellarabi
ZAHIRA
25.Xordi Masip (D)
15.Mark Bartra
18.Xordi Alba
02.Duglas
28.Jerar Gumbau
20.Serxi Roberto
17.Munir el-Haddodiy
  25.Dario Kreshich (D)
17.Sebastyan Benish
02.Andre Ramalyo
19.Julian Brandt
13.Roberto Xilbert
14.Admir Mehmediy
11.Shtefan Kissling

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Bayer" - 2:1. Kataloniyaliklar 4 ochko bilan guruh peshqadamligini o‘z qo‘llariga olishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
85'
Suares-Neymar-Haddodiy kombinasiyasidan keyin Munir "parashyut" uslubida zarba berishga qaror qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
82'
GOOOOL! Luis Suareees, 2:1! Munir o‘ng qanotdan ikki himoyachidan o‘tib ketdi va urugvaylik hujumchiga uzatma berdi. Luis kuchli zarba bilan to‘pni "Baver" darvozasi yuqori burchagiga "mixladi"!
80'
GOOOOOOL! Serxi Roberto, 1:1! Mezbonlar nihoyat raqib mudofaasini yorib o‘tishdi. Albaning uzatmasini Munir darvoza tomon burdi. Leno to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va Roberto darvozani ishg‘ol qildi!
76'
Ehhh, Neymar! JArima maydonchasi ichida muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. To‘p uning oyog‘iga "o‘tirmadi".
76'
"Bayer"da o‘zgarish: Donati o‘rniga Robert Xilbert tushdi
75'
Xordi Albaga sariq kartochka berildi
72'
"Barselona"da uchinchi o‘zgarish: Rakitich maydonni tark etdi. Serxi Roberto o‘yinni davom ettiradi
71'
Burchak zarbasi xavfli bo‘ldi. Pike bosh bilan yo‘llagan zarbani Leno egallab oldi
70'
Xavfli vaziyat! Rakitichning uzatmasidan keyin Suares 11 metrli nukta atrofida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
69'
Suares ofsaydda qoldi
68'
Papadopulos sariq kartochka oldi. Neymarga nisbatan fol uchun
65'
Karim Belarabiy maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Julian Brandt tushdi
65'
Vuuuuh! Neymar tomonidan yo‘llangan aylanma zarba ustun yonidan o‘tib ketdi!
64'
Hoqon Cholhonog‘lu sariq kartochkaga loyiq ish qildi. To‘pni qo‘li bilan to‘xtatdi
63'
"Barselona"da o‘zgarish: Sandro Ramirez o‘rniga Munir al-Haddodiy tushirildi
61'
"Barselona" burchakdagi bayroqcha yonidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Germaniyaliklar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
60'
Inyesta jarohat oldi. U maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Xordi Alba tushdi
57'
Xavfli vaziyat! Inyestaning uzatmasidan keyin Rakitich 18 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, Neymarga kelib tushdi. Braziliyalik futbolchining zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
54'
"Bayer"da o‘zgarish: Chicharito o‘rniga Shtefan Kissling tushirildi
52'
Vuuuuh! HImoyachilarning xatosidan so‘ng Rakitich Ramirezni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Uning zarbasi olis ustun yonidan o‘tib ketdi
51'
Matyo chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Leno to‘pni qabul qilib oldi
50'
Vuuuuh! Chicharitoooo! "Barselona"ni kechirdi! Mehmonlar maydon markazida pressing evaziga to‘pni egallab olishdi. Belarabiy o‘ng qanotdan jarima maydonchasida ochilgan Ernandesga aniq uzatma berdi. Meksikalik futbolchi deyarli birga bir vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olmadi!
