Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 8-tur, 3 oktyabr, soat 21:30 | ||
CHELSIVillian (9)
|
1 : 3 |
SAUTGEMPTONStiven Devis (44)
Sadio Mane (60) Grasiano Pelle (72) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Asmir Begovich (D) 26.Jon Terri 24.Geri Kexill 02.Branislav Ivanovich 28.Sesar Aspilikueta 04.Sesk Fabregas 22.Villian 07.Ramires 10.Eden Azar 08.Oskar 09.Radamel Falkao |
22.Marten Stekelenburg (D) 06.Joze Fonte 21.Rayan Bertran 02.Sedrik Suaresh 17.VirJil van Deyk 10.Sadio Mane 11.Dushan Tadich 12.Viktor Vanyama 14.Oriol Romeu 08.Stiven Devis 19.Grasiano Pelle |
|
| ZAHIRA | ||
|
27.Yamal Blekmen (D) 06.Abdul Baba 21.Nemanya Matich 05.Kurt Zuma 18.Loik Remi 36.Ruben Loftus-Chik 17.Pedro Rodriges |
01.Kelvin Devis (D) 15.Kuko Martina 03.Mayya Yoshida 16.Jeyms Uord-Prous 20.Xuanmi 07.Sheyn Long 09.Jey Rodriges |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Mourinyo jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda ham hech narsa qila olmadi. "Chelsi" navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. |
| 90+3' | ![]() |
Oskar chap qanotdan oldinga o‘tmoqchi bo‘ldi, biroq ofsayd |
| 90+1' | ![]() |
"Sautgepton"da o‘zgarish: Vanyama o‘rniga Mayya Yoshida tushdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Falkao, zarba! Jarimadan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 86' | ![]() |
Pelle shundoqqina jarima maydonchasi tashqarisida Azarga nisbatan fol ishlatdi va sariq kartochka oldi |
| 84' | ![]() |
Pedro jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 82' | ![]() |
Londonliklar hujum tashkil qilishmoqda. Himoyani yorib o‘ta olishmayapti |
| 78' | ![]() |
"Sautgempton"da o‘zgarish: Tadich o‘rniga Jey Rodriges tushirildi |
| 77' | ![]() |
Azar jarima maydonchasiga kirib kelgan Oskarni to‘p bilan ta’minladi. Ammo uning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOL! Grasiano Pelle, 1:3! "Sautgempton" qarshi hujumda "Chelsi"ni dahshatli tarzda jazoladi! Mane o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Pelleni to‘p bilan ta’minladi va u kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 68' | ![]() |
Tadichga nisbatan chap qanotdan fol ishlatildi. JArimadan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi |
| 65' | ![]() |
Olis masofadan belgilangan jarima zarbasini Tadich darvoza tomon tepdi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Pedro tushirildi |
| 63' | ![]() |
"Sautgempton" jarima maydonchais ichida Oskar va himoyachi baravar yiqilishdi. Braziliyalik yarim himoyachi aybdor deb topildi |
| 60' | ![]() |
GOOOOL" Sadio Mane, 1:2! Hujumchi Pellening uzatmasidan keyin Ivanovichdan qochib ketdi va birga bir vaziyatda to‘pni darvozaga joyladi! |
| 57' | ![]() |
Falkao bir himoyachidan o‘tib ketdi va posbon bilan birga bir vaziyatda chiroyli tarzda o‘xshatib yiqildi. Hakam simulyasiyani payqadi va Radamelga sariq kartochka berdi |
| 54' | ![]() |
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Takroran tashkil etilgan hujum paytida Falkao to‘pga yeta olmadi |
| 52' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida ustunlik Kuman jamoasi tomonida bo‘ldi. Mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishmoqda |
| 49' | ![]() |
Vuuuuuh! "Sautgempton" ikkinchi golni urishi shart edi! Mane birga bir vaziyatda darvozangi ishg‘ol qila olmadi. Begovich zarbani qaytardi. Mehmonlar to‘pni egallab, takroriy hujumga tashkil qilishdi. Tadichning zarbasini himoyachilar qaytarishdi. Boshqa futbolchining jarima maydonchasi taqsharisidan yo‘llagan zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Villian jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
GOOOOOL! Stiven Devis, 1:1! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Pelle jarima maydonchasi chizig‘i ustida ko‘kragi bilan jamoadoshiga qoldirdi. Devisning zarbasini Begovich yaqin burchagidan o‘tkazib yubordi. Hisob tenglashdi! |
| 43' | ![]() |
Ramires sariq kartochka oldi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuh! Bertran jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi! Begovich to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 39' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Jarimad yetkazilgan uzatmani Pelle bosh bilan darvozabon maydonchasiga burdi. Kexill to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 38' | ![]() |
Kexill o‘yin qoidasini buzdi. Mehmonlar jarima zarbasini tepishadi. Davrozagacha ancha olis |
| 33' | ![]() |
Ushbu vaziyat uchun hakam bilan tortishgani uchun Sadio Mane ogohlantirish oldi |
| 32' | ![]() |
Sadio Mane jarima maydonchasi ichida Keyxillning oyog‘iga urilib yiqildi. Arbitr penalti bermadi |
| 26' | ![]() |
Bertran sariq kartochka bilan jazolandi |
| 25' | ![]() |
Oskar jarima maydonchasiga chap qanotdan kirdi va Fabregasdan uzatma qabul qilib, zarba yo‘lladi. To‘pni Stekelenburg egallab oldi |
| 22' | ![]() |
Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Falkaoga zarba berish imkonini berishmadi |
| 15' | ![]() |
Stiven Devisda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, uzatmani qabul qildi va kuchli zarbani naoniq yo‘lladi |
| 14' | ![]() |
Oskar jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 13' | ![]() |
"Sautgempton" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ivanovich o‘z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisini futbolkasidan tortib yiqitdi, to‘pni esa darvozabon egallab oldi. Hakam penalti belgilamadi |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOL! Villiiaaaaan! Superzarba, supergol! Jarima maydonchasi burchagidan belgilangan jarima zarbasini Villian shunday aylantirdiki, to‘p darvozaning olis yuqori burchagidagi ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi! |
| 9' | ![]() |
Stiven Romeu ogohlantirildi. U Azarni chalib yiqitdi. |
| 8' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kexill bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Begovich egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Kuman shogirdlari mezbonlarni maydon makrazidayoq kutib olishmoqda. Natijada to‘p jarima maydonchasigacha bormayapti hozircha |
| 2' | ![]() |
Mourinyo jamoasi o‘yinni katta ishtiyoq bilan boshladi. Ustunlik ular tomonida |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga londonliklar kiritib berishdi. Ketdik |
| ' | ![]() |
Diqqat! "Chelsi" va "Sautgempton" jamoalari maydon chiqib kelishmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|