48'
Inyesta jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sandro himoyachilardan o‘tib keta olmadi
47'
Kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limni ancha faol boshlashdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
"Barselona" ushbu mavsumda o‘tkazgan 7ta o‘yinning birortasida birinchi bo‘limda gol ura olmay kelmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Bayer" - 0:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ikki himoyachini chalg‘itib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Papadopulos to‘pni qaytardi
41'
Rakitich yo‘llagan zarba xavfli bo‘ldi. Leno to‘pni egalladi
41'
Lars Bender Neymarni tepib yiqitdi. Sariq kartochka. Darvozagacha 25 metr
39'
Vuuuuuh! Neymarning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p rekoshet holatida darvoza ustuniga tegib qaytdi. Deyarli bo‘sh qolgan darvozaga Sandro zarba yo‘lladi. Papadopulos chiziq ustidan zarbani qaytardi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib, to‘r ustiga kelib tushdi....
37'
Neymarga sariq kartochka, simulyasiya uchun! U chap qanotdan ikki futbolchi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lganida yiqildi. Bu ishi uchun ogohlantirish oldi
36'
Vuuuh! "Bayer" ikkinchi golni urishi mumkin edi. Belarabiy chap qanotda Pikeni aldab jarima maydonchasiga kirdi va uni yana bir marta chalg‘itib zarba yo‘lladi. Ter Shtegen zarbani qaytardi!
33'
"Bayer" futbolchisi jarima maydonchasini tashlab chiqib, to‘pni tepib yuborish chog‘ida o‘z himoyachisiga oyog‘i bilan zarba berib yubordi. Himoyachiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
32'
Belarabiy qarshi hujumda olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
30'
"Bayer" futbolchilari kuchli pressing uyushtirayotgani uchun mezbonlar o‘z o‘yinlarini yo‘lga qo‘ya olishmayapti
28'
Chicharito to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga yaqinlashish chog‘ida chap qanotdan yordamga kelgan sherigiga uzatma berdi. Noaniq. Maskerano to‘pni egallab oldi
25'
O‘tkazib yuborilgan golda Ter Shtegenning aybi katta. U o‘z darvozabon maydonchasida hukmron bo‘lishi kerak
22'
GOOOOL! Papadopulos, 0:1! Belarabiy burchak to‘pi ishladi. Chalxanoglu yetkazgan uzatmaga Papadopulos darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
19'
Vuuuuh! "Bayer" 2ta o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Har ikkala safar Kampl jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi zarba yo‘lladi. Dastlab to‘p olis ustun oldidan o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkinchisida himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
18'
Xavyer Ernandes to‘p bilan o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va sheriklariga uzatma berdi. Mezbonlar to‘pni egallab olishdi
15'
Inyesta Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Lius to‘pga biroz yeta olmadi. Darvozabon egallab oldi
14'
Nisbatan ochiq o‘yin namoyish etilmoqda. Faqat jamoalar xatoga ko‘p yo‘l qo‘yishmoqda
10'
Vuuuh! Sandro Ramirez birga bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qila olmadi. Bernd Leno jamoasini qutqardi
8'
Olis masofadan belgilangan jarima zarbasini Chalxanoglu o‘yinga kiritdi. Maydon egalari to‘p o‘yinga kiritilayotgan paytda baravariga oldinga harakat qilib, sun’iy ofsaydni yuzaga keltirishdi
5'
"Barsa"ning xavfli hujumi. Neymarning uzatmasidan keyin Rakitich jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba yo‘lladi. Leno to‘pni egalladi
2'
Mezbonlarning qarshi hujumi. Rakitichning uzatmasidan keyin Suares ofsaydda qoldi. Aks holda birga bir vaziyatga chiqayotgandi Luis
2'
Mezbonlarning qarshi hujumi. Rakitichning uzatmasidan keyin Suares ofsaydda qoldi. Aks holda birga bir vaziyatga chiqayotgandi Luis
1'
Vuuuuh! Birinchi daqiqadayoq "Bayer" xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Chicharito darvozaga yaqin masofadan zarba berdi. Ter Shtegen "Barsa"ni qutqardi!
1'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar "Kamp Nou" maydoniga chiqib kelishdi. YECHL madhiyasi yangradi
'
Evropa chempionlar ligasining 2-turi start olmoqda. "E" guruhidan o‘rin olgan "Barselona" va "Bayer" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni matnli onlayn translyasiya shaklida e’tiboringizga havola qilamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